Mavzu: Zamonaviy pedagog – tarbiyachining funksional vazifalarini taxlili. «Zamonaviy pedagog»
Download 16.65 Kb.
|
3 mavzu
Mavzu: Zamonaviy pedagog – tarbiyachining funksional vazifalarini taxlili. «Zamonaviy pedagog» so’zi guruh a’zolariga tasir o’tkazuvchi va maqsadga yetaklovchi shaxsga nisbatan qo’llaniladi. Zamonaviy pedagog – o’z atrofidagi odamlarning fikri va xulq-atvoriga ijobiy tasir o’tkaza oladigan, maqsadli vazifalarni amalga oshirish qobiliyatiga va yuqori shaxsiy mavqega ega bo’lgan ijtimoiy guruh a’zosi. Zamonaviy pedagoglik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali insonda shakllangan qobiliyatga suyanish va qobiliyatni imkoniyatga qarab, namoyon etish holatidir. Zamonaviy pedagog har qanday yoshda ham kuchli, yengilmas va irodali shaxs bo’lishi kerak. Biroq, yosh zamonaviy pedagoglar o’zlariga yuklangan barcha masuliyatni tushunmaydilar. Ma’lumki, yosh zamonaviy pedagoglar o’zlariga juda ham ishongan bo’ladilar. Biroq, ularda tajriba yetarli bo’lmaydi. Katta yoshdagi zamonaviy pedagog yetarlicha tajribaga ega bo’lgani bois o’zi va jamoani boshqarishni, qayerda va qanday harakat qilishni juda yaxshi biladi. Ammo yosh zamonaviy pedagog boshqalardan o’rganadi, o’z maqsadiga qanday erishishni tasavvur eta oladi. Yosh zamonaviy pedagog degani o’ziga tengdosh shaxslar manfaatlari uchun qonun doirasida faol ish yuritishni anglatadi. Zamonaviy pedagog o’z kuchiga ishongan, jasur va xarizmatik inson bo’lishi lozim. U, hatto, yosh avlodning himoyachisi bo’la oladi. Odatda, yosh zamonaviy pedagoglar tengdoshlari orasida ajralib turadigan yorqin xislatlarga ega shaxslardir. Ular nafaqat tengdoshlarini o’ziga jalb qila oladi, balki o’zidan katta yoshdagilar bilan ham tez til topisha oladi. Bunday zamonaviy pedagog tengdoshlaridan ko’ra ko’proq ma’lumotga ega bo’ladi, bu esa unga muhim masalalarni hal etish imkonini beradi. Yosh zamonaviy pedagog - tarbiyachilarga xos xususiyatlarni quyidagi toifalarga bo’lish mumkin: – ishonch – o’z bilim va tajribasini qo’llash; – faollik – g’ayrat bilan harakat qila olish; – tashabbuskorlik – faollikning ijodiy namoyon bo’lishi, g’oyalar, takliflarni ilgari surish; – bilimdonlik – ishni chuqur bilish orqali namoyon qilish; – kirishimlilik – o’zgalar bilan muloqotga tez kirishish, samimiy bo’lish, insonlararo muloqotga ehtiyoj; – zehnlilik – voqea-hodisaning mohiyatini tezda anglash, uning sabab va natijasini oldindan ko’ra bilish, eng muhimini aniqlay olish; – qunt-matonatlilik – iroda kuchini namoyon qila olish, qat’iyatlik, ishni yakuniga yetkaza olish; – dadillik – his-tuyg’u va harakatlarini, ayniqsa, qiyin vaziyatlarda nazorat qila olish; – mehnatkashlik – bardoshlilik, murakkab vazifalarni bajara olish qobiliyati; – mustaqillik – mulohaza yuritishda mustaqillik, masuliyatni o’z zimmasiga olish. Zamonaviy pedagog - tarbiyachining o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni zamonaviy pedagoglik iste’dodining boshqalardan farqli ko‘rsatkichlari qatorida yana quyidagilarni qayd etish mumkin: – tashkilotchilik ziyrakligi – o’zgalarni tushunish, ularning ichki olamiga kira olish, individual fazilati, kayfiyatini inobatga olgan holda masalaga yondashish; – faol psixologik tasir kuchiga egalik – yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda, ularning xususiyatidan kelib chiqib, insonlarga turli usullar bilan tasir o’tkaza olish; – zamonaviy pedagoglik ma’suliyatini o’ziga olish. Muazzam Ibrohimova __________ sana “___”_________2018 yil Download 16.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling