Mavzusidagi kurs ishiga
Download 13.02 Kb.
|
Taqriz sh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi va audit” kafedra o’qituvchisi Boyqobilova I .
SamISI “Bank-Moliya xizmatlari” fakulteti BI-319 guruh talabasi Abduvaliyev Shohrux Shuhrat o’g’lining “Banklarda kredit operatsiyalari tahlili” mavzusidagi kurs ishiga XULOSА Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalashtirishning hozirgi sharoitida korxona va tashkilotlarda amalga oshiriladigan moliyaviy munosabatlarda soliqlar bilan amalga oshirayotgan hisob-kitoblari muhim oʼrin tutadi. Bunday hisob-kitoblarning muhim ahamiyatga molikligi buxgalterlar va auditorlardan respublikamizda amalda boʼlgan soliq qonunchiligi hujjatlari talablaridan kelib chiqib, foyda, ulardan ushlanmalar, toʼlovlar va ajratmalarning hozirda amalda boʼlgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan tasnifiy hamda tavsifiy asoslarini chuqur bilishlarini taqoza etadi. Bu, oʼz navbatida, bugungi kunda buxgalteriya hisobi va audit fanlari oldidagi ushbu muhim masalani hal etish vazifasini qoʼyadi. Milliy iqtisodiyotini tarkibiy oʼzgarishlarni amalga oshirishish va iqtisodiy isloxotlarini chukurlashtirish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta taʼmirlash, ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarini qoʼllash va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va shu orqali mamlakatimizning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlashda investitsiylar muhim ahamiyat kasb yetadi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa qismlaridan, shuningdek foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati, tahliliy jadvallar, chizmalar va amaliy materiallarni aks ettiruvchi ilovalardan iborat. Kurs ishining kirish qismida uning dolzarbligi yetarlicha asoslangan, maqsadi, vazifalari belgilangan, izlanishlar obʼekti va predmeti yoritilgan. Kurs ishining 1-bobida Tijorat bankida kreditlashning nazariy asoslari .Unda Kreditlar hisobi tahlili obʼektlari sifatidagi mohiyati, ahamiyati, tasnifi va tavsifi, maqsadi va vazifalari. 2-bobida “O’zsanoatqurilishbank” ATB da Kreditlar hisobining tashkiliy masalalari va axborot manbalari. Ushbu bobda “O’zsanoatqurilishbank” ATB da aholiga kreditlar berish tamoyillari ko’rib chiqilgan. Kurs ishi mundarijasi mavzuni yoritadi, unda mundarijasiga kiritilgan savollarga javoblar ketma-ketlikda, yaxshi va tushunarli tilda berilgan. Ish “O’zsanoatqurilishbank” ATB ga bagʼishlangan. Kurs ishining xulosa qismida olib borilgan tadqiqotlar asosida qilingan ilmiy xulosalar, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar umumlashtirilgan. Kurs ishining yutuqlari sirasiga yuqoridagilardan tashqari quyidagilarni ham kiritish mumkin. • unda diqqatga molik koʼplab yangi ilmiy maʼlumotlar va axborotlar berilgan; • u yaxshi tilda bajarilgan, tegishli ravishda rasmiylashtirilgan; • auditorlik tashkilotlari tajribasi yetarlicha tahlil etilgan va korxonalar amaliyoti materiallaridan fikrlar va taklif-tavsiyalarni berishda yaxshi foydalanilgan; • ishdagi yangiliklar audit fani va amaliyoti ravnaqi uchun naflidir. Kurs ishi, umuman olganda, talabga javob beradi va himoyaga tavsiya etiladi. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi va audit” kafedra o’qituvchisi Boyqobilova I. Download 13.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling