Mavzu: Xitoy innovatsiyalari va texnologiyalari
Download 1.15 Mb.
|
Xitoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun Raxmat! Sog’ bo’lasiz!
Xitoyda magnitli bogʻlama orqali harakatlanadigan tezyurar poyezd konveyerdan chiqdi, deb xabar berdi Sinxua. Eng yuqori tezligi soatiga 600 km.gacha chiqadigan ushbu transport vositasi bu borada dunyo reytingida yetakchiga aylandi. Maʼlum qilinishicha, poyezd Xitoy sharqidagi Shandun provinsiyasi Sindao shahrida dastlabki qatnovni amalga oshirgan. China Railway Rolling Stock Corporation tomonidan qayd etilishicha, ushbu transport tizimi Xitoyning oʻzi tomonidan tashqi koʻmaklarsiz mustaqil tarzda yaratildi va mamlakat temir yoʻl sohasidagi eng soʻnggi ilmiy-texnik yutuqqa aylandi.Yangi avloddagi poyezd Tsindao shahrida ommaga taqdim qilindi. U hozircha yagona nusxada yaratilgan bo‘lib, Xitoyda ayni vaqtda u harakatlanishi mumkin bo‘lgan liniyalar mavjud emas. Ta'kidlanishicha, bunday poyezdlarda taxminan 10 yildan keyin yurish mumkin bo‘ladi. O‘sha vaqtgacha mamlakatda uzunligi ming kilometrgacha yetadigan 9ta tezyurar liniya quriladi. Poyezd loyihasi ustidagi ishlar 2016 yil oktyabridan olib borilgan. 2020 yil iyunda Shanhayda uning ilk sinovlari boshlangan. Poyezd magnit podveska negizida ishlab, u relslarda magnit maydon kuchi yordamida harakatlanadi va bu vaqtda rels sirtiga tegmaydi. Ushbu texnologiya harakatlanish vaqtida shovqinni minimallashtirishga imkon beradi. Biroq Ginness rekordlar kitobiga ko‘ra, ayni vaqtda magnit yostiqda harakatlanuvchi poyezdlar orasida tezlik rekordi Yaponiyaga tegishli. 2015 yilda Central Japan Railway Company’ga tegishli Series L0 (A07) poyezdi 603 km/soat tezlikka erishgan. Yanvarda “Sinxua” axborot agentligi Xitoyda ishlab chiqilayotgan tezyurar poyezd prototipi 620 km/soat tezlikka erishishi kutilayotganini ma'lum qilgan. Xitoy tezyurar temir yo‘llar qurish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2020 yil oxirida mamlakatda 37,9 ming kmdan iborat tezyurar temir yo‘llar tarmog‘i mavjud bo‘lgan.E’tiboringiz uchun Raxmat! Sog’ bo’lasiz!Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling