Mehnatini muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish tartibi


Download 199.93 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi199.93 Kb.
#1563575
Bog'liq
3-ma\'ruzaMehnatini muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish tartibi



. Mehnatini muhofaza qilish qoidalarini ishlab
chiqish tartibi
 
Korxonalarda mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning huquqiy 
huquqiy-meyoriy asoslari “Mehnatni muhofaza qilish tо„g„risida”gi Qonun. 2016 
y. “Mehnat muhofazasi bо„yicha ishlarni tashkil etish tо„g„risida”gi Namunaviy 
nizom. 1996 yil 14 avgustda 273-son bilan davlat rо„yxatidan о„tkazilgan. “Mehnat 
muhofazasi bо„yicha о„qishni tashkil etish va bilimini tekshirish tо„g„risida”gi 
Namunaviy nizom. 1996 yil 14 avgustda 272 Namunaviy nizom. 1996 yil 14 
avgustda 272- son bilan davlat rо„yxatidan о„tkazilgan. “Mehnat muhofazasi 
bо„yicha vakil haqida”gi Nizom. 1995 yil 18 dekabrda 196 raqam bilan rо„yxatdan 
о„tkazilgan.
О„zbekiston Respublikasi . “Mehnatni muhofaza qilish tо„g„risida”gi 
qonuniga asosan mehnatni muhofaza qilish - bu tegishli bu tegishli qonun va 
boshqa meyoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi 
xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta‟minlashga qaratilgan 
ijtimoiy ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya 
texnikaviy, sanitariya-gigiyena va gigiyena va davolash davolash-profilaktika 
tadbirlari profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iboratdir “Mehnatni 
muhofaza qilish tо„g„risida”gi qonunning 13-moddasida moddasida korxonalarda 
mehnatning sog„lom va xavfsiz sharoitlarini ta‟minlash sharti keltirilgan. 
Korxonadagi har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatni muhofaza qilish 
standartlari, qoida va meyorlari talablariga muvofiq bо„lishi lozim. Korxonada 
mehnatning sog„lom va xavfsiz sharoitlarini ta‟minlash, ishlab chiqarishning xavfli 
va zararli omillari ustidan nazorat о„rnatilishini tashkil etish va nazoratning 
natijalari tо„g„risida mehnat jamoalarini о„z vaqtida xabardor qilish ma‟muriyat 
zimmasiga yuklanadi. Korxonalarda mehnat muhofazasi xizmatini tashkil etish 
“Mehnatni muhofaza qilish tо„g„risida”gi qonunning 14-moddasi moddasi 
korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishga bag„ishlangan. 
Qonunning shu moddasiga binoan Vazirliklar, idoralar, boshqa xо„jalik organlari 
kasaba uyushmalari Markaziy (respublika) qо„mitasi bilan kelishib о„zlari 


tasdiqlaydigan Nizomga muvofiq mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib 
boradilar. Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus 
tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi 
(lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bо„lgan 
korxonalarda esa bundan tashqari yо„l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi 
(lavozimlar joriy etiladi).
Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda 
mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining 
zimmasiga yuklanadi korxona mehnatni muhofaza qilish va yо„l harakati 
xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushmasi qо„mitasi bilan kelishilgan nizomlar 
asosida ishlaydi va о„z maqomiga kо„ra korxonaning asosiy xizmatlariga 
tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bо„ysunadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari: - korxonaning barcha 
xodimlari mehnatni korxonaning barcha xodimlari mehnatni muhofaza qilish 
qoidalari va meyorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, -tarmoq bо„linmalari 
rahbarlariga aniqlangan tarmoq bо„linmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni 
bartaraf etish haqida bajarilishi shart bо„lgan kо„rsatmalar berish, - mehnatni 
muhofaza qilish tо„g„risidagi mehnatni muhofaza qilish tо„g„risidagi qonunlarni 
buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxonalarning rahbarlariga 
taqdimnomalar kiritish, - va boshqa huquqlarga egadirlar. va boshqa huquqlarga 
egadirlar. 
Mehnatni muhofaza qilish va yо„l harakati xavfsizligi xizmatlarining 
mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bо„lmagan ishlarni bajarishga 
jalb etilishlari mumkin emas.
Mehnatni muhofaza qilish va yо„l harakati xavfsizligi xizmatlari korxona 
faoliyati tо„xtatilgan taqdirdagina tugatiladi. Mehnatni muhofaza qilish xizmati 
xodimlarini (mehnat muhofazasi injenerini) ishga tayinlash va vazifasidan ozod 
qilish korxona rahbarining buyrug„i asosida bо„ladi. Bu xizmat lavozimlariga 
xodimlar korxonaning qarori va yuqori organlarning roziligi bilan oliy yoki о„rta 
maxsus ma‟lumotga ega bо„lgan shaxslar orasidan tayinlanadi.


Mehnatni muhofaza qilish xizmatining umumiy vazifalari quyidagilardan 
iborat: mehnatni muhofaza qilish bо„yicha qoida va meyorlarning barcha ishchilar 
tomonidan bajarilishini nazorat qilish; mehnatni muhofaza qilish xizmatlari 
mutaxassislari strukturaviy bо„limlarning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni 
bartaraf etish bо„yicha bajarilishi shart bо„lgan kо„rsatmalar berish; mehnat 
muhofazasi qonunlarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxona 
rahbariga bildirishnoma taqdim etish; korxona va tashkilotlarda sog„lom va xavfsiz 
mehnat sharoitlarini tashkil etish bо„yicha ishning shakli va metodlarini 
takomillashtirish, mehnat, mehnatni muhofaza qilish bо„yicha qonunlarga amal 
qilish ustidan metodik rahbarlikni va nazoratni amalga oshirish; ishlab chiqarish 
jarohatlanishi va kasb kasallanishlari holatlarini va sabablarini tahlil qiladi; ishlab 
chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish chora 
tadbirlarini, boshqa bо„limlar bilan birgalikda ishlab chiqadi, shuningdek 
kо„rsatilgan chora kо„rsatilgan chora – tadbirlarni joriy etishni tadbirlarni joriy 
etishni tashkil etadi; turdosh muassasalar bilan birgalikda ishlab chiqilgan mehnat 
xavfsizligi standartlari loyihalarini mehnatni muhofaza qilish bо„yicha qoidalar va 
meyorlarni kо„rib chiqadi va kelishiladi, ular bо„yicha xulosalar beradi va ularni 
joriy etish bо„yicha ishlarni tashkil etadi; mehnatni muhofaza qilish bо„yicha 
tugallangan ilmiy – tadqiqotlarga ishlab chiqarish nuqtai tadqiqotlarga ishlab 
chiqarish nuqtai nazaridan xulosalar beradi va ularni joriy etish bо„yicha chora 
etish bо„yicha chora – tadbirlar tashkil etadi; tadbirlar tashkil etadi; faoliyat 
kо„rsatayotgan ishlab chiqarish obyektlarini rekonstruksiya qilish va yangi ishlab 
chiqarish obyektlarini qurish loyihalarida kо„zda tutilgan mehnat xavfsizligini 
ta‟minlash bо„yicha qarorlarni kо„rib chiqishda loyihalar ekspertizasi xizmati bilan 
birgalikda qatnashadi; rahbar va injener – texnik xodimlarni mehnatni muhofaza 
qilish bо„yicha о„qitish va bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etadi; mehnatni 
muhofaza qilish bо„yicha ma‟lumot va о„quv materiallarini, takliflar, xulosalar va 
qarorlar loyihalarini tayyorlaydi; korxonani mehnatni muhofaza qilish bо„yicha 
meyoriy va huquqiy hujjatlar bilan ta‟minlaydi va hujjatlar talablarining bajarilishi 
ustidan nazoratni amalga oshiradi; ishchilardan mehnatni muhofaza qilish 


xizmatiga tushgan xatlarni va arizalarni о„rnatilgan tartibga asosan kо„rib chiqadi 
va о„z vakolati doirasida ularning yechimini amalga oshiradi; mehnatni muhofaza 
qilish bо„yicha belgilangan statistik hisobotlarni va tasdiqlangan nomenklaturaga 
mos ravishda boshqa ishlarni yuritadi. 
Mehnatni muhofaza kilish tadbirlarini rejalashtirish. 
Mehnatni muhofaza kilish tadbirlarini rejalashtirish bо„yicha О„zbekiston 
Respublikasi Mehnat kodeksining 216-moddasi, “Mehnatni muhofaza qilish 
tо„g„risida”gi Qonunining 8 va 11-moddalari asosida ishlab chiqilgan bо„lib, 
korxonalarda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz 
hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish, xodimlarni sanitariya maishiy 
sharoitlar bilan ta‟minlashni rejali ravishda amalga oshiriluvchi tashkiliy-
texnikaviy va sanitariya-sog„lomlashtiruv tadbirlarini belgilaydi.
Mehnatni muhofaza qilish bо„yicha tadbirlar tegishli loyiha ishlanmalari va 
texnologik hujjatlar bilan ta‟minlanadi.
Mehnatni muhofaza qilish bо„yicha tadbirlar, ishlab chiqarishdagi 
jarohatlanish va kasb kasalliklari sabablarining tahlili, ishlab chiqarish 
jihozlarining texnik holati ekspertizasi natijalari asosida Mehnat vazirligining 
inspeksiyasi va boshqa nazorat organlari, ish beruvchilar bilan mehnat 
munosabatlarida bо„lgan xodimlar, kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa 
vakillik organlarining takliflarini, shuningdek ishlab chiqarish obyektlaridagi ish 
joylarini mehnatni muhofaza qilish talablariga mos kelishini hisobga olgan holda 
jamoa shartnomasining mehnat muhofazasi bо„yicha bitimi kо„rinishida 
rasmiylashtiriladi. Bitim - bajarish muddatlari va mas‟ul shaxslarni kо„rsatgan 
holda mehnatni muhofaza qilish bо„yicha tadbirlarni rejalashtirish va amalga 
oshirishning huquqiy shaklidir. Bitim taraflar (ish beruvchilar va kasaba 
uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari) tomonidan imzolangan 
kundan yoxud, bitimda belgilangan kundan boshlab kuchga kiradi. Bitimga 
о„zgartirish va qо„shimchalar kiritish taraflarning о„zaro kelishuvi orqali amalga 
oshiriladi. Bitimning bajarilishini nazorat qilish bevosita taraflar yoki ularning 
vakolatli vakillari tomonidan amalga oshiriladi. Nazoratni amalga oshirishda 


taraflar buning uchun mavjud bо„lgan barcha zarur axborotlarni taqdim etishlari 
shart.
Mehnatni muhofaza qilish bо„yicha tadbirlarga sarflangan xarajatlar 
haqidagi hisobot О„zbekiston Respublikasi Davlat statistika qо„mitasi tomonidan 
tasdiqlangan shaklda tо„diriladi.
Xodimlarni maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari, 
zararli mehnat sharoitlarida band bо„lganlarga davolashprofilaktika oziq-ovqat 
mahsulotlari va sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat maxsulotlari) bilan ta‟minlash, 
bino (ishlab chiqarish, ma‟muriy, maishiy, ommaviy, ombor)larni, inshootlarni, 
xonalarni, qurilish va sanoat maydonchalari hamda ishlab chiqarish vositalarini 
ta‟mirlash bilan bog„liq chora-tadbirlar О„zbekiston Respublikasida amalda 
bо„lgan qonun va boshqa meyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi va jamoa 
shartnomasining mehnatni muhofaza qilish bо„yicha bitimiga kiritilmaydi. 
О„zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va О„zbekiston kasaba 
uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rayosatining 1995 yil 14 dekabrdagi 8/3-60 
sonli qarori bilan tasdiqlangan Mehnat muhofazasi bо„yicha vakil tо„g„risida 
Nizomi tasdiqlangan 
Mulkchilik shakli, xо„jalik, faoliyati sohasi, idoravny daxldorligidan qatiy 
nazar, yollanma qо„llaniladigan har bir korxonada О„zbekiston Respublikasi 
“Mehnatni muhofaza qilish tо„g„risida”gi Qonunining 23-bandiga asosan mehnatni 
muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarga rioya etilishi 
yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish uchun mehnat muhofazasi bо„yicha 
vakil (bundan buyon matnda mehnat muhofazasi bо„yicha vakil о„rnida “Vakil” 
sо„zi ishlatiladi) saylanadi.
Vakil korxona, uning bо„limlari mehnat jamoasi va kasaba uyushma 
tashkilotining umumiy yig„ilishida ochiq ovoz berish yо„li bilan shu korxona 
hodimlaridan saylanadi. Vakil kasabaqо„m vakolati muddatiga yoki umumiy 
yig„ilish belgilagan muddatga (kasaba uyushma tashkiloti tuzilmagan korxonada) 
ammo bir yildan kam bо„lmagan muddatga saylanadi. 


 Vakil saylovini о„tkazish mas‟uliyati ish beruvchi va korxona 
kasabaqо„miga yuklatiladi. Vakillar soni ishlab chiqarishdagi sharoitlarga, 
bо„linma va uchastkalarda jamoatchilik nazoratini olib borish ehtiyojiga qarab 
aniqlanadi. Bu majburiyat albatta jamoa shartnomasida belgilanishi kerak. 
Lavozim bо„yicha mehnat muhofazasi holatiga mas‟ul bо„lgan mansabdor 
shaxslar hamda mehnat muhofazasi xizmatining mutaxassislari vakil bо„lib 
saylanishi mumkin.
Vakillar saylangandan sо„ng bir oy muddat ichida ish beruvchi kasabaqо„m 
ishtirokida vakillar о„qishini tashkil qiladi. О„qitish ish beruvi tomonidan 
tasdiqlangan va kasabaqо„m bilan kelishgan dastur asosida о„tkaziladi, о„qitish 
harajatlarini ish beruvchi qoplaydi. 
Ish beruvchi vakillarga kerakli sharoitlarni yaratib berishga mas‟uldir, ya‟ni 
qoidalar, yо„riqnomalar va boshqa meyoriy hujjatlar bilan ta‟minlashi kerak. 
Vakillar tomonidan mehnat sharoiti va muhofazasi holatini yaxshilash yuzasidan 
berilgan takliflarning amalga oshirilishini ta‟minlaydi. 
Vakilning asosiy vazifalari va huquqlari:
Vakil xodimlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish 
bо„yicha jamoatchilik nazoratini olib boradi, xodimlarga maslahatlar beradi, 
xavfsizlik talablariga rioya qilinishi bо„yicha xodimlarni ogohlantirib boradi. 
Vakil korxonada mehnatni muhofaza qilish masalasi bо„yicha mehnat 
jamoasining vakolatli xodimi bо„lib hisoblanadi, zarurat tug„ilganda kasabaqо„m 
yoki mehnat jamoasi topshirig„iga binoan u davlat, sud va jamoat tashkilotlari 
ishida korxonaning vakili sifatida qatnashadi.
Vakil о„z ishini korxona bо„limlarining rahbarlari, mutaxassislari, 
kasabaqо„mi bilan uzviy hamkorlikda bajaradi. 
Vakil quyidagi xuquqlarga ega:
- bо„linmalar rahbarlariga va ish beruvchiga mehnatni muhofaza qilishga oid 
qonun va boshqa hujjatlar talablari bajarilishini nazorat qilish;
- о„zi mustaqil yoki nazorat idoralari xodimlari bilan birgalikda mehnat 
sharoitlari holatini tekshirish, bо„limlar rahbarlariga va ish beruvchiga mehnat 


muhofazasi qoida va meyorlarining buzilishi holatlarini bartaraf qilish bо„yicha 
takliflar berish;
- xodimlarning maxsus kiyim, poyafzal va boshqa shaxsiy hamda zamonaviy 
himoya vositalari, sut yoki unga, tenglashtirilgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, 
davolash-profilaktika oziq-ovqatlari bilan о„z vaqtida ta‟manlanishini tekshirish; 
- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirishda 
ishtirok etish;
- korxona boshlig„i va boshqa mansabdor shaxslardan ishlab chiqarishdagi 
barcha baxtsiz hodisalar tо„g„risida axborot olish;
- xodimlar hayoti va sog„ligiga xavf borligi aniqlangan hollarda bо„linmalar 
rahbarlariga va ish beruvchiga ishni tо„xtatish tо„g„risida talab qо„yish; - 
kasabaqо„m topshirig„iga binoan ishlab chiqarish obyektlari va vositalarini 
ishlatishga qabul qilish komissiyasi ishida, ya‟ni texnika vajihozlarni sinovdan 
о„gkazishda qatnashish; 
- xodim mehnat vazifalarini bajarish bilan bog„liq holda jarohatlanganda 
tomonlarning aralash javobgarligini hal qilish uchun, jabrlanuvchi manfaatini 
himoya qilgan holda, korxona ma‟muriyatining aybi darajasi tо„g„risida 
kasabaqо„mga taklif kiritish;
- mehnat muhofazasi qoida va meyorlarini buzgan yoki о„zining 
hattiharakati, loqaydligi bilan о„ziga va boshqalarga xavf tug„dirgan xodimlarni 
javobgarlikka tortish bо„yicha ish beruvchiga va bо„linma rahbariga murojaat 
qilish.
Vakil huquqlarining kafolatlari: 
Vakilning о„qishi va о„z vazifalarini ish vaqtida bajarishi uchun haftada ikki 
soatdan kam bо„lmagan vaqt ajratiladi va о„rtacha maoshi saqlanadi Bu shart 
jamoa shartnomasida belgilanishi kerak. 
Vakilga, korxona jamoa shartnomasiga kiritgan holda о„z vazifasidan ozod 
qilinmagai kasabaqо„m a‟zolariga beriladigan qо„shimcha kafolat va imtiyozlar 
belgilanishi mumkin.


Vakilning huquqlarini buzgan yoki uning qonuniy faoliyatiga tо„sqinlik 
qilgan ish beruvchilar, ma‟muriyatning mansabdor shaxslari qonunlarda 
belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. 4. Vakilning ish joylariga moneliksiz 
kirishi ta‟min etiladi. Ish beruvchi vakil о„qishini va bilim sinovini о„tkazgandan 
sо„ng, unga tegishli guvohnoma beradi.
Vakil mehnat sharoitlarini yaxshilash va xodimlar manfaatlarini himoya 
qilishdagi sidqidil mehnati uchun ma‟naviy va moddiy (korxona mehnat 
muhofazasiga ajratilgan mablag„ hisobidan) rag„batlantiriladi. Bu masala korxona 
jamoa shartnomasiga kiritilishi kerak.
Vakil о„z ish faoliyati bо„yicha kasaba qо„mitasi va mehnat jamoasiga hisob 
beradi. Mehnat jamoasi va kasaba uyushma tashkilotining umumiy yig„ilishi 
vakilning ish faoliyatini qoniqarsiz deb topganda, unga berilgan vakolati 
muddatidan ilgari olish va yangi saylov о„tkazish mumkin 
О„zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 1996 
yil 23 sentabrdagi 10-10 sonli qarori bilan tasdiqlangan Kasaba uyushma 
qо„mitasining mehnatni muhofaza qilish bо„yicha komissiyasi tо„g„risida Nizom 
tasdiqlangan 
Mehnatni muhofaza qilish bо„yicha komissiya mulkchilik va ish yuritish 
shaklidan qatiy nazar mehnat qonunchiligi (mehnatni muhofaza qilish, ish va dam 
olish vaqti, ayollar va о„smirlar mehnati tо„g„risida) va mehnatni muhofaza qilish 
qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borishga kasaba 
uyushma a‟zolarini jalb qilish maqsadida korxona, muassasa, tashkilot kasaba 
uyushma qо„mitasi tomonidan tuziladi. 
Komissiyaning asosiy vazifalari: 
- mehnat qonunchiligini buzilishi, ishlab chiqarishda jarohatlanish va 
kasallanishlarning oddini olish; 
- mehnatni muhofaza qilish talablari buzilishini bartaraf etish buyicha 
tegishli tadbiriy choralar belgilash;
- о„z vakolati doirasidagi masalalar yuzasidan korxona kasaba uyushma 
qо„mitasiga yoki sex kasaba uyushma qо„mitasiga takliflar tayyorlash;


 Komissiya tarkibi (rais va azolari) kasabaqо„m, sexqо„m tomonidan 
tasdiqlanadi. Komissiya kasabaqum vakolati davriga tasdiqlanadi va uning 
rahbarligida ishlaydi. Komissiya „zolarining soni ishlovchilar soni, mavjud sharoit, 
ish hajmi va boshqa hususiyatlarga qarab belgilanadi.
Komissiyani kasabaqо„m a‟zolaridan biri boshqaradi va u shaxs bir vaqtning 
о„zida korxonaning mehnat muhofazasi bо„yicha vakili ham hisoblanadi. 
Komissiya tarkibi tasdiqlangan kasabaqо„m qarorining nusxasi korxona 
ma‟muriyatiga beriladi, bu qaror joylarda mehnat qonunchiligi va mehnat 
muhofazasn yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borishga asos bо„ladi.
Komissiya faoliyatiga О„zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi”, 
“Kasaba uyushmalari haqida”gi va О„zbekiston Respublikasining “Mehnat 
muhofazasi tо„g„risida”gi Qonunlari huquqiy asos hisoblanadi. Komissiya о„z 
faoliyatini tarmoq kasaba uyushma ustavi, ta‟rif va mahalliy bitimlar, jamoa 
shartnomalari, kasaba uyushma tashkilotlari qarorlari va mazkur Nizomga muvofiq 
tashkil qiladi.
Komissiya va uning a‟zolari о„z vazifalarini bajarish uchun quyidagi 
tadbirlarni amalga oshiradi:
- mehnat muhofazasi talablari bо„yicha ish joylari, yо„laklar, binolar, 
hududlar, shuningdek foydalanilayotgan qurilmalar, yuk kо„tarish va transport 
vositalari, texnologik jarayonlar, bosim ostida ishlovchi idishlar holatini muntazam 
tekshiradi;
- zaharli, zararli hamda yong„in portlash xavfi bо„lgan modda va ashyolarni 
tо„g„ri va xavfsiz saqlanishi, tashilishi va qо„llannshini, shuningdek, nurlanish 
manbalaridan xavfsiz foydalanishni nazorat qiladi; - ish joylari, uchastkalar, 
sexlarda ishlab chiqarish sanitariyasi holatini tekshiradi hamda sog„lom va xavfsiz 
mehnat sharoitlarini yaratish bо„yicha tadbirlarni amalga oshirishga erishadi;
- mehnat muhofazasi yuzasidan ommaviy tadbirlar (kо„rik-tanlov va 
boshqalar)ni tayyorlash va о„tkazishda faol qatnashadi; 
- jamoa shartnomalarinint tegishli bо„limlari va mehnat muhofazasi 
bо„yicha bitimlarni tayyorlash hamda ular bajarilishini tekshirishda ishtirok etadi, 


shuningdek, sog„lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishga mо„ljallangan 
mablag„lar sarfini tekshiradi;
- sanitariya-maishiy xonalardan maqsadli foydalanish, kiyim yechish, dush, 
yuvinish, ayollar shaxsiy gigiyeia xonalarining meyor talablari miqdorida 
bо„lishini va ularni issiq suv bilan muntazam ta‟min etilishini nazorat qiladi; 
- ishchilarni о„z vaqtida mahsus kiyim, poyafzal, himoya kо„zoynaklari, 
respiratorlar va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta‟minlanishini hamda 
maxsus kiyimlarni yuvish va poyafzallarni ta‟mirlash, maxsus sut va sovunlarning 
о„z vaqtida berilishi, ishlab chiqarishda ichimlik suv ta‟minotini tashkil etilishini 
kuzatib boradi; 
- ishlab chiqarish va xizmat kо„rsatishga mо„ljallangan obyektlarni qurish 
va qayta jihozlashni mehnat muhofazasi qoidalari talabi bо„yicha olib borilishini 
tekshiradi; 
- ishlovchilarni xavfsizlik bо„yicha о„qitish va ularga yо„l yо„riqlar berish 
sifatini nazorat qiladi, xavfli ishlarni bajaruvchilarga tegishli guvohnoma va yozma 
ruxsatnoma (naryad dopusk)lar berilishini tekshiradi;
- ishlab chiqarishdagi shikastlanish va kasb kasalliklari sabablarini tahlil 
qiladi, bu sabablarni bartaraf qilish choralarini bajarilishini hamda davlat va kasaba 
uyushmalari 
nnspektorlarining 
mehnat 
muhofazasi 
bо„yicha 
yozma 
kо„rsatmalarining bajarilishini nazorat qiladi; 
- ishlab chiqarishga yangi texnika va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish 
hamda og„ir qо„l mehnatini avtomatlashtirishda ma‟muriyatga kо„maklashadi;
- ish va dam olish vaqti tartibi, ayollar va о„smirlar mehnatini muhofaza 
qilish bо„yicha qonunlarga amal qilinishi, ishlab chiqarish jarohati bо„yicha zarar 
tо„lashlarining turi va о„z vaqtida berilishini nazorat qiladi;
- mehnat muhofazasi bо„yicha mahalliy (logal) meyoriy hujjatlar loyihalarini 
va dolzarb masalalarni, shuningdek, jamoa a‟zolarining ariza va shikoyatlarini 
kо„rib chiqadi hamda zarur hollarda kasabaqо„mga takliflar kiritadi;
- mehnat muhofazasi bо„yicha targ„ibot-tashviqot vositalari mavjudligi va 
ularning holatini mehnat muhofazasi xonasi va burchaklarining kо„rgazmali 


vositalar bilan jihozlanishini tekshiradi; - mehnat muhofazasi bо„yicha vakillar 
ishini tashkil etishga amaliy yordam beradi. 
Yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda komissiya va uning a‟zolarini 
huquqlari: 
- kasaba uyushma a‟zolariga ish joylarida yaratilgan mehnat muhofazasi va 
sharoitlarini tо„sqinliksiz tekshirish;
- mansabdor shaxslardan nazoratga taalluqli ma‟lumotlarni olish;
- kasabaqо„m topshirigiga binoan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni 
tekshirish, yangi quriladigan obyektlar loyihasini jamoatchilik asosida ekspertiza 
qilish, yangi qurilgan varekonstruksiya qilingan obyektlarni ishlatishga qabul 
qilish komissiyalarini ishida qatnashish; 
- mehnat qonunchiligi va mehnat muhofazasi qoidalari buzilishini bartaraf 
qilish bо„yicha korxonaniig tegishli mansabdor shaxslariga taqdimnomalar berish, 
zarurat tug„ilganda esa, bunday taqdimnomalarni tegishli nazorat idoralariga 
yuborish uchun kasaba qо„mitasiga kiritish; - mehnat qonunchiligi va mehnat 
muhofazasi qoidalari buzilishiga yо„l qо„ygan shaxslarni javobgarlikka tortish 
haqida ma‟muriyatga havola qilish uchun kasabaqо„mga takliflar kiritish;
Ma‟muriyat jamoa shartnomasiga asosan komissiya va uning a‟zolariga 
jamoatchilik nazoratini olib borishi uchun qо„shimcha sharoitlar (uzoq uchast– 
kalarga borish uchun transport berish, ish vaqtida vazifasini bajargan davri 
(qonunda belgilangandan tashqari) uchun о„rtacha ish xaqi saqlanishi, mehnat 
muhofazasi bо„yicha malakasini oshirish va shu kabi tadbirlarda yordam 
kо„rsatish) yaratib berishi mumkin.
Komissiya ish samaradorligini oshirish maqsadida a‟zolar о„rtasida 
vazifalarni taqsimlab oladi, zaruriyatga qarab, komissiyaning guruhlarini tuzadi. 
Komissiya ish faoliyatini kasabaqо„mning boshqa komissiyalari hamda mehnat 
muhofazasi xizmatlari bilan uzviy hamkorlikda olib boradi. Komissiya yig„ilishlari 
zaruratga qarab chaqiriladi. Odatda ishdan tashqari vaqtda о„tkaziladi. 
Korxona kasabaqо„mi komissiya a‟zolarining о„quvlarini uyushtiradi, ularni 
nazorat qilinadigan masalasiga oid qо„llanma va meyoriy hujjatlar bilan 


ta‟minlaydi, komissiya takliflarini amalga oshirishda hamkorlik qiladi hamda 
ularni faol va sidqidil mehnatlari uchun moddiy va ma‟naviy taqdirlanishlarini 
tashkil qiladi. 
Tavsiya Mehnat muhofazasi bо„yicha komissiya Kommisiya tarkibiga 
mehnatni muhofaza qilish talablarini tekshira oladigan xodimlar aniqlanadi va ular 
kasaba uyushmasi majlis yig„ilishida tasdiqlanadi. Har bir komissiya a‟zosiga aniq 
bajaradigan ishini belgilab berish kerak. Masalan, komissiya a‟zolarining biriga 
О„zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Mehnatni muhofaza qilish tо„g„risidagi 
qonunlarga ma‟muriyatning rioya qilishini tekshirish, boshqasiga texnika 
xavfsizligi holati va ishlab chiqarish sanitariyasini tekshirish topshiriladi.
Komissiya a‟zolari amaliy ish olib borishi uchun ular о„zlariga yordamchi 
jalb etishi mumkin. Tajriba shuni kо„rsatadiki, komissiya ishini tо„g„ri tashkil 
qilish ularning ish rejasining tuzilishidan iboratdir. Komissiya ish rejasini tuzishi 
va unda asosiy ish yо„nalishi kо„rsatilishi lozim. Iloji boricha yillik ish rejada har 
bir komissiya a‟zosi uchun aniq topshiriq kо„rsatilishi zarur.
Ish rejasi kasaba uyushmasi majlisida tasdiqlanadi. Quyida mehnat 
muhofazasi bо„yicha komissiyaning namunali ish rejasi kо„rsatilgan. Mehnat 
muhofazasi bо„yicha komissiya asosan 3 ta guruhda tashkil qilinishi kerak: 
1-guruh: О„zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va Mehnat muhofazasi 
tо„g„risidagi qonun talablarining bajarilishini nazorat qiluvchi;
2-guruh: Texnika xavfsizligi holati va ish joyidagi sanitariya holatini nazorat 
qiluvchi; 
3-guruh: Mehnat muhofazasi bо„yicha bitim bajarilishini va ishlab 
chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning tо„g„ri tekshirilishini nazo 
О„zbekiston Respublikasi sog„liqni saqlash vazirining 2012 yil 10 iyuldagi 
200-son buyrug„iga asosan, xodimlarni tibbiy kо„rikdan о„tkazish tartibi 
tо„g„risida Nizomi tasdiqlangan. 
Mazkur Nizom tashkilotlarda xodimlarni dastlabki tarzda va keyinchalik (ish 
davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy kо„rikdan о„tkazish tartibini belgilaydi.


Mazkur Nizomga kо„ra, tibbiy kо„rikdan о„tishi shart bо„lgan lavozimlarga 
ega bо„lgan tashkilotlarga taalluqlidir.
Tibbiy kо„riklar yuqumli va parazitar kasalliklar kelib chiqishi va 
tarqalishiga yо„l qо„ymaslik, shuningdek kasb kasalliklari, zaharlanishlar va 
baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida о„tkaziladi.
О„zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 214-moddasiga asosan ish 
beruvchi ushbu Kodeksga muvofiq tibbiy kо„rikdan о„tishi shart bо„lgan 
xodimlarni, shu jumladan mazkur Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarida keltirilgan 
rо„yxatlarda nazarda tutilgan ishlardagi xodimlarni tegishli ravishda mehnat 
shartnomasi tuzish vaqtida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy kо„rikdan 
о„tkazishni tashkil qilishi shart. 
Tibbiy kо„riklar tashkilotga tibbiyot xizmati kо„rsatuvchi davolash 
profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bо„lmagan taqdirda tashkilot 
joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan 
о„tkaziladi. Vaqti-vaqti bilan о„tkaziladigan tibbiy kо„riklar О„zbekiston 
Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligining Sanitariya, gigiyena va kasb 
kasalliklari instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining tegishli 
klinikalarida ham о„tkazilishi mumkin.
Vaqti-vaqti bilan о„tkaziladigan tibbiy kо„riklar ish davomida о„tkaziladi.. 
Tibbiy kо„riklarni о„tkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va о„rtacha ish 
haqi saqlanadi.
Ish beruvchi hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari
va tashkilotning kasaba uyushmasi qо„mitasi bilan birgalikda har kalendar yilning 
1 dekabrigacha tashkilotdagi tibbiy kо„rikdan о„tkazilishi shart bо„lgan 
xodimlarning lavozim bо„yicha kontingentini aniqlashi va bu haqda mazkur 
Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzishi lozim. 
Agar xodim о„z sog„lig„ining holati mehnat sharoiti bilan bog„liq holda 
yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy kо„rikdan о„tkazishni 
talab qilish huquqiga ega.


Ayollar yilda kamida bir marta akusher-ginekolog kо„rigidan о„tishi lozim. 
Allergen moddalar ta‟siriga duchor bо„luvchi shaxslar terapevt, otolaringolog, 
dermatovenerolog kо„rigidan о„tishi hamda ular qonining klinik tahlili о„tkazilishi 
lozim.
Tibbiy kо„rikdan о„tuvchi xodimlarda psixik kasalliklar (shizofreniya, 
epilepsiya, oligofreniya) mavjudligini tekshirishda xodimlarning yashash joyidagi 
davolash-profilaktika muassasasining vrach-psixiatri tomonidan amalga oshiriladi.
Agar xodim psixik kasalliklar bо„yicha dispanser hisobida tursa, unga bu 
haqda belgilangan namunadagi ma‟lumotnoma beriladi. Agar xodim psixik 
kasalliklar bо„yicha hisobda turmasa va unda ruhiy buzilishlar aniqlanmasa, unga 
vrach-psixiatrning imzosi qо„yilgan belgilangan namunadagi ma‟lumotnoma 
beriladi. 
Vaqti-vaqti bilan о„tkaziladigan tibbiy kо„rik natijasi bо„yicha xavfli va 
zararli ishlab chiqarish omillarining ta‟siri mavjud ishlardagi xodimlarni dinamik 
kuzatish maqsadida ushbu xodimlar quyidagi differensiallangan guruhlarga 
ajratiladi:
D1 - zararli ishlab chiqarish omillari ta‟siri belgilari bо„lmagan guruh; 
D2 - kasb kasalliklarining rivojlanish xavfi yuqori bо„lgan guruh; 
D3 - kasb kasalliklari aniqlangan bemorlar.
. Bunda kasb kasalligining turi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 iyuldagi 
195-son qarori (О„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо„plami, 2011 y., 27- 
son, 283-modda) bilan tasdiqlangan Mehnatda mayib bо„lgan yoki kasb kasalligiga 
chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yо„qotilishi gradusini aniqlash 
tartibi tо„g„risidagi nizomning 2-ilovasida keltirilgan Kasb kasalliklari rо„yxatiga 
muvofiq aniqlanadi.

Download 199.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling