Mavzu: Tishlashish muftasini ishlatishni, pedalni yo`lini o`lchash va rostlashishni o’rganish


Download 39.5 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi39.5 Kb.
#1388002
Bog'liq
Tishlashish mufta


Mavzu: Tishlashish muftasini ishlatishni, pedalni yo`lini o`lchash va rostlashishni o’rganish
Avtomobillarni ishlatish mobaynida mexanizmlarning o‘ta
zo‘riqishi, ularni yaxshi moylamaslik oqibatida transmissiya
agregatlari sinadi va buziladi, natijada avtomobil ishdan chiqadi.
Ilashish muftasi .Ilashish (сцепление) mexanizmida. quyidagi nosozliklar paydo bo‘lishi mumkin:
• to‘liq ilashmaslik (ilashish muftasi shataksiraydi);
• to‘liq ajralmaslik (ilashish muftasi «tortib» ketadi);
• keskin ilashish.
Ilashish muftasi shataksiraydi. Bunda burovchi moment dvigatel validan yetakchi g‘ildiraklarga to‘liq uzatilmaydi.
Dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi oshganda
avtomobilning tezligi juda sekin oshadi (ba’zan avtomobil siltanib-
siltanib yuradi). Ilashish muftasining shataksirashiga quyidagilar
sabab bo‘lishi mumkin:
• ilashish muftasi tepkisi (pedali) bosilmagan holatdaligida mufta
podshipnigi va ulash richagi orasida tirqish bo‘lmasligi; natijada
yetakchi disk yetaklanuvchi diskka to‘liq siqilmaydi. Bu nuqsonni
tuzatish uchun ilashish muftasi tepkisining erkin yo‘lini tekshirish
va rostlash kerak;
• ilashish muftasi disklariga moy tegishi; ushbu nosozlikni
tuzatish uchun ilashish muftasini to‘liq qismlarga ajratish, yaxshilab
yuvish, friksion ustqo‘ymalarini po‘lat cho‘tka bilan tozalash lozim;
• friksion ustqo‘ymalarning yeyilishi; mazkur nosozlikni
tuzatish uchun ilashish muftasi tepkisining erkin yo‘lini rostlash
kerak (agar ustqo‘ymalar kuchli yeyilgan bo‘lsa, ularni almash­
tirish kerak); qisish prujinalarining sinishi yoki bo‘shashishi;
• bunda prujinalarni almashtirish zarur.Ilashma to ‘liq uzilmaydi. Bunday buzilishning alomati — uzatma almashlab ulanganda uzatmalar qutisining shesternalari g‘ijirlab tishlashadi. Bu nosozlikning kelib chiqish sabablari:
• uzish muftasining tirak podshipnigi bilan uzish richaglarining ichki uchlari orasidagi tirqish katta (ilashish muftasi tepkisining erkin yo‘lini rostlash kerak);
• yetaklanuvchi disklar qiyshaygan yoki tob tashlagan (disklarni almashtirish lozim);
• friksion ustqo‘ymalar yirtilgan (ilashish muftasini qismlarga ajratish va ustqo‘ymalami almashtirish zarur);
• qisish diski qiyshaygan (yetakchi disk yetaklanuvchi diskka qisman ilashadi; ilashish muftasini uzish richaglarining vaziyatini rostlash lozim).
Ilashish muftasi keskin ilashadi. Bunga uzish muftasining yo‘naltiruvchi vtulkada tiqilib qolishi yoki yetakchi disklarning darz ketishi sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur nosozliklarni bartaraf qilish uchun nuqsonli detallarni almashtirish kerak.
Ilashish muftasiga texnik xizmat ko‘rsatish (TXK)dagi asosiy ishlar:KTXK (kundalik texnik xizmat k o ‘rsatish). Avtomobilni joyidan qo‘zg‘atib va harakat vaqtida uzatmalarni almashlab ulab, ilashma mexanizmining ishini tekshirish kerak. 1-TXK. Pedalning erkin yo‘li tekshiriladi va zarur bo‘lsa,rostlanadi, prujinaning tarangligi va mahkamlanishi tekshiriladi. Ilashish muftasi tepkisining valigi va ilashish muftasini uzish muftasi podshipnigi moylanadi (moylash jadvali bo‘yicha). Ilashish muftasining ishi tekshirib ko‘riladi.Ilashmani diagnostikalash uning to‘liq qo‘shilishini tekshirish- dan iborat bo‘lib, yengil va bir maromda qo‘shilishi, tepki erkin yo‘lining qiymatlari orqali baholanadi.Ilashmaning ishga yaroqlilik holatini tekshirish uchun stroboskopik jihoz va avtomobilni yetaklovchi g‘ildiraklari bilan o‘rnatiladigan dinamometrik qurilmadan foydalaniladi. Dvigatelning ishchi holatida to‘g‘rilangan yuqori kuchlanish chaqmoqdan kondensa- torga, energiya jamlangan holatida stroboskopik lampaga uzatiladi. Stroboskop lampasining yonishi dvigatel birinchi silindri chaqmog‘ida o‘t oldirish momenti bilan mos keladi va nur kardan sharniriga to‘g’rilanadi. Dinamometrik qurilma yordamida avtomobil uzatmalar qutisining birinchi bosqichida maksimal yuklanish hosil qilinadi. Agar ilashma. bir maromda ishlasa, stroboskop lampasining nuri tushirilgan sharnir qo‘zg‘almagandek ko‘rinadi, aks holda sharnirning aylanishi kuzatiladi.
Ilashmaning ishga yaroqliligini boshqa usulda ham tekshirish mumkin. Buning uchun avtomobil dinamometrik qurilmaga o‘rnatiladi va yetaklovchi g‘ildiraklarga maksimal burovchi momentga mos keluvchi yuklanish beriladi.Ilashma tepkisiga maxsus uskuna (2.73-rasm) o‘rnatilib, uning yuqori qismi rul chambaragiga mahkamlanadi.
Moslamaning datchigini bosish natijasida ilashma tepkisi siljiydi va uskuna orqali tepkining erkin yo‘li, ilashma mexanizmidagi qarshiliklarni yengib o‘tish uchun sarflanuvchi 2.73-rasm. Avtomobil ilashmasini tekshirish uskunasi: 1—manometr; 2—korpus; 3—barmoq; 4—baraban; 5—spiralli prujina; 6—prujina; 7—vint; 8—belgi; 9—shkalali baraban; 10—metal lenta; 11—shlang; 12—datchik.kuch va qaytarish prujinalarining qarshiligi aniqlanadi. Tepkini bosib, ilashish boshlanish vaqtidagi kuchlanish va tepki yo‘li qayd etiladi. Tepkining erkin va ilashish boshlanish vaqtidagi yo‘llar qiymatlari asosida ilashmaning texnik holati, ilashish boshlanish vaqtida tepkidagi kuchlanish orqali esa ilashmaning samaradorligi baholanadi.
Ilashish muftasi mexanizmi detallari va uzellarini ta’mirlash.Ta’mirlashda, tirsakli valning o‘zak tayanchlariga nisbatan markazlovchi teshikning o‘qdoshligini buzmaslik uchun ilashish muftasi
karteri silindrlar blokidan ajratilmaydi.Markazlovchi teshik orqali yoki uzatmalar qutisini mahkamlash teshiklari orqali (bir teshikdan ko‘p bo‘lganda) o‘tuvchi darzlar, shuningdek, panjalar kesimining yarim perimetrini qoplovchi darzlar mavjud bo‘lganda detal brak qilinadi. Nagruzka tushadigan sirtlardagi kichik darzlar va o‘yiqlar elektr yoyi bilan payvandlab, nagruzka tushmaydigan sirtlardagilari esa epoksid smolalar asosidagi sintetik materiallar bilan yamab bartaraf qilinadi. Yeyilgan detallar diametri bo‘yicha yo‘nib kengaytiriladi, ularga vtulka presslab kiritiladi va ta’mirlash o‘lchamigacha razvyortkalanadi. Starterga mo‘ljallangan teshikning yeyilishi qo‘shimcha ta’mirlash detali qo‘yib yoki metall eritib qoplash, keyin zarur o‘lchamgacha yo‘nib
kengaytirish yo‘li bilan tuzatiladi. Yo‘nib kengaytirishda baza o‘l- chamlar sifatida silindrlar blokidagi tirsakli valning o‘zak tayanchlari diametri asos qilib olinadi.Ta’mirlashda yetaklanuvchi disklar to‘liq qismlarga ajratiladi. Agar zarur bo‘lsa, parchin mixlar bilan mahkamlangan ustqo‘ymalar ajratib olinadi, buning uchun parchin mixlar parmalab tash­lanadi yoki ustqo‘ymalar dastgohda kesib tashlanadi. Ayrim detallarni ta’mirlab yoki almashtirib bo‘lingandan so‘ng yetaklanuvchi disk
yig‘iladi, unga friksion ustqo‘ymalar parchin mixlar bilan yoki
yelimlab biriktiriladi. Yig‘ilgan disklar muvozanatlanadi.
Nomuvozanatlikni yo‘qotish uchun diskka ko‘pi bilan uchta
yukcha biriktiriladi.
Ilashish muftasini yig‘ishdan oldin ilashma detallari vilkadagi va qisish diskidagi barmoqlar kiradigan teshiklar o‘lchami bo‘yicha va barmoqlar diametri bo‘yicha butlanadi. Richaglarning qisish diskiga nisbatan vaziyati indikatorli qurilma yordamida tekshiriladi.
Ilashish muftasi g‘ilofi bilan yig‘ilgan holdagi qisish diski statik
muvozanatlanadi.
Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling