Abdulla Avloniy (1878 - 1934) Abdulla Avloniy o’zbek shoiri, dramaturg va taniqli jamoat arbobidir. - Abdulla Avloniy o’zbek shoiri, dramaturg va taniqli jamoat arbobidir.
- XX asr boshlarida 30-yillarning o’rtalarida bo’lgan o’zbek matbuoti va adabiyoti, shuningdek, marifatni va maorifni Abdulla Avloniysiz tasavvur etish mumkin emas.
Abdulla Avloniy - Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkentda hunarmand oilasida tug’ildi. Eski maktabda savod chiqardi, madrasada tahsil oldi. Oiladagi moddiy qiyinchiliklar tufayli bolaligidan odamlar eshigida mehnat qildi. Mardikorlikdan tortib duradgorligu g’isht quyishgacha, suvoqchilikdan tortib tunukasozlikkacha bo’lgan kasb-korlaribilan shug’ullandi
- Hayot o’zining qaysi og’ir ko’chalariga olib kirmasin, yosh Abdulla doimo o’qishga, ilm olishga chanqoqlik bilan yashadi. Shu boisdan, aksar yillari kuz va qish yillari o’qib, bahor va yozda oila tirikchiligiga qarashdi.
- O’n besh yoshlarida she’rlari matbuotda ko’rindi.
Abdulla Avloniy
El-yurt ichida bo’lish, turli daraja va toifa odamlar
suhbatidan bahramand bo’lish
Abdullaga zamonaning ilg’or tamoillari,
yangiliklari va zamondoshlarining hayotga
turlicha qarashlar bilan
yaqindan tanishish imkoniyatini tug’dirdi.
Bu shart-sharoitlar natijasida unda matbuotga
havas erta uyg’ondi.
Abdulla Avloniy - Turkiston, Tatariston, Kavkazda nashr etiluvchi qator gazeta va jurnallarni kuzatib borish uning dunyoqarashi shakllanishida muhim omil bo’ldi.
- Jadidchilik harakatining rahbarlaridan biri bo’lgan Avloniy o’lkada uning ham nazariyotchisi, ham amaliyotchisi sifatida ko’p ishlarni amalga oshirdi. 1904-yilda Toshkentning Mirobod mahallasida yangi yo’nalishdagi jadid maktabini ochdi, o’zi unga mudirlik va o’qituvchilik qildi. 1909-yilda kambag’al, yetim-yesirlarga ko’mak beruvchi “Jamiyati xayriya” degan uyushma etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |