Mavzu;elektromobillarning kelib chiqishi ”SpaceX va Tesla”


Download 0.93 Mb.
Sana05.06.2020
Hajmi0.93 Mb.
#115032
Bog'liq
Abdiyev (2)

MAVZU;ELEKTROMOBILLARNING KELIB CHIQISHI ”SpaceX va Tesla”

Bajardi:BHA 41 guruh talabasi

Abdiyev Og‘abek.

Qabul qildi: Umarova D.

U SpaceX asoschisi, bosh direktori, bosh muhandisi, Tesla Inc. va Neuralink asoschisi va bosh direktori, SolarCity hamasoschisi va raisi, OpenAI hamraisi va Confinity bilan birlashib PayPal nomini olgan X.com asoschisi hisoblanadi.

U kosmik raketalar, elektromobillar va quyosh batareyalari qurshovida, qotil-robotlarni tadqiq qiladi - va bu ishlar orasida milliardlab pul topishning uddasidan chiqadi.

Shunday bo‘lsa-da, Mask bu darajaga osonlik bilan erishmagan. Qanday qilib maktabda ko‘pchilik ustidan kulgan bola bunday ishbilarmonga, keyin esa xuddi ilmiy-fantastik roman sahifalaridan hayotga ko‘chgan ikki yirik kompaniya rahbariga aylandi - va bu yo‘lda tanazzulga uchramadi?

1983 yilda, 12 yoshida Mask "Blastar" nomli oddiy o‘yinni yozib, uni kompyuter jurnaliga 500 dollarga sotgan.

Ilon Mask Pensilvaniya Universitetida tugallagan va u yerda biryo‘la ikki (fizika va iqtisodiyot bo‘yicha)diplomni qo‘lga kiritgan.

Ilon ukasi Kimbal bilan Zip2 kompaniyasiga asos solgan. Otasi New York Times va Chicago Tribune kabi gazetalar uchun shaharlar bo‘yicha ko‘rsatmalar beruvchi saytni ishga tushirish uchun o‘g‘illariga 28 ming dollar bergan. Mask Zip2 ustida ishlagan vaqtida deyarli idorada yashagan va YMCA mahalliy yoshlar tashkiloti binosida dush qabul qilgan.

Biroq Compaq kompaniyasi Zip2'ni 341 million dollarga sotib olganidan keyin barcha harakatlar o‘zini oqlagan. Bitim Maskka 21 million keltirgan. So‘ngra Mask X.com onlayn-to‘lovlar tizimiga asos solgan.

Ilmiy fantastikaning ashaddiy muxlisi bo‘lgan Mask hatto iste'moldan chiqarilgan sovet raketalarini sotib olishga harakat ham qilgan. Biroq Rossiya tomon har bir raketa uchun 8 million dollar so‘ragan va Mask shaxsiy raketani qurish arzonroqqa tushishiga ishonch hosil qilgan.

SpaceX'ning uzoq muddatli maqsadi — Marsni egallash. SpaceX transport va yo‘lovchi kemalari Marsga muntazam reyslarni boshlamagunga qadar IPO'ga ariza bermaydi, degan Mask. Shunday bo‘lsa-da, Maskning Yerda ham ishlari talaygina, ayniqsa uning boshqa bir kompaniyasi — Tesla'da.

Kompaniyaga 2003 yilning iyulida Martin Eberxard tomonidan asos solingan, 2004 yilda esa Mask birinchi marta korxonaga sarmoya kiritgan. Bugungi kunda Tesla'dagi  investitsiyalarning umumiy hajmi taxminan 70 million dollarni tashkil qiladi. Mask Tesla'da faol ishtirok eta boshladi, hozir u kompaniyaning hammuassislaridan biri hisoblanadi. Tesla uning ishtirokida o‘zining birinchi avtomobili — Roadster'ni ishlab chiqardi.

Mask Tesla'ga 40 million dollar investitsiya kiritgan va kompaniyaga xuddi shu summada kredit taqdim etgan. Shu yilning o‘zidayoq u kompaniyaning bosh direktori etib tayinlangan. Mask SpaceX, Tesla va SolarCity kompaniyalari o‘rtasida sarson bo‘lgan.

Maskning sobiq turmush o‘rtog‘i - kanadalik yozuvchi Jastin Mask olti o‘g‘ilni dunyoga keltirgan.

SpaceX kompaniyasi NASA bilan 1,5 milliard dollarlik shartnomani imzolagan, Tesla esa nihoyat tashqi investorlarni jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan. 2010 yilga borib barchasi jiddiy o‘zgardi, iyun oyida Tesla muvaffaqiyatli IPO o‘tkazgan.

Mask doimo yangi g‘oyalar og‘ushida. Eng so‘nggilaridan biri — Hyperloop.

Hyperloop — vakuum quvur bo‘ylab harakatlanuvchi tezkor poyezd bo‘lib, u Moskvadan Sankt-Peterburggacha bo‘lgan masofani deyarli 35 daqiqada bosib o‘tadi. G‘oyani hayotga tadbiq etishni tezlashtirish maqsadida Mask boshqa kompaniyalarga ham o‘z Hyperloop versiyalarini yaratishga imkon bermoqda.

Mask eng yaxshi sun'iy intellekt uchun poyga uchinchi jahon urushiga aylanishi mumkinligidan xavfsiraydi. To‘g‘ri, bu xadiklar unga haydovchisiz Tesla avtomobillari uchun sun'iy intellekt ishlab chiqishga xalaqit bermaydi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling