Mavzu: Tikuv mashinalarida ag`darma chok va bostirma choklar tikishni o`rganish


Download 154.66 Kb.
Sana07.11.2023
Hajmi154.66 Kb.
#1754083

Mavzu: Tikuv mashinalarida ag`darma chok va bostirma choklar tikishni o`rganish.

Tikuv buyumlarini biriktiruvchi asosiy vosita mashinada tikiladigan ipli choklardir. Mashina choklar vazifasi va joylashishiga ko‘ra quyidagilarga boMinadi: birlashtiruvchi choklar, ziy choklar va bezak choklar.


Birlashtiruvchi choklar
Birlashtiruvchi choklar kiyim detallarini birlashtirishga xizmat qiladi. Bu choklarda detallar chokning ikki tomonida yotadi, masalan, orqa, yon, yelka, yeng qirqimlarini birlashtiruvchi choklar.
Biriktirma chok, yorma chok, qo‘yma chok, bostirma chok, tutashtirma chok, qo‘sh chok va ichki choklar birlashtiruvchi choklarga kiradi.

Birktirma chok (30-rasm, a) kiyim tikishda eng ko‘p uchraydigan choklardan biri bo‘lib, u yeng qirqimlarini, old va orqa bo‘laklarining yon qirqimlarini, shim va yubkalaming yon qirqimlarini birlashtirishda ishlatiladi. Tikilgan chokni yupqalashtirish uchun chokni yorib, yoki chokni bir tomonga yotqizib dazmollanadi.
Ayollar yengil kiyimi va bolalar kiyimining asosiy detallarini tikishda biriktirma chokning kengligi 1,0 — 1, 5sm bo‘lishi kerak.
Yorma choklar. (30-rasm, b). Qirqimlari ikki tomonga yotqizilgan yoki dazmollab qotirilgan biriktirma choklar ikki tomondan bezak baxyaqatorlar bilan tikilishi mumkin. Namlab-isitib ishlash qiyin bo‘lgan gazlamalardan kiyim tikishda, choklarni biriktirish va puxtalashda, shuningdek yubkalarning old, orqa bo‘laklarini bezash, hamda ulashda shunday choklar ishlatiladi. Bunday chok solish uchun detallami biriktirma chok bilan tikib olib, shu chok ikki tomonga yoriladi va gazlamaning o‘ng tomonidan biriktirma chokning ikki yoniga undan 0,2 sm masofada baxyaqator yuritib chiqiladi.
Oo‘vma choklarning (30-rasm, v) ochiq va berq qirqimli xillari bo‘ladi. Ochiq qirqimli qo‘yma choklar kiyimdagi qotirmali detallaming boMaklarini ulash uchun ishlatiladi.
Bunday chokni tikish uchun detaining cheti ikkinchi detaining chetiga qo'yiladi va qirqimlardan bir xil masofada mashinada biriktirib tikiladi. Bir detal ikkinchi detal ustiga 0, 6 — 1,0 sm o ‘tib turishi kerak. Baxyaqator detallarning qirqimidan 0 , 3 “ 0,5 sm ichkaridan tushiriladi.
Berq qirqimli qo‘yma choklar to‘g‘ri va shakldor koketkalarni, qoplama cho‘ntaklami ulash uchun ishlatiladi. Bunday chokni tikish uchun bir detaining cheti bezak baxyaqator eniga 1, 0-1,5 sm (engil kiyimda), 0,5-0,7 sm (ustki kiyimda) qo‘shilgan masofaga bukib, ko‘klanadi, dazmollanadi, so‘ngra ikkinchi detaining o‘ngiga qo‘yib bostirib ko‘klanadi va modelda ko'zda tutilgan masofada bostirib baxyaqator yuritiladi. Baxyaqator bilan qirqimlar orasidagi masofa gazlamaning qalinligiga va titiluvchanligiga qarab olinadi.
Bostirma chok (30-rasm, g) ham , biriktirma choklar kabi, yon, yelka qirqim larini, kiyim old bo‘lagi va ort bo'lagini, yubka bo‘laklarini, yenglami va boshqa detallami ulash uchun ishlatiladi.
Ikkita berq qirqimli bostirma chok hosil qilish uchun ikki detal o ‘ngini ichkariga qilib qo‘yiladi, qirqimlari tekislanadi va bezak baxyaqator kengligiga 0,5-1,5 sm qo‘shilgan masofada biriktirib tikiladi.
C hok qirqim lari oldin ikki tom onga yorib, yotqiziladi va dazmollanadi, so‘ngra qirqimlardan biri boshqa tomonga qayiriladi, dazmollab qotiriladi va o ‘ng tomonidan modelda ko‘rsatilagan masofada bezak baxyaqator bilan puxtalanadi. Ip gazlama, shoyi, rezinalangan plashlik va plyonka qoplangan kapron materiallar, tabiiy va sun’iy charm, zamsha, porolon va boshqa materiallardan tikiladigan kiyimlaming choklari dazmollanmasdan bostirib tikiladi.
Bitta berk qirqimli va cheti berk bostirma chok hosil qilish uchun pastki detal ustki detalga nisbatan bezak chok eniga 0,4-0,7 sm (ustki kiyimda), 0,7-1,0 sm (engil kiyimda) qo‘shilgan masofada chiqariladi va ustki detal qirqimidan 0,5 sm ichkaridan tikiladi. So‘ngra detal ikki tomonga yotqiziladi, chok qirqimlari esa kalta detal tomonga qayriladi va modelda ko‘zda tutilgan masofada bezak baxyaqator bilan puxtalanadi.
Tutashtirma chok (30-rasm, d) qotirmalik materiallardan bichilgan detallami ulash uchun, shuningdek yupqa chok chiqarish talab qilingan hollarda bort qotirmasidagi vitachkalami birktirib tikish uchun ishlatiladi. Bunday chokni tikish uchun ikki detaining qirqimlari yupqa gazlama yoki boshqa gazlama bo‘lagi ustiga qo‘yiM i va qirqimdan 0,5 sm ichkaridan bostirib tikiladi, keyin detallarning qirqimlari siniq baxyali mashinada ulanadi.
Qo‘sh chok (30-rasm,e) kiyimlar, choyshablar, shuningdek ip gazlamadan yengil bolalar kiyimini tikishda ishlatiladi. Bunday chok tikish uchun detallar oldin teskarisini ichkariga qilib qo‘yiladi va 0,3-0,4 sm ichkaridan biriktirma chok bilan tikiladi, so‘ngra tikilgan detallar ag‘darilib, o ‘ngini ichkariga qaratib q o ‘yiladi, chok to ‘g‘rilanadi hamda detallar chetidan 0,5-0,7 sm ichkaridan baxyaqator yuritiladi. Ichki choklar (30-rasm, j) ich kiyimlar, maxsus kiyimlar va astarsiz kostyumlar tikishda ishlatiladi. Tayyor chokning eni 0,5-0,7 sm. Bunday chokni tikish uchun ikki detal o ‘ngini ichkariga qilib qo‘yiladi, ostki detaining qirqimi tayyor holdagi chok eniga 0,3-0,5 sm qo‘shilgan masofaga chiqariladi, ostki detaining qirqimi ustiga qayriladi va qirqimdan 0,1-0,2 sm ichkaridan biriktirib tikiladi. So‘ngra detal ikki tomonga yoyiladi, chok kichik qirqimni berkitadigan qilib qayriladi va shu qayrilgan chetidan 0,1- 0,2 sm masofada ikkinchi baxyaqator yuritiladi.
Download 154.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling