Mavzu: Xususiy firma haqida


Download 22.86 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi22.86 Kb.
#1227905
Bog'liq
xususiy


Mavzu: Xususiy firma haqida
Xususiy korxona - bu mulkdor - yagona jismoniy shaxs tomonidan tuziladigan va boshqariladigan tijorat tashkiloti, korxonasidir. U tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri bo’lib hisoblanadi. Xususiy korxona o’z egaligida alohida mol-mulkka ega bo’ladi, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlar olishi va ularni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin. Xususiy korxona o’z maj-buriyatlari bo’yicha o’ziga qarashli butun mol-mulki, u yetishmagan taqdirda korxonani tuzgan mulkdorning mol-mulki bilan javob beradi. Xususiy korxona to’liq firma nomiga ega bo’lishi lozim va uning fir­ma nomi "xususiy korxona" so’zini o’z ichiga ollishi kerak. Bundan tashqari, u qisqartirilgan firma nomiga ham ega bo’lishi mumkin. U firma nomi va manzili aks ettirilgan muhri va tamg’asiga, mustaqil ba-lansiga ega bo’ladi, belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi yuritadi va hisobotlar topshiradi, bankda hisobvaraqlar ochadi.
Xususiy korxona mulkdor tomonidan nomuayyan muddatga tuziladi, mulkdor unga teshgishli mol-mulk beradi va uning nizomini tasdiqlaydi. Xususiy korxonaning ta’sis hujjati nizom bo’lib, unda quyidagilar ko’rsatiladi:

  • korxonaning firma nomi;

  • uning pochta manzili;

  • maqsadi va vazifalari;

asosiy faoliyat turlari;

Xususiy korxona mulkdorining asosiy huquqlari quyidagilar:

  • korxona rahbari sifatida uni yakka boshqarish;

  • korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko’rish;

  • korxona pul mablag’lari va boshqa mol-mulkini tasarruf etish

  • shartnomalar tuzish;

  • ishonchnomalar berish;

  • korxonani tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to’g’risida qaror qabul qilish;

  • korxona nizomini tasdiqlash, unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;

  • barcha xodimlar uchun majburiy bo’lgan buyruqlar chiqarish va ko’rsatmalar berish;

  • ishchi - xodimlar yollash;

  • o’z xodimlariga ish haqini qonunlarga muvofiq mustaqil belgilash va boshqalar.

Xususiy korxona mulkdorining asosiy majburiyatlari:

  • nizom jamg’armasini shakllantirish;

  • korxonani belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazish;

  • korxonani yakka tartibda boshqarish;

  • shartnomalar bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarish;

  • korxonada mehnat sharoitlarini yaratish va yaxshilab borish;

  • ishlab chiqarish va mehnat xavfsizligini, xodimlarning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash;

  • ekologiya, sanitariya, gigiena va boshqa maxsus talablarga rioya qilish;

  • xodimlar bilan o’z vaqtida hisob-kitob qilish;

  • buxgalteriya hisobi yuritish va hisobotlar topshirish;

  • manzili yoki boshqa rekvizitlari o’zgarganda ro’yxatdan o’tkazgan organga o’z vaqtida xabar qilish va boshqalar.

Xususiy korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. U belgilangan tartibda vakolat-xonalar ochishi va filiallar tuzishi, boshqa yuridik shaxslarning muas-sisi bo’lishi yoki ularning nizom jamg’armasiga o’zgachatarzda ishtirok etishi mumkin. Qonunda xususiy korxona faoliyati erkinligining kafo-latlari ham belgilab qo’yilgan.
Xususiy tadbirkorlikka, shuningdek, fermer xo’jaligi va yuridik shaxs bo’lgan dehqon xo’jaligi ham kiradi. Fermer xo’jaligi - yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan fermer xo’jaligi a’zolarining birgalikda-gi mehnati asosida uzoq muddatga ijaraga berilgan yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga asoslangan mustaqil xo’jalik yurituvchi subektdir. Yuridik shaxs bo’lgan dehqon xo’jaligi -yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tgan va yuridik shaxs belgilariga ega bo’lgan xo’jalik boshlig’iga meros qilib qoldirilgan umrbod ega lik qilishga berilgan tomorqa hamda uzoq muddatga ijaraga olingan yer uchastkalarida oila a’zolari va yollangan xodimlar mehnati bilan qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tovar xo’jaligidir.
O’zbekistonda qishloq xo’jalik shirkatlarini qayta tashkil etib, fermer xo’jaliklariga aylantirish munosabati bilan fermerchilik harakati kengayib bormoqda.
Jamoa tadbirkorligining ko’rinishlari va ularning xususiyatlari. Jamoa tadbirkorligi jamoa a’zolarining mehnati hamda jamoa a’zolari va boshqa ishtirokchilar mulkiga asoslangan bo’lib, yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Jamoa tadbirkorligi bir qator ko’rinishlarga, xususiy shakllarga ega: ishlab chiqarish koo-perativi, xo’jalik shirkati, xo’jalik jamiyati, unitar korxona, notijorat tashkilotlari va boshqalar.
Xo’jalik shirkati - umumiy nom ostida birgalikda tadbirkorlik faoli-yatini olib borish uchun bir necha shaxsning shartnoma asosida bir-lashuvidir. Xo’jalik shirkati quyidagi bir qator xususiyatlarga ega

  • xo’jalik shirkatida, asosan, shaxsiy harakatlar birlashtiriladi;

  • to’liq sheriklar asosiy faoliyat yurituvchi shaxslar bo’lib, shirkat majburiyatlari bo’yicha o’z mulklari bilan cheklanmagan miqdorda ja-vobgar hisoblanadilar;

  • har bir shaxs faqat birta shirkatga to’liq sherik bo’lishi mumkin;

  • shirkatga fuqarolar ham, yakka tadbirkorlar ham, yuridik shaxslar ham sheriklik asosida kirishlari mumkin.

Xo’jalik shirkatining ikki ko’rinishi mavjud: to’liq shirkat va kommandit shirkati. Ishtirokchilari o’rtasida o’zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan hamda uning majburiyatlari bo’yicha o’zlariga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradigan shirkat to’liq shirkat hisoblanadi. Bunday shirkat ishtirokchilari to’liq sheriklar deb ataladi.To’liq sheriklar bi­lan bir qatorda shirkat majburiyatlari bo’yicha faqat o’zlari qo’shgan hissa doirasida javobgar bo’ladigan hamda shirkat faoliyatida qatnash-maydigan bir yoki bir necha ishtirokchisi ham bo’lgan shirkat kommandit shirkati hisoblanadi. SHirkatning to’liq bo’lmagan ishtirokchi­lari hissa qo’shuvchilar, omonatchilar, kommanditchilar deb ataladi. Agar kommandit shirkatining firma nomiga hissa qo’shuvchining nomi kiritilgan bo’lsa, bunday hissa qo’shuvchi to’liq sherikka aylanadi.
Xo’jalik jamiyati - bu tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir yoki bir necha shaxsning mulkini birlashtirish yo’li bilan tashkil qilinadigan tashkilotdir. U quyidagi xususiyatlarga ega:
- xo’jalik jamiyatida shaxsiy harakatlar emas, balki mol-mulk bir­lashtiriladi;
ishtirokchilar jamiyat majburiyatlari bo’yicha javob bermaydilar (qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatdan tashqari);
tadbirkorlik tavakkali nizom sarmoyasiga qo’shgan badal bilan cheklanadi (qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatdan tashqari);
nizom sarmoyasi hissa qo’shgan va boshqa kreditorlar uchun kafo-lat hisoblanadi;
nizom sarmoyasini kamaytirish uchun barcha kreditorlarni xabar-dor qilish kerak.
Xo’jalik jamiyatining uch ko’rinishi mavjud: mas’uliyati cheklan­gan jamiyat, qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat, aksiyadorlik jamiyati.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat - bu bir yoki bir necha shaxs tomoni-dan ta’sis etilgan, nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlarida belgilangan miq-dordagi ulushlarga bo’lingan va umumiy zarar uchun ishtirokchilar javobgarligi o’zlari qo’shgan hissa doirasida cheklangan jamiyatdir. Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat - bu bir yoki bir necha shaxs to-monidan ta’sis etilgan, nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdordagi ulushlarga bo’lingan va umumiy zarar uchun ishtirokchi­lari o’zlari qo’shgan hissaga nisbatan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo’ladigan jamiyatdir. Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo’lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari bo’yicha ja­vobgarligi boshqa ishtirokchilari o’rtasida ularning qo’shgan hissala-riga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Xo’jalik jamiyatining yana bir ko’rinishi aksiyadorlik jamiyati bo’lib hisoblanadi. Nizom sarmoyasi muayyan aksiyalar soniga bo’lingan jami­yat aksiyadorlik jamiyatidir. Aksiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari (aksiyadorlari) uning majburiyatlari bo’yicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zarar uchun o’zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo’ladilar. Aksiyadorlik jamiyatlarining ikki turi — ochiq va yopiq ko’rinishlari mavjud. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatida uning ishtirokchilari o’zlariga qarashli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz o’zga shaxslarga berishlari yoki sotishlari mumkin. Bunday aksiyadorlik jamiyati o’zi chiqargan aksiyalarga qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladigan shartlar asosida ochiq obuna o’tkazadi va ularni ochiq, erkin sotadi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati har yili yillik hisobot, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobvarag’ini barcha qiziquvchilar tanishib chiqishlari uchun ommaviy axborot vosi-talarida e’lon qilishi shart.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o’zining ta’sischilari orasida yoki oldindan belgilab qo’yiladigan boshqa shaxs­lar doirasida taqsimlanadigan jamiyatdir. Bunday jamiyat o’zi chiqa-radigan aksiyalarga ochiq obuna o’tkazishi yoki ochiq, erkin sotishi mumkin emas. Bu jamiyat uchun aksiyadorlar sonining eng quyi va eng yuqori chegarasi qonunlarda belgilab qo’yilgan. Aksiyadorlar soni belgilangan miqdordan oshib ketganda, u ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, undan pasayganda esa sud tartibida tugatilishi lozim.
Jamoa tadbirkorligining tashkiliy ko’rinishlaridan biri unitar korxonadir. O’ziga biriktirib qo’yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan korxona unitar korxona hisobla-nadi. Unitar korxona o’z mol-mulki egasining, mol-mulki egasi esa korxonaning majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi. Lekin korxona o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli butun mol-mulk bilan ja­vob beradi. Unitar korxonani boshqarish organi uning rahbari bo’lib, u mulkdor yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi va ularga hisob berib turadi. Unitar korxonaga mol-mulk ikki maqsadda - xo’jalik yurtish uchun yoki operativ boshqarish uchun biriktirilishi mumkin. SHunga muvofiq unitar korxona ikki xil bo’ladi: xo jalik yuri-tish huquqiga asoslangan va operativ boshqarish huquqiga esoslangan unitar korxona.
Download 22.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling