Mavzu: Xitoy innovatsiyalari va texnologiyalari


Download 1.15 Mb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1627241
  1   2   3
Bog'liq
Xitoy

Mavzu: Xitoy innovatsiyalari va texnologiyalari

Reja: 1. Xitoy Xalq Respublikasi Fan va texnologiya vazirligi 2.Xitoyda birinchi pul muomilasi innovatsiyasi 3.xitoy- qog’oz vatani 4.koronavirusga qarshi vaksina innovatsiya 5.kelajak mashinalari 6.temir yo’l sohasidagi yangi innovatsiya

Xitoy Xalq Respublikasi Fan va texnologiya vazirligi ( xitoycha . chànghàngíngín ) — Xitoyda ilmiy-texnika taraqqiyoti uchun masʼul idora. U 1998-yildan beri vazirlik, undan oldin – Fan va texnologiyalar boʻyicha davlat komissiyasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Vazirlik pekin shahrida joylashgan. Hozirgi vazir - Van chjigan.

Taxminan miloddan avvalgi 770-yillarda xitoyliklar ma'lum turdagi buyum va qurollarni ayirboshlash uchun ularning bronzadan yasalgan kichik shakllaridan foydalanishgan. Biroq odamlar cho‘ntaklaridan kichik xanjar, belkurakni olish paytida qo‘llarini jarohatlab olishi mumkin edi va tabiiyki, buni hech kim xohlamagan. Shuning uchun vaqt o‘tib, bu kabi bronza buyumchalar dumaloq shakldagi qulay tangalarga aylanib borgan.

Garchi birinchi tangalar (bronza shakldagi aylana jismlar) Xitoyda muomalaga kiritilgan bo‘lsa-da, ilk tangalar tarixiy Lidiyada (hozirgi g‘arbiy Turkiya) zarb etila boshlangan. Pul birligi borasida Lidiya dunyoda lider bo‘lib turgan davrlarda xitoyliklar tanga o‘rniga qog‘oz pullar ishlab chiqara boshlaydi. Mark Polo Xitoyga safar qilgan milodiy 1271-yilga qadar ham Xitoyda pul siyosati ancha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lgan. Hatto Xitoy pullariga: «Kim qalbakilashtirishga urinsa, boshi kesiladi», deb yozib qo‘yilgan.

Qogʻoz dastlab (2-asr) Xitoyda olingan. Say Lun oʻsimlik tolalarining suvli boʻtqasini toʻrdan oʻtkazib, Qogʻoz olishga muyassar boʻlgan. Bu usul koʻp vaqtlargacha sir saqlab kelindi, 6-asr boshlarida Yaponiyada joriy qilindi. 6—8-asrlarda Qogʻoz ishlab chiqarish Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqaldi. 

Qog’ozni xitoyliklar kashf etishgan. Va bu tasodif emas. Birinchidan, Xitoy juda qadim zamonlardayoq o’zining kitobiy sermushohada mafkurasi hamda, amaldorlardan doimiy hisobot talab etuvchi murakkab rasmiyatchilik tizimi bilan dong taratgan. Shu tufayli, bu yerda doimo, ixcham va arzon yozuv vositasi va materialiga talab yuqori bo’lgan. Qog’oz ixtiro qilingunicha Xitoyliklar bambuk taxatachalari yoki shoyi matolarga yozishgan. Lekin shoyi doimo o’ta qimmat, bambuk esa, noqulay va o'g'ir bo’lgan. Masalan bitta bambuk taxtachaga o’rtacha 30 ieroglif siqqan. Endi tasavvir qiling, bitta o’rtacha hajmdagi kitob yozish uchun bunday taxtachadan qancha zarur bo’lgan ekan? Bunday «Bambukli kitob»ni ko’tarib yurish uchun butun boshli arava darkor bo’lgan. Ikkinchidan, faqat Xitoyliklargina uzoq davrlar mobaynida ipak va shoyi ishlab chiqarish sirlarini bilishgan va qog’oz ishlab chiqarish jarayoni aynan ipak uchun pillalarni texnik qayta ishlash bosqichidan rivoj topgan. Bu hodisa quyidagicha yuz bergan: Ipakchilik bilan shug’ullanuvchi ayollar, ipak qurti pillalarini qaynatib olib, keyin bo’yraga yoyishgan va suvga bo’ktirib, bir jinsli bo’tqasimon massa hosil bo’lgunicha ishqalashgan. Bu bo’tqani suvdan siqib olishgach, shoyi qo’goz hosil bo’lgan. Lekin, bunday mexanik va issiqlki ta’sirlaridan keyin bo’yralar yuzasi bo’ylab yupqa tolasimon qatlam, paydo bo’lib, quritib, sidirib olingach juda yupqa, ammo yozuv uchun qulay qog’ozga aylangan. Keyinchalik ipakchilar, yaroqsiz ipak pillalarini maxsus saralab, maqsadli ravishda qog’oz ishlab chiqarishga yo’naltiradigan bo’ldilar.


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling