Мавзуни танланишини асосномаси


Download 64.5 Kb.
bet1/3
Sana26.12.2022
Hajmi64.5 Kb.
#1067163
  1   2   3
Bog'liq
N.G. Ismatullayeva. Asosnoma 2021 y.


MAVZUNING TANLANISH ASOSNOMASI


Tadqiqotchining familiya ism sharifi: Ismatullayeva Nozima G’ulomnashvant qizi
Tadqiqotchining lavozimi: Farg`ona politexnika instituti magistranti
Ish bajarilayotgan tashkilot: Farg`ona politexnika instituti, “Qurilish” fakulteti, “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi, ferpi_info@edu.uz
Mavzu: “Yengil betonlar uchun to’ldiruvchi olishning yangi energiya tejamkor usulini ishlab chiqish”.
Tema: “Разработка нового энергоэффективного способа получения наполнителя для легких бетонов”.
Ilmiy maslahatchi: PhD Igamberdiyev B.G.
Ixtisoslik shifri va nomlanishi: (70730301) – “Bino va inshootlar qurilishi”.
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Bugungi kunda dunyo hamjamiyati tomonidan energiyaning turli tuman toifalari orasidan faqatgina issiqlik energiyasining eng qimmat energiya sinfiga kiritilishi bejizga emas, chunki issiqlik energiyasi boshqa energiyalardan farqli o'laroq bir turdan ikkinchi turga o'tmaydi, umuman qayta tiklanmaydi, u faqat yonadi va tugaydi. Aynan shuning uchun ham biz rivojlangan deb tan olgan yevropa qit'asi mamlakatlari bugungi kunda issiqlik izolyasion qurilish materiallaridan foydalanmay turib bino yoki inshoat qurishni qonun normativlari bilan taqiqlab qo'yishgan. Keyingi yillarda respublikamizda ham qurilish materiallari sanoatida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va tarmoqni jadal rivojlantirish, yangi zamonaviy qurilish materiallari, konstruktsiyalari va buyumlari ishlab chiqarishni ko'paytirish hamda uning turlarini kengaytirish bo'yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Xususan prezidentimiz tomonlaridan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini oshirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishda energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish kabi muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish jumladan, qurilish tarmog'ini binolarning energiya samaradorligini oshiruvchi sifatli qurilish materiallari va konstruktsiyalari bilan ta'minlash maqsadida energiya tejamkor, ekologik sof bo'lgan materiallarni qo'llagan holda, yuqorida belgilangan vazifalarni bajarish ayni shu soha olimlarining muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Yengil betonlarni qurilish sanoatida ko'p miqdorda ishlab chiqarish va uni keng miqyosida qo'llash 2020-yilning 11 yanvar kuni O'zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida tabiiy gaz bo'yicha debitor qarzdorlikni kamaytirish masalalariga bag'ishlangan videoselektorda ham alohida ta'kidlab o'tildi. Jumladan ushbu video selektorda: tuproqni qayta tiklab bo'lmasligi, yerning unumdorligi pasayib ketishini, ekologiya va atrof-muhitga salbiy ta'siri yuqoriligi bilan g'isht ishlab chiqarishni kamaytirish kerakligi sobiq ittifoq mamlakatlaridan tashqari, ko'plab davlatlar, xususan, Yevropa davlatlarida g'isht ishlab chiqarishdan allaqachon voz kechishgan. Buning o'rniga issiqlik izolyasion, yengil materiallardan ishlab chiqarishni kengaytirish kerakligi va buning natijasida uyning haroratini me'yorda saqlanishi va boshqa bir qator qulay jihatlari bosh vazir tomonidan ham keltirib o'tilgan. Bino yoki inshootlar qurilishida qurilish uchun ketadigan muddatni kamaytirish, qurilayotgan bino yoki inshoot tashqi va ichki devorlarini issiqlikdan himoyalash, buning uchun samarador sinfga kiruvchi qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish zarurdir. Samarador sinfga kiruvchi qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishning resursbop yo'llaridan biri bu g'ovak to'ldiruvchili yengil betonlardan samarali foydalanish eng ma'qul yo'nalishlardan biridir.

Download 64.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling