Metodikasi kafedrasi mavzu: abu rayhon beruniyning ilmiy


Download 459.22 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.07.2020
Hajmi459.22 Kb.
#124867
Bog'liq
abu rayhon beruniyning ilmiy- marifiy qarashlari


 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV 



XO`JALIGI VAZIRLIGI 

 

SAMARQAND QISHLOQ XO`JALIK INSTITUTI 

 

PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA O`QITISH 

METODIKASI KAFEDRASI 

 

 

 

MAVZU: ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY- 

MA`RIFIY QARASHLARI 

 

 

Bajaruvchi:

 Kasb ta’limi (Agronomiya) yo’nalishi  

                     210  guruh talabasi  Oripova G 

 

 

Ilmiy rahbar: Sirliboyeva B

 

 



 

 

  

 

SAMARQAND 2014 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 

MUNDARIJA 

Kirish…………………………………………………...….…………………….…………..3 

І BOB. Beruniyning ilmiy izlanish davri……………………………………………..…...6 

1.1 


Abu Rayhon Beruniyning ma`rifiy qarashlari…………………...…….…………..….6 

1.2 


Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari………………………...……………..……11 

ІІ BOB. Beruniy inson kamoloti tarbiyasi masalasida……………..…..……….….…..13 

 2.1 Beruniy odob-axloq haqida……………………………………………………………13 

 2.2 Beruniyning didaktik g`oyalari………………………………………….……………..15 

 2.3 Fan va texnikadagi yutuqlari…………………………………………………………. 22 

Xulosa……………………………………………………………………………..………24 

Foydalanilgan adabiyotlar……………………....................................................................25 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

KIRISH  



Mavzuning  dolzarligi. 

Mustaqillika  erishganimizdan  keyin  xalqimizning  o’z  yurti, 

tili, 

madaniyati,qadriyatlari 



va 

tarixini 

bilishga, 

o’zligini 

anglashga 

qiziqishi 

ortibbormoqda. Odamzod  borki,  avlod-ajdodi  kimligini   nasl-nasabi,  o’zi   tug’ilib   voyaga 

yetgan qishloq, shahar, xullaski, vatanining tarixini bilishni istaydi. 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Prizdenti 

I.A.Karimov 

o’zining 

«Yuksak 


manaviyat-yengilmas  kuch»  asarida  «O’z  tarixini  bilmaydigan,  kechagi  kunini  unitgan 

millatning kelajagi yo’q»-deb alohida takidlagan edi.        

Mustaqillik  sharofati  bilan  milliy  tariximiz,  qadriyatimiz,  urf-odatlarimiz  qaytadan 

tiklanmoqda.  Ularni  milliy  mafkura  nuqtai-nazaridan  o’rganishga  etibor  qaratilmoqda. 

«Talim  to’g’risida»gi  Qonun,  «Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi»  va  boshqa  meyoriy 

hujjatlarda talim-tarbiya tizimini yuqori pog’onaga ko’tarish yo’llari belgilab berilgan. Ayni 

paytda ana shu vazifalarni bajarish uchun muayan ishlar amalga oshirilmoqda 

Hozirgi   O’zbekiston  deb  ataluvchi  hudud,  ya’ni  bizning     vatanimiz   nafaqat  sharq, 

balki  umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon  tan olmoqda. Bu 

qadimiy  va  tabarruk  tuproqdan  buyuk  allomalar  fozilu-  fuzalolar,  olimu-  ulamolar, 

siyosatchilar, sarkardalar  yetishib chiqqan.  

 Ana  shunday  allomalardan  biri  buyuk  vatandoshimiz  Abu  Rayhon  Beruniydir. 

Beruniyni yer yuzidagi barcha mamlakatlar aholisi buyuk ensiklopedist olim sifatida yaxshi 

bilishadi.  U  qomusiy  olim  sifatida  tarix,  falsafa,   astronomiya,  geografiya,   tibbiyot, 

matematika,  astrologiya,  fizika,  adabiyot  kabi  fanlarni  mukammal  o’rgandi  va  ilmiy 

izlanishlar olib bordi. Bundan ming yillar avval yaratilgan ushbu fan sohalariga oid asarlar 

hali-hanuz o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. 

 

Mavzuning  maqsadi. 

Beruniyning   falsafiy   qarashlari     hozirgi  zamon  fani  uchun 

ham  katta  qiziqish  uyg’otadi.  Chunki  Beruniy  o’z  davrining  tajribaviy  bilimlarini  puxta 

egallagan  olim  edi.  Ana  shu  yo’sinda  har  xil  fanlarning  haqiqatlarini  tasdiqlash  va 

tеkshirishda tajribaga  murojaat qilish, tajriba kurtaklarini barpo etish, Beruniyning olim  va 

mashhur  tabiatshunos  sifatidagi  asosiy  xususiyatlaridan  biri  bo’lib,  uning  tabiiy-ilmiy  va 

falsafiy  qarashlarining  muayyan  tomonlarini  aniqlovchi  muhim  omillardan  hisoblanadi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 

Ana  shu  nuqtai  nazardan  Beruniyning  merosini  tadqiq  qiluvchi  ko’pgina  olimlarning 



e'tiroficha, u o’z davrining ajoyib qomusiy olimi bo’lgan. 

Bizning o`z oldimizga qo`ygan  maqsadimiz esa, bunday ulug` zotlarning hayot yo`li 

va  qoldirgan  merosini  to`liq  tasvirlash  emas,  balki  ularning  eng  buyuk  namoyondalari 

timsolida  ma`rifat,  ilmu-fan,  madaniyat,  din  kabi  sohalarning  barchasini  o`zida 

uyg`unlashtirgan  xalqimizning  ma`naviy  olami  naqadar  boy  va  rang  –  barang  ekanini 

isbotlab berishdan iboratdir. 



 Mavzuning vazifalari. Ushbu  maqsadni  amalga oshirish  uchun  oldimizga quyidagi 

vazifalarni quydik.  

1. Beruniyning ilmiy izlanish davrini o`rganish.  

2. Abu Rayhon Beruniyning ma`rifiy qarashlarini ilmiy tadbiq etish 

3. Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlarini ta`lim jarayonida qo`llash 

4.  Beruniy  inson  kamoloti  tarbiyasi  masalasida  aytilgan  o`gitlarini  yoshlar  qalbiga 

singdirish 

5. Beruniy odob-axloq haqida yozgan kitob va qo`llanmalaridan unumli foydalanish 

6. Beruniyning didaktik g`oyalaridan ta`lim jarayonida foydalanish 

7. Fan va texnikadagi yutuqlarini ilmiy asoslangan holda ta`limga tadbiq etish. 



Tadqiqotning  metodologik  asosi:  O’zbekiston  Respublikasi  uzluksiz  ta’lim 

tizimining  mazmunini  belgilab  beruvchi  me’yoriy  hujjatlar,  xususan,  O’zbekiston 

Respublikasining  «Ta’lim  to’g’risida»  gi  qonuni  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi», 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi,  Oliy  va  O’rta  maxsus  xalq  ta’limi 

vazirliklari tomonidan qabul qilingan qarorlar,  me’yoriy  hujjatlar; pedagogika, psixologiya 

va  metodika  bo’yicha  ta’limni  innovasion  texnologiya  asosida  tashkil  etishga  oid  xorijiy 

tajribalar,  nazariyalar  va konsepsiyalar, shuningdek, respublikamiz olimlarining qarashlari; 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimov  tomonidan    ta’lim  sohasida  ilgari 

surilgan g’oyalardan iborat. 

Kurs  ishining  hajmi:  Kurs  ishi  kirish,  2  bob,  5  paragrif,  xulosa  va  adabiyotlar 

ro’yxatidan iborat.  

 

 

 



PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

І BOB. ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY IZLANISH DAVRI



 

1.1 

Abu Rayhon Beruniyning m`rifiy qarashlari 

O`rta asrning buyuk qomusiy olimi, beqiyos aql-zakovat sohibi Beruniy fanlarning va 

ijtimoiy  hayotning  juda  ko`p  jiddiy  muammolarini  to`g`ri  hal  qilib,  shular  asosida  ko`plab 

ilmiy  asarlar  yaratgan  ulkan  donishmanddir.  U  falsafa,  ijtimoiyot,  tarix  va  boshqa 

fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo`shgan. 

Abu Rayhon ibn Ahmad Beruniy 973-yilda O`rta Osiyoning yirik madaniyat markazi ― 

Xorazmning Kot (hozirgi Beruniy shahri) atrofida tug`ildi. U o`z yurtida tahsil ko`rgan. Bir 

necha  tillarni  va  falsafa,  falakiyot  ilmi,  matematika  fanlarini  mukammal  o`rgangan, 

botanika, mineralogiya va boshqa tabiiy fanlarga ham qiziqqan. Beruniy Markaziy osiyolik 

buyuk matematik va falakiyotshunos olim Abu Nasr Ibn Iroqni ustoz deb bilgan. U yoshlik 

chog`idanoq fanda, ayniqsa, falakiyot ilmida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Masalan, 16 

yoshida mustaqil holda falakiyotshunoslikka oid kuzatishlar olib brogan va ma`lum natijaga 

erishgan.  21  yoshida  esa  o`zi  yasagan  asbob  yordamida  ekliztikaning  ekvatorga  og`ish 

burchagini aniqlagan. Beruniy Xorazm tili bilan birga, arab, sug’d, fors, suryoniy, yunon 

ibroniy  tillarini,  hatto  qadimgi  hind  tili  sanskritni  ham  o’rgangan.  U  yunon  klassik 

ilmi,  astronomiya,  falsafa,  geografiya,  botanika,  matematika,  geologiya,  tarix, 

etnografiya, filologiyadan ham chuqur bilim oladi. 

Beruniy  yirik  olim  Abu  Nasr  ibn  Iroqdan  Evklid  geometriyasi,  Ptolemeyning 

astronomik ta`limotlaridan dars olgan. 

Bundan tashqari, o’zidan oldin o’tgan Muhammad Xorazmiy, geografiya olimi Abul 

Abbos,  Ahmad  Farg’oniy,  Marvaziy,  Javhariy,  Abu  Nasr  Forobiy,  Abul  Vafo  Juzjoniy, 

seyistonlik  Abu  Said  as-Sijiy,  Abu  Muhammad  Hamid  Xo’jandiy  va  boshqalarning 

asarlarini mustaqil o’rganadi. 

995-yilgacha  Beruniy  astronomiya,  geografiya,  geodeziyaning  amaliy  masalalarini  hal 

etish  bilan  birga,  Sharqda  birinchi  bo`lib  globus  yasadi  va  astronomiyaga  oid  bir  necha 

kitob  yozdi  («Kartografiya»,  «Globus  yasash  kitobi»,  «Yerdagi  joylarning  uzunlama  va 

kenglamalarini aniqlash haqida maqola» va boshqalar). 

Beruniy hali yosh olim bo’lishiga qaramay, Kotda 994-995-yillari astronomik asboblar 

ixtiro qilib kuzatishlar o’tkazgan. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 

 



 

Abu Rayhon Beruniy 

(973-1048) 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 

O’sha  davrda  Kaspiy  bo’yi  viloyatlarida  Qobus  ibn  Vushmagir  yosh  olimga 



xayrixohlik  ko’rsatadi.  «Shamsal-maoliy»  («Oliy  martabalar  quyoshi»)  laqabi  bilan 

mashhur  bo`lgan  bu  podshohga  bag’ishlab  Beruniy  «Qadimgi  xalqlardan  qolgan 

yodgorliklar» asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini Yaqin va O’rta 

Sharqqa mashhur qildi. 

Beruniy  bu  yerda  «Xorazmning  mashhur  kishilari»,  «Turar  joylar  orasidagi 

masofani  tekshirish  uchun  joylarning  oxirgi  chegaralarini  aniqlash»  asarini  yaratdi.  Bu 

asarda  geografiya  va  astronomiya  fanlari  bilan  bir  qatorda  paleontologik  kuzatishlar 

natijalari ham bayon qilingan. 

995-yilda  Kot  shahri  Gurgonj  amiri  Ma`mun  І  tomonidan  bosib  olindi.  Xorazmda 

hukmronlik  qilayotgan  afrig`iylar  sulolasi  qulatilib,  shahar  vayron  qilindi.  Bunday  sharoit 

Beruniyni  vatanini  tashlab  ketishga  majbur  etgan.  U  panoh  qidirib  avval  Rayga  (hozirgi 

Tehron tarkibida), so`ngra Jurdonga boradi. Jurdon hokimi Qobus ibn Vushmagir Beruniyni 

olim  sifatida  g`oyat  qadrlagan.  Bir  rivoyatga  ko`ra,  u  Beruniyni  katta  mansabga  taklif 

qilganida  Beruniy  bu  mansab  o`zini  ilm-fandan  chetlab  qo`yishini  aytib,  taklifni  qabul 

qilmagan. 

1004-yili  Beruniy  Ma'mun  II  ibn  Ma'mun  tomonidan  Xorazmga  chaqirib  olinadi  va 

uning yaqin maslahatchisi etib taynlanadi. 

Ma'mun  davrida  Urganchda  «Majlisi  ulamo»  -  «Ma'mun  akademiyasi»  nomli  ilmiy 

markaz tashkil etiladi va u yerda musulmon Sharqining yirik olimlari faoliyat ko’rsatadilar. 

Beruniy  bir  necha  yil  kamyob  metallar  va  qimmatbaho  toshlar  ustida  tajribalar  olib 

boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari asosida «Mineralogiya» asarini yaratadi. 

1017-1018-yillari yana taxt va hokimiyat uchun kurash boshlanib, Movarounnahrda 

Qoraxoniylar  davlati  barpo  etiladi.  Xurosonda  Mahmud  G’aznaviy  (998-1030)  hukmronligi 

o’rnatilib,  qoraxoniylar  bilan  tuzilgan  shartnomaga  muvofiq  Xorazm  Mahmud  G’aznaviy 

davlatiga tobe bo’ladi. 

Ma'mun akademiyasidagi ko’plab olimlar qatori Beruniy ham G’aznaga olib ketiladi 

va u yerda ijodini davom ettiradi. 

Jurjonda  Beruniy  o`zining  mashhur  “Al-osorul  boqiya  an  il  qurun  ul  holiya”  nomli 

(“Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorlik”)  asarini  yozadi.  Unda  yunonlar,  forslar,  arablar, 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 

so`g`diylar,  xorazmliklar  va  boshqa  xalqlarning  taqvim  tizimi  mufassal  bayon  qilingan. 



Shuningdek  falakiyot  va  matematikaga  oid  masalalarga  ham  katta  e`tibor  berilgan.  O`rta 

Osiyoning tarixi va madaniyati haqida qiziqarli ma`lumotlar keltirilgan. 

1004-yilda  Beruniy  o`z  vataniga  qaytib,  Urganchda  ilm-fanga  homiylik  qilayotgan 

Xorazmshoh  Ma`mun  ІІ  (1009―1017)  atrofida  mashhur  olimlar,  jumladan,  Sino, 

Beruniyning  ustozi  Abu  Nasr  ibn  Iroq,  tabib  Abu  Sahl  Masixiylar  safiga  qo`shiladi.  Ular 

fanning  turli  sohalarida  ish  olib  boradilar.  Beruniy  ana  shu  ilmiy  doirada  muhim  rol 

o`ynagan.  1017-yilda  Xorazm  Ibn  Mahmud  G`aznaviy  tomonidan  bosib  olindi.  U  qurol 

kuchi  bilan  yirik  saltanat  barpo  qiladi,  o`z  poytaxti  G`aznaga  Xorazmshoh  saroyidagi 

olimlar bilan birga Beruniyni ham olib ketadi. 

To`xtovsiz  urushlar  natijasida  Mahmud  G`aznaviy  Shimoliy  Hindistonni  bosib  olib, 

uning  aholisini  qirg`in  qildi.  Beruniy  bu  harbiy  yurishlarda  sultonga  hamrohlik  qilishga 

majbur  bo`ldi.  Buyuk  olim  o`n  uch  yil  davomida  Hindistonda  bo`lib,  uning  tarixi, 

madaniyati  va  fanini  o`rgandi.  U  qadimiy  hind  tili  ―  sanskritni  o`zlashtirib,  shu  tilga  bir 

necha  qadimgi  yunon  mumtoz  asarlarini,  shu  jumladan,  Evklidning  “Negizlar”i  va 

Ptolomeyning “Almagesta”, o`zining astrolyabiy haqidagi risolasini tarjima qilgan. 

Beruniy hindlarning hayotini sinchkovlik bilan kuzatdi va ularning adabiyotini, madaniy 

boyligini  mukammal  o`rganib,  “Hindiston”  asarini  yaratdi.  Unda  shu  mamlakatning 

falsafasi,  tarixi,  geografiyasi,  aholisining  etnik  tarkibi,  urf-odati,  e`tiqodlari  haqida  boy 

ma`lumotlar  to`plangan.  “Hindiston”  butun  o`rta  asr  fanidagi  mislsiz  asardir.  Shu  asar 

orqali  Beruniy ko`z oldimizda  faqat tarixchi,  geograf,  falakiyotshunos,  lingvist  va  faylasuf 

olim  sifatidagina  emas,  buyuk  insonparvar  pedagog  irqiy  va  diniy  xurofotlarga  qarshi 

kurashgan ma`rifatparvar sifatida ham gavdalanadi. 

Beruniyning 

yana 


bir 

muhim 


asari 

«Munajjimlik 

san'atidan 

boshlang’ich 

tushunchalar»dir.  Bu  asarda  ham  u  bir  qancha  fanlar  yuzasidan  dastlabki  tushunchalar, 

ma`lumotlar bergan. 

Mahmud  G’aznaviyning  Hindistonga  yurishlarining  birida  Beruniy  ham  hamroh 

bo’lib  boradi.  U  sanskritni  bilganligi  uchun  hind  xalqi  madaniyati,  adabiyoti  va  san'ati 

bilan  yaqindan  tanishish  imkoniyatiga  ega  bo’ladi  va  bu  mehnatlari  natijasida  1030-yili 

o’zining Sharq va G’arbda keng e'tirof qilingan mashhur «Hindiston» asarini yaratadi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

Kitobning  to’liq  nomi  «Hindlarning  aqlga  sig’adigan  va  sig’maydigan  talimotlarini 



aniqlash  kitobi»  bo’lib,  aytishga  qulay  bo’lishligi  uchun  qisqacha  «Hindistonga  oid 

tadqiqlar» yoki «Hindiston» deb yuritiladi. 

Akademik  V.R.Rozen  asarni  «Sharq  va  G’arbning  qadimgi  va  o’rta  asrdagi  butun 

ilmiy  adabiyoti  orasida  bunga  teng  keladigan  asar  yo'q»,  -deb  baholaydi.  Hindiston  olimi 

Hamid Rizo esa, olim haqida gapirib, «Hind madaniyatining chigal muammolarini biron-bir 

o’rta  asr  yoki  hozirgi  zamon  muallifi  Abu  Rayhon  Beruniydek  muvaffaqiyatli  ravishda 

tushunib  yetmagan.  Uning«Hindiston»  asari  qadimgi  Hind  madaniyati  va  fanining  klassik 

namunasi  bo’lib  qoladi»,  deydi.  Asarda  Beruniyning  Hindiston  haqidagi  barcha  qarashlari 

o’z ifodasini topgan. 

1030-yili  Mahmud  G’aznaviy  vafot  etadi.  Uning  kichik  o’g’li  Muhammad  voris 

sifatida  taxtga  o’tirgan  bo’lsada,  ko’p  o’tmay  Mahmudning  katta  o’g’li  Mas'ud  (1030-

1041) ukasini taxtdan ag’darib, o’zi  hokimiyatni qo’lga oladi. Bilimdon va zukko, ilm ahlini 

qadrlovchi Mas'ud Beruniyni o’z himoyasiga olib, uning ijod qilishiga sharoit yaratib beradi. 

Beruniy astronomiyaga oid «al-Qonun al-Mas'udiy» («Mas'ud qonuni») nomli yirik asarini 

shox  Mas'udga  bag’ishlaydi.  Olimlar  bu  asarni  matematika  va  astronomiyaga  oid 

ungacha  yozilgan  barcha  asarlardan  yuqori  qo’yadilar.  Arab  olimlaridan  Yoqutning 

yozishicha:  «Mas'ud  qonuni»  kitobi  matematika  va  astronomiya  bo’yicha  ungacha  yozilgan 

hamma kitoblar izini o’chirib yuborgan». 

Beruniyning  ilmiy  bilimlarni  egallash  yo’llari,  usullari  haqidagi  fikrlari  hozirgi  davr 

uchun ham dolzarbdir. O’quvchiga bilim berishda: 

- o’quvchini zeriktirmaslik; 

- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik; 

- uzviylik, izchillik; 

- tahlil qilish va taqqoslash; 

- ma`lumdan noma'lumga, yaqindan uzoqqa, soddadan qiyinga qarab borish

- takrorlash; 

- yangi  mavzularni  qiziqarli,  asosan,  ko’rgazmali  bayon  etishga  e'tibor  berish  kerakligi 

o’qtiriladi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



10 

 

Beruniy  fan  sohasidagi  yodgorliklarni,  ilmiy  bilimlarga  oid  qoldirilgan  barcha 



boyliklarni qunt bilan o’rganishga da'vat etadi. 

Abu  Rayhon  Beruniy  1048-yil  vafot  etdi.  U  o`zidan  keyingi  avlodlarga  g`oyat  boy 

ilmiy  meros  qoldirdi.  O`rta  asr  arab  tarixchisi  va  geografi  Yoqut  Hamaviyning  (XIII  asr) 

yozishicha,  Beruniy  falakiyotshunoslik,  mantiq,  falsafa  va  boshqa  fanlar  bo`yicha  yozgan 

asarlari  nomlarining  o`zi  oltmish  sahifani  tashkil  qilgan.  Uning  turli  hajmdagi  150  ta 

asarlari hozirgi kunda aniqlangan, lekin shulardan 30 tasigina bizgacha yetib kelgan. Ulug` 

olimning  turli  fanlarga  doir  asarlari  orasida  uning  ijtimoiy  ta`limotlari,  dunyoqarashi 

ifodalangan  asarlari  alohida  o`rin  tutadi.  Masalan,  “Kitob  fi  axborotil  mubayyizot 

vilqaromita”  (“Oq  kiyimliklar  va  karomatiylar  xabarlari  haqida  kitob”),  “Kitobul  maqolot 

val-arz  vad-diyonot”  (“Maqolalar,  e`tiqodlar  va  dinlar  haqida  kitob”),  “Geodeziya”, 

“Mineralogiya” asarlari ana shular jumlasidandir. 

1.2 

Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari 

Beruniyning  ijtimoiy-falsafiy  qarashlari  muayyan  diniy  cheklanishlariga  qaramay, 

o`sha  paytdagi  hukmron  islom  aqidalaridan  birmuncha  yuqori  turardi.U  fanning  qaysi 

sohasiga  murojaat  etsa,  uning  mustaqil  mavjudligini  tushunishdan  kelib  chiqdi.  Olim 

“Minerologiya”  nomli  asarida  inson  yer  yuzidagi  barcha  mavjudotlarga  qaraganda 

mas`uliyatliroq  vazifalarni  bajarishi  kerakligini  quyidagicha  ifodalaydi:  “Inson  tabiatning 

eng  oliy  zoti  kamolotidir,  inson  zoti  barcha  hayvonlardan  yuqori  turadi…  Insonga  katta 

sharaf ko`rsatilgan ― unga aql-zakovat va kuch armug`on etilgan. Shu sababdan, insonning 

ma`naviy qiyofasi uning oldiga qo`yilgan vazifalarga mos bo`lishi uchun u yuksak axloqli, 

bilimli, ma`rifatli bo`lmog`i darkor”.  

Beruniyning  ijtimoiy-falsafiy  qarashida  odam  tanasidagi  a`zolarning  bir-biriga 

zidligi,  ularda  bir-biridan  farq  qiluvchi  turli-tuman  xatti-harakat  va  fe`l-atrof  mavjudligi 

asoslangan.  “Odam,  ―  deydi  Beruniy,  ―  tabiati  jihatidan  bir-biriga  zid  a`zolar 

qo`shilmasidan tarkib topgan murakkab tanaga ega va shuning uchun uning holati o`z fe`l-

atvofiga  ko`ra  xilma-xil  bo`ladi.  Beruniyning  fikricha,  odamlarning  qiyofasi  bir-biriga 

o`xshasada, ular ayni chog`da bir-biridan farq qiladi. Bu farq ularning mijozi, fe`l-atvori va 

tabiiy xususiyatlarida namoyon bo`ladi”. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


11 

 

Beruniy  irqiy  tafovutlaridan  qat’iy  nazar,  odamlar  o`rtasidagi  do`stlik  va 



hamkorlikning kuchi insoniyat baxt-saodatining poydevori deb hisoblanadi. U jamoatchilik, 

axloq-odob, go`zallik qoidalariga rioya qilish har bir odamning burchi ekanini ta`kidladi. 

Beruniy  o`z asarlarida ta`limning ko`rgazmaliligi,  izchil,  maqsadga  muvofiq bo`lishi 

kerakligini,  shaxsning  barkamolligi,  kishilar  o`rtasidagi  ijobiy  axloqiy  munosabatlar  va 

olijanoblik kabi yuksak fazilatlarning mohiyatini asoslab bergan. 

Beruniy  o`z  dunyoqarashida  Xudoga  ishonish  har  bir  musulmonning  vazifasi  deb 

tushungan va oliyjanob insonning burchi islom qonun-qoidalariga rioya etishdangina iborat 

emas,  balki  yaxshilik  qilishdan  ham  iboratligini  uqtirgan.  “Yaxshilik  qilish,  ―  degan  edi 

Beruniy,  ―  umuman  hammaga  va  xususan  o`z  qarindoshlariga  zaiflik  chog`ida  ―  yaxshi 

istak bilan, iloji bo`lganda esa amaliy ish bilan yaxshilik tilashdir”.  

Beruniyning  ijtimoiy-falsafiy  qarashlarida  kishilarga  beg`araz  xizmat  qilib,  yordam 

ko`rsatish, odamlar o`rtasida kelishmovchiliklarni  vujudga  keltiradigan pul  va  molu  dunyo 

nafsini tiyish haqidagi g`oyalar alohida o`rin olgan. 

Beruniy  ilm-fanning  muxlisi  va buyuk  homiysi sifatida  mamlakatning obodonchiligi 

ilm-fanning  gullashiga  bog`liq,  odamlarning  baxti  esa  uning  ma`rifatida  deb  bilgan. 

Ma`rifat dushmanlariga, yomon urf-odatlarga, adolatsizlikka qarshi bo`lgan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


12 

 

II BOB. ABU RAYHON BERUNIY INSON KAMOLOTI TARBIYASI 



MASALASIDA 

2.1 Beruniy odob-axloq haqida 

Inson  kamoloti  tarbiyasi  masalasi  o`tmishdagi  faylasuf-mutafakkirlar  ijodida  ma`lum 

darajada  ifodalangan  bo`lsa-da  Beruniy  uni  yanada  rivojlantirgan  va  to`g`ri  asoslagan. 

Beruniy  bilim  olishni  axloqiy  tarbiya  bilan  bog’laydi.  Zero,  insonda  komillikning  muhim 

mezoni yuksak axloqlilikdir. 

Beruniyning  inson  kamolotida axloqiy tarbiyaning  muhim  o’rnini  ta'kidlashini  uning 

yuqorida  qayd  etilgan  «Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar»,  «Hindiston», 

«Mineralogiya»,  «Kitob  as-Saydana»,  «al-Qonuni  al-Mas'udiy»,  «Giodeziya»  va  boshqa 

asarlarida ko’ramiz. 

Beruniy fikricha, axloqlilik insonning eng asosiy sifati bo’lishi kerak. Bu xislat birdaniga 

tarkib  topmaydi.  U  kishilarning  o’zaro  muloqoti,  ijtimoiy  muhit  -  jamiyat  taraqqiyoti 

jarayonida tarkib topadi. 

Beruniy  axloqiy  tarbiyaga  musulmon  dini  talablaridan  kelib  chiqqan  holda  ta'rif  beradi. 

Axloqiylik  yaxshilik  bilan  yomonlik  o’rtasidagi  kurash  natijasida  namoyon  bo`ladi  va  tarkib 

topadi,  deydi  u.  Yaxshilik  va  yomonlik  insonning  xulq-atvorini  belgilaydigan  mezondir. 

Insonning  axloqiy  kamolga  yetishi  muammosi  ta`lim-tarbiyada  markaziy  masala 

bo’lib kelgan. 

Abu  Rayhon  Beruniy  ezgu  tilakka  yetishga  to’sqinlik  qiluvchi  ziqnalik,  yolg’onchilik, 

munofiqlik,  manmanlik,  takabburlik  kabi  nuqsonlarni  qoralaydi,  boylikka  ruju  qo`yish  va 

ta'magirlik, g’azab va johillik inson uchun  eng ashaddiy  dushman  deb qaraydi. Mutafakkir 

jamiyatda  adolat  o’rnatish,  uni  yovuzliklardan  xalos  etish  uchun  dono,  adolatli  hukmdor 

bo’lishi kerak, deydi. 

Beruniy  insonning  kamolotga  erishuvi  tajribaga  tayanuvchi  aql-idrokka  amal  qilishdan 

boshlanishini, inson tashqi dunyoni bilishga qobilligini, shu asosda bilim olishni, haqiqatni 

izlashini,  haqiqat  esa  uning  to`gri  his  tuyg`ularini  taqozo  etishini  va  shularning  hammasi 

inson  shaxsi  kamol  topishining  bosh  yo`li  ekanini  bayon  qilgan.  Shuningdek,  inson  katta 

nuqsonlardan doimo yiroq bo`lishi zarurligini, bunday nuqsonlar bilimsizlik, yolg`onchilik, 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


13 

 

molu  dunyoga  hirs  qo`yish,  munofiqlik,  xushomadgo`ylik,  nafsni  tiymaslikdan  iboratligini 



uqtirgan. 

Olim inson axloqini shakllantiruvchi vosita mehnat, deb hisoblaydi. Uning fikricha, aql-

idrok  va  mehnatning  jamlanishigina  kishilarning  to`g`ri  hayoti  va  pok  axloqini  belgilab 

beradi.  U  o`zining  “Metereologiya”,  “Feruza”,  “100  hikmat”,  “Ayol  makri”  va  bir  qator 

yozgan  hikmatlar, naqllar  va she`rlarida axloqiy tarbiyaning bosh  mezoni  mehnat tarbiyasi 

ekanini asoslab berdi. 

Mehnat  inson  qalbida  muruvvat  hissini  uyg`otadi.  Beruniyning  muruvvat  haqidagi 

g`oyasida  xayrixoh  bo`lishlik,  halol,  haqgo`y  va  boylik  orttirishga  intilmaydigan  o`z 

mehnati  hamda  o`zgalarning  mehnatini  hurmatlaydigan  sifatlarni  nazarda  tutgan  edi. 

Beruniy  bolalarni  axloqiy  barkamolligi  va  yomon  fazilatlardan  saqlashda  quyidagi  tarbiya 

usullarini olg`a surgan edi: 

1. 


O`rnak  olish.  Donishmand  va  olimlar  xulqlaridan  o`rnak  olish  yaxshi  xulqni 

rivojlantiradi,  yomon  odatlarni  yo`q  qiladi.  U  ko`proq  ota-onalarni  farzandlariga  o`rnak 

bo`lishga chorlaydi. 

2. 


Pand  va  nasihat.  Beruniy  pand-nasihat  orqali  bolalardagi  ayrim  nuqsonlarni 

anglatish  zarur,  deb  hisobladi  va  u  quyidagi  fikrlarni  bayon  qildi:  “Odamlar  o`rgangan, 

odatlangan  va  ko`pchilikka  ma`qul  bo`lgan  narsaga  qarshilik  ko`rsatmasdan  o`rganish 

kerak”.  Yaxshi  xulqlar  yaxshilik  alomatidir,  yomon  xulqlardan  bolalarni  saqlamoq  lozim. 

Ayniqsa, maqtanish, buzuq niyatlilik, chaqimchilik, besabrlik, nafs balosi, yolg`onchilik va 

boshqalar. 

Beruniy  yolg`on  doim  rostdan  yengiladi,  degan  edi.  Shuning  uchun  rostgo`ylik 

fazilatini  hamma  o`ziga  mujassam  qilishni  orzu  qilgan.  Lekin  u  o`zini  naqllaridan  birida 

shunday  yozgan  edi:  yolg`onchilikkka  shu  qadar  o`rganganlar  borki,  ulardan  nogahon:  ― 

Rost  gapirib  qo`yishdan  qo`rqmasam  yo`q  der  edim,  ―  degan  javob  eshitasiz.  Bunday 

kishilar  adolatdan  chetga  chiqib,  o`zlarini  xafvga  tashlagan  bo`ladilar.  Rostgo`ylik 

barkamol insonning yuksak fazilatidir. 



2.2 Beruniyning didaktik g`oyalari 

Nihoyatda  keng  bilimli  va  o`tkir  mushohadali,  ilmning  turli  sohalarini  mukammal 

egallagan  Beruniy  yosh  avlodni  o`qitish  va  tarbiyalash  masalalariga  ham  jiddiy  e`tibor 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


14 

 

bergan.  U  pedagogika  bo`yicha  maxsus  asar  yozmagan  bo`lsa-da,  falsafa,  psixologiya, 



ijtimoiy  masalalarni  tahlil  qilishda  ta`lim-tarbiya,  ilm-ma`rifat  va  odob-axloq  haqidagi 

fikrlarini  asosli  ravishda  bayon  etgan.  U  eng  avval,  insonning  baxti  va  fazilati  ilmdadir, 

degan g`oyani ilgari surgan. 

Beruniy  ilmlar  insonning  ehtiyojidan  paydo  bo`lganini  aytib,  ularni  quyidagicha 

ta`riflagan:  “Musiqa  ―  insonga  kuchli  ta`sir  etib,  yoqimli  kayfiyat  bag`ishlaydi;  til― 

nutqning  tarozisi  va  muomala  qurolidir;  geodeziya  ―  harakatsiz  yulduz  va  quyosh  orqali 

shaharlarning joylashishini mukammal o`rgatadi; geologiyageografiya va gidrologiya ― 

yer haqidagi fanlardir; geometriya ― jismlarning shakllarini; falakiyot ― koinot sirlarini; 



minerologiya  ―  javohir  va  la`llarni  o`rgatadi;  dorishunoslik  ―  tibbiyot  ilmlaridan 

xabardor  qiladi.  Beruniy  fanlarni  ta`riflash  bilan  birga  ularni  o`qitishning  quyidagi 

muammolarini bayon etgan: 

Ta`limda o`qituvchini zeriktirmaslik uchun o`rganiladigan fanlarni almashtirib turish 

kerak. O`quvchi fandan – fanga o`tib tursa turli bog`larda yurganga o`xshaydi. Birini ko`rib 

ulgurmay,  boshqasi  boshlanadi  va  u  “Har  bir  narsada  o`ziga  o`ziga  yarasha  lazzat  bor” 

deyilganidek,  ularga  qiziqadi  va  o`qishni  istaydi.  Bir  narsaning  bayoni  bolani  charchatadi 

va  xotirasida  hech  nimani  saqlay  olmaydi.  Beruniy  ilmni  quyidagi  uch  yo`l  bilan  hosil 

bo`lishini alohida uqtirgan: 

1. 


Har  bir  ilm  va  san`atning  borib  taqaladigan  boshlanish  joyi  bor.  Shuni  to`g`ri 

boshlash zarur. 

2. 

Ilm  boshlanish  joyiga  yaqinlashgan  sari  to  o`ziga  borib  yetguncha 



soddalashtirib borish. 

3. 


Ilm o`rganish va sabrni talab etadi. Shoshilish kerak emas. 

Beruniy  ilm  ahlini  hurmat  qilinsagina,  ilmlar  yanada  rivojlanib  ketishini  qayta-qayta 

uqtirgan  edi.  O`zi  esa  juda  ko`p  olim  va  podsholarga  saboq  ham  bergan.  Beruniyning 

tolmas zakovatidan Sulton Mas`ud ham bahra olgan, ya`ni undan falakiyotshunoslik ilmini 

o`rgangan.  Beruniy  tahlilidagi  darsliklar  g`oyat  tushunarli,  sodda  bo`lib,  ilmga  cheksiz 

muhabbat uyg`otgan. 

Beruniy  Sulton  Mas`udga  bolalar  uchun  kitob  yaratishda  quyidagilarga  e`tibor  berish 

zarurligini aytgan: 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



15 

 

1. 



Kitob yozgan muallif uni o`qishli qilib yoza bilishi kerak 

2. 


Bunday  kitoblar  ko`p  bilimlarni  jamlagan  va  mutolaa  uchun  qulay,  yengil 

o`qiladigan bo`lishi lozim. 

3. 

Hozirgi  munajjimlarning  kitob  bitishlarida  boshqa  usul  va  iboralarni  qo`llash 



zarur. 

Beruniy  “Hindiston”  nomli  asarida  hindlarning  urf  –  odatlari  bilan  birga,  ularning 

o`qitish usullari haqida ham qimmatli ma`lumotlarni keltirgan. 

Beruniy  ilmsiz  kishilarning  ko`ngli  xurofotga  moyil  bo`lishini,  yolg`on  xuddi  suv 

yuzidagi  ko`pikdek  yo`q  bo`lib  ketishini  ta`kidlab,  ana  shu  fikrlarning  to`g`riligini  qator 

asarlarida turli voqea va hodisalarni bayon qilish orqali isbotlagan. 

Beruniyning  fikricha,  insonlar  hayotidagi  zarurat  va  ehtiyojlar  ularda  ilm  olish  uchun 

talablarni  keltirib  chiqardi.  Shu  talablarga  ko`ra,  ilm  har  xil  tarmoqlarga  bo`linadi.  Ilm 

insonga  boylik  orttirish  uchun  emas,  balki  o`zi  qiziqqan  va  zarur  narsalarni  bilish  uchun 

kerak. 


Beruniy  ilmni  keyingi  avlodlarga  yetkazuvchi  vosita  til,  deb  hisoblagan  va  uning 

ahamiyatini  asoslab  bergan.  “Til  ―  so`zlovchining  istagini  eshituvchiga  yetkazadigan 

tarjimondir...  Agar  insondagi  so`zlash  quvvati  hamma  joyga  shamol  singari  yoyilmaganda 

va zamonlarga narsalar singari o`tuvchi xat yozish san`atini keltirib chiqarmaganda o`tmish 

zamon xabarlarini keyingi avlod qayerdan bilar edi”, deb yozgan. 

 

Beruniy  xat  yozish  tarixini  quyidagicha  bayon  etgan:  Islomshunos  allomalar  dastlabki 



paytlarda  islom  qoidalarini  oshlangan  terilarga  yozganlar.  Masalan,  haybarli  yahudiylar 

bilan tuzilgan shartnoma, payg`ambarning Eron podshohi Xisravga yozgan maktublari ham 

shunday terilarga yozilgan. Shunga o`xshash, Qur`on va Tavrot ham kiyik terisiga yozilgan 

edi. Asl qog`ozni samarqandlik bir asir olingan olim kashf etgan.  

Beruniy  “Hindiston”  asarida  kishilarning  xatlariga  quyidagicha  fikrlar  bildirgan  edi. 

Hindlarning  xatlari  eskirib  unutilgan,  hech  bir  kishi  bunga  ahamiyat  bermagan.  Nihoyat, 

ular  savodsiz  bo`lib  qolganlar.  Natijada  ular  ilmdan  uzoqlashganlar.  Oqibatda  V`yosa  ibn 

Paroshara ular ishlayotgan ellikta harfni ijod etganlar. Ularga “ akshara” deb nom berganlar. 

Asezas  va  hikmatni  abadiy  (dunyoda)  qoldirish  uchun  oltita  raqam  shaklini  ko`rsatdi.  Bu 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


16 

 

Bani  Isroilning  hukmronlik  davriga  tog`ri  kelgan  edi.  Keyinroq  Komush  va  Lgenon  haligi 



harflarni  yunonlarga  olib  keldi.  Olim  Simonides  bu  harflarga  yana  4  harf  qo`shdi. 

Afinaliklar  esa  24  ta  harfdan  foydalanganlar.  Hindlarda  (alifbeda)  harflarning  soni  ancha 

ko`pdir. 

Abu  Rayhon  Beruniyning  fikricha  inson  hayvondan  aql  bilan  farq  qiladi.  Lekin 

insonning  hayvondan  tubdan  farq  qiladigan  bu  xususiyati  qanday  bo`lganligini 

tushuntirganda Xudoga murojaat qilib, insonni Xudo azaldan shunday yaratgan deydi. 

Beruniyning  ruhiy  va  moddiy  extiyojlarning  roli  haqidagi  fikri  o`sha  davr  uchun 

nixoyatda  qimmatli  fikr  edi.  U  jamiyat  yuzaga  kelishida  kishilarning  moddiy  ehtiyojlari 

rolini ko`ra oladi. 

Beruniyning  fikricha,  aql,  mehnat,  erkin  tanlash  insonning  hayotini  va  ijtimoiy  holatini 

belgilaydi. Inson o`z ehtiyojlarini mehnat tufayli qondiradi deydi. 

Beruniy  kundalik  turmush  masalalariga  ham  katta  e'tibor  bergan.  Har  bir  axloqan 

barkamol  inson o’zining turmush tarzini  uyg’un,  go’zal eta  oladi.  Uyg’unlik,  go’zallik  va 

nafosatning  asosi  sanaladi.  Beruniy  insoniy  xislatlardan  muhimi  -  ozodlik,  tarbiyalilik 

bo`lsa,  insonga  eng  yaqin  narsa  uning  tabiati,  ruhi,  deydi.  Shuning  uchun  inson  o’z 

tabiatiga  yoqadigan  ishlarni  bajarishi  zarur,  deb  ko’rsatadi.  Bunda  insonning  ichki  dunyosi 

bilan  tashqi  go’zalligi,  turmush  tarzidagi  go’zallikning  uyg’un  bo’lishi  talab  etiladi. 

Bunga inson kiyadigan kiyimidan kundalik turmushdagi yurish-turishi, so’zi, qalbi, qilgan 

ishi – hammasining go’zal bo’lishi ta'kidlangan. 

Har  bir  shaxsda  sharm-hayo,  ozodalik,  nafis  did,  iffat,  latofat,  shirinsuxanlikning 

tarkib topishi turmushning go’zal bo`lishiga olib keladi. 

Olimning inson turmushiga xos hulq-odob qoidalari haqidagi fikrlari pedagogik jihatdan 

muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Inson  ham  ichki,  ham  tashqi  tomondan  go’zal  bo’lsagina 

haqiqiy  kamolotga  erishishi  mumkin.  U  ozodlikni  olijanoblik  bilan  tenglashtiradi.  Inson 

doimo  bularga  rioya  etishi  zarur,  deb  ta'kidlaydi.  Bunda  inson  o’zini  boshqara  olishga 

qodir bo’lishi, har bir etuk inson uchun zarur bo’lgan xislatlarni tarkib toptirishda kuch 

va  irodaga  ega  bo`lishi  zarur,  deydi.  «Minerologiya»  asarida  bu  fikrni  quyidagicha 

ifodalaydi: «Inson o’z ehtiroslariga hukmron, ularni  o’zgartirishga qodir,  o’z  jon  va  tanini 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



17 

 

tarbiyalar  ekan,  salbiy  jihatlarni  maqtagulik  narsalarga  aylantirishga  hamda  asta-sekin, 



axloq  haqidagi kitoblarda ko’rsatilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga qodirdir» 

Beruniy insonni kamolotga yetaklovchi xislatlardan yana biri olijanoblik deb ko’rsatadi. 

Olijanoblikning  mazmunini  yaxshilik  tashkil  etadi.  Bunda  olim  insonga  inson  sifatida 

muomala qilishni nazarda tutadi. 

Eng  muhimi,  mutafakkir  inson  kamolotida  mehnat  va  mehnat  tarbiyasi  haqida 

muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo’ladi. 

Og’ir  mehnat  sifatida  binokor,  ko’mir  qazuvchi,  hunarmand,  fan  sohiblari  mehnatini 

keltiradi.  Ayniqsa  ilm  ahli  -  olimlar  mehnatiga  alohida  e'tibor  berish,  hayrixoh  bo’lishga 

chaqiradi,  ularni  ma'rifat  tarqatuvchilar,  jamiyat  ravnaqiga  hissa  qo’shuvchilar  deb, 

biladi:  shu  bilan  birga,  og’ir  mehnat  qiluvchi  konchilar,  yer  ostida  gavhar  izlovchilar, 

dehqonlar  haqida  gapirib,  ularning  mehnatini  rag’batlantirib  turish  kerak,  deydi.  Ayniqsa, 

podshohlar bunday  mehnat ahliga  g’amxo’r  bo’lishi  kerakligini  alohida  eslatadi.  Chunki 

ana shu mehnat ahli ular hukmronligining tayanchi, deb ta'kidlaydi. 

Olim bolalarni  mehnatga o’rgatish metodlari, yo’llari haqida ham fikr yuritadi. Masalan, 

bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga o’rgatish kerak, deydi. Mehnat tarbiyasida o’sha davr 

tarbiya  an'anasiga  binoan  vorislikka  katta  ahamiyat  beradi.  Buni  E.To’raqulov  va 

S.Rahimov «Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta'lim-tarbiya haqida» nomli risolalarida juda 

yaxshi  bayon  etganlar.  Beruniyning  «Mineralogiya»  asarida  faqat  qimmatbaho  metallar, 

toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar 

o’rgatish metodlari haqida ham qimmatli fikrlar bayon etilgan. Bunda hozirgi pedagogika 

fani  tili  bilan  aytganda,  shaxsiy  namuna  metodidan  foydalangani,  ish  jarayoni  bevosita 

ham  nazariy,  ham  amaliy  jihatdan  ustaxonaning  o’zida  bajarilgani  shogirdlarning 

malakali  usta  bo’lib  yetishishida  katta  ahamiyatga  ega  bo`lgan.  Shuning  uchun  ham 

o’sha  davrda  Xuroson  va  Movarounnahr  metallurgiya,  konchilik,  to’quvchilik,  zeb-ziynat 

buyumlari  yasash,  qog’oz,  oyna  ishlab  chiqarish  va  boshqa  sohalarda  dunyo  bozorida  nom 

chiqargan. 

Hunarmandchilikning bunday yakka holda o’rgatilishi malakali kasb egalarining yetishib 

chiqishiga  yordam  bergan,  halol  va  vijdonan  mehnat  qilishga  yollaganki,  bu  insonning 

kamolga  yetishiga  muhim  pog’ona  bo’lgan.  Zero,  qadimdan  har  bir  yetuk  inson  u 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


18 

 

shohmi, oddiy  fuqaromi  hunarning bir yoki bir necha turini bilishi zarur sanalgan. Shunga 



ko’ra,  buyuk  shohlar  ham,  beklar  ham,  katta  mol-mulk  egalari  bo’lgan  boylar  ham,  oddiy 

fuqaro  ham o’z farzandini bilimli bo’lish bilan birga, hunarli bo’lishiga  ham e'tibor bergan 

va  bu  yozilmagan  qonunga  barcha  birdek  amal  qilgan.  Chunki  kishilik  jamiyati  paydo 

bo’lgandan kishilar o’z mehnati, hunari bilan kun kechirishga majbur bo’lgan va bu hayot 

taqozosi sifatida qabul qilingan. 

Shuning  uchun  ham  Beruniy  inson  har  tomonlama  kamolga  etishi  uchun  u  ilmli 

bo’lishi bilan birga, mehnatsevar va hunar egasi bo’lishi ham kerak, deydi. 

Beruniy  inson  kamolotida  uch  narsa  muhimligini  ta'kidlaydi.  Bu  hozirgi  davr 

pedagogikasi ham e'tirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir. 

Muayyan  bir  davrda  olimlar  inson  kamolotiga  irsiyat,  muhitning  ta'sirini  inkor 

etib,  faqat  tarbiyani  tan  oldilar.  Lekin  Beruniy  o’z  zamondoshlari  -  buyuk 

mutafakkirlar  Forobiy,  ibn  Sino  kabi  inson  kamolotida  har  uchalasini  ham  muhim  deb 

hisoblaydi.  Ya'ni  u  insonning  kamolotga  yetishida  ilm-u  ma'rifat,  san'at  va  amaliyot 

asosiy  o’rin  tutadi, nasl-nasab, ijtimoiy  muhit  va  ijtimoiy turmush qonuniyatlari  ham katta 

ahamiyatga ega bo’ladi, deydi. 

Abu Rayhon  Beruniy  nazarida,  inson kamolga  yetishining eng  muhim  omillari  ilm-

ma'rifatli  bo`lish  va  yuksak  axloqlilikdir.  Beruniy  ilmiy  bilishga  oid,  ta'lim  metodlari 

haqidagi qarashlari bilan ta'lim nazariyasida o’ziga xos maktab yaratdi. 

Yoshlarni tarbiyalashda esa axloqiy mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila tarbiyasi, 

insonning shaxsiy gigiyenasi, xalqlar o’rtasidagi do’stlik, hamkorlik  haqidagi tushunchalar 

katta  ahamiyatga  egadir.  Olim  axloqlilikning  belgilari  sifatida  yaxshilik, 

to’g’rilik, adolat, kamtarlik,saxovat, olijanoblik, do’stlik va hamkorlik, mehnat va hunar 

egallash,  poklik,  go’zallikka  intilish  kabilarni  ilgari  surgan.  Bularning  barchasini  u 

yaratgan asarlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlarga bog’lab tushuntirgan. 

Yuqoridagilardan  ko’rinib  turibdiki,  Beruniyning  komil  insonni  shakllantirishga 

oid  fikrlari  faqat  o’z  zamonasi  uchun  emas,  hozirgi  davr  ta'lim-tarbiya  ishlarini 

takomillashtirishda ham katta ahamiyatga ega. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


19 

 

Zero,  uning  o’zi  ham  haqiqiy  komil  insonga  xos  xislatlarga  ega  ekanligini, hayoti 



va  ijodiy  faoliyati,  yozgan  asarlari  bilan  isbotlab,  kelajak  avlodlarga  katta  ma'naviy  me'ros 

qoldirdi. 

Beruniy Sharq Renessansi davri qomusiy olimlaridan biri sifatida nom qozondi. 

2.3 Fan va texnikadagi yutuqlari 

Mashhur  sharqshunos  olim  J.Sarton  jahon  fani  tarixida  XI  asrning  birinchi  yarmini 

Beruniy davri deb atadi. Uni o’z davrining jahondagi birinchi donishmandi deb baholadi. 

Beruniyninging  ham  tabiiy,  ham  ijtimoiy  fanlarni  qamrab  olgan  150  dan  ortiq  yirik 

ilmiy asarlar yaratganligi ham bu fikrning g’oyat o’rinli ekanligini tasdiqlaydi. 

Beruniyning  turli  fanlar  sohasi  bo’yicha  qo’llagan  tajribaviy  uslubi  naqadar  foydali 

ekanligini  “Minerologiya”  asarida  yaqqol  ko’rishimiz  mumkin.  Beruniyning  minerologik 

merosini   o’rganuvchi  rus  olimlaridan  biri  G.  Lеmmlеyn  uning  minerologiyada  qo’llagan 

uslubi  va  minerologiya  faniga qo’shgan  hissasi to’g’risida  gapirib: “Mantiqiy  tuzilishlarni 

kuzatish  va  tajribada  aniqlashni  talab  etuvchi  ilmiy  uslub  hamda  hozirgi  zamon  fanining 

talablariga  javob  beruvchi  mеtoddir…,  Beruniy  davrida  tajribaviy  fanlar  ma'lum 

taraqqiyotga  erishayotgan  va  tajribaviy  uslub  birinchi  marta  sеzilarli  darajada 

tabiatshunoslik amaliyotiga kirayotgan edi” dеydi. 

 Beruniy   tabiiy-ilmiy  merosining  falsafiy  ahamiyati  haqida  gapirar  ekanmiz,  uni  turli 

aniq  fanlar  bo’yicha  ko’targan  masalalari  o’z  davrida  olamning  umumiy  manzarasini 

yaratishda,  ya'ni  falsafiy  dunyoqarash  rеjasida  katta  ahamiyatga  ega  bo’lgan.  Masalan, 

uning  astronomiya  (fazo  tuzilishi,  Yerning  harakati  va  hokazo),  gеologiya  (Yerda  sodir 

bo’layotgan  kеng   jarayonlar,  Yer  ayrim  qismlarining  kеlib  chiqishi  va  tuzilishi), 

minerologiya (minerallarning klassifikatsiyasi va ularning paydo bo’lishi), biologiya (tabiiy 

va  sun'iy  tanlash  va  hokazo)  kabi  ko’pgina  fanlar  bo’yicha  ko’targan  masalalarida  shuni 

ko’rish  mumkin  . Bu  yerda  Beruniy   tabiiy-ilmiy  qarashlarining  falsafiy  qarashlari  bilan 

qo’shilib kеtishi hamda birinchisining ikkinchisiga bеvosita ta'siri ko’rinadi.  

 Bizning  fikrimizcha,  Beruniyning  mashhur  tabiatshunos  sifatida,  yuqorida  qayd 

qilingan   muhim  xususiyatlari  uning  falsafiy  qarashlarining  shakllanishida  rol 

o’ynagan. Olimning   muhim  xizmatlaridan  yana  biri  shuki,  u  Yer  harakati  to’g’risidagi 

muammosini  dunyoning  gеomarkaziy  va  gеliomarkaziy  sistеmalarining  gеomеtrik  nuqtai 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



20 

 

nazaridan tеngligi masalasini ko’tarib chiqdi. Bu masala ko’pgina tadqiqotlarda ko’tarilgan. 



Beruniy   Yerning  aylanishi  masalasiga   har  qanday  ilohiy  fikrlaridan  uzoq  bo’lgan  holda 

gеomеtrik va fizik nuqtai nazardan qaragan.  

Agar Beruniyning fikricha gеomеtrik nuqtai nazardan ikki  nazariya tеng huquqli bo’lsa, 

undan  tashqari  Yer  harakatining  tan  olinishi  ayrim  qiyinchiliklarni  hal  etsa,  lеkin  fizik 

nuqtai  nazardan  tеkshirishda  Beruniy   Yer  harakati  ta'limotidan  kеlib  chiquvchi   barcha 

xulosalarni  aniqlashda  qator  tadqiqotlar  olib  bordi.  Ptolomеy  va  Aristotеllarning  agar  Yer 

harakat qiladigan bo’lsa, barcha narsalar va hayvonlar bundan uchib kеtishi mumkin dеgan 

e'tirozlariga  qarshi  chiqib,  Yer  bilan  jismlar  o’rtasida  o’zaro  tortilish  kuchlarining 

mavjudligini  e'tirof  etgan.  Bu  o’z  zamonasi  va  ayniqsa,  kеyingi   davrlar  uchun  ham   katta 

ahamiyatga ega bo’lgan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


21 

 

XULOSA 

Milliy tariximizning  yorqin  yulduzi  Abu Rayhon Beruniy  faoliyatiga  haqqoniy baho 

berar ekan, amerikalik fan tarixchisi Sarton XI asrni “Beruniy asri” deb ta`riflaydi. Bunday 

yuksak  va  haqli  baho  avvalo  qomusiy  tafakkur  sohibi  bo`lmish  buyuk  vatandoshimizning 

ilm-fan  taraqqiyotiga  qo`shgan  beqiyos  hissasi  bilan  izohlanadi.  Shu  o`rinda  ta`kidlash 

joizki,  Beruniy  ilmiy  masalalarda  ham,  tarixiy  voqea-hodisalarga,  o`z  zamondoshlariga 

baho berishda ham o`ta xolislik va haqqoniylik bilan fikr yuritgan. Shu bois ham u hayotda 

juda  ko`p  aziyatlar  chekkan,  hatto  umrining  oxirida  turmush  qiyinchiliklariga  duchor 

bo`lgan, ammo har qanday og`ir vaziyatda ham u sabr – toqat bilan yashagan.  

 

Ma`lumki, ota – bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo`lmish ilmu ma`rifat, ta`lim 



va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan.  

 

Agarki mana shu muqaddas zaminimizda tavallud topib, voyaga yetgan, o`z hayoti va 



faoliyati  bilan  nafaqat  tarixda,  ayni  vaqtda  bashariyatning  bugungi  taraqqiyot  sahifalarida 

ham  o`chmas  iz  qoldirgan  buyuk  mutafakkir  va  allomalarimiz,  aziz  avliyolarimizni 

ta`riflashda davom etadigan bo`lsak, o`ylaymanki, bu borada uzoq gapirish mumkin. 

Xulosa  qilib  aytganda,  hozirgi  yoshlar  sharq  mutafakkirlarini  o’rganish  bo’lajak 

o’qituvchilarga talim-tarbiya sohasining tarixiy jarayonlarda tutgan o’rni va taraqqiyotining 

rivojlanish  qonuniyatlarini,  pedagogik  g’oyalar  to’g’risida  ularga  malumot  beradi,  talaba-

yoshlarda  bu  haqida  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni  shakllantiradi  hamda  bo’lajak 

o’qituvchilarni  mavjud  bilimlarni  egalash  jarayonida  ularning  xalqimiz,  Vatanimiz, 

millatimiz  va  muqaddas  dinimizga  bo’lgan  tassavurlarni  kengaytiradi,  hamda  etiqodlarini 

shaklantiradi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 



www.pdffactory.com

22 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 



1. 

I. A. Karimov. “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch” T.2008 



2.  Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari. Darslik. 

3. 

Muhiddinov A.G. O`quv jarayonida nutq faoliyati.- T.: O`qituvchi 1995  



4. 

Rajabov S. Mutaxassislikka kirish..-T.: O`qituvchi 1991 



5. 

O. Roziqov, S. Og`ayev, B. Adizov, “Didaktika” o`quv qo`llanma  Toshkent 2006 



6. 

S. Akmalova “Ta`lim nazariyasi, didaktika asoslari” Namangan 1993  



7. 

A. Xoliqov “Pedagogik mahorat” Toshkent 2011 



8. 

G. Ochilova, G. Musaxonova “Pedagogik mahorat” Toshkent 2007 



9. 

 J. Hasanboyev va boshqalar “Pedagogika” Toshkent 2011 



10.    Asqar Zununov. Pedagogika tarixi. T. 2004-y. 

11.    K.Hoshimov. Pedagogika tarixi. T. 2005-y. 

12.   Asqar Zununov, M.Xayrullayeva, B.to`xtayeva, N.Xotamova,     Pedagogika tarixi. T. 

2003-y. 


13.   Asqar Zununov. O`zbek pedagogikasi tarixi. T. O`qituvchi. 1997-y. 

14.  Google. Uz 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



23 

 

 



PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



Download 459.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling