Mavzu: Vertikal neyropedagogik maydonlar, gorizontal neyropedagogik maydonlar Reja


Download 40 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi40 Kb.
#1011713

Guruh nomi. Sana:
Davomatni aniqlash
Fan nomi: Neyropedagogika
Mavzu: Vertikal neyropedagogik maydonlar, gorizontal neyropedagogik maydonlar
Reja:

  1. Vertikal neyropedagogik maydonlar haqida tushuncha

  2. Gorizontal neyropedagogik maydonlar


Dars turi: Yangi tushuncha bilimlarni shakllantiruvchi, yangi mavzu o'tish darsi
Darsning maqsadi: Vertikal neyropedagogik maydonlar, gorizontal neyropedagogik maydonlar haqida ma`lumotlar olish.
Ta'limiy: O'quvchilarda vertikal va gorizontal neyropedagogika maydonlar haqida tushuncha hosil qilish
Tarbiyaviy: Vertikal va gorizontal neyropedagogik maydonlarning ahamiyati
Rivojlantiruvchi: Neyropedagogik guruhlar
Darsda qo’llaniladigan metodlar: 1.Savol-javob metodi, 2.“Neyropedagogik binar maruza metodi
Darsda foydalaniladigan jihozlar: mavzuga oid slayd, referat, rasmlar
Tashkiliy qism
O'tilgan mavzuni takrorlash: Savol-javob ,test
Yangi mavzuni tushuntirish
Yangi mavzuning qisqacha bayoni:
Umuman olganda, ta’lim muhitini bir nechta vertikal va gorizontal neyropedagogik maydonlarga ajratish mumkin.
O‘quv sinfi (auditoriyasi)da ikkita vertikal neyropedagogik maydonni ajratish mumkin bo‘lib, bunda yuqori neyropedagogik maydon o‘qituvchi tomonidan mashg‘ulotlarni tik turib o‘tish jarayonida shakllanadi. Yuqori neyropedagogik maydonda o‘qituvchining kommunikatsiya maydoni yuzasi o‘quvchilarning ijtimoiy persepsiya maydoni yuzasidan yuqorida joylashgan bo‘ladi. Ko‘p hollarda, o‘qituvchining mazkur neyropedagogik pozitsiyasi to‘g‘ri, deb hisoblanadi.
Buning asosiy sababi – yuqori pozitsiya psixologik interaksiyaning pasayish turi bilan assotsiatsiyalanishidir. Bu esa, transakt tahlil pozitsiyasi nuqtai nazaridan “Ota-ona – farzand” rolli kommunikatsiyani hosil qiladi. Kommunikatsiyaning mazkur turi, ya’ni o‘qituvchi tomonidan o‘quv ma’lumotlarini “yuqoridan-pastga” qaratilgan holatda uzatilishi, ko‘pincha, avtoritar shakldagi pedagogik muloqotni yuzaga keltiradi .
Mazkur masalaga neyropedagogika nuqtai nazaridan yondashilsa guruhlar tavsifi quyidagi mazmunga ega bo‘ladi:
1) diffuz neyropedagogik guruh – ta’lim muhiti bir tekis to‘ldirilganligi, mashg‘ulotlar jarayonida guruxda neyropedagogik relaksatsiya holati kuzatilib, ta’lim jarayonida umumiy ichki zo‘riqishning birmuncha past bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Mazkur holat asosan ma’ruza mashg‘ulotlari uchun xosdir.
2) assotsivlashgan neyropedagogik guruh – o‘quv guruhida ta’lim muhiti notekis to‘ldirilganligi sababli guruhning notekis neyropedagogik relefi yuzaga keladi. Ushbu holat, odatda, neyropedagogik zo‘riqishni keltirib chiqaradi. Bunda ayrim neytral neyropedagogik pozitsiyalarning dolzarb pozitsiyalarni tan olmasligi guruhdagi ichki zo‘riqishning ortishiga olib keladi. Bunday holat, ko‘pincha, seminar va amaliy mashg‘ulotlar davomida kuzatiladi. Chunki o‘quvchilar guruhi vazifalarni sifatli bajarilishini ta’minlash uchun yorqin va lokal mikroguruhlarga bo‘linishlari sababli shaxslararo munosabatlar darajasi keskin ortadi.
3) diffuz-assotsivlashgan neyropedagogik guruh neyropedagogik xususiyatlariga ko‘ra yuqoridagi guruhlarning xar ikkalasiga xos bo‘lgan holatlarni o‘zida namoyon qiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash: Davra suhbati metodi orqali
Darsda qo`llaniladigan metodlar
Savol-javob metodi
Savol-javob orqali o`tilgan mavzuni mustahkamlash
1. Bola yangi materiallarni aniq amaliy maqsadlarni ko`zlamasdan, aniq motivatsiyasiz o`rganishi mumkinmi?
2. Mustaqil ravishda nisbatan samarali ishlaydimi?
3. Beriladigan material aniq tarkibga ega bo`lishi, mantiq asosida tarkibiy qismlarga bo`linib ketma-ket va bosqichma-bosqich bayon qilinishi muhim bo`lib, aks holda ma`lumotlarni qabul qilishga qiyinladimi?
4. Materiallarni ko`r-ko`rona o`rganishga qiynalib, uni avval qismlarga bo`lib o`rganish va shundan so`ng ularni umumlashtirishni afzal ko`radimi?
5. So`zlarni ro`yxat qilib yodlashi juda engil kechadimi?
6. O`zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda (haqiqiy xayotiy vaziyatlarda) qo`llashga qiynaladimi?
O’quvchilarni baholash: rag’bat kartochkasi orqali
Uyga vazifa: Yangi mavzuni mustahkamlab kelish
Foydalanish uchun adabiyotlar:

  1. Pedagogik kengashlar.- Volgograd, [Matn] 2016. - Nashr. 1.- 158 p.

  2. Pedagogik kengash: tayyorlash va o`tkazish texnologiyasi [Matn] // Maktab direktori.- 2014. No 22-23.

  3. Klemantovich I. P., Stepanov V. G., Sedyx V. V., Farnieva M. G. yoshlarning hissiy intellekti va deviant xatti-harakatlari./ Asosiy tadqiqotlar, 2014, № 6, p.360-363.

  4. Klemantovich I. P., Stepanov V. G., Minosyants N. G. yoshlar ekstremizmi va ma`naviy-axloqiy tarbiya./ "Yoshlar ekstremizmi: kelib chiqishi, oldini olish, oldini olish"xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari to`plamida. M., 2014, II qism, 250-254 betlar.

  5. Stepanov V. G. bolalar va kattalarning miyasi va samarali rivojlanishi: yosh, o`rganish, ijodkorlik, kasbga yo`naltirish./ M., Akademik Loyiha, 2013 Yil.

  6. Stepanov V. G. Kasbga Yo`naltirish. Miyaning funktsional assimetriyasi va kasb tanlash./ M., Akademik Loyiha, 2008 Yil .


Baholash: rag`bat kartochkalar orqali
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling