Mavzu: Yer resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish tuproq erroz


Download 213.21 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi213.21 Kb.
#1546361
Bog'liq
Tojiyev Feruzbek Ekologiya fanidan slayd

Mavzu: Yer resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish. Tuproq eroziyasi va cho’llanish.

Reja:

  • 1. Dunyo yer resurlari va ulardan foydalanish.
  • 2. Tuproq eroziyasi va cho’llanish.
  • 3. Orol dengizining qurishi va cho’lga aylanishi oqibatida eroziyalanishi.
  • 4. O’zbekistondagi cho’llanishga qarshi qilinayotga chora tadbirlar
  • Dunyo yer resurlari va ulardan foydalanish.

  • Planetamizning umumiy yer fondi 14,9 mlrd gektar bolib, bu Yer yuzining 29% ni tashkil qiladi. Uning 4,03 mlrd.ga (27%) ormonlar, 2,85 mlrd.ga (19%) otloq va yaylovlar, 2,32 mlrd.ga (15,5%) turli tipdagi sahrolar, 1,63 mlrd.ga (11%) muzliklar.

0,72 mlrd.ga (4,8%) daryo va botqoqliklar, 0,7 mlrd.ga (4,7%) tundra va lesotundra, 0,45 mlrd.ga (3%) eroziyaga uchragan, sho`rlangan va botqoqlashgan maydonlar, 0,3 mlrd. gektari (2%) shahar va qishloq aholi punktlari bilan band.

Yer sharining ko’p qismini suv qoplagan


2. Tuproq eroziyasi va cho’llanish

  • Tabiatda shamol va suv ta'sirida tuproqlarning emirilishi yoki eroziyasi kuzatiladi. Inson faoliyati natijasida tezlashgan suv va shamol eroziyasi amalga oshadi. Antropogen eroziya tuproq resurslaridan noto'g"ri foydalanishning oqibati bo'lib, uning asosiy sabablari o'rmon va to'qaylarni qirqib yuborish, yaylovlarda chorva mollarini boqish normasiga amal qilmaslik.

Dehqonchilik yuritishning noto'gri metodlaridan foydalanish va boshqalardir. Turli ma'lumotlarga ko’ra har kuni yer yuzida eroziya natijasida 3500 gektar unumdor tuproqli yerlar ishdan chiqadi. Suv eroziyasi ko’proq, tog' oldi va tog'li rayonlarda, shamol eroziyasi tekisliklarda kuzatiladi.
Eroziya jarayonlarining oldini olish va unga qarshi kurashish uchun ko'plab chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bularga o’simliklar qoplamini tiklash, agrotexnik tadbirlarni to’g^ri olib borish, yashil himoya qalqonlarini bunyod qilish, gidrotexnik tadbirlarni rejali o'tkazish va boshqalar kiradi.

3. Orol dengizining qurishi va cho’lga aylanishi oqibatida eroziyalanishi

  • Orol dengizining qurish oqibatida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan maydonlarning har gektariga bir yil davomida 250 kg, ayrim hududlarda 500 kg gacha tuzli chang yogʻiladi. Qurigan dengiz tubidan bir yil davomida 15 mln dan 75 mln tonnagacha chang koʻtarilishi mumkin. Tuzli chang toʻfonlarning kengligi 40 km ga; uzunligi 400 km ga etadi. Bu esa o‘z navbatida yerlarning ekin uchun yaroqsiz bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Orol dengizining yillar davomida qurishi.

4 . O’zbekistondagi cho’llanishga qarshi qilinayotga chora tadbirlar

  • O’zbekiston juda ham boy yer resurslarga ega. Lekin shu kungacha ulardan samarali foydalanish yaxshi yo'lga qo'yilmagan. Respublikada yer va yer resurslaridan foydalanishni tartibga solish maqsadida 1990 yili (O‘zbekiston Respublikasida «Yer to’g'risida» gi qonun qabul qilingan.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 213.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling