Mehnat resurslarining harakati va qo’nimsizligini tahlili


Download 21.27 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi21.27 Kb.
#1431775
Bog'liq
9.3.Mehnat resurslarining harakati va qo’nimsizligini tahlili


    1. Mehnat resurslarining harakati va qo’nimsizligini tahlili

Xo’jalik yuritish sub’ektining mehnat resurslari bilan ta’minlanganligiga baho berishda, ularning harakati va qo’nimsizligi tahlil etiladi.
Mehnat resurslarining harakati ishga qabul qilish (Ik) va ishdan bo’shash oboroti(Ib)ni aniqlash bilan tahlil etiladi. Odatda, mexnat resurslari o’z arizalariga binoan ishga qabul qilinib, ularning ishdan bo’shatilishi ham o’z arizalariga ko’ra, intizomni buzganligi, nafaqaga, homiladorlik ta’tiliga chiqqanligi, o’qishga ketganligi uchun amalga oshiriladi va quyidagicha aniqlanadi:

  • ishga qabul qilish oboroti;

;

  • ishdan bo’shash oboroti.


Shu o’rinda mehnat resurslarining qo’nimsizlik koeffisienti (Kk) aniqlanib, bu ko’rsatkich ishdan bo’shash oborotidan koeffisientda aniqlanganligi hamda formulaning suratida faqatgina o’z arizalariga ko’ra, intizomni buzgani uchun ketgan xodimlar soni aks ettiriladi va quyidagicha aniqlanadi:
.
Yuqoridagi ko’rsatkichlarning yillar bo’yicha dinamik o’zgarishi omilli tahlil etilib, ular yuzasidan boshqaruv qarorlari qabul qilinadi (9-jadval).
9-jadval
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda xodimlar harakati va qo’nimsizligining tahlili

Ko’rsatkichlar

O’tgan yil

Hisobot yili

Farqi (+,-)

1. Xodimlarning o’rtacha yillik soni, kishi

38

38

+1

2. Ishga qabul qilinganlar soni, kishi

3

4

+1

3. Ishdan bo’shatilganlar soni, kishi

4

5

+1

Shu jumladan:
a) o’z arizasiga ko’ra

1


2


+1


b) intizomni buzganligi uchun

1

1

0

v) o’qishga kirganligi, nafaqaga, xomiladorlik ta’tiliga chiqqanligi va boshqa shu kabi sabablarga ko’ra ishdan ketganlar

2

2

0

4. Ishga qabul qilish oboroti, % ((2/1)*100)

7,9

10,5

+2,6

5. Ishdan bo’shatish oboroti, % ((3/1)*100)

10,5

13,2

+2,7

6. Qo’nimsizlik koeffisienti, ((3a+3b)/1)

0,05

0,08

+0,03

Jadval ma’lumotlariga ko’ra, xo’jalik yurituvchi sub’ektining ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish oborotlari mos ravishda 10,5 va 13,2 foizlarni tashkil etib, bu ko’rsatkichlar o’tgan yilga nisbatdan 2,6 hamda 2,7 birliklarga ko’p. Shuningdek, joriy yilda xodimlarning qo’nimsizligi 0,08 koeffisientni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatdan 0,03 (0,08-0,05) koeffisientga ko’p bo’lgan. Yuqoridagi natijalar, xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun salbiy holat hisoblanib, bu ko’rsatkichlar unda mehnatni tashkil etish, rag’batlantirish tizimining talab darajasida emasligini, Shuningdek, mehnat intizomining pastligini ifodalaydi. Shu boisdan, xo’jalik yurituvchi sub’ekti mehnatni tashkil etish, rag’batlantirish hamda mehnat intizomiga rioya etish yuzasidan ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Download 21.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling