Mavzu: xotira shajarasi va operativ xotira reja: Xotira shajarasi Magnitli disklar Operativ va kesh xotira Tayanch iboralar


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1050298
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-mavzu (1)



MAVZU:
XOTIRA SHAJARASI VA OPERATIV XOTIRA
 
Reja: 
1. Xotira shajarasi 
2. Magnitli disklar 
3. Operativ va kesh xotira 
Tayanch iboralar: Xotira, registr, xotira adresi, operativ xotira, kesh xotira, 
CD, DVD, CD-R, CD-RW, DVD, razryad.
 
  1.Xotira shajarasi. 
 
Qurilma xotirasi deb dasturlar, kiritilayotgan ma’lumotlar, oraliq natijalar va 
olinayotgan madumotlami saqlash uchun mo‘ljallangan qurilmalar majmuiga 
aytiladi.
Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash muammosini hal qilishning ananaviy 
yo‘li, xotirani ierarxik ko‘rinishda tashkil etish bilan amalga oshiriladi (1-rasm). 
Protsessorning ichki registrlari ierarxiyaning eng yuqori qismida joylashgan. 
Ularga murojaat qilish tezligi, boshqa xil xotiralarga nisbatan ancha yuqoridir. 
Keyingi qatorda hozirgi paytda xajmi 32 Kbaytdan bir necha megabaytgacha 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan kesh-xotira joylashgan. Ierarxiyaning uchinchi 
pog‘onasida, hajmi bir necha o‘n gigabaytlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy 
xotira joylashgan. Keyingi qatorlarda magnitli disklar va lentalar, hamda optik 
disklar asosida yordamida ishlaydigan xotira qurilmalari joylashgan.
1-rasm. Xotirani besh sathli ko‘rinishda tashkil etish. 


Ierarxiya bo‘ylab yuqoridan pastga qarab, uchta ko‘rsatgichni o‘zgarib 
borishini ko‘rishimiz mumkin. Birinchidan - xotiraga murojaat qilish vaqti 
kattalashib boradi. Registrlarda bu vaqt - bir necha nanasekundni, kesh-xotirada 
bundan salgina ko‘proqni, asosiy xotirada esa bir necha o‘n nanosekundlarni tashkil 
qiladi. Keyingi qatorlardagi farqlar yana ham kattalashadi - disklarga murojaat 
qilish vaqti kamida 10 mks larga, optik disklar va magnit lentalarda esa bundan ham 
katta qiymatlarga ega bo‘ladi, hamda sekundlarda o‘lchanadi. Ikkinchidan xotira 
xajmi o‘sib boradi, bu haqida yuqorida aytib o‘tildi. Uchinchidan ma’lum qiymatga 
(masalan - 1 dollarga) to‘g‘ri keladigan xotira hajmi ham, oshib boradi. Ushbu 
paragrafda biz asosan magnitli va optik disklarga taalluqli ma’lumotlar bilan 
tanishib chiqamiz. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling