Mevali bog‘larga zarar keltiruvchi kanalar
Download 18.06 Kb.
|
3 мавзу
MEVALI BOG‘LARGA ZARAR KELTIRUVChI KANALAR O‘rgimchakkanalar. Mevali daraxtlarga o‘rgimchakkanalarning ko‘plab turlari zarar yetkazishi mumkin. Tuzilishi va hayot kechirishi bo‘yicha ular 2 oilaga bo‘lingan. Birinchilari 4 juft oyoqli kanalar bo‘lib, tetranix (Tetranychidae) oilasi, ikkinchilari 2 juft oyoqli kanalarga (Eriophyidae oilasi) mansubdir. Tetranixid kanalar nisbatan yirikroq mavjudodlar bo‘lib, yetuk zotlarining bo‘yi 300-800 mkm (mikron) keladi, 2 juft oyoqlilari esa juda mayda, ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Ularning kattaligi 150-300 mkm bo‘lib, faqat 15-20 marta kattalashtirib qaragandagina ko‘rish mumkin. O‘zbekistonda tetranixid kanalardan mevali daraxtlarda quyidagi turlar uchraydi: oddiy o‘rgimchakkana, do‘lana kanasi, bog‘ o‘rgimchakkanasi va boshqalar. Ikki juft oyoqli kanalardan esa quyidagi turlar uchraydi: shish hosil qiluvchi nok kanasi hamda olma zang kanasi. Bulardan tashqari, qo‘shni davlatlarda bir qator boshqa turlari bor, ular O‘zbekistonga ham kelishi mumkin: shaftoli barg kanasi (Aculus cornutus Banks), nok zang kanasi (Epitrimerus pyri Nal.), shish hosil qiluvchi olxo‘ri kanasi (Acalitus phloeocoptes Nal.) va boshqalar. Oddiy o‘rgimchakkana – Tetranychus urticae Koch. Hamma yerda uchraydigan hammaxo‘r zararkunanda. U ko‘pgina past bo‘yli o‘simliklardan (g‘o‘za va boshqa ekinlar) tashqari juda ko‘p turli daraxtlarni ham zararlaydi. Daraxtlardan ayniqsa olma, gilos, olcha va olxo‘ri daraxtlarini ko‘p zararlaydi. Rivojlanish xususiyatlari. Oddiy o‘rgimchakkana bog‘larda yakka yashamaydi – u bir qator boshqa turlar (do‘lana kanasi hamda bog‘ o‘rgimchakkanasi) bilan aralashib hayot kechiradi. Ularning hammasi otalangan urg‘ochi zot shaklida qishlab chiqadi. Bahorda olma daraxtlari gullab bo‘lgan davrda uyqudan chiqib yangi barglarning ostki tarafiga tuxum qo‘yishni va rivojlanishni boshlaydi. Mavsumda 11-13 bo‘g‘in beradi. Kuzda kunlar qisqarib havo harorati pasayishi bilan va oziqa manbai yomonlashgach, sekin-asta qo‘ng‘ir va qizil tusli kana zotlari paydo bo‘la boshlaydi va qishlashga ketadi. Zarari. O‘rgimchakkanalar bilan zararlangan daraxt iyul-avgust oylarida ko‘pincha bargsiz holatga kelib qolishi mumkin, chunki zararlanish oqibatida barglar sarg‘ayib to‘kilib ketadi, umuman daraxt qiynalib, hosili mayda, sifatsiz va kam bo‘lib qoladi, hosildorlik 35-70% gacha kamayishi mumkin. Do‘lana kanasi – Amphitetranychus viennensis Zacher. Uning hayoti ham oddiy o‘rgimchakkanaga o‘xshash, ammo u ko‘proq daraxtlarda yashaydi (olma, nok, olxo‘ri, gilos, olcha, shaftoli, o‘rik), g‘o‘zani umuman shikastlamaydi. Ta’rifi. U yirikroq (550 x 300 mkm) kana bo‘lib, rangi to‘q qizil. Yelka tomonida 6 qatorda taram-taram bo‘lib 12 juft mayda tukchalar kichikroq chuqurchalarda joylashgan. Yumaloq (150 mkm) tiniq tuxumlari o‘rgimchak iplariga osilgan bo‘ladi. Hayot kechirishi. Otalangan urg‘ochi zoti o‘simlik qoldiqlari hamda po‘stloqlar orasida qishlab chiqadi. Bir yilda 7-9 ta bo‘g‘in beradi. Bitta urg‘ochi zot 40 kunga yaqin yashab, shu davrda 150-160 ta tuxum qoldiradi. Zararkunandaning eng ko‘p soni iyul-avgust oylarida kuzatiladi, havo harorati 150 dan pasayishi bilan qishlovga tayyorgarlik ko‘radi. Zarari. Do‘lana kanasining zarari yolg‘iz o‘zi shikastlaganda yoki boshqa turlar bilan birgalikda ifodalanganda ayniqsa olmada kuchli namoyon bo‘lib, o‘rgimchakkanalarga xos holda o‘tadi. Bog‘ o‘rgimchakkanasi – Schizotetranychus pruni Oudms. Hammaxo‘r, ammo olma, gilos, olcha, olxo‘ri hamda tok barglarini kuchliroq zararlaydi. Janubiy Qozog‘iston, Kavkaz orti va O‘rta Osiyo davlatlari hududlarida tarqalgan. Ta’rifi. Birmuncha maydaroq (400x200 mkm), cho‘zilgan tur bo‘lib, rangi yozda – yashil-sariq, qishlaydigani esa to‘q sariqdan qizig‘ishgacha, yelkasida 13 juft tukchalari ko‘ndalang qatorlarda joylashgan. Tuxumi yumaloq (110 mkm), tiniq, loyqa-sariq tusda. Hayot kechirishi. Otalangan urg‘ochi zotlari daraxt po‘stloqlarida qishlab chiqadi. Bahorda daraxt barglari yozila boshlashi bilan uyqudan chiqib qo‘shimcha oziqlanadi. Qolgan umri (40-60 kun) ichida jami o‘rtacha 50 dona tuxum qo‘yadi va yangi bo‘g‘inni boshlab beradi. Bir mavsumda 7-10 ta bo‘g‘in berib rivojlanadi. Qishlashga ketish avgustdan boshlanib, 2- 2,5 oy davom etadi. Shish qo‘zg‘atuvchi nok kanasi – Eriophyes pyri Pagst. To‘rt oyoqli kanalarning Eriophyidae oilasiga mansub. Nok, olma, behi, do‘lana va boshqa daraxtlar bilan oziqlanadi. O‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Sibir, G‘arbiy Yevropa, Afrika, Avstraliya va boshqa nok yetishtiruvchi joylarda uchraydi. Ta’rifi. Nok kanasi juda mayda, uzunligi 230 mkm keladi (lupasiz ko‘rinmaydi), tanasi chuvalchangsimon cho‘ziq, qornida ko‘ndalang egatlar, orqa tomonida qator-qator do‘m-boqchalar bor. Hayot kechirishi. Nok kanasi yetuk zot shaklida kurtaklar yonida yoki po‘stlog‘i ostida to‘planib qishlab chiqadi. Mart-aprel oylarida havo harorati 10° dan oshganda chiqib oziqlana boshlaydi. Yangi una boshlagan kurtak barglarini so‘rishi natijasida barglarning yuqori tomoni qavarib, ostki tomonida 2-3 mm li gall (shish) hosil bo‘ladi. Shishlarning ichi kovak bo‘lib, bargning ichki tomonidagi kichkina yumaloq teshik yordamida tashqariga tutashadi. Kanalar gallning ichida oziqlanib ko‘payadi. Kelgusida mayda gallar qo‘shilib, o‘ziga xos qora dog‘lar hosil qiladi. Nok kanasi mavsumda 4-5 ta bo‘g‘in berib ko‘payadi. Kana populyatsiyasida erkak zotlari kuzga tomon ko‘paya boradi va avgustga borib umumiy soniga nisbatan 14-20% ni tashkil etadi (Vasilev, Livshis, 1984). Zarari. Shish hosil qiluvchi nok kanasining zarari tu-fayli daraxt barglari va mevalarining ko‘p qismi yetilmasdan to‘kilib ketadi. Hosildorlik ba’zan yarmiga kamayib ketishi mumkin. O‘rgimchakkanalarga qarshi kurash usullari. 1. Oldini olish tadbirlari (agrotexnik tadbirlar). 2. Daraxtlarni sog‘lom va baquvvat qilib o‘stirish. 3. Kanalar ko‘paya boshlagan davrda nissoran kabi ta’sir etish xususiyatiga ega preparatlarni, qiyg‘os ko‘payganida esa danadim, benzofosfat, karate, talstar, omayt, neoron kabi insektoakaritsid yoki akaritsidlar qo‘llaniladi Download 18.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling