Mavzu: Yozuv va uning kelib chiqishi. Reja


Download 88.26 Kb.
Sana09.11.2023
Hajmi88.26 Kb.
#1759400
Bog'liq
Yozuv va uning kelib chiqishi (4-mavzu)

Mavzu: Yozuv va uning kelib chiqishi. Reja: 1. Hozirgi o‘zbek alfaviti va lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi. 2. Alfavitning o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan omillar. 3. Orfografiya va uning prinsiplari. Fonetik prinsip. Morfologik prinsip. Tarixiytraditsion prinsip. 4. Maxsus yozuv turlari.

Til dastlabki qarashda barqaror, o‘zgarmas fonetik, leksik va grammatik sistemani tashkil etadi. Masalan,-bizga fikr almashish quroli bo‘lib xizmat qilayotgan o'zbek tili, bobolarimizga ham, ota-onalarimizga ham birday xizmat qilib kelgan. Bobo va nabira o‘zaro gaplashayotganlarida na birinchi va na keyingi avlod til nuqtai nazaridan hech qanday qiyinchilik sezmaydi. Ular doimo bir-birlarini tushunishadi. Lekin shu bilan birga, til qotib qolgan narsa emas. Tilga chuqurroq yondashilsa, bunga ishonch hosil qilinadi. Til har kun, har daqiqa o‘zgaruvchan hodisadir. Tildagi sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar shunday sekinlik bilan bo‘ladiki, buni bir avlodning yashash davrida ajratib olish va uni qayd qilish odatda amrimaholdir.

Yozuvning paydo bo‘lishi juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi, u madaniyat va tilning taraqqiyotiga ijobiy hissa qo‘shdi. Yozuv voqea va hodisalarni abadiylashtirish hamda voqea va hodisalarni (axborotni) uzoq masofaga yetkazish imkonini berdi. Piktografik yozuv. Ko‘pchilik olimlarning fikricha, har qanday yozuv asosida musavirlik yotadi. Atrof-tevarakdagi narsalami suratda aks ettirish hamma xalqlarga xosdir. Shuning uchun hozirgi zamon yozuvi bo‘lmagan paytda odamlar ba’zi hodisa va voqealami uzoq masofaga yetkazish niyatida yoki zamonda abadiylashtirishni, jonli va jonsiz narsalaming rasmini chizish yo‘li bilan amalga oshirishgan. Bunday yozuv piktografik yozuv deb nom olgan.

Ideografik (logografik, iyeroglifik) yozuv. Tushunchalar mavhum tafakkum ing rivojlanishi natijasida piktografik yozuv asta-sekin mukammallashib bordi va natijada iyeroglifik (grekcha «idea» - tushuncha va «grapho» - yozaman degan so‘zlardan tashkil topgan) yozuv paydo bo‘ldi. Ba’zi olimlar yozuvning bu turini logografik (grekcha «logos» - so‘z va «grapho» - yozaman degan so'zlardan tashkil topgan) yozuv deb atashadi, chunki bunday yozuvda undagi simvollar faqat bizni o‘rab turgan muhitdagi narsalami aks ettirmay, tildagi so‘zlami ham aks ettiradi. Tildagi har bir so‘z o‘z simvoliga ega bo‘ladi. Ideografik (logografik) yozuvning birligini ideogramma (logogramma) deb yuritishadi.

Qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliqning shakli orqali izohlashgan. Fonetik prinsip. Bu prinsip hozirgi vaqtda asosiy prinsiplardan biridir. Fonetik prinsipga asosan talaffuzda qanday tovush eshitilsa, shunga mos keladigan harf yozilishi lozim. Bunga eng yaxshi misol o‘zbek tilidagi jo‘nalish kelishigining qo‘shimchasidir: ya’ni -ga, -ka, -qa. So‘zning oxirida bulaming qaysi biri eshitilsa, shunisi yoziladi. Masalan: uyga, dalaga, botqoqqa, terakka, eshkakka va hokazo. Bu qo‘shimchalar ham har xil yozilishidan qat’i nazar, tilda yagona vazifani o‘taydi. Fonetik prinsipga o‘zbek tilidan yana bir misol keltirish mumkin: qorin, burun, singil kabi so‘zlarga egalik, kelishik qo‘shimchalari qo‘shilib kelganda, ulardagi unlilaming eshitilmasligi (talaffuz qilinmasligi) natijasida tushib qoladi: qorniga, burnim, singling kabi.

Rus tilidagi bez- morfming yozilishi ham fonetik prinsipga bo‘y sunadi, bu morfning oxiridagi tovush qanday eshitilsa, shunday yoziladi. Lekin na o‘zbek tilining va na rus tilining orfografiyasi fonetik prinsipga to‘la-to‘kis bo‘ysunmaydi. Fonetik prinsipga belorus tilining orforgrafiyasi amal qiladi.Fonematik prinsip. Fonematik prinsipga asosan morflardagi tovushlar qaysi pozitsiyada va qanday talaffuz qilinishidan qat’i nazar, bir xil yozilishni talab qiladi. 0 ‘zbek tilidagi o‘tgan zamon fe’lining -di qo‘shimchasi o‘tgan zamon ravishdoshi qo‘shimchasi -(i) b, bu prinsipga yaxshi misol bo‘la oladi.

Orfografik tamoyilning bu turi rus tilida ayniqsa ko'zga yaqqol tashlanadi. Chunki yuqorida aytganimizdek, bu prinsip rus tilida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Masalan, deraza so'zi okho deb eshitilsa ham, okho deb yoziladi; suv so'zi eada bo'lib eshitilishiga qaramay, eoda deb yoziladi; to ‘qimoq so'zi eu3amb deyilsa ham, ensamb deb yoziladi va hokazo. YOZUVNING MAXSUS TURLARI. Yuqorida keltirilgan yozuvlardan tashqari, hozirgi vaqtda maxsus yozuvlardan ham keng foydalanishadi. Stenografiya va transkripsiya - yozuvning ana shunday maxsus turiga kiradi.

Stenografiya. Bu so‘z ikkita grek so‘zidan tuzilgan bo‘lib, stenos - «tor» va grapho - «yozaman» degan m a’noni anglatadi. Stenografiya maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan va mutaxassislar tomonidan ishlatiladigan yozuvdir. Uning yordamida og‘zaki nutqni tez va to‘liq qog‘ozga tushirish mumkin. Uni harfli yozuvning boshqa bir turi desa ham bo'ladi.

U logogrammaga o‘xshash belgilar tizimi sifatida (bunday holda ulaming har biri ayrim bir va hattoki bir nechta so‘zning ma’nosiga teng keladi) yoki fonogrammalar sifatida ishlatilib, ayrim bo‘g‘in va hattoki bo‘g‘inlar birikmasini ifodalaydi. Stenografik yozuvning o‘z orfografik tamoyillari mavjud. Bular stenografik belgilarni to ‘g‘ri, bir xil m a’noda ishlatilishlarini ta ’minlaydi. Yozuvning bu turi og‘zaki nutqni yozib olishni bir necha martaga qisqartirishi mumkin. Shuning uchun u majlislaming bayonnomalarini yozib olishda keng qo‘llaniladi


Download 88.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling