Media korxona faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari


Download 169.6 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi169.6 Kb.
#1623571
Bog'liq
Media korxonalar faoliyati

Media KORXONA FAOLIYATINING TASHKILIY Huquqiy asoslari

Tayyorladi : Sultonova Kamola

Abdumalikova Gulnoza

Korxonalar mohiyati Hozirgi paytga kelib zamonaviy korxonalar murakkab tashkiliy tuzilmaga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat korxonalarini tashkil etish uchta asosiy yo’nalishda amalga oshadi. - Ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etish (IITE) - Mehnatni ilmiy tashkil etish (MITE) - Boshqaruvni ilmiy tashkil etish (BITE) Har qanday tadbirkorlik faoliyati-bu odamlar o’rtasida o’zaro aloqani tashkil etish asosida amalga oshiriladigan jarayondir.

Korxonaning tasniflanishi Korxonaning eng muhim xususiyatlari ularning qaysi tarmoqqa qarashligi, hajmi, ishlab chiqarishda turli jabhalarni qamrab olganligi, mahsulot turi, ishlab chiqarishni tashkillashtirish usuli hamda uni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, tashkiliy-huquqiy shakllarni prognozlashtirishga bog’liq bo’ladi. Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko’ra korxonalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish turlariga bo’linadi.

Korxonalarning tashkiliy-huquqiy asoslari Korxona faoliaytini amalga oshirishda tahsis hujjatlarini o’rni muhim sanaladi. Korxona faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida 2 xil tahsis hujjatlari belgilangan. - Korxona nizomi - Tahsis shartnomasi Korxona nizomi asosiy hujjat bo’lib quyidagilarni o’z ichiga oladi. - Korxona nomi, joylashgan o’rni, faoliyat mazmuni va maqsadi. - boshqaruv va nazorat organlari. - Mulkni tashkil etish va taqsimlash tartibi - Faoliyat turini o’zgartirish vatugatish shartlari.

“Korxonalar to’g’risidagi” qonunga asosan quyidagilar korxona mulkini shakllantirishning manbai hisoblanadi. -Taxsischilarning pul va moddiy ko’rinishdagi oul buyumlari -Mahsulot sotishdan va boshqa faoliyatdan olingan daromadlar. -Qimmatbaho qog’ozlardan olingan daromadlar. -Banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar -Byudjetdan olingan mablag’lar -Korxona va tashkilotlar fuqarolarni xayriya badallari.

Korxonalarni ichki va tashqi muhiti Korxonaning faoliyatiga ichki va tashqi muhitlar ta’sir ko’rsatadi. Ichki muhitga odamlar, ishlab chiqarish vositalari, axborot va pul mablag’lari kiradi. Tashqi muhitga esa tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar iste’molchilari, ishlab chiqarish vositalarini yetkazib beruvchilar, banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar, davlat tashkilotlari kiradi. Korxonalar ixtisoslashuviga qarab sanoat, transport, qurilish, aloqa, qishloq xo’jaligi, savdo, maishiy-xizmat va boshqa turlarga bo’linadi.

Oziq-ovqat sanoati korxonalar faoliyatini rivojlantirish uchun uning boshqaruv mexanizmini takomillashtirish xususiyatlari to'g'risida mulohazalar yuritilganda, birinchi navbatda har bir iqtisodiy faoliyat turida bo'lgani kabi tavakkalchilik bilan bog'liq faoliyat tushuniladi. Chunki umumiy ma'noda tavakkalchilik - tadbirkorlik faoliyatini yuritishda xavf-xatarga va tahlikaga borishdir.

Oziq-ovqat sanoati agrosanoat majmuining ajralmas qismi bo'lgan xalq iste'moli tovarlari sanoatining tarmoqlaridan biri bo'lib, insonning eng eng muhim ehtiyojlarini qondirishga mo'ljallangan. Oziq-ovqat sanoati xalq xo'jaligining muhim, ko'p tarmoqli, ijtimoiy yo'naltirilgan tarmog'i bo'lib, keng assortimentdagi yuqori sifatli iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni ta'minlaydi.Bundan tashqari, oziq-ovqat sanoati ko'plab turdosh tarmoqlar bilan chambarchas bog'liq; qishloq xo'jaligi, kimyo va mashinasozlik sanoatining rivojlanishiga hissa qo'shadi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, innovatsion o'zgarishlar har qanday faoliyat sohasidagi korxonalar samaradorligini oshirish omili hisoblanadi. Ayniqsa, va oziq-ovqat sanoati korxonalari uchun investitsion transformatsiyalarni ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat sanoatini innovatsion rivojlanishga yo'naltirish mamlakatimiz uchun dolzarb va ustuvor vazifadir. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida oziq-ovqat sanoati faoliyatini rivojlantirish va uni boshqarish jarayonlari amaldagi qonun va qonun osti xujjatlari doirasida takomillashib bormoqda.

"Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar davlat organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ular oziq-ovqat mahsuloti muomalasi sohasida ish olib borayotgan yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun majburiydir" etib belgilangan. Mamlakatimiz iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida eng muhim muammolaridan biri oziq-ovqat xavfsizligi va aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to'laqonli ta'minlashdir.

Xususiy korxona - bu bir shaxs tomonidan tashkil etilgan va boshqariladigan korxona. O'zbekiston hududida xususiy korxona tadbirkorlik sub'ektlarining tashkiliy-huquqiy shakli bo'lib, ushbu faoliyat "O'zbekiston Respublikasining Xususiy korxonalar to'g'risida"gi 2003 yil 11 dekabrdagi Qonuni bilan tartibga solinadi.


Download 169.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling