Mavzu. Yagona etkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari


Download 294.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.05.2023
Hajmi294.17 Kb.
#1451944
  1   2
Bog'liq
9-MAVZU (1)



9-MAVZU. YAGONA ETKAZIB BERUVCHI BILAN AMALGA
OSHIRILADIGAN DAVLAT XARIDLARI
REJA:
1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan
davlat xaridlarini amalga oshirish mezonlari
2. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha shartnoma tuzish asoslari
Tayanch so’z va iboralar
To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan davlat
xaridlari tushunchasi. Yagona etkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat
xaridi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha davlat xaridlari amalga oshirish
mezonlari. Yagona etkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirishning
afzalliklari. Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar
bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlarYagona etkazib beruvchilar
reestri. Yagona etkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirish bo‘yicha
shartnoma tuzish va ijro etish tartibi
1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan davlat
xaridlarini amalga oshirish mezonlari
Tabiiy monopoliya sub’ekti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida
farmonlarida, qarorlarida va farmoyishlarida yoki O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan sub’ektlar, shuningdek davlat
tomonidan xarid qilinayotgan, bozorda muqobillari mavjud bo‘lmagan noyob
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchi yagona etkazib beruvchidir.
Yagona etkazib beruvchidan tovar (ish, xizmat) olish zarur bo‘lgan taqdirda,
u va davlat buyurtmachisi o‘rtasida maxsus axborot portalida ro‘yxatga olinishi
lozim bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuziladi.
Yagona etkazib beruvchi bilan davlat xaridlari quyidagi alohida hollarda
amalga oshiriladi:


bozorda muqobillari bo‘lmagan va faqat yagona etkazib beruvchidan xarid
qilish mumkin bo‘lgan texnik jihatdan murakkab tovarlarning (ishlarning,
xizmatlarning) davlat xaridi;
madaniy qimmatliklarni olish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
asosidagi davlat xaridlari;
tabiiy monopoliya sub’ekti tovarlarining (ishlarining, xizmatlarining) davlat
xaridi;
o‘z vakolatlariga muvofiq faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
yoki ularning tasarrufidagi davlat muassasalari va tashkilotlari tomonidan bajarilishi
mumkin bo‘lgan ishlarga yoki ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlarga ehtiyoj
paydo bo‘lishi;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati
tomonidan belgilanadigan tariflar bo‘yicha davlat xaridi.
Vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
bilan birgalikda yagona etkazib beruvchi bilan davlat xaridlarini amalga
oshirishning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin.
Yagona etkazib beruvchilar reestri vakolatli organ bilan kelishilgan holda
maxsus axborot portali operatori tomonidan yuritiladigan axborot resursidir.
Yagona etkazib beruvchilar reestri yagona etkazib beruvchi bilan davlat
xaridini amalga oshirish uchun ruxsat etilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatidan
va yagona etkazib beruvchilar ro‘yxatidan iborat bo‘ladi.

Download 294.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling