Mehriniso: Men istayman bo’lmoq shifokor


Download 0.56 Mb.
bet1/8
Sana13.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1353279
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kasblar kopdir dunyodamen chi men kim (1)


Kasblar ko’pdir dunyoda,
Men-chi men kim bo’laman.
Tadbir maqsadi:O’quvchilarga kasb-hunarlar haqida tushuncha berish,ularni kasb-hunarga bo’lgan qiziqishini uyg’otish va kasb-hunarga yo’naltirish.O’quvchilarni aqlan tetik,jismonan sog’lom va barkamol qilib o’sishlariga yordamlashish.
(Zal bayramona gullar,sharlar bilan bezatilgan,o’quvchilar bir xil formada.”Kasblar juda xilma-xil,Menchi men kim bo’laman?”,”Hunar-tuganmas-javohir”,”Mehnatdan kelsa boylik,turmush bo’lar chiroylik”, ’’ Kim kasb-hunarni desa u dono bo’lur,Nodonlar qudrat deb boylikni bilur.”degan shiorlar ilingan,turli kasblarga oid rasmlardan tayyorlangan albom,kasb-hunar ish qurollaridan namunalar,magnitofon,electron ko’rgazmalar.)
Tadbirni director o’rinbosari ochib beradi.
1-o’quvchi:: Mening Vatanimsan O’zbekistonim,
Men sening dilbanding, jajji qizingman,
Fido bo’lsin senga bu tanu jonim,
Mustaqil qadamlar qo’ygan izingman.
2-o’quvchi: Jannat yerlaringda ungan chechakman,
Sening bayrog’ingni yuqori tutgan.
Men baxtli qizchaman, men kelajakman,
Madhingni ulug’lab qo’shiqlar bitgan.
3-o’quvchi:Navoiy she’rlarin shaydosi bo’lgan
Istiqlol yurtining ko’rar ko’ziman,
Hayoti shodlikka limmo-lim to’lgan
Quvnoq bolalikning xuddi o’ziman.
3-o’quvchi: Yozgan she’rlarimga kuylar bastalab,
O’zim qo’shiq qilib, o’zim kuylayman.
Vatanim sen mendan iqtidor kutsang
O’sha kuyga hatto o’zim o’ynayman.
1-boshlovchi:Assalomu alaykum aziz mehmonlar.Mana bugun 1-„A’’sinf o’quvchilari “Kasblar ko’pdir dunyoda,Men-chi men kim bo’laman” mavzusida mavzuli davra o’tkazamiz. Marhamat ko’rib tomosha qiling.
2-boshlovchi : Bizning shior:
Hamma:’’ Kim kasb-hunarni desa u dono bo’lur,
Nodonlar qudrat deb boylikni bilur.”
3-boshlovchi:Darhaqiqat,dunyoda kasb-hunarlar juda ko’p.Hayotda har bir kasbning o’ziga yarasha o’rni,ahamiyati bor.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling