Mavzu: Texnologik jihozlarning tuzilishi, ishlab chiqarish qobiliyati va texnologik jihozlarga qo’yiladigan asosiy talablar
Download 296.59 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashg\'ulot 2 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishdan maqsad: 1. Texnologik jihozlarni tashkil etuvchi qismlar bilan tanishish 2. Jihozning ishlab chiqarish qobiliyatini hisoblash. II. Ishning mazmuni
2 - Amaliy mashg’ulot Mavzu: Texnologik jihozlarning tuzilishi, ishlab chiqarish qobiliyati va texnologik jihozlarga qo’yiladigan asosiy talablar. I. Ishdan maqsad: 1. Texnologik jihozlarni tashkil etuvchi qismlar bilan tanishish 2. Jihozning ishlab chiqarish qobiliyatini hisoblash. II. Ishning mazmuni: Amaliy mashg’ulot ishi kafedraning maxsus jihozlangan xonalarida yoki ilg’or avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stansiyalari (ATXKS) birida o’tkaziladi. Bunda talabalar texnologik jihozlarning tashkil etuvchilari, ishlatilishi, xavfsiz foydalanish qoidalari bilan tanishtiriladi. III. Jihozlar: Avtomobil, harxil turdagi texnologik jihozlar. V. Umumiy ma’lumotlar: Avtotransport sohasida qo’llanib kelayotgan texnologik jihozlar tuzilishi bo’yicha, maruza darslarida ko’rib chiqilgan turlaridan kelib chiqadigan bo’lsak, oddiydan boshlab juda murakkabgacha mavjud ekan. Shu nuqtai nazardan mexanizatsiyalashgan texnologik jihozlarda ishlatiladigan tizimlarni ko’rib chiqamiz. Mexanizatsiyalashgan texnologik jihozlar umumiy holda olinganda yuritma, uzatuvchi mexanizm, bajaruvchi mexanizm, ishchi organ, boshqarish, rostlash va xavfsizlik elementlaridan tashkil topadi. Jihozlarda bir - biridan farq qiluvchi mexanik, elektromexanik, elektrogidravlik va elektropnevmatik yuritmalar keng ishlatiladi. Elektromexanik yuritmada elektr quvvati mexanik quvvatga aylantiriladi va ijro mexanizmiga uzatiladi. U elektrodvigatel, uzatish mexanizmi va ishga tushirish qurilmasidan iborat bo’ladi. Uzatish mexanizmi quvvatni har xil tezlikda uzatishga mo’ljallanadi. Ushbu mexanizmlar ko’rinishi va konstruktsiyasi bo’yicha xilma-xildir. Masalan, remenli va tishli uzatish mexanizmlari - reduktorlar, motorreduktorlar va variatorlar. Elektrogidravlik va elektropnevmatik yuritmalarda elektr quvvati ishchi jism (suyuqlik yoki gaz) ning potensial quvvatiga aylantiriladi. Ushbu quvvat aloqa trubalari tarmog’i bo’yicha ishchi mexanizmiga uzatiladi va u yerda mexanik quvvatga aylantiriladi. Bunday yuritmalar ancha ixcham va ishlatilishi qulay hamda bir yuritmadan bir hecha ishchi mashinalarni birdaniga ishlatishda qo’llash mumkin. Gidravlik yuritmada quvvatni o’zgatirgichi sifatida nasos (shesternyali plastinkali, plunjerli), pnevmatikda esa — odatda porshenli kompressor ishlatiladi. Texnologik jihozlarni boshqarish oddiy, qisman avtomatlashtirilgan yoki avtomatik bo'lishi mumkin. Oddiy jihozda faqat asosiy amallar mexanizatsiyalashgan bo’ladi. Yordamchi amallarning hammasi hamda ishchi organlarni boshqarish, ishlov sifatini nazorat qilish ham qo’lda bajariladi. Qisman avtomatlashtirilgan jihozda barcha asosiy vaqt, qisman yordamchi amallar hamda ishlov tugagandan keyingi jihozni to’xtashi avtomatik tarzda bajariladi. Bunda operatorning qatnashishi o’rnatish, echib olish, nazorat ishlarini bajarishda va jihozni qayta ishga tushirishda talab etiladi. Masalan, diagnostika qatorlari, stendlari. To’liq avtomatlashgan jihoz - jismga ishlov berishni insonning ishtirokisiz bajarilishini ta’minlaydi. Operator jihozni ishga tayyorlaydi va uning soz ishlashini kuzatadi. Masalan, avtomobillarni yuvish portallari va tunnellari. Texnologik jihozlarning tarkibi mashinasozlik mahsuloti bo’lganligi sababli yagona konstruktorlik hajjatlari standarti bo’yicha komplekslar, yig’ma birikmalar, detallar va komplektlar kabi guruhchalar sifatida rasmiylashtiriladi. Kompleks deganda ikki va undan ko’p jihozlarni yig’ma amallar bilan bir- biri bilan bog’lanmagan, lekin qo’yilgan maqsadga erishish uchun yagona ishlab chiqarish jarayoniga birlashtirilgan jihozlar qatoriga aytiladi. Kompleksga miniaqa, ustaxona va postlarning jihozlari, texnologik va tashkiliy uskunalari hamda asboblari mujassamlangan bo’lishi mumkin. Masalan, shinomontaj bo’limining texnik ta’minot kompleksiga maxsus avtomobil ko’targichi, shinomontaj stanogi, muvozanatlash stanogi, kamera yamagich (vulkanizator), yuzalarga ishiov berish stanogi, verstak, maxsus kalitlar to’plami va boshqalar kiradi. Yig’ma birikma bir-biri bilan yig’ish amallar (burab qotirish, kovsharlash, payvandlash) yordamida bog’langan ikki va undan ortiq jismlar yig’indisidir. Masillan, reduktor, dvigatellar, ishchi kallaklar, mexanizatsiyalashgan asboblar va boshqalar. Yig’ma birikmaning asosiy konstruktorlik hujjatlari yig’ma chizma va detallar ro’yxatidir. Detal deb bir xil nomli va markali materialdan, yig’ish amallarisiz, yoki yuzasiga boshqa material qoplash, joyiga kovsharlash, payvandlash va kley bilan yopishtirish amallari bilan tayyorlangan eng kichik element tushiniladi. Detalning asosiy hujjati - chizma. Komplekt bir futlyarga jamlangan, bir necha yordamchi vazifalarni bajaruvchi buyumlar majmuasidir. Masalan, jihozning ehtiyot qismlar komplekti, kalitlar, ochgichlar yoki boshqa asboblar komplekti. Komplektga yig’ma birikmalar ham (manometr, domkrat va b.), detallar ham (ichkarisi kengaytirilgan kalitlar, aylantirgich) qo’shilishi mumkin. Uzel bajaradigan vazifasi bo’yicha belgilangan yig’ma birikmaning birlashgan holda ishlaydigan ajralmas qismidir. Ammo ma’lum vazifani bajara olmaydi. Agregatlarga texnologik mashinalarning ma’lam vazifani bajaruvchi yig’ma birikmalari, masalan, dvigatel, ijrochi mexanizmlar, nasoslar, uzatmalar qutisi kiradi. Texnologik jihozlar konstruktsiyasi bo’yicha agregat-modul tamoyili bo’yicha butlanishi mumkin. Download 296.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling