Mavzu: Yordamchi so’z turkumlari


Download 88.93 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi88.93 Kb.
#1598016
Bog'liq
yordamchi so\'z turkumlari

Mavzu: Yordamchi so’z turkumlari

Bajardi: Xamrayeva Sevinch

Leksik sath birliklari 2 ga bo’linadi:

  • Leksik sath birliklari 2 ga bo’linadi:

Mustaqil so’z
Yordamchi so’z

Mustaqil so’z turkumlari: atash ma’nosiga ega(olmoshdan tashqari), biron so’roqqa javob bo’ladi, gap bo’lagi vazifasini bajaradi.

  • Mustaqil so’z turkumlari: atash ma’nosiga ega(olmoshdan tashqari), biron so’roqqa javob bo’ladi, gap bo’lagi vazifasini bajaradi.
  • Yordamchi so’z turkumlari: atash ma’nosiga ega emas, biron so’roqqa javob bo’lmaydi, gap bo’lagi vazifasida kelmaydi.
  • Yordamchi so’zni mustaqil so’zga quyidagilar yaqinlashtiradi:
  • A) shaklan alohida ajralib turishi;
  • B) lug’aviy ma’noning mavjudligi;
  • D) ko’pincha ularning mustaqil so’zlarga yaqinlashishi, ulardan kelib chiqishi.

Yordamchi so’zning shakliy xususiyatiga ko’ra turlari:

  • Yordamchi so’zning shakliy xususiyatiga ko’ra turlari:
  • A) qo’shimchasimon
  • B) sof yordamchi so’z
  • C) nisbiy yordamchi so’z ko’rinishiga ega.
  • Yordamchi so’z turi:
  • Ko’makchi: kabi, singari, sari, sayin, dovur, uchun, orqali, -dek, -day, -dayin,-cha;
  • Bog’lovchi: va, hamda, ammo, lekin, biroq, chunki, agar, go’yo, garchi, yoki, yo, -ki, -u, -yu;
  • Yuklama: axir, hatto, faqat, ham, naq, go’yo, go’yoki, -mi, -ku, -gina, -u, -yu, -da, -a.

Ko’makchi

  • Ko’makchi
  • O’zbek tilidagi ko’makchiga birinchi bo’lib mukammal ta’rifni A.N.Kononov bergan: “Ko’makchilar shunday bir gruppa so’zlarki, ular ot bilan yoki obyekt bilan predikat orasidagi qurol-vosita, maqsad, sabab, payt, masofa, yo’nalish, o’xshatish kabi munosabatning yaratilishida xizmat qiladi”.
  • Ko’makchining shakliy xususiyatiga ko’ra turlari:
  • a) sof ko’makchi;
  • b) yarim ko’makchi;
  • c) qo’shimchasimon ko’makchi.

Sof ko’makchilar: uchun, bilan, sari, qadar, kabi, singari, sayin, orqali.

  • Sof ko’makchilar: uchun, bilan, sari, qadar, kabi, singari, sayin, orqali.
  • Bilan ko’makchisi quyidagi ma’nolarni buldiradi:
  • a) biror harakatning bajarilishida shaxs yoki predmetlarning birgaligini: Ko’pchilik bilan odam o’zini kuchli sezadi.
  • b) harakatni bajarishda vosita ma’nosini: Shu gapning ustiga Ismat bobo hassasi bilan eshikni ochib kirib keldi.

    c) sabab ma’nosini: Ular: “Gulnor o’z ajali bilan o’ldi”,-deyishdi.

d) payt ma’nosini: Qo’ng’iroq chalinishi bilan o’qituvchi sinfga kirdi.

  • d) payt ma’nosini: Qo’ng’iroq chalinishi bilan o’qituvchi sinfga kirdi.
  • e) harakatning bajarilishidagi holatni: Onamning mehr bilan boqib turgan ko’zlarini bir umr unuta olmayman.
  • Misollar:
  • a) Yaxshi-yomonnin ko’ra-ko’ra odamning yaxshimi, yomon ekanini tez ajratib oladigan bo’lib qolgan.
  • b)Qalandarovdan shikoyat boshlashdan ko’ra ko’proq bu noqulay ahvoldan chiqish uchun…
  • c)Hirot sari yurdik.
  • d) Ko’krak og’rig’im borgan sari battar bo’lyapti.

Bog’lovchi

  • Bog’lovchi
  • Bog’lovchining turlari:
  • a) teng bog’lovchi:
  • Biriktiruv bog’lovchilari: va, -u/ -yu, hamda.
  • Ayiruv bog’lovchilari: yo, yoxud, yoki, goho, dam…dam, bir…bir, ba’zan…ba’zan.
  • Zidlov bog’lovchilari: ammo, lekin, biroq
  • b) ergashtiruvchi bog’lovchi:
  • Aniqlov bog’lovchisi: ya’ni, -ki/kim;
  • Sabab bog’lovchisi: chunki, shuning uchun, zeroki;
  • Shart bog’lovchilari: agar, agarda, garchi;
  • Chog’ishtiruv bog’lovchisi: go’yo, go’yoki.

Misollar:

  • Misollar:
  • a) Beda orasi juda issiq, go’yo quyoshning butun olovi beda ichiga yashiringanday.
  • b) Havo bulut bo’ldi, lekin yomg’ir yog’madi.
  • c) Chunki biz Azizbek kabilardan xalqnigina emas, balki o’zimizni ham qiynamoqdamiz.
  • d) Na so’zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo bor.
  • e) Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak.

Yuklama

  • Yuklama
  • Yuklama shakliy jihatdan uch xil ko’rinishga ega:
  • a) Qo’shimchasimon yuklama (-mi, -chi, -a, -ya)

    b)Sof yuklama (xuddi, faqat, axir)

    c) Nisbiy yuklama ( yolg’iz, ba’zan, tanho, bir)

1.So’roq yuklamasi: -mi, -chi, -a, -ya, nahotki. 1.Kiyganiz ipakmidi, kimxobmi? 2. Opang-chi? Men-a? Meni-ya? 3. Nahotki shu gaplarga ishongan bo’lsangiz.

  • 1.So’roq yuklamasi: -mi, -chi, -a, -ya, nahotki. 1.Kiyganiz ipakmidi, kimxobmi? 2. Opang-chi? Men-a? Meni-ya? 3. Nahotki shu gaplarga ishongan bo’lsangiz.
  • 2.Ayirish-chegaralash yuklamalari: faqat/ faqatgina, -gina/-kina, -qina.
  • Ta’kid yuklmasi: -ku, -da, -u, -yu
  • Kuchaytiruv yuklamasi: axir, hatto, hattoki, -oq/-yoq.
  • O’xshatish-qiyoslash yuklamasi: xuddi, naq, go’yo, go’yoki.
  • Inkor yuklamasi: na.

E’tiboringiz uchun rahmat!

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 88.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling