Men o‘ylaymanki, avvalambor hayot mazmunini o‘ylab yashagan odamlar baxtli. Bu hayotdan yengil-elpi yashab o‘tish ham mumkin
Download 29.45 Kb.
|
MIRXON
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom Karimov Reja
Men o‘ylaymanki, avvalambor hayot mazmunini o‘ylab yashagan odamlar baxtli. Bu hayotdan yengil-elpi yashab o‘tish ham mumkin. Ammo hayotning mohiyati, umr ma’nosi, oxirat haqida qayg‘uradigan, kelajak mazmuni, farzandlar istiqboli haqida o‘ylaydigan, nima qilsam shu bolalarim baxtlisaodatli, sog‘-salomat, to‘q-farovon bo‘ladi, degan tashvish bilan yashaydigan odamlarning soni esa, ishonchim komilki, ko‘proq. Bunday odamlarni o‘zgartirish qiyin. Men ham shunday odamman. Xudo taolo meni shunday qilib yaratgan. Xohlardimki, meni hayot ham, xalqimiz ham shunday qabul qilsin. Islom Karimov Reja: Kirish
2. Milliy hisoblar tizimi. 3. Asosiy fondlar ularni tasniflash va baholash usulari. 4. Asosiy fondlarning balanslari ularning holati va takror ishlab chiqarish ko’rsatkichlari. Foydalanilgan adabiyotlar: Xulosa: Kirish Hammaga ma‘lumki, o‘tmishda O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakka hokimligi, xom-ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xom-ashyo resurslaridan nazoratsiz , ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish resurslari hamda iste‘mol tovrlarining ta‘minlanishi bo‘yich markazga qaram bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Mamlakatimiz prezidenti I.A. Karimov qisqa qilib aytganlaridek, ― O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga- markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan‖ mamlakat edi. Respublikamizning mustaqillikka erishib, deyarli barcha xalqaro tashkilotlarga teng huquqli a‘zo bo‘lib kirganligiga ko‘p vaqt bo‘lganligi yo‘q. Ammo shu vaqt ichida mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlarini qamrab olgan iqtisodiy siyosati shakllanib, istiqbol yo‘nalishlari belgilab olindi. 1991-yil sentabridan buyon o‘tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xom- ashyo boyliklaridan mamlakatimizdagi butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o‘z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari yo‘lida foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldik. Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: 1. Moddiy-buyumlashgan boylik. 2. Nomoddiy boylik. 3. Tabiiy boylik. Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga keladi va o‘sib boradi. Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o‘rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiybuyumlashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. Download 29.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling