- Bajardi: Shamsuddinov L.
- Qabul qildi: Xoshimxonova M.
- TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI “METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR”FAKULTETI “KIMYOVIY TEXNOLOGIYA” KAFEDRASI “TAHLILNING FIZIKA KIMYOVIY USULLARI” FANIDAN MUSTAQIL ISH
POLYAROGRAFIYA USULI - Ma’lumki, «polyar» - «bu qutb» degani. Mazkur elektrokimyoviy analiz «usulida «qutblanish» jarayonidan foydalaniladi.Boshqacha ifodalanganda. Polyarografik analiz usuli elektrolit eritmalaridan elektr toki o’tkazilganda eritmadagi kimyoviy modda molekularining qutblanishini o’rganishga asoslangan bo’lib, unda elektrodlar simob ustunlar ishlatiladi.
- Polyagrografiya analizi 1922 yili YA.Geyrovskiy kashf etgan va hozirgi paytda u moddalarni fizik-kimyoviy tahlil va tadqiq qilishda keng miqyosda qo’llaniladi. Mazkur usul bilan, хususan, elektrod sirtida boradigan oksidlanish-qaytarilish va boshqa jarayonlar meхanizmi, bir qator muhim elektrokimyoviy ko’rstkich va doimiylar qiymatlari, ayrim elektrokimyoviy reaksiya (jarayon) lar kinetikasi, komleks birikmalar hosil bo’lishi, ularga oid fizik-kimyoviy ko’rsatkichlar va boshqa ko’p ilmiy-amaliy vazifalari o’z echimini topadi. Shuni ham alohida ta’kidlash zarurki, polyarografik analiz analitik kimyoda har хil organik va noorganik moddalarning sifat-miqdoriy tahlilida eng muhim zamonaviy usullardan hisoblanadi.
- Reja:
- 1. Polyarografiya. 2. Metodning mohiyati. 3. Tarkibiy qisimlari.
- Metodning mohiyati. Elektrodlarda bir meyorda va asta-sekin ortib boruvchi kuchlanish berilganda analiz qilinadigan eritmani elektroliz qilinadi. Bunday elektroliz jarayonida tok kuchining kuchlanish qiymatiga bog‘liqligi asbob (polyarograf) yordamida chiziladi. Bunday egri chiziq voltamper egrisi yoki polyarogromma deyiladi. Bu analiz qilinadigan eritmaning ham sifat, ham miqdoriy tarkibini aniqlashga imkon beradi.
- Topilgan yarim to‘lqin potensiali qiymati zaryadsizlanayotgan zarrachalar tabiatini aniqlashga imkon beradi. Bu sifat polyarografik analizi mohiyatini ifodalaydi. miqdoriy polyarograik analiz boshqa hamma faktorlar doimiyligi sharoitida chekli tok (yoki to‘lqin balandligi) va zaryaadsizlanayotgan zarrachalar konsentratsiyasi proporsionalligiga asoslangan:
- Jd = K · C yoki H = K1 · C
Do'stlaringiz bilan baham: |