Mavzu. Yagona etkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari
Download 294.17 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq9-MAVZU (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan davlat xaridlarini amalga oshirish mezonlari
9-MAVZU. YAGONA ETKAZIB BERUVCHI BILAN AMALGA OSHIRILADIGAN DAVLAT XARIDLARI REJA: 1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan davlat xaridlarini amalga oshirish mezonlari 2. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha shartnoma tuzish asoslari Tayanch so’z va iboralar To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari tushunchasi. Yagona etkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha davlat xaridlari amalga oshirish mezonlari. Yagona etkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirishning afzalliklari. Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlarYagona etkazib beruvchilar reestri. Yagona etkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzish va ijro etish tartibi 1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan davlat xaridlarini amalga oshirish mezonlari Tabiiy monopoliya sub’ekti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida farmonlarida, qarorlarida va farmoyishlarida yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan sub’ektlar, shuningdek davlat tomonidan xarid qilinayotgan, bozorda muqobillari mavjud bo‘lmagan noyob tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchi yagona etkazib beruvchidir. Yagona etkazib beruvchidan tovar (ish, xizmat) olish zarur bo‘lgan taqdirda, u va davlat buyurtmachisi o‘rtasida maxsus axborot portalida ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuziladi. Yagona etkazib beruvchi bilan davlat xaridlari quyidagi alohida hollarda amalga oshiriladi: bozorda muqobillari bo‘lmagan va faqat yagona etkazib beruvchidan xarid qilish mumkin bo‘lgan texnik jihatdan murakkab tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi; madaniy qimmatliklarni olish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosidagi davlat xaridlari; tabiiy monopoliya sub’ekti tovarlarining (ishlarining, xizmatlarining) davlat xaridi; o‘z vakolatlariga muvofiq faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari yoki ularning tasarrufidagi davlat muassasalari va tashkilotlari tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan ishlarga yoki ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlarga ehtiyoj paydo bo‘lishi; tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan tariflar bo‘yicha davlat xaridi. Vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda yagona etkazib beruvchi bilan davlat xaridlarini amalga oshirishning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin. Yagona etkazib beruvchilar reestri vakolatli organ bilan kelishilgan holda maxsus axborot portali operatori tomonidan yuritiladigan axborot resursidir. Yagona etkazib beruvchilar reestri yagona etkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirish uchun ruxsat etilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatidan va yagona etkazib beruvchilar ro‘yxatidan iborat bo‘ladi. Download 294.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling