Mavzu. Xalqaro mehnat resurislari statistikasi. Reja Xalqaro mehnat tashkiloti


Download 178.05 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi178.05 Kb.
#1628788
  1   2   3
Bog'liq
Xalqaro mehnat resurislari statistikasi


Mavzu. Xalqaro mehnat resurislari statistikasi.
Reja
1. Xalqaro mehnat tashkiloti.
2. Mehnat resurslarining asosiy kategoriyalari.
ishbilarmon aholi;
iqtisodiy faol aholi;
to`lanadigan bandlik;
umumiy mehnat resurslari;
ishsizlar.

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) 1919 yilda Versal tinchlik shartnomasiga binoan tashkil etilgan. XMTni boshqa xalqaro tashkilotlardan ajratib turuvchi xususiyati, uning organlaridagi uch tomonlama vakillik prinsipi hisoblanadi:


XMTga a’zo davlatlarning boshqaruv vakillari;
kasaba uyushmalarining vakillari;
milliy tadbirkorlar tashkilotlarining vakillari.
XMT Nizomiga binoan, har uch tomon bir-biridan mustaqil hisoblanadi. XMTning bosh organlari tarkibiga har yili o`tkazib kelinadigan Bosh Konferensiya, uch yilga saylanadigan Ma’muriy Kengash va bosh direktor rahbarligidagi Xalqaro Mehnat Byurosi (XMT kotibiyati) kiradi. XMTning shtab-kvartirasi Jeneva (Shveytsariya)da, 2 mintaqaviy Mehnat Byurosi – Addis-Abeba va Bangkokda va 20 vakillik bo`limlari turli davlatlarda joylashgan. 1946 yildan buyon XMT BMT Statistika Kotibiyatining mintaqaviy bo`limi hisoblanadi.
Umumiy holda XMTning asosiy vazifalari quyidagilar:
• ish vaqtining reglamentatsiyasi;
• ishchi kuchining reglamentatsiyasi;
• ishsizlik bilan kurashish;
• normal yashash sharoitini ta’minlab beradigan, ish haqi kafolatini ishlab chiqish;
• kasbiy kasalliklar va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan himoya qilish;
• ish bilan band bo`lgan bolalar, ayollar va o`smirlarni himoya qilish;
• ijtimoiy sug`urta va ijtimoiy ta’minot masalalarini tartiblash;
• kasbiy-texnik ta’limni tashkil etish.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish mexanizmi sifatida quyidagilar xizmat qiladi:

  • hodimlarning mehnat va yashash sharoiti masalasida normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish yo`li bilan mehnatni xalqaro-huquqiy tartiblanishida ishtirok etish. Maxsus tarmoq qo`mitalari turli mamlakatlarning metallurgiya, kimyo, neft, to`qimachilik va iqtisodiyotning boshqa sanoatlari rivojlanishining ijtimoiy aspektlarini ko`rib chiqishadi va taqqoslashadi;

  • yirik ijtimoiy-mehnat muammolarini hal etishga yo`naltirilgan xalqaro maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Ushbu vazifalar Jeneva shahri (Shveytsariya)dagi ijtimoiy-mehnat muammolari Xalqaro instituti zimmasiga yuklatilgan.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni umumlashtirib, XMTning umumiy prinsipi, ya’ni jahon masshtabidagi mehnat sohasidagi ma’lumotlarni jamash vametodologik qo`llanmalarni ishlab chiqishni shakllantirsak bo`ladi. Bu yo`nalishlar XMTga mehnat va bandlik sohasidagi holat haqida jahon hamjamiyati va mutaxassislarga ma’lumot berishi mumkin. XMT tomonidan quyidagi masalalar bo`yicha statistika metodologiyasi ishlab chiqilmoqda:

  • tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

  • nashriyot faoliyati;

  • davlatlarga mehnat qonunchiligini rivojlantirishga ko`maklashish;

  • kasbiy-texnik malakani oshirish Xalqaro markazi (Italiya, Turin sh.) doirasida kasbiy ta’limni rivojlantirish.

  • kasbiy tayyorgarlik;

  • bandlik va ishsizlik;

  • ijtimoiy sug`urta;

  • ish haftasining davomiyligi;

  • ishlab chiqarishdagi jarohatlar;

  • iste’mol tovar va xizmatlar narhlari indeksi;

  • zabastovka harakati statistikasi;

  • ish haqi statistikasi.

  • XMT tomonidan nashr etiladigan Mehnat bo`yicha XMT Statistika kalendari, mehnat bo`yicha davriy bulletenlar, Bandlik va mehnat haqi statistik to`plamlari to`g`risida yana bir bora eslab o`tamiz.

  • 1991 yilda XMTning tadqiqot hamda amaliyot faoliyatining qiymati yana bir quyidagi ko`rsatkichlar bo`yicha 140 davlat bo`yicha Oktabr tadqiqoti klassifikatsiyasida o`z tastig`ini topadi.

  • • mehnat haqi;

  • • ish haftasining davomiyligi;

  • • iste’mol narhlarining darajasi.

Xalqaromehnatstatistikasiningrivojlanishigaqo`shilgankattahissa «Mehnatstatistikasi: manbalarvametodika» nashridachopetilganjahonning 157 mamlakatidamehnatningmetodologikasoslaribo`yichaqo`llab-quvvatlovchidasturhisoblanadi.
Bundantashqari, milliymehnatstatistikalarinitaqqoslashgayo`naltirilganXMTninghozirgixalqarostatistikastandartlariishlabchiqilgan.
Bular qatorida:
• Xalqaro standart sanoat klassifikatsiyasi (XSSK).
• Xalqaro standart bandlik klassifikatsiyasi.
• Xalqaro mehnat resurslari klassifikatsiyasi.
Mehnat resurslarining asosiy kategoriyalariga quyidagi mehnatga layoqatli aholi kiradi:
• ishbilarmon aholi;
• iqtisodiy faol aholi.
Undan tashqari xalqaro statistikada «umumiy mehnat resurslari» atamasi foydalaniladi. Har bir kategoriyani ko`rib chiqamiz.
Qoidaga ko`ra mehnatga layoqatli aholi – bu 15 yoshdan 64 yoshgacha bo`lgan aholi, lekin ushbu ko`rsatkichni baholayotganda milliy farqlar bo`lishi mumkin.
Mamlakat rivolanish darajasi va mehnatga layoqat yoshi chegarasi qoidaga ko`ra o`zaro bog`liqdir. Mamlakat rivoji qanchalik yuqori bo`lsa, mehnatga layoqatning quyi chegarasi shunchalik katta va yuqori chegarasi shunchalik kichik.
Mehnatga layoqat yoshi chegarasi turli davlatlarning qonunchilik hujjatlariga ko`ra milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni hisobga olgan holda belgilanadi. Misoluchun, Rossiya, AQSh, JARdamehnatgalayoqatyoshiningquyichegarasi 16 yosh; Fransiya, Angliya, Yaponiya, Ozarbayjonda – 15 yosh; Qozog`istonda – 14 yosh; Pokistonda – 12 yosh; Beninda – 10 yosh; Misrda – 6 yosh. Yuqori chegarasi (nafaqayoshi) O`zbekistonda ayollar uchun 55 yosh va erkaklar uchun 60 yoshga teng; Angliyada – ayollar uchun 60 yosh va erkaklar uchun 65 yosh; AQSh, FRG, Kanada, Ispaniyada ayollar va erkaklar uchun bir xil 65 yosh qabul qilingan. Mehnatga layoqatli aholi tarkibiga mehnatga layoqatli yoshda bo`lgan nogironlar kiritilmaydi.
Ishbilarmon aholi — statistik hisobdan deyarli yo`qolgan atama. So`zma-so`z tarjima qilganda «daromadi mavjud» tushunchasini bildiradi.
Shunday qilib «ishbilarmon aholi» — bu aholining yashash vositalari manbalariga ko`ra taqsimlanishini tavsiflovchi kategoriya. Misol uchun, aholini ro`yhatga olish ishlab chiqlayotganda bandlikka ega, stipentiantlar, nafaqaxo`rlar, davlat qaramog`idagi shaxslar va boshqa yashash manbasiga ega bo`lgan jismoniy shaxslar alohida ajralib turadi.
Iqtisodiy faol aholi (IFA) — BMTda ishlab chiqilgan hamda foydalaniladigan kategoriya. Bu ishlab chiqarishda potensial ravishda qatnasha oladigan shaxslar. Aynan MST (milliy schyotlar tizimi) ga binoan klassifikatsiyalangan moddiy boyliklar va xizmatlar ishlab chiqarish nazarda tutilgan.

  • Iqtisodiy faol aholining sonini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalansak bo`ladi:

  • Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi – Davlat qaramog`idagi aholi = Mehnatga layoqatli yoshdagi IFA.

  • Mehnatga layoqatli yoshdagi IFA + Ishlab chiqarishda band bo`lgan o`smir va nafaqaxo`rlar = IFA.

AQShning umumiy mehnat resurslari (1991 y.), mln. kishi (jamiga nisbatan %)

Umumiy mehnat resurslari. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) 1954 yildan beri ushbu kategoriyanicht davlatlarning mehnat potensiallarini tavsiflash uchun qo`llaydi. IHRT xalqaro statistika bilan faol shug`ullanadi, tarkibida mehnat statistikasi bilan bir qatorda demografik ko`rsatkichlar ham ko`rsatilgan mehnat ko`rsatkchlarining metodologik hisobi va statistik nashrlarga ega. Ulardan yetakchi o`rinni «Labour Force Statictics» egallab turibti. Ushbu nashrdagi sxemada AQSh uchun 1991 yilda «mehnat resurslari» ishlab chiqish to`g`risida keng ma’lumot berilgan.
Umumiy mehnat resurslari. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) 1954 yildan beri ushbu kategoriyanicht davlatlarning mehnat potensiallarini tavsiflash uchun qo`llaydi. IHRT xalqaro statistika bilan faol shug`ullanadi, tarkibida mehnat statistikasi bilan bir qatorda demografik ko`rsatkichlar ham ko`rsatilgan mehnat ko`rsatkchlarining metodologik hisobi va statistik nashrlarga ega. Ulardan yetakchi o`rinni «Labour Force Statictics» egallab turibti. Ushbu nashrdagi sxemada AQSh uchun 1991 yilda «mehnat resurslari» ishlab chiqish to`g`risida keng ma’lumot berilgan.
Bu koeffitsiyentlarning hammasi yagona metodologiya bo`yicha hisoblanadi — absolyut ko`rsatkichning o`rtacha yillik aholi soniga nisbati sifatida. Shuning uchun ham ular quyidagi formulalar bo`yicha hisoblanadi:



Mehnatga layoqatli aholi sonini aniqlash asosida aholining jinsiy yosh strukturasi yotadi. Shuning uchun ham mehnat potensialining statistik tadqiqitidan avval turli davlatlardagi demografik jarayonlarni o`rganish zarur. Ushbu jarayonlarni tavsiflash uchun aholining tabiiy va mexanik harakati ko`rsatkichini qo`llashadi. Ularga tug`ilish, o`lim, tabiiy o`sishning umumiy va jinsiy yosh koeffitsiyentlari, hamda aholi sonining o`sishi va kamayishining mexanik koeffitsiyenti kiradi.
Huddi shu yo`l bilan mehnatga layoqatli aholi uchun tabiiy va mexanik harakat koeffitsiyentlarini ham hisoblasa bo`ladi. Bu holda sur’atda faqat mehnatga layoqatli aholining harakati ko`rsatkichining absolyut qiymatini ko`rsatish, mahrajda esa mehnatga layoqatli aholining o`rtacha qiymatini ko`rsatish kerak.
Ushbu holda tabiiy qo`shilish ko`rsatkichi sifatida mehnat layoqati yoshi chegarasidan chiqqan, lekin shu davrda iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanuvchi shaxslar xizmat qiladi.
Tabiiy kamayish ko`rsatkichi sifatida esa: nafaqaga chish munosabati bilan kamayish, nogironlik bo`yicha, hamda mehnatga layoqatli yoshda bevaqt o`lim natijasida bo`lishi mumkin.
Mehnatga layoqatli aholining qiymati davlatning harbiy va mehnat potensialini belgilab beradi deb aytsak ham bo`ladi. Uni kam martalik ish faoliyati sabab paydo bo`lgan mehnat potensialidan, ya’ni iqtisodiy faol aholidan farqlash kerak. Iqtisodiy faol aholi mehnatga layoqatli aholidan kam, chunki bu guruhga u yoki bu sababga ko`ra iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishni istamagan mehnatga layoqatli aholi kiritilmagan.
Iqtisodiy faol aholi - ma’lum davr mobaynida o`z mehnatlarini iqtisodiy tovar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishga sarflaydigan, ikkala jinsning hamma vakillarini o`z ichiga qamrab oladi. Iqtisodiy faol aholining ikki tushunchasi bor — bu oddiy faol aholi, bu tushuncha uzoq vaqt davomida o`rganish orqali beriladi (qoidaga ko`ra bir yilda), va joriy faol aholi yoki, boshqacha qilib aytganda, ishchi kuchi, bu ko`rsatkichlar, qisqa o`rganish davrida o`zgaruvchan bo`ladi (bir kun yoki bir hafta).
Turli davlatlarda quyidagi tushunchalarning bir-biridan yetarlicha farqi bor, qurolli kuchlar; davlat muassasalarida saqlanayotgan shaxslar (masalan, maxbuslar); rezervatsiyada yashovchilar; kimni o`zining birinchi ishini qidiryapti deb hisoblasa bo`ladi; mavsumiy ishchilar va to`liqsiz iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanuvchilar kimlar. Bazi davlatlarda ushbu guruhlarning barchasi yoki bir necha qismi iqtisodiy faol aholi tarkibiga kiritiladi, boshqa bir davlatlarda esa ular ishsizlar qatorida turadi. Qoidaga ko`ra, iqtisodiy faol aholi tarkibiga talabalar, ishsiz uy bekalari, nafaqaxo`rlar va birovning qaramog`idagi shaxslar iqtisody faol aholi qatoriga kirmaydi.
Iqtisodiy faol aholini tavsiflash uchun guruhlash usuli keng qo`llaniladi. Bu guruhlar ikki turda bo`ladi: umumdemografik va ijtimoiy-iqtisodiy.
Umumdemografik usullar nafaqat iqtisodiy faol, balki barcha aholini o`rganadi.ular o`z tarkibiga quyidagi guruhlarni oladi:

  • Jins va yosh bo`yicha guruhlash;

  • Territorial guruhlash (aholining yashash joyi bo`yicha), har bir davlatning ma’muriy-administrativ kesimi asosida. Bu guruhlashga ushbu davlatdagi aholini shahar yoki qishloqda istiqomat qilishini guruhlarga ajratish ham kiradi.;

  • Fuqarolik bo`yicha guruhlash (ushbu shaxs qaysi davlat fuqarosi ekanligini aniqlaydi);

  • Ta’limdarajasibo`yichaguruhlash (o`rganilayotgandavlatdagita’limtizimiasosida);

Yashash vositalarining manbalari bo`yicha guruhlash (mashg’ulotlardan daromadlar: pensiya, yordampuli, stipendiya; kapitaldan daromadlar: foiz, divident, ijaragaberish; alohida shaxslar qaramog`ida; kollektiv qaramog`ida; davlat qaramog`ida).
Ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar iqtisodiy faol aholini tavsiflash uchun foydalaniladi.
Ularga avvalambor Xalqaro Mehnat Tashkilotida tasdiqlangan, holat bo`yicha Xalqaro klassifikator doirasida quriladigan mashg`ulotning holati bo`yicha guruhlash kiradi.
Holat bo`yicha Xalqaro klassifikatsiya quyidagi kategoriyalar bo`yicha iqtisodiy faol aholini tavsiflaydi: ishberuvchilar, mustaqil xo`jayinlar, yollangan ishchilar yoki oilaviy biznesdagi maosh olmaydiganlar yoki ishlab chiqarish kooperativi a’zolari. Har bir holatning Xalqaro standartga ko`ra ta’rifini keltiramiz.
Ishberuvchi:shaxsiy biznesini boshqaruvchi hamda o`z shtatida bir yoki undan ko`p ishchilari mavjud shaxs.
Mustaqilxo`jayin: shaxsiy biznesini boshqaruvchi, lekin o`z shtatida bitta ham ishchisiga ega bo`lmagan shaxs.
Yollanma ishchi:davlat yoki xususiy tashkilotda ishlovchi va o`z mehnati uchun vaqtbay ish haqi, maosh, komissiyahaqi, choychaqa, akkord to`lovi yoki natural shakldagi to`lov ko`rinishida mukofot oluvchi shaxs.
To`lanmaydigan ishchilar, oilaviy biznesda ish haqisiz ishlaydigan va tashkilot rahbarining oila a’zolari bo`lgan shaxslar.
Ishlab chiqaruvchilar kooperativi a’zolari: ishlab chiqarish faoliyatidan qat’i nazar kooperativga birlashgan ishlab chiqarish guruhi a’zosi bo`lgan shaxs.
Holati noaniq shaxslar: holati noaniq ishchilar, hamda avval ishlamagan ishsizlar.
Turli davlatlarda statistik hisob yuritishda Xalqaro klassifikatorlarning borligiga qaramay haligacha taqqoslab bo`lmaydigan ta’riflar mavjud. Misol uchun, boshqaruvchi va direktorlar yollanma ishchi sifatida, lekin bazi hollarda ish beruvchiga tenglashtiriladi. Oilaviy biznesdagi maosh olmaydigan ishchilar deyarli barcha davlatlarda iqtisodiy faol sifatida belgilanadi. Ish beruvchilar va mustaqil xo`jayinlar bazida birga hisobga olinadi. Ko`p davlatlarda maosh, komissiya to`lovi yoki boshqa ko`rinishda daromad oluvchi oilaviy ishchilar bazi davlatlarda yollanma ishchilar singari, bazilarida esa oilaviy ishchilar guruhiga kirishadi. Turli davlatlarda klassifikatsiya bo`yicha holat va ishsizlarning ta’rifida ziddiyatlar mavjud.
Iqtisodiy faol aholining eng muhim guruhi sifatida uning bandvaishsizlarga bo`linishi hisoblanadi. Bu guruhlar XIII Ishchi kuchi statistikasi Xalqaro konferensiyasida qabul qilingan bandlik va ishsizlik ta’rifiga ko`ra shakllanadi (Jeneva, 1982 y.). Yuqoridagi qarorga asosan bandlar qatoritga mehnatga layoqatli aholining eng kichik yosh chegarasidan katta, hech bo`lmaganda bir hafta yoki bir kun davomida quyidagi kategoriyalardan biriga to`g`ri kelgan shaxslar:
I. «To`lanadigan bandlik»:

  • a) «ishlovchilar» — naqd pul yoki natural shaklda oylik maosh olish maqsadida hisobot davri mobaynida ishlovchi shaxslar;

  • b) «ishlovchilar, lekin hisobot davrida ishlamayotganlar» — ishlovchilar safida turuvchi, lekin hozir vaqtincha ishga bormayotganlar va ish bilan rasmiy aloqani saqlab turuvchi shaxslar. Bu rasmiy aloqalar quyidagilardan tashkil topishi mumkin: oylik maosh to`lanishi davom etadi; ishga qaytish kafolati mavjud; ishda vaqtincha bo`lmaslik va uning yordam pullari bilan kompensatsiyalanishi.

I. «To`lanadigan bandlik»:

  • a) «ishlovchilar» — naqd pul yoki natural shaklda oylik maosh olish maqsadida hisobot davri mobaynida ishlovchi shaxslar;

  • b) «ishlovchilar, lekin hisobot davrida ishlamayotganlar» — ishlovchilar safida turuvchi, lekin hozir vaqtincha ishga bormayotganlar va ish bilan rasmiy aloqani saqlab turuvchi shaxslar. Bu rasmiy aloqalar quyidagilardan tashkil topishi mumkin: oylik maosh to`lanishi davom etadi; ishga qaytish kafolati mavjud; ishda vaqtincha bo`lmaslik va uning yordam pullari bilan kompensatsiyalanishi.

II. «Mustaqil bandlik»:
a) «ishlovch I xo`jayin», - hisobot davri mobaynida naqd pul yoki natural shaklda foyda olish yoki oilaviy daromad olish maqsadida ish bajargan shaxslar tushuniladi;
b) «ishlamaydigan xo`jayin» — shaxsiy biznesiga ega, lekin hozirgi kunda bazi bir sabablarga ko`ra o`z faoliyati bilan shug`ullanmayotganlar.
Xalqaro statistika nashriyotlarida «qandaydir ish» tushunchasi uchrab, u kamida haftasiga bir soat davomida bajarilgan ishga aytiladi.
Ishga kasallik, jarohat, bayram, ta’til, zabastovka, lokaut, ta’limolish, malaka oshirish, homiladorlik bo`yicha ta’til (dekret), shtatni qisqartirish bo`yicha ishga chiqmaslik, yoki ob-havo sharoitlari yomon bo`lgani uchun ish to`xtagani, mexanik yoki elektr jihozlarining buzilishi bo`yicha, hom-ashyo yetishmovchiligi material va yoqilg`I yetishmovchiligi bo`yicha ish to`xtasa, lekin ishchi ish beruvchi bilan rasmiy aloqalarni saqlab qolish sharti bilan, to`lanadigan bandlik kategoriyasiga kiritilishi mumkin.
Ish beruvchilar, mustaqil xo`jayinlar, kooperativ ishlab chiqarish a’zolari mustaqil band shaxslar sanalib, «ishlaydigan xo`jayin» yoki «ishlamaydigan xo`jayin» kategoriyalariga kiritilishi mumkin.
Oilaviy biznesdagi to`lanmaydigan oila a’zolari necha soat ishlashidan qat’i nazar, «mustaqil band» kategoriyasiga kiritilishi kerak.
Odatda to`lanmaydigan oila a’zolarini «band»lar qatoriga qo`shuvchi davlatlar, qoidaga ko`ra, «bepul ish»ning chegarasini belgilashadi (odatda haftasiga 15 soat).
O`zining va oilasining ehtiyoji uchun tovar va xizmat ishlab chiqaruvchi shaxslar, agar bunday ishlab chiqarish oilaviy xo`jalik daromadiga o`z hissasini qo`shsa, «mustaqil band» kategoriyasiga kiradilar.
XMT ta’rifiga ko`ra ishsizlar — bu minimal ishlash yoshidan katta bo`lgan, hamda hisobot davri mobaynida quyidagi holatlarda bo`lgan shaxslar:
а) «ishsiz», ya’ni «to`lanadigan bandlik» yoki «mustaqil bandlik»da bo`lmagansiz;
b) «hoziroq ishlashga tayyorsiz», ya’ni «to`lanadigan bandlik» yoki «mustaqil bandlik»ka tayyor edingiz;
c) «ish qidirgandiniz», ya’ni «to`lanadigan bandlik» yoki «mustaqil bandlik»ni topish uchun aniq vazifalarni bajarib maqsadga erishmoqchi bo`lgansiz.
Shogirdlar, bajargan ishi uchun daromadini naqd pul yoki natural ko`rinishda oluvchi, «to`lanadigan ishchi» guruhiga kirib, «ishlovchi xo`jayin» yoki «ishlamaydigan xo`jayin» kategoriyasida hisobda turadi.
Talabalar, uy bekalari va hisobot davrida asosan noiqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanuvchi boshqa shaxslar (bizularni «mustaqilband» bo`lganlar kategoriyasiga kiritdik), «band» sifatida hisobda turishi kerak, lekin, iloji bo`lsa, alohida hisobda turishi kerak.
Ishsizlikning davomiyligi (ish qidirishning davomiyligi) — bu shaxsning harqanday usullardan foydalanib ish qidirishni boshlagan vaqtidan biror bir variantni ko`rib chiqayotgan vaqtigacha ish qidirish davri hisoblanadi.
Iqtisodiy faol (aktiv) aholi, band aholi va ishshiz aholining qiymati asosida ularning mehnat faol (aktiv)ligi, bandligi va ishsizligi koeffitsiyenti aniqlanadi.
Shu bilan birga bandlik va ishsizlik koeffitsiyentlarini ikki variantda hisoblasa bo`ladi:

  1. Butun aholiga nisbatan;

  2. iqtisodiy faol (aktiv) aholiga nisbatan.

Quyidagi formulalar bo`yicha hisoblanadi:
Shunday qilib, ishsizlik ta’rifining milliy aniqlanishi xalqaro standartda keltirilgan tavsiyalardan farq qilishi mumkin. Xususiy holatda, turli davlatlarda mehnatga layoqatli yosh chegarasi; o`rganish davrlari; ish qidirish kriteriylari; vaqtincha ishdan bo`shagan va umrida birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarning hisobini yuritish turlicha amalga oshishi mumkin.
Ishsizlikni tadqiq etayotganda quyidagi statistik ko`rsatkichlar qo`llaniladi:
Ishsizlik darajasi — iqtisodiy faol aholidagi ishsizlar miqdorining solishtirma og`irligi.
D(i)=Si/Si.k. x 100%
D(i) – ishsizlik darajasi;
Si – ishsizlar miqdori;
Si.k. – ishchi kuchi
;
; ;
;

Download 178.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling