Mavzular. O'zbekistonning xalqaro aloqalari va jahon hamjamiyatidagi o'rni Mavzuni o’rganishdan maqsad


Download 232.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana29.04.2023
Hajmi232.51 Kb.
#1399720
  1   2   3
Bog'liq
12-13



13-14-mavzular. O'zbekistonning xalqaro aloqalari va 
jahon hamjamiyatidagi o'rni 
Mavzuni o’rganishdan maqsad: Talabalarga O'zbekistonning tashqi siyosati va 
uning asosiy tamoyillari, O'zbekiston Respublikasining BMTga a'zo bo'lishi, 
O'zbekistonning MDH hamda SHHTdagi o'rni va mavqeining oshib borishi. 
xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam savdosiga qarshi kurashda 
O'zbekiston Respublikasining faolligi haqida ma'lumot berish. 
Kalit so'zlar: tashqi siyosat, BMT, MDH, SHHT, hamkorlik, Yevropa Ittifoqi, 
terrorizm, giyohvandlik va odam savdosi. 
Asosiy masalalar (Reja): 
1. 
O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati 
tomonidan tan olinishi. 
2. 
O'zbekiston 
Respublikasining 
BMTga 
a'zo 
bo'lishi 
va 
jahon 
hamjamiyatidagi o'ziga xos o'rni. O'zbekistonning MDH hamda SHHTdagi o'rni va 
mavqeining oshib borishi. 
3. 
O'zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o'zaro hamkorlik aloqalari. 
4. 
O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya, AQSH, Xitoy bilan 
istiqbolli hamkorliklari. 
5. 
Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam 
savdosiga qarshi kurashda O'zbekiston Respublikasining faolligi. 
O'zbekistonning Afg'onistondagi tinchlik jarayoniga ko'maklashish borasidagi 
faoliyati. 
1. 
O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon 
hamjamiyati tomonidan tan olinishi. 
O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatimiz Konstitutsiyasiga, 
«Tashqi siyosiy faoliyat Kontseptsiyasi to'g'risida»gi va «O'zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risida»gi qonunlarga va boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlariga, hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimovning dasturiy nutqlari va ma'ruzalariga, mamlakatimiz tomonidan 
imzolangan xalqaro konventsiya va shartnomalarga asoslanadi. 
O'zbekiston o'z mustaqilligining ilk kunlaridanoq milliy manfaatlarga 
asoslangan va har tomonlama puxta o'ylangan tashqi siyosat olib bormoqda. 
O'zbekiston tashqi siyosati jahon hamjamiyati tomonidan keng ye'tirof yetilib, 
malaatimizning xalqaro maydondagi obro'-e'tiborini, uning mintaqaviy va xalqaro 
masalalarda roli va ahamiyatini mustahkamlab kelmoqda. 
O'zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tashqi 
siyosiy kurs olib borishni hamda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarga o'z vaqtida va 


adekvat javob choralari orqali yechishni talab yetadigan XXI asrning o'ta shiddat 
bilan o'zgarib borayotgan xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda 
qurilmoqda. 
O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosatining asosiy maqsadlari - bu 
davlat mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlashdan, mamlakatning 
xalqaro munosabatlarning to'laqonli sub'ekti sifatidagi o'rni va rolini yanada 
kuchaytirishdan, hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, mamlakat 
iqtisodining barqaror va tez sur'atlar bilan o'sishi, uning ochiq demokratik davlat 
qurish yo'lidagi jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan o'rin 
olishi uchun yeng qulay sharoitlarni yaratishdan iboratdir.
O'zbekiston o'z tashqi siyosatida quyidagi printsiplarga sodiq bo'lib qolmoqda:
- o'zining milliy manfaatlariga asoslangan ochiq, pragmatik va puxta o'ylangan 
tashqi siyosat olib borish; 
- teng huquqlilik va o'zaro manfaatdorlik, suverenitetni, hududiy yaxlitlikni hurmat 
qilish, chegaralarning daxlsizligi va davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, 
munozarali masalalarni tinch yo'l bilan hal yetish, kuch ishlatmaslik yoki kuch 
bilan tahdid qilmaslik. 
Tashqi siyosiy faoliyat kontseptsiyasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi 
davlatning, xalqning oliy manfaatlariga, uning farovonligi va xavfsizligiga, 
mamlakatni modernizatsiya qilishning ustuvor yo'nalishlariga, amaldagi milliy 
qonunchilik hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga amal qilgan holda 
ittifoqlar tuzish, hamdo'stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, 
shuningdek ulardan chiqish huquqini o'zida saqlab qoladi. 
O'zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok 
yetmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan 
taqdirda, ulardan chiqish huquqini o'zida saqlab qoladi. 
O'zbekiston Respublikasi qo'shni davlatlardagi qurolli mojarolarga va keskinlik 
uchoqlariga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-
tadbirlarni ko'radi, shuningdek o'z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari 
va ob'ektlari joylashtirilishiga yo'l quymaydi. 
Konstitutsiyaga, «Mudofaa to'g'risida»gi Qonunga va Harbiy doktrinaga muvofiq 
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faqat davlat suvereniteti va mamlakat 
hududining yaxlitligini, aholining tinch xayoti va xavfsizligini himoya qilish 
maqsadida tuziladi hamda xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok 
yetmaydi. 
Bugungi kunda O'zbekistonning tashqi siyosatining asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
- siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa 
sohalarda xalqaro hamkorlikni izchillik bilan rivojlantirish; 
- mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyatni va 
iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish 
uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish; 
- Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, 
mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot zonasiga aylantirish, Afg'onistonda 
tinchlik va barqarorlikka yerishishga ko'maklashish; 


- jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik 
qilishning mutanosib, ko'p qirrali tizimini shakllantirish, mintaqada geosiyosiy 
muvozanatni saqlab turish, O'zbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport 
va boshqa aloqalarini keng diversifikatsiya qilish; 
- mavjud yoki yuzaga kelayotgan muammolarni o'z vaqtida hal yetish uchun 
siyosiy diplomatik hamda xalqaro huquqiy mexanizmlardan, jumladan preventiv 
diplomatiya chora-tadbirlaridan foydalanish; 
- O'zbekistonning siyosiy va savdo-iqtisodiy sohadagi ishonchli, mas'uliyatli sherik 
sifatidagi xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatimizning tashqi dunyo uchun 
investitsion, sayyohlik, madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish; 
- milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to'g'ridan-to'g'ri chet yel 
investitsiyalari va ilg'or texnologiyalarni jalb yetish jarayonlarini kuchaytirish 
uchun ikki tomonlama va ko'p tomonlama hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish 
va ularni rivojlantirish; 
- O'zbekistonning dunyoning yirik bozorlariga kafolatli chiqishini ta'minlaydigan 
ko'p muqobilli transport-kommunikatsiya yo'laklarining tizimini shakllantirish va 
rivojlantirish; 
- xorijdagi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va 
manfaatlari har tomonlama himoya qilinishini ta'minlash. 
O'zbekiston Respublikasi bugungi kunda O'zbekistonni 170 dan ortiq davlat 
tan olgan, dunyodagi 130 ga yaqin mamlakat bilan rasmiy diplomatik 
munosabatlar o'rnatilgan. Respublikada 88 ta chet davlat vakolatxonalari 
ro'yxatdan o'tgan, 24 ta hukumatlararo tashkilot, 13 ta nohukumat tashkilotlari 
ishlab turibdi. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda O'zbekiston yelchixonalari va 
moliya tashkilotlari teng huquqli asosda ishlab turibdi. Jahonning 140 mamlakati 
bilan savdo-iktisodiy munosabatlar o'rnatilgan. Toshkentda 35 mamlakat o'z 
yelchixonasini ochgan. 
O'zbekiston 1992 yil 2 martda BMTga qabul qilindi. O'zbekiston 
Prezidentining tashabbusi bilan va BMT rahnomaligida 1995 yili Toshkentda 
Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik muammolariga bag'ishlangan xalqaro 
seminar bo'lib o'tdi. "O'zbekiston,-degan yedi Islom Karimov,- milliy 
manfaatlariga mos keladigan, ko'p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish 
- davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf 
yetish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g'oyat muhim vositasidir". 
O'zbekiston Prezidentining asosli mulohazalari bilan 1993 yil fevral oyida 
Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. 
O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati: O'zR Konstitutsiyasi 4-bob, 
17-moddasida O'zRsining xalqaro munosabatlardagi tashqi siyosatining huquqiy (5 
ta) prinsiplari ishlab chiqildi va asoslab berildi: 
1) 
Davlatlarning suvereniteti, tengligi. 
2) 
Kuch ishlatmaslik yoki tahdid qilmaslik.
3) 
CHegaralarning daxlsizligi.
4) 
Nizolarni tinch yo'l bilan hal yetish. 
5) 
Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik. 


Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishda O'zbekiston o'z 
mustaqilligining dastlabki yillaridayoq quyidagi asosiy tamoyillarni ishlab chiqdi 
va unga amal qilib kelmoqda: 
1) O'zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda davlat milliy 
manfaatlarining ustuvorligi. 
2) Teng huquqlilik va o'zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlapiga 
aralashmaslik. 
3) Mafkuraviy qarashlardan qat'iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy 
qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik. 
4) Xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalaridan ustuvorligi. 
5) Tashqi aloqalarni ham ikki tamonlama va ko'p tomonlama kelishuvlar asosida 
rivojlantirish. 
O'zbekiston 
davlat 
mustaqilligiga 
yerishgandan 
so'ng 
o'z 
tashqi 
siyosatimizni xalqaro hamjamiyatning to'laqonli sub'ekti sifatida amalga oshirish 
uchun real imkoniyatlarga yega bo'ldi. Yendilikda tashqi siyosat mustaqil tarzda 
amalga oshirilmoqda. 

Download 232.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling