Men sevgan ertak qahramoni I. Kirish
Download 14.99 Kb.
|
Men sevgan ertak qahramoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
- II.Asosiy qism
- III.Yakuniy qism
Men sevgan ertak qahramoni I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda ertaklarni o`qishga qiziqish tuyg`usini tarbiyalash.Ertak qahramonlari timsolida o`quvchilarni kamtar,insonparvar,yaxshilarni qadrlashga,kattalarni hurmat qilishga o`rgatish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi. Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi. Kun shiori: Ertaklar – yaxshilikka yetaklar ! Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat. Tashkiliy qism:O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti. II.Asosiy qism: O`qituvchi:“Bir bor ekan,bir yo`q ekan,qadim-qadim zamonda…”.Bolajonlar,bu nima? O`quvchi: Bu ertak. O`qituvchi:Qanday ertaklarni bilasiz? O`quvchilar:”Bo`g`irsoq”,”Echki bolalari vaBo`ri”,”Sholg`om”,”Zumrad va Qimmat”,”Uch og`a-ini botirlar”va boshqalar ertak nomlarini aytishadi. Ertaklar doimo yaxshilikka yetaklaydi.Ertakda xalq og`zaki ijodining xususiyatlari to`laligicha namoyon bo`ladi.O`tmishda ham,hozirgi zamonda ham ertaklar yozma adabiyot vakillari tomonidan ham yaratilgan.Demak,ularning barchasi og`zaki tarzda yaratilgan desak xato bo`ladi Ertaklarda asosan,hayvonlar,turli afsonaviy jonzotlar qahramon sifatida qatnashadi.Aksariyat o`zbek ertaklarida mardlik,halollik,va`daga vafo,adolat,ota-onaga,katta-kichikka hurmat,Vatanga muhabbat,jasurlik kabi tushunchalar va fazilatlar ilgari tushuniladi. III.Yakuniy qism: 1-topshiriq:”Tarmoqlash” metodidan foydalaniladi O`quvchilarga varoqlar tarqatiladi.Ularga o`zlari yoqtirgan ertak nomi va uning qahramonlarining nomlarini yozish topshiriladi 2-topshiriq. O`zingiz yoqtirgan ertak qahramonining ijobiy va salbiy fazilatlarini yozing: “T”sxemasi asosida yozishadi O`quvchilar fikri umumlashtiriladi. Dars yakunida o`quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi. Download 14.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling