Mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi tayyorladi: J. Yo
Download 28.95 Kb.
|
ASLIDDIN ETIKA 12
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.ZIDDIYAT NIMA. 2.SHAXSLAR ARO ZIDDIYATLAR. Ziddiyat
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI BIZNESNI BOSHQARISH YO`NALISHI 4BB-22 GURUHI TALABASIYo‘ldoshev jonibekning BIZNES ETIKASI FANIDAN ZIDDIYATLI HOLATLAR ETIKASI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI TAYYORLADI: J.YO‘LDOSHEV QABUL QILDI: N.ESHQOBILOVA REJA: 1.ZIDDIYAT NIMA. 2.SHAXSLAR ARO ZIDDIYATLAR. Ziddiyat (mantiqda) — muhokama yuritishda, matnda va nazariyada biri ikkinchisini inkor etadigan 2 mulohazaning mavjudligi (qarang Ziddiyat sonuni); (dialektikada) — predmet va hodisalarga obyektiv ravishda xos boʻlgan bir butunning qaramaqarshi (musbat va manfiy, tugʻilayotgan va oʻlib borayotgan, yangi va eski) tomonlari, belgilari, yoʻnalishlari oʻrtasidagi mu\im munosabatlar. Shu munosabatlar kurashi tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining manbaini, harakatga keltiruvchi kuchini va ichki mazmunini tashkil etadi. Taraqqiyot 3. larning paydo boʻlishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi jarayonidan iborat. 3. lar har xil boʻlib, ular narsa va hodisalarning harakati va rivojlanishida turlicha rol oʻynaydi. 3. lar ichki va tashqi, asosiy va asosiy boʻlmagan, antagonistik va antagonistik boʻlmagan 3. larga boʻlinadi. Ichki 3. — narsa va hodisalardagi ichki jarayonlarning ifodasi, "oʻzoʻzidan harakatlanish" ning manbai, rivojlanishning asosiy sababidir. Tashqi 3. — narsa va hodisalar oʻrtasidagi munosabatlarning ifodasidir. Maye, tabiat bilan jamiyat, organizm bilan muhit oʻrtasidagi 3. tashqi 3. dir. Ichki va tashki 3. lar rivojlanish jarayonida bir xil rol oʻynamaydi. Rivojlanishning mohiyati, asosan, ichki 3. larning hal qilinishi bilan belgilanadi. Ammo tashki 3. larni ham eʼtibordan chetda krldirish mumkin emas. Tashqi 3. lar rivojlanishga bilvosita, yaʼni ichki 3. larni hal qilishga ijobiy yoki salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Narsa va hodisaning mohiyatini, holatini, kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini belgilovchi 3. lar asosiy 3. lar deb ataladi. Asosiy 3. taraqqiyotda hal qiluvchi rol oʻynaydi va barcha boshqa 3. larga taʼsir koʻrsatadi. Asosiy boʻlmagan 3. lar ham mavjud. Bosh 3. deb rivojlanishning u yoki bu bosqichining mohiyatini belgilab beradigan asosiy 3. ga aytiladi. Narsa va hodisalar rivojlanishining muayyan bosqichidagi bosh 3. asosiy 3. ning aniq koʻrinishi yoki ifodasidir. Antagonistik 3. lar jamiyatdagi manfaatlari birbiriga tubdan zid boʻlgan kuchlar, ijtimoiy guruhlar va tabaqalar oʻrtasidagi 3. lardir. Antagonistik boʻlmagan 3. lar jamiyatdagi manfaatlari birbiriga moye keladigan yoki manfaatlarini oʻzaro kelishtirish mumkin boʻlgan ijtimoiy guruhlar va tabaqalar oʻrtasidagi 3. lardir. Shoʻrolar davrida sotsialistik jamiyatda antagonistik 3. lar yoʻq, unga faqat antagonistik boʻlmagan 3. lar xos degan mafkuraviy fikr targʻib qilingan. Aslida bunday 3. lar mavjud boʻlsada, shoʻrolar saltanati zoʻrlik bilan bu 3. larning namoyon boʻlishiga yoʻl qoʻymagan. Sobiq shoʻrolar davlatining baʼzi mintaqalarida sodir boʻlayotgan qonli toʻqnashuvlar, fuqarolar urushi oʻsha hal qilinmay qolgan 3. larning oqibatidir. Jamiyatdagi 3. lar turli shakl va usullar bilan bartaraf qilinadi. Ulardan baʼzilari eskining yemirilishi va yangining qaror topishi asosida hal qilib borilsa, boshqalari shu 3. ni tashkil qilgan qaramaqarshi tomonlarni oʻzaro kelishtirish, murosayu madoraga keltirish, hamjihatlik va hamkorlikka erishish yoʻli bilan bartaraf etilishi mumkin. Keyingi vaqtda jamiyatdagi 3. larni hal qilishda qoʻllanilayotgan samarali usullardan biri konsensus (oʻzaro kelishuv) dir. Ilgari 3. larni hal qilishning bu usuliga yetarli eʼtibor berilmagan. Yangicha tafakkurning karor topishi bilan jamiyatdagi 3. larni xal qilishda Gegel qayd qilib oʻtgan konsensus usulidan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlib chikdi. Uzoq yillar davomida birbiriga qaramaqarshi boʻlib kelgan davlatlar, jamiyatdagi qaramaqarshi tomonlar, kuchlar, ijtimoiy guruhlar, harakatlar va partiyalar oʻrtasidagi 3. larni jamiyatning umumiy manfaatlaridan kelib chiqib hal qilishda konsensus usuli juda qoʻl kelmoqda. 3. larni bartaraf etishdagi bu usul jahon xalqlarining milliy totuvlikka, oʻzaro hamkorlikka va birdamlikka, barqarorlikka erishishida muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda. Yuqorida tilga olingan 3. ning turlarini birbiridan farq qilish zarur, lekin ular oʻrtasida mutlaq chegara yoʻq. Voqelikda ular oʻzaro chirmashib ketadi, birbiriga oʻtadi va taraqqiyotda xilmaxil rol oʻynaydi. Shuning uchun, 3. larning har biriga aniq yondashish, 3. namoyon boʻladigan sharoitni, muhitni, vaziyatni, u oʻynaydigan rolni toʻgʻri hisobga olish lozim. Download 28.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling