Mehmonxona sohasida joylashtirish vositalari va xizmatlari
Download 45.01 Kb.
|
Mehmonxona sohasida joylashtirish vositalari va xizmatlari
Mehmonxona sohasida joylashtirish vositalari va xizmatlari Mehmonxona ishining hozirgi rivojlanishi jahon amaliyotida mijozga (mehmonxona xizmatlaridan foydalanuvchiga) mazkur xizmatlar bozorlaridagi narx-navoga qarab ko‘p variantli mehmonxona servisini taklif qiladi. Har yili ommaviy axborot vositalari ko‘p sonli mijozlarga mazkur servis turidagi faoliyatning yangi shakllari haqida ma’lumot beradi. Bundan 100 yil oldin joylashtirish korxonalarning faqat ikkita turi mavjud bo‘lgan:
jamiyatning oliy tabaqasi vakillari uchun hashamatli mehmonxonalar; aholining qolgan qismi uchun karvonsaroylar. Vaqtini yo‘lda o‘tkazishga majbur bhlgan odamlarda tanlash imkoniyati bo‘lmagan. Bugungi kunda mehmonxona mahsulidan foydalanuvchilarga joylashtirish korxonalarining rang-barang shakllari va turlari, chunonchi, iqtisodiy klassga mansub bo‘lgan hashamatli otellar va mehmonxonalar, motellar, kempinglar va h.k. taklif qilinadi. Har bir odam o‘z didi va puliga qarab hzi uchun ma’qul variantni tanlash imkoniyatiga ega. O‘zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlari ancha jo‘shqin rivojlanmoqda. Bu mehmonxona servisida band bhlgan tijoratchilarga katta imkoniyatlar yaratmoqda. O‘zbekiston bilan chet elda mehmonxona ishini tashkil etishdagi keskin tafovutlar asta-sekin yo‘qolib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining mehmonxona korxonalari mijozlarga xizmat ko‘rsatish saviyasini, nomerlarning shinamligi va qulayligi darajasini, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning malakasini izchil oshirib bormoqdalar. Mehmonxona servisi korxonalarining rang-barangligi, shuningdek vaqti-vaqti bilan mehmonxona xizmati yangi-yangi turlarining paydo bo‘lishi joylashtirish korxonalari tasnifi va tipologiyasini ancha shartli qilib qo‘yadi. Quyida dunyoning aksariyat davlatlariga xos bo‘lgan 7 har xil toifa bo‘yicha mehmonxona korxonalari 9 turining solishtirma tavsifi berilgan. Zamonaviy korxonalar vazifasiga, sig‘imiga, qavatlariga, konstruksiyasining tipiga, shinamlik darajasiga, foydalanish rejimiga (yillik, mavsumiy), joylashgan yeriga (shahar, kurort va h.k.), ular nima maqsadga mo‘ljallanganligiga, oziq-ovqat bilan ta’minlanganligiga, narx-navo darajasiga qarab farqlanadi. Loyihalash paytida bu omillarning barchasi hisobga olinadi va mehmonxona xonalarining tarkibiga, binoning memorlik-tarx tuzilishiga va shu kabilarga ta’sir ko‘rsatadi. Mehmonxonalarni tavsiflovchi asosiy belgilar: ularning sig‘imi, necha qavatdan iboratligi, vazifasi va shinamlik darajasi. Ma’lum joy hududida joylashishiga qarab mehmonxonalar: shaharda (shahar markazida, shahar chekkasida) joylashgan mehmonxonalarga; qishloqda (shu jumladan baland tog‘ hududidagi qishloqda) joylashgan mehmonxonalarga bo‘linadi. Download 45.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling