KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Insoniyat taraqqiyotining XX asri o'tib, XXI asriga qadam qo‘ydik. O'tgan asrda yuz bergan ijobiy o'zgarish ilm-fan taraqqiyotining yuqori bosqichlarga ko'tarilganligi, yangi texnika va texnologiyalaming paydo bo'lganligidir.
Ma’lumki, fan-texnikaning rivojlanishi birinchi navbatda ishlab chiqarish kuchlarini qayta taqsimlashga olib keladi. Yangi texnologiya bilan ishlab chiqarish samaradorligi oshadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati yaxshilanadi, dunyo bozoridagi raqobatni vujudga keltiradi va ilm-fan darajasi past bo'lgan davlatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni jahon bozorida sotish irrJconiyati yo'qoladi. Shuning uchun ham davlatimiz siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lgan ilm-fan tizimini isloh qilish hozirgi vaqtda dolzarb masalalar qatorida turibdi.
Mavzuning maqsadi. Sanoat korxonalarida zararli omillarni bartaraf etishda avariya shamollatish tizimini tashkillashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish.
Mavzuning vazifasi.
sanoat korxonalarida zararli omillarni o’rganish;
sanoat korxonalarida avariya shamollatish tizimini o’rganish;
sanoat korxonalarida zararli omillarni bartaraf etishda avariya shamollatish tizimini tashkillashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish.
Mavzuning obyekti. Sanoat korxonalarida shamollatish tizimi.
Mavzuning predmeti. Sanoat korxonalarida zararli omillarni bartaraf etishda avariya shamollatish tizimini tashkillashtirish uchun tavsiyalar.
Mazvuzing farazlari. Sanoat korxonalarida mavjud zararli omillarni bartaraf etishda avariya shamollatish tizimini o’rganish orqali qoshimcha vositalar bilan tashkillashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs loyihasining tuzilmasi. Mazkur kurs loyihasi kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat. Matn qismi 30 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |