McDonald’s


Download 1.09 Mb.
Sana09.06.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1474276
Bog'liq
McDonalds

McDonald’s

Raxmatullayev Temur

MMT-86

McDonald’s haqida

  • McDonald’s Corporation – umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritadigan fast-fud restoranlarining eng yirik tarmog‘i hisoblanadi. McDonald’s daromadi bo‘yicha ham dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir. Kompaniya tomonidan har kuni 100 dan ortiq mamlakatda o‘rtacha 69 million mijozga xizmat ko‘rsatiladi. McDonald’s gamburger, chizburger va qovurilgan kartoshka(fri)lari bilan mashhur bo‘lsa-da, ular mijozlarga qovurilgan jo‘ja, nonushta yeguliklari, alkogolsiz ichimliklar va turli shirinliklarni ham taklif qiladi. So‘nggi yillarda iste’molchilarning notabiiy oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan salbiy reaksiyasi kuchaydi. Bunga javoban kompaniya o‘z taomnomasiga salat, baliq, kokteyl va mevalarni ham qo‘shdi. 2018-yil hisobotlariga ko‘ra McDonald’s 1,7 million ishchi bilan dunyodagi ikkinchi yirik xususiy ish beruvchidir. McDonald’s brendi 2020-yilgi ko‘rsatkichlarga ko‘ra dunyoning eng yaxshi tovar belgilari reytingida 9-o‘rinni egalladi.

1962-yilgi logotip

McDonald’s

  • 1963-yil sotilgan gamburgerlar soni milliardga yetdi va shu yildan boshlab kompaniya restoranlarga bolalarni jalb qilishga e’tibor qarata boshladi, bunda qizil sochli Ronald Makdonald masxarabozidan foydalanildi. 1968-yilda Big Mac bozorga chiqarildi va 1000-restoran ochildi. 1970-yildan McDonald’s Amerikaning barcha shtatlarida xizmat ko‘rsatishni boshladi. McDonald’s mijozlar qiziqishlarini inobatga olgan holda 1973-yildan restoranlarda nonushta qilish imkoniyatini yo‘lga qo‘ydi. Oradan yetti yil o‘tib McDonald’s tayyor nonushtalar bozorining to‘rtdan bir qismiga egalik qildi.

McDonald’s

  • 1975-yildan boshlab mijozlar avtomobillardan tushmasdan taom buyurtma qilish va uni qabul qilib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ushbu xizmatning yo‘lga qo‘yilishi natija bermay qolmadi, vaqt o‘tishi bilan ushbu xizmat turi McDonald’s Corporation daromadlarining yarmidan ko‘pini tashkil eta boshladi. 1979-yilda McDonald’s yosh bolalar orasida o‘z auditoriyasini kengaytirish maqsadida innovatsion xizmat “Happy Meal”(Baxtli taom) — bolalar uchun o‘yinchoq bilan birga oziq-ovqat mahsulotlarini sotish xizmatini yo‘lga qo‘ydi.
  • 1990-yillar oxiri va 2000-yillar boshlarida McDonald’s Britaniyaning Aroma Cafe (1999), Amerikaning Chipotle Mexican Grill (1998), Donatos Pizza (1999) va Boston Market (2000) kafelar tarmog‘ini sotib olish orqali o‘z faoliyatini kengaytirishga harakat qildi.
  • 2016-yilda restoran faoliyati haqida “Asoschi”(The Founder) film-dramasi namoyish etildi.madi va biroz vaqt o‘tib ushbu kompaniyalar sotib yuborildi.

2019-yil 5-martda McDonald’s korporatsiyasi sun’iy intellekt sohasidagi texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi Isroilning Dynamic Yield kompaniyasi IT-startapini sotib olgani to‘g‘risida e’lon qildi. Bitim korporatsiya tarixida so‘nggi 20 yil ichidagi imzolangan eng yirik shartnoma sanaladi, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra uning miqdori 300 million dollarni tashkil qiladi.

  • 2019-yil 5-martda McDonald’s korporatsiyasi sun’iy intellekt sohasidagi texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi Isroilning Dynamic Yield kompaniyasi IT-startapini sotib olgani to‘g‘risida e’lon qildi. Bitim korporatsiya tarixida so‘nggi 20 yil ichidagi imzolangan eng yirik shartnoma sanaladi, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra uning miqdori 300 million dollarni tashkil qiladi.

McDonald’s O‘zbekistonda paydo bo‘lishi mumkinmi?

  • O‘zbekiston Respublikasining sobiq Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyevning 2017-yil 27-sentabrdagi Xalqaro press klub sessiyasida so‘zlagan nutqiga ko‘ra 2017-yildayoq AQShning McDonald’s korporatsiyasi O‘zbekiston bozoriga kirib kelishga qiziqish bildirgan. Bu bilan bog‘liq xabarlar va taxminlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi 5611-sonli “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-mayda qabul qilingan 365-sonli “Chorvoq erkin turistik zonasi faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinishi natijasida ancha ommalashdi. Biroq hozirga qadar McDonald’s’ning O‘zbekistonga kirib kelishi borasida aniq bir harakat ko‘zga tashlangani yo‘q.

Etiboringiz uchun raxmat


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling