Mavzu: xeleniskiy deklaratsiyasi haqida


Download 0.64 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1548375
Bog'liq
9-mavzu XOlboyev M

mavzu:xeleniskiy deklaratsiyasi haqida

Bajardi:xolboyev Maqsadjon

Tekshirdi:raximov.a.a

  • Bugungi kunda Ahloqiy ekspertiza xulosasisiz g‘arbdagi birorta mamlakatda insonda tajriba o‘tkazilishi mumkin emas. Bioetika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida ham tuzilgan bo‘lib, unga akademik M.S. Abdullaxo‘jaeva rahbarlik qilmoqda. YUNESKO ishlari bo‘yicha o‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining taklifiga va Ibn Sino Xalqaro Jamg‘armasi Boshqaruvining qaroriga binoan mazkur jamg‘arma qoshida O‘zbekiston Respublikasining Bioetika Milliy qo‘mitasi tuzildi.
  • Bugungi kunda Ahloqiy ekspertiza xulosasisiz g‘arbdagi birorta mamlakatda insonda tajriba o‘tkazilishi mumkin emas. Bioetika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida ham tuzilgan bo‘lib, unga akademik M.S. Abdullaxo‘jaeva rahbarlik qilmoqda. YUNESKO ishlari bo‘yicha o‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining taklifiga va Ibn Sino Xalqaro Jamg‘armasi Boshqaruvining qaroriga binoan mazkur jamg‘arma qoshida O‘zbekiston Respublikasining Bioetika Milliy qo‘mitasi tuzildi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Bioetika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi qonuniga (1996 yilda qabul qilingan, 1999, 2001 yillarda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan) hamda «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga (1997 yilda qabul qilingan), shuningdek Xelsinki deklaratsiyasi prinsiplariga, Balmontning «Ahloq prinsiplari hamda tadqiqotlar o‘tkazilayotgan odamlarni himoya qilish bo‘yicha qo‘llanma»siga, GCP (Good Clinical Practic) bo‘yicha qo‘llanmaga, JSSTning biotibbiy tadqiqotlar ekspertizasini o‘tkazuvchi Etika qo‘mitalariga tavsiyalariga (2000-2002 yillar), o‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirining 2000 yil 10 iyuldagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan qo‘mita to‘g‘risidagi nizomga amal qiladi
  • Dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligi muammolari ilmiy isbotlovchi tibbiyot nuqtai nazaridan Farmatsevtik bioetika masalalarini nazorat qiluvchi etika qo‘mitalarining faoliyati Jahon vrachlar uyushmasining Xelsinki deklaratsiyasida ta’riflangan Ahloqiy va huquqiy prinsiplarga asoslanadi (mazkur prinsiplar Finlyandiyaning Xelsinki shahrida 1964 yil iyunda bo‘lib o‘tgan Jahon vrachlar uyushmasi 18-chi Bosh assambleyasida qabul qilingan).
  • «JSSTning etika qo‘mitalariga tavsiyalari» ruhi quyidagi so‘zlarda ifodalangan: «Etika qo‘mitalari o‘z tarkibida, qarorlar qabul qilish tartib-taomillari va mexanizmlarida siyosiy, ma’muriy-boshqaruv, idoraviy, kasbiy va moliyaviy-iqtisodiy ta’sirlardan mustaqil bo‘lishi lozim». Dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligi, diagonostika, davolash, profilaktika qilishning yangi usullari muammolari tibbiyotda yangi bilim sohasi – ilmiy isbotlovchi tibbiyot (IIT)ning rivojlanishi hamda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan bog‘liq. Xorijda ilmiy isbotlovchi tibbiyotning rivojlanishiga zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida, ayniqsa, biostatistika sohasida erishilgan yutuqlar katta yordam berdi, natijada tibbiy qarorlar va ilmiy tadqiqotlar natijalarining sifatiga yanada tez va ob’ektiv baho berish imkoniyati tug‘ildi. Bunga xorijdagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va markazlarida epidemiologiya va biostatistika fakultetlari va bo‘limlarining ko‘pligi ham ko‘maklashdi.
  • Isbotlovchi tibbiyot haqidagi dastlabki qarashlar 1972 yilda ingliz vrachi A. Kokran tomonidan tizimga solindi. Uni birinchi klinik epidemiolog deb atash mumkin. Isbotlovchi tibbiyotning asosiy maqsadi, o‘z nomiga ko‘ra, muayyan davolash yoki diagnostika usulini bemorlarning ma’lum populyasiyasida qo‘llashning samaradorligi haqidagi farazni isbotlash yoki inkor etishdan iborat. Texnik va boshqa ko‘pgina sabablarga ko‘ra populyasiyaning barcha a’zolarini jalb etgan holda tadqiqot o‘tkazishning iloji yo‘qligi tufayli, sinovlar odatda mazkur populyasiya orasidan tanlab olingan odamlar guruhida o‘tkaziladi.
  • 1972 yilda ingliz epidemiologi Archi Kokran «qo‘llaniladigan dorilarning chinakam samaradorligidan jamiyat bexabar ekanligi»ga e’tiborni qaratdi. «Tibbiyotchi olimlar barcha sohalar va ixtisosliklar bo‘yicha o‘tkazilgan barcha dolzarb, randomizatsiya qilingan klinik sinovlarni tahliliy umumlashtirish tizimini hanuzgacha yaratganlari yo‘q», deb yozadi u. Kokran tizimli asosda ma’lumotlar to‘plash va ularni tahlildan o‘tkazish asosida tibbiyot sohasida ilmiy sharhlar yaratish va ularni yangi ma’lumotlar bilan muntazam to‘ldirib borishni taklif qildi. Bunda tadqiqot o‘tkazish (dorilarni, davolash usullarini tadqiq qilish) etikasiga alohida e’tibor beriladi.
  • Tadqiqot o‘tkazish texnologiyasida randomizatsiya qilingan («random» – «tasodifiy» so‘zidan) klinik tadqiqotlar etakchilik qiladi. Randomizatsiya – randomization, ya’ni patsientlarni guruhga, masalan, tadqiqot va nazorat guruhlariga tasodifiy usulda ajratish. YAngi, ilgari qo‘llanilmagan dorilarni, shuningdek generik preparatlarni (inglizcha «generic» - xalka so‘zidan, original preparatlardan ko‘chirilgan nusxalar shunday deb ataladi) klinik sinovdan o‘tkazish Ahloqiy xususiyatga ega bo‘lgan bir qator masalalarni ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Bu o‘rganish sub’ekti inson ekanligi bilan bog‘liq.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling