Mchj ishtirokchilari


Download 28.68 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi28.68 Kb.
#1764843
Bog'liq
4-7 savol javoblari


MCHJ ishtirokchilari
Yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari bo‘ladilar.
Qonunda ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning jamiyatda ishtirok etishi taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, jamiyatning ishtirokchilari bo‘lishga haqli emaslar.
Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilishi mumkin bo‘lib, u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi bo‘lgan jamiyatga aylanishi mumkin.
Jamiyat yagona ishtirokchi sifatida bitta shaxsdan iborat boshqa jamiyatga ega bo‘lishi mumkin emas, bir aksiyadordan iborat aksiyadorlik jamiyati jamiyatning yagona ishtirokchisi bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Jamiyat ishtirokchilarining soni ellik kishidan oshmasligi lozim.
Agar jamiyat ishtirokchilarining soni ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan me’yordan oshib ketsa, jamiyat bir yil ichida aksiyadorlik jamiyati yoki ishlab chiqarish kooperativi etib qayta tuzilishi kerak. Agar ko‘rsatilgan muddat davomida jamiyat qayta tuzilmasa va jamiyat ishtirokchilarining soni belgilangan me’yorga qadar kamaymasa, u yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning talabiga binoan sud tartibida tugatilishi kerak.
(7-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida murosasiz ziddiyatlar sababli qaror qabul qilish uchun yetarli ovozlar soni mavjud bo‘lmaganligi tufayli jamiyatni boshqarish masalalari yuzasidan kelishuvga erishish mumkin bo‘lmagan taqdirda, nizoli vaziyat sud tartibida hal etiladi.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son)

Biznesni tashkil etishning korporativ shakllari
Mamlakatimizda biznesni tashkil etishning korporativ shakllari sifatida' mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va aksiyadorlik jamiyatlari ko‘p uchraydi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav kapitali ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat tan olinadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. MChJ o‘z faoliyati davomida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslaming ta’sischisi bo‘lishi va ulaming ustav kapitalida ishtirok etishi, vakolatxonalar va filiallar tuzishi mumkm. Yuridik va jismoniy shaxslar MChJlaming ishtirokchilari bo‘la oladi. Qonunchilikka asosan ayrim toifadagi jismoniy shaxslaming jamiyatda ishtirok etishi taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqamv organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘Imasa, jamiyatning ishtirokchilari bo‘lishga haqU emaslar. Jamiyat bitta shaxs tomonidan ta’sis etilishi mumkm bo‘lib, u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi bo‘lgan jamiyatga aylanishi mumkin. Jamiyat yagona ishtirokchi sifatida bir shaxsdan iborat boslj.qa-xo‘jaHk jamiyatiga ega boiishi mumkin emas. MChJ ishtirokchilarining soni eilik kishidan oshmashgi lozim. Agar MChJ ishtirokchilarining soni belgilangan me’yordan oshib ketsa, jamiyat bir yil ichida ochiq aksiyadorlik jamiyati yoki ishlab chiqarish kooperativi etib qayta tuzilishi kerak. Agar ko‘rsatilgan muddat davomida jamiyat qayta tuzilmasa va jamiyat ishtirokchilarining soni belgilangan me’yorga qadar kamaymasa, u yuridik shaxslami davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning talabiga binoan sud tartibida tugatilishi kerak. MChJlarni ta’sis etish ta’sischilar tomonidan ta’sis shartnomasini tuzish va jamiyat ustavini tasdiqlashdan boshlanadi. Ta’sischilar tomonidan jamiyatning ijro etuvchi organlari saylanadi yoki tayinlanadi, shuningdek, jamiyatning ustav kapitaliga naqd pulsiz ulushlar qo‘shilgan holatlarda, ulaming balansga kiritihsh bahosini tasdiqlaydilar. Jamiyat ustavini tasdiqlash , to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, jamiyat ta’sischilari kiritadigan ulushlaming puldagi bahosini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror ta’sischilar tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi lozim. Boshqa qarorlar esa jamiyatning ta’sischilari tomonidan qonunchihk hujjatlarida va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinishi mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, MChJlaming ta’sis shartnomasi va ustavi jamiyat ta’sis hujjatlari hisoblanadi. Agar jamiyat bir shaxs tomomdan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta’sis hujjati hisoblanadi. Agarda jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq shaxsni tashkil etsa, ular o‘rtasida ta’sis shartnomasi tuz:ihshi shart. Jamiyat ishtirokchisining, auditoming yoki istalgan manfaatdor shaxsning talabiga binoan jamiyat ularga jamiyatning ta’sis hujjatlari bilan, shu jumladan imga kiritilgan o‘zgartishlar bilan tanishish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi nusxalarini berishi shart. Nusxalami berganlik uchun jamiyat tomonidan olinadigan haq ulami tayyorlashga ketgan xarajatlardan ortiq boiishi mumkin emas. Jamiyatning ta’sis hujjatlariga o'zgartishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigilishi qaroriga binoan kiritiladi. Jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar ham belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazihshi kerak. Ta’sis shartnomasida MChJlaming ta’sischilari jamiyatni tuzish majburiyatini oladilar va uni tuzish yuzasidan birgalikda faohyat yuritish tartibini belgilaydilar.
Ta’sis shartnomasida quyidagilar ham belgilab qo‘yiladi:
- ta’sischilar tarkibi;
- ustav kapitalining miqdori va har bir ta’sischi ulushi,
- jamiyat ta’sis etilayotganda uning ustav kapitaliga ulushlami qo‘shish tartibi, miqdori, usullari va muddatlari;
- ulushlami qo‘shish bo‘yicha majburiyatlarini buzganlik uchun ta’sischilaming javobgarligi; ta’sischilar o‘rtasida foyda va zararlami taqsimlash shartlan va tartibi; MChJ organlarining tarkibi va jamiyat ishtirokchilannmg jamiyatdan chiqish tartibi.
MChJ ustavida esa quyidagilar ko‘rsatihshi kerak:
- jamiyatning to‘hq va qisqartirilgan firma nomi;
- j amiyat faoliyatining predmeti; - jam iyatning pochta manzili to‘g‘risidagi ma lumotlar,
- jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari, shuningdek, jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi;
- jamiyat ustav kapitalining miqdori to‘g‘risidagi ma lumotlar,
-jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari;
- jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- jamiyat ustav kapitalidagi ulushning (ulush bir qismining) boshqa shaxsga o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- jamiyatning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- jamiyatning vakolatxonalari va filiallari to‘g‘risidagi ma lumotlar va boshqalar. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ustav kapitalini shakllantirish masalalari, ulami qayta tashkil etish yo‘llari xususida keyingi boblarda to‘xtalib o‘tamiz. Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ulaming faoliyati va ulami tugatish, aksiyadorlaming huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlar 0 ‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlaming huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlaming huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun dasÜab 1996 yil 26 aprelda, yangi tahrirdagisi esa 2014 yil 6 mayda qabul qilingan. Bank, investitsiya va sug‘urta faoliyati sohalarida, shuningdek, davlat tashkilotlarini xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etishning va ular huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari tegishli qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ustav kapitali aksiyadorlaming aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati deb e’tirof etiladi. Aksiyadorlik jamiyati yuridik shaxs bo‘lib, u o‘z mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka, shu jumladan o‘zining ustav kapitaliga berilgan mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlami olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan pajrtdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi va ustavida muddat belgilanmagan bo‘lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi. Yangi tahrirdagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlaming huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingunga qadar mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlari ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin edi. Bunda ochiq aksiyadorlik jamiyatining ta’sischilari tarkibiga kimvchilaming eng kam soni cheklanmagan, yopiq aksiyadorlik jamiyatining ta’sischilari esa kamida uchta shaxsdan iborat qilib belgilangandi. Jamiyatning har bir ta’sischisi uning aksiyadori bo‘lishi lozim edi. Shuningdek, aksiyadorlari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlaming roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati (OAJ), aksiyalari faqat o‘z ta’sischilari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar o‘rtasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati (YoAJ) hisoblanardi.
Download 28.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling