Men Vatan uchun nima qildim !


Download 0.67 Mb.
Sana27.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1727222
Bog'liq
Vatan


Vatan taraqqiyotiga mening hissam
Doskada: “Men Vatan uchun nima qildim!”
Mashg’ulotning maqsadi:. Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini o`stirish. Mustaqillik, erkinlik, O`zbekiston muqaddas makonVatanga hurmat, qadriyatlarni ulug`lash, o`zlikni anglash tuyqularini shakllantirish.
O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o`stirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotning shiori: Jonajon O’zbekistonim, mangu bo`l omon!
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, "Vatan tuyqusi" darsligi, Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobi, tarqatma materiallar, slaydlar.
Texnik jihoz: Diaproektor, ekran. "Vatan tuyqusi", "Milliy istiqlol g`oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo`lganlaridan foydalanish.
1.Tashkiliy qism: salomlashish,davomat,tozalikka e’tibor berish
II.Asosiy qism
Aziz o‘quvchi, shuni esda tutingki, dunyodagi har bir xalqning milliy g‘oyasi, avvalo, uning taraqqiyotiga, shu yo‘lda butun jamiyat a’zolarini birlashtirish, ularning kuch va imkoniyatlarini ezgu maqsadlarga erishish yo‘lida safarbar etishga xizmat qiladi. Bizning
milliy g‘oyamizda yurtimizda huquqiy dåmokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish, bu jarayonda xalqimizning faol ishtirok etishini ta’minlash, uning turmush farovonligini, Vatanimizning dunyo miqyosidagi obro‘-e’tiborini oshirish bosh maqsadlardan hisoblanadi.
Vatanning taraqqiy topishi uchun, avvalo, yurt tinch,xalq farovon bo‘lishi lozim. Shu bois yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar Vatan ravnaqi bilan birga milliy g‘oyamizning någizini tashkil etadi.
Ana shu maqsadlarga erishish uchun esa diyorimizda yashayotgan insonlar ham jismoniy, ham ma’naviy tomondan yåtuk bo‘lishi,ular qaysi millat yoki elatga mansub bo‘lmasin, barchamiz uchun yagona bo‘lgan ona O‘zbåkistonimiz taraqqiyoti yo‘lida birlashishi,
hamkor-u hamnafas bo‘lib yashashi lozim. Bunday intilish hamda qarashlarni yoshlikdan boshlab ularning qalbi va ongiga singdirish uchun milliy g‘oyamiz tarkibidagi komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag‘rikånglik kabi tamoyillar ham alohida o‘rin tutadi. Bu, o‘z navbatida, milliy g‘oyamiz tarkibidagi tushuncha va tamoyillarning bir-biri bilan uzviy bog‘liq ekanidan, xalqimizni birlashtirish va yagona qudratli kuchga aylantirishda uning amaliy imkoniyatlari naqadar kångligidan dalolat beradi.

Siz, jahondagi rivojlangan davlatlar erishgan taraqqiyot darajasi haqida gap kåtganida, «yapon mo‘jizasi» yoki «koråys mo‘jizasi» dågan iboralarni eshitgan bo‘lsangiz kårak. Bu xalqlar o‘tgan asrda yuz bårgan Ikkinchi jahon urushidan kåyin nihoyatda qiyin ahvolga



tushib qoladi. Bu mamlakatlarning mo‘l-ko‘l tabiiy xomashyo manbalari, minåral råsurslari yo‘q edi. Ular faqat milliy g‘oyasiga, ma’naviy salohiyati va intållåktual imkoniyatlariga tayanib, haqiqiy bunyodkor millat sifatidagi yaratuvchilik qobiliyatini namoyon etib, yuksak taraqqiyotga erishishi mumkin edi


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling