Men shu aziz vatan farzandiman


Download 14.19 Kb.
Sana29.04.2023
Hajmi14.19 Kb.
#1401737
Bog'liq
vATANGA SADOQAT

YOZYOVON TUMANI XTB ga QARASHLI 16 –SONLI MAKTABDA


“MEN SHU AZIZ VATAN FARZANDIMAN” SHIORI OSTIDA “VATANGA
SADOQAT” MAVZUSIDA BO’LIB O’TGAN DAVRA SUXBATI HAQIDA
M A ‘ L U M O T

Yozyovon tumani 16-sonli maktabda 2018 yil 15-oktabr sanasida “Men shu


Aziz vatan farzandiman” shiori ostida “Vatanga sadoqat” mavzusida davra suxbati bo’lib o’tdi. Suxbatni 7-“D” sinf rahbari E.Xaydarova tashkilladi.
Davra suxbatiga Ikkinchi jaxon urushi qatnashchisi M.Maxmudov
taklif etildi. Mavzu yuzasidan sinf rahbari E.Xaydarova o’quvchilarga quyudagilarni takidladi.
Aziz o’quvchilar! Vatan tabarruk maskan,ajdodlardan avlodlarga buyuk meros,aziz xotiradir. Shu bois, Vatan deganda biz faqat mana shu yurt tuprog’ini emas balki bu zaminda bo’y ko’rsatgan goyohdan tortib to eng mitti janivorlargacha barchasini tushunamiz. Vatan tupro’ini oddiy xasi ham, chag’ir toshi hambizga muqaddasdir. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog’ini ko’zlariga to’tiyo etgan, qayga borsam ham Vatan yodi bilan nafas olgan, uni yot nazarlardan,shum niyatlardan himoya qilgan deb o’z fikrini yakunladi.
So’ngra navbatni Urush qatnashchisi M.Mahmudovga beridi.
M.Mahmudov o’quvchilarga urush davrida boshidan o’gan voqealarni birma-bir gapirib berdi. O’quvchilar o’zlari qiziqtirgan savollarni berdilar.
Davra suhbati savol-javobga boy tarzda yuqori saviyada bo’lib o’tdi.

Sinf rahbari: E.Xaydarova.


16- MAKTABNING 7”D”-SINF O’QUVCHILARINI FARG’ONA
SHAHRIGA “AHMAD-AL FARG’ONIY” BOG’IGA” SAYOXATI
TO’G’RISIDA
M A’ L U M O T

2018 yil 27-dekabr kuni 16-maktabning “7”-sinf o’quvchilari sinf rahbari


E.Xaydarova boshchiligida Farg’ona shahridagi “Ahmad-AL Farg’oniy”
bog’iga bordilar . O’quvchilar soat 9.00 da istirohat bog’iga yetib bordilar.
Dastavval Maydonda yasatigan “Yangi yil archasini” tomosha qildilar.
Uni atrofifagi Qorbobo,Qorqiz va o’rmon hayvonlari bilan suhbatlashdilar va
Yangi yil, qorbobo, qish to’g’risidagi sherlarni aytib, ularni ko’nglini xushnud qildilar. Keyin turli xil ko’ngil ochar attraksion o’yinlaridan bahramand bo’ldilar.
Soat 12.00 da tushlik qildilar va yana o’inni davom ettirdilar.
Soat 14.00 da o’inlardan zavq olib uyga qaytdilar.


Sinf rahbari: E.Xaydarova.
Download 14.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling