Mavzu: Tikuv buyum detallarini yelimlab biriktirish Reja


Download 12.09 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi12.09 Kb.
#1742563
Bog'liq
Tikuv buyum detallarini yelimlab biriktirish


MAVZU: Tikuv buyum detallarini yelimlab biriktirish
Reja:
1.Yelimli qotirma materialni detalga yopishtirish.
2.Bolalar jaketi bort qotirmasi.
3.Adip, yoqa qismlariga qotirma yopishtirtish.
Tayanch iboralar: yelimli qotirma, maxsus press, termoplastik qotirma material.
5.1.Yelimli qotirma materialni detalga yopishtirish.
Kiyimning tashqi ko‘rinishini yaxshilash maqsadida shakli barqaror bo‘lishi, kiyish jarayonida yaxshi saqlanishi, tikish vaqtini qisqartirish uchun detallarga yelimli qotirma materiallar qo‘yiladi. Yelimli qotirma yassi yostiqli maxsus presslarda yopishtiraladi. Presslovchi sathning harorati 140—150° C, presslash davomiyligi 10 s, presslovchi yuzaning bosimi 0,3—0,5 kgs/sm bo‘lishi kerak. Qotirma materiallar va ularni yopishtirish usullari modelning texnik tavsifiga muvofiq qo‘llanadi. Yelimli qotirma materiallar sifatida ip, viskoza va boshqa gazlamalar hamda yelim kukun qoplangan noto‘qima materiallar ishlatiladi. Yelimli qotirma materiallardan old bo‘laklarning asosiy qatlami sifatida va alohida detallarning qotirmasi sifatida foydalaniladi.
Yelimli qotirmadan detallar bichganda asosiy detallardan 0,3—0,5 sm kichikroq bichiladi, bundan maqsad shuki, yelim qotirmaning chetki qirqimlari biriktirma choklarga 0,1—0,2 sm kirishi kerak. Yelimli qotirmalarning tanda ip yo‘nalishi asosiy detal tanda ipi yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lishi kerak.


5.1-rasm. Old bo‘lakka bort qotirmasini yopishtirish:


1 — old bo‘lak, 2 — bort qotirmasi, 3 — yelim uqa, 4 — bort qotirmasi ikkinchi qavati, 5 — adip qaytarma qotirmasi, 6 — izma osti qotirmasi.
bolalar pidjagida bort qotirmasi ikki qavat qilib bichiladi (3.20-rasm). Bular asosiy va qo‘shimcha qotirma bo‘lib, qo‘shimcha qotirmaning o‘rish iplari asosiy qotirmaning iplariga nisbatan 30°C yoki 75°C burchak ostida bichilgan bo‘ladi. Ikki qavat qotirma old bo‘lakka bir vaqtda qo‘yib yopishtiriladi va shakl beriladi.
Ort bo‘lak bo‘yin va yeng o‘miziga, etak qirqimiga va ort bo‘lak kesimiga qirqimdan 0,3 sm masofada yelim qotirma qo‘yiladi (3.21-rasm, a). Bo‘yin va yeng o‘mizi atrofiga qo‘yiladigan qotirma 45°C burchak ostida bichiladi.
Hozirgi vaqtda kiyim sifatini yaxshilash maqsadida ko‘p zonali termoplastik qotirma materiallar ishlatiladi. Bunday qotirma materiallar uchta zonaga ajratib to‘qilgan bo‘lib, birinchi zona viskoza, ip, jun tolalariga tabiiy yoki sintetik qil aralashtirilgan bo‘ladi. Ikkinchi zona yumshoqroq bo‘lib, turli tolalar navbat bilan almashtirib ishlatiladi. Uchinchi zona yumshoq zona bo‘lib, bir xil ipdan siyrakroq to‘qiladi.
Adip qaytarmasiga trikotaj polotnoli qotirma ko‘p zonali qotirma ustiga 2—3,5 sm o‘tib turadigan qilib yopishtiriladi (3.21-rasm, b).

5.2-rasm. Ort bo’lak (a) va adipga (b) yelim qotirma yopishtirish



5.3-rasm. Ustki yoqa (a), ostki yoqa (b) qaytarmasi va ko’tarmasiga (d) yelim qotirma yopishtirish.
Yoqaning mustahkamligini oshirish va berilgan shaklni saqlab turish uchun ustki va ostki yoqa qaytarmasi va ko‘tarmasi detallariga qotirmali material avra qirqimidan 0,3 sm masofada qo‘yiladi (3.22-rasm). Yeng uchlarining puxtaligini oshirish va shaklni saqlash uchun eni 5 sm li yelim qotirmasi qo‘yiladi (3.23-rasm). Cho‘ntak qopqog‘i va cho‘ntak listochkasiga avra detalning tanda ip yo‘nalishiga mos bichilgan yelim qotirma qo‘yiladi (3.24-rasm).
Polietilen kukun qoplangan qotirmalar namlanmasdan, poliamid kukun qoplangan qotirmalar ho‘llab yopishtiriladi.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. M.Sh.Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi" T.O’qituvchi n. 1977 yil.
2. M.Sh. Jabborova “Tikuvchilik texnologiyasi” Toshkent. “O’zbekiston” 1994 y.
3. A.T.Truxanova “Tikuvchilik texnologiyasi asoslari” T. “O’qituvchi” 1996 yil
4. I.N.Litvonova, Ya.A.Shaxova “Ayollar ustki kiymini tikish” Toshkent “O’qituvchi 1997 yil”
Download 12.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling