Mavzu: To’garak ishini o’tkazish metodikasi Ma’ruzachi: O’
Download 64.87 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yosh kimyo xavaskorlarining ijodiy faoliyatini oshiruvchi zaruriy shart ularning ma’lum bir maqsadga intilishdir.
- SINFDAN TASHQI MASHG‘ULOT SHAKLLARI.
- Qo`shimchа аdаbiyotlаr
Mavzu: To’garak ishini o’tkazish metodikasi Ma’ruzachi: O’rinova O REJA:
O‘quvchilar xilma-xil narsalarga qiziqadi, ammo kuzatishlarning ko‘rsatishicha, o‘quvchilarning nimalarga qiziqishiga qarab, ularni uch guruxga bo‘lish mumin. Birinchi gurux o‘quvchilarni moddalarning o‘zgarishi, qiziqarli kimyo tajribalari, moddalarni tozalash va moddalar ajratib olish, kristallar hosil qilish va kristallarni o‘stirish, oddiy moddalardan va kimyoviy birikmalardan kolleksiyalar tuzish, shuningdek, buyuk kimyogarlarning hayoti va faoliyatiga oid eng yorqin dalillar ko‘proq qiziqtiradi. Ikkinchi gurux o‘quvchilarni moddalarning ancha murakkab o‘zgarishlari, moddalarning sanoatda olinish usullari, kimyo sanoati masalalari, gazlar bilan qilinadigan tajribalar kimyoviy usullarin jumladan, eng muxim hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarish usullarini ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan asboblar va ishlaydigan materiallar yasash, kundalik hayot kimyosi, agrokimyo va kimyoviy masalalarni, ayniqsa eksperimental masalalarni mustaqil suratda echish qiziqtiradi. Uchinchi gurux o‘quvchilarni ancha qiyin nazariy va eksperimental masalalarini echish, kimyoviy analiz, kimyoning kommunistik qurilishdagi roli, hozirgi zamon kimyosi va kimyo sanoati muammolari, eng muxim kimyoviy g‘oyalarning rivojlanish tarixi, vatanimiz kimyogarlarining imliy faoliyati qiziqtiradi. Sinfdan tashqi mashg‘ulotlar o‘quvchilarning nimalarga qiziqishiga, o‘quvchilardan har birining mayliga ko‘ra o‘tkaziladi, ammo bu mashg‘ulotlarning o‘z dasturi, mutlaqo muayyan dasturi va bu dasturni bajarish yuzasidan tuzilgan kalendar reja bo‘ladi. Sinfdan tashqi ishlarning dasturi va rejasida o‘quvchilarning nimalarga qiziqiishi va bu qiziqishni sekin-asta kengaytirish hamda chuqurlashtirish ko‘zda tutiladi. Yosh kimyo xavaskorlarining ijodiy faoliyatini oshiruvchi zaruriy shart ularning ma’lum bir maqsadga intilishdir. Sinfdan tashqi mashg‘ulotlarning ma’lum bir maqsad ko‘zda tutilib o‘tkazilishi o‘quvchilarni qiziqtiradi, ularga topshirilgan tadbirlarni va bular bilan boliq bo‘lgan nazariy masalalarni yanada jiddiyroq, yanada badiqqat ishlab chiqishga rabatlantiradi, o‘quvchilarda jamiyatga ishiga vijdonan, masouliyat bilan qarash xususiyatlari hosil qiladi. SINFDAN TASHQI MASHG‘ULOT SHAKLLARI. Maktablarda sinfdan tashqi mashg‘ulotlarning uch formasidan: gruppa bo‘lib ishlash, yalpi ishlash va yakka-yakka bo‘lib ishlash formasidan foydalaniladi. Kimyo to‘garagi sinfdan tashqi mashg‘ulotlarning asosiy formasi, ammo birdan-bir formasi emas. Kimyo to‘garagi uncha o‘p bo‘lmagan o‘quvchilardan iborat gruppanigina o‘z ichiga oladi. O‘rta maktabning vazifasi esa kimyoga hamma o‘quvchilarni qiziqtirishdir. Maktabda sinfdan tashqi mashg‘ulotlarning yalpi formasi juda katta ahamiyat kasb etmoqda. O‘rta maktabda sinfdan tashqi yalpi mashg‘ulotlarning boshqa turlari: kinofilmlarko‘rsatish; maktab kimyo kechalarini o‘tkazish, kimyoviy sayoxatlar, o‘quv kinoseanslari, ijodiy kechalar, ijodiy konferensiyalar, kimyoviy olimpiadalar o‘tkazish va boshqa turlari ham teng qo‘llanilmoqda. Kimyodan yakka-yakka o‘tkaziladigan sinfdan tashqi mashg‘ulotlarni ham keng yo‘lga qo‘ymoq kerak. Har qaysi maktabda shunday o‘quvchilar borki, ularning qiziqishini sinf mashg‘ulotlarigina emas, balki sinfdan tashqi mashg‘ulotlar ham qoniqtira olmaydi. Bu o‘quvchilar, masalan, moda tuzilishining ayrim muammolari, hozirgi zamon kimyogarlarining hayoti va faoliyati, eksperimentalkimyoviy masalar echish va birmuncha boshqa masalalarga o‘zga o‘quvchilardan ko‘ra ko‘proq qiziqadilar. . Yаkka-yakka o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar, xuddi to‘garak mashg‘ulotlari kabi, tevarak-atrofdan ajratilgan holda bo‘lmasligi kerak. Alohida ajralib turadigan bu kimyo havaskorlariga mohirlik bilan rahbarlik qilinsa, ular maktabning boshqa hamma o‘quvchilariga katta ta’sir ko‘rsatishlari mumkin. Qo`shimchа аdаbiyotlаr: 1. Мактабда кимё тўгараги. Ўқитувчиларнинг иш тажрибасидан.Тошкент, ўқитувчи, 1990. 2. А.А. Сударкина ва бошкалар. Кимё кишлоқ хўжалигида факультатив курс. Тошкент. Ўқитувчи.1991. 3. В.Г. Андросов и другие. Внеклассная работа по химии в сельской школе. М., Просвешение, 1990. 4. Методика проведение в неаудиторный и внеклассной работы по химии. Сборник Ярославль 1990. 5. Химические кужки (Составили Л.А. Корбейникова,Г.А.Лисичкин)М.Просвешение 1994. 6. Э.Е. Нифаньев и другие. Внеклассная работа по химии с использованием хроматографиие. М., Просвешение, 1991. 7. Химия в школе журнали. 1992 йил №1,4,5,6 1988 йил №1 1992 й.№1,2. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 64.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling