Sabzavot ekinlarining zararkunandalari -kerakli jihozlar


Download 0.8 Mb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1535463
  1   2   3   4
Bog'liq
Sabzavot ekinlarining zararkunandalari


Sabzavot ekinlarining zararkunandalari
-Kerakli jihozlar: lupa, hasharotlar kolleksiyalari, tarqatma material.
O‘rganish ob’ektlari: Har xil hasharotlarning kolleksiyalaridan foydalanamiz.
Ishning bajarish tartibi: Pomidor zang kanasi juda mayda, oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan bo‘g‘imoyoqli jonivor bo‘lib, nimfasi 100 mk (mikron), etuk zoti esa – 135-160 mk keladi. Rangi tiniqdan sarg‘ishgacha. Tanasi cho‘ziq, silindrsimon, orqa uchi torayib tukchalar bilan yakunlangan, 2 juft oyoqlari bor (49-rasm).
Hayot kechirishi. Pomidor zang kanasi yil davomida rivojlanishi ham mumkin. Bunda ochiq erdagi ekinlardan kuzda issiqxonalarga o‘tib rivojini davom etadi. Ko‘p qismi yozda qaerda rivojlangan bo‘lsa, o‘sha erda qishlab qoladi. Bunda erning ustki qatlamida, xascho‘plar orasida nimfa holatida qishlaydi. Zararkunanda uchun eng maqbul sharoit – bu havo haroratining 25-30°S, namligining esa 30-40% bo‘lishidir. Ushbu sharoitlarda kana rivojlanishining bir bo‘g‘ini 7 kunda ado etiladi. Bir mavsumda kana 15 dan 25 ta-gacha bo‘g‘in berishi mumkin, shulardan 10-15 tasi iyun-avgustda o‘tadi.
Zarari. O‘tkazilgan maxsus tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, pomidor zang kanasi asosan pomidor va kartoshkada bemalol va tez rivojlanadi. Undan keyingi o‘rinlarni qora va qizil ituzum, qo‘ypechak va baqlajon egallaydi. Qolgan ekinlarda zang kana rivojlana olmasligi tasdiqlangan.
Kana o‘simlik barglarining ham ustki, ham ostki tarafini bosishi mumkin. Dastlab o‘simlikning pastki barglari, novdalari zararlana boshlaydi. U asta-sekin yuqoriga tarqab ketadi. Zararlangan novda qo‘ng‘ir tusga ega bo‘lib silliqlashadi, barglarida esa sariq dog‘lar paydo bo‘lib, umumiy tusi qo‘ng‘ir bo‘la boshlaydi. Zararlangan gul va mayda meva nisho-nalari hamda barglari qurib to‘kilib ketadi, yirik mevalarning yuzida to‘r singari rasm paydo bo‘lib, tirishib yoriladi.
Bunday mevaning sifati va ko‘rinishi yo‘qoladi, qisman chiriy boshlaydi. Qattiq zararlangan o‘simlik hosili 100% nobud bo‘ladi. Ayniqsa iyul-avgust oylarida pomidor va kechki kartoshka ko‘p talofat ko‘radi.
Kartoshkaning ham novdalari silliqlashib, qo‘ng‘ir tusga kiradi, barglari (pastdan boshlab) quriydi, sarg‘ayadi va vaqtidan ilgari qurib, hosil bermaydi. Zararlangan o‘simlik mevalarida (pomidor, kartoshka) sifat ko‘rsatkichlari o‘zgaradi: nordonligi 32-35% ga ko‘payadi; tarkibidagi quruq moddalar kamayadi: qand moddasi 45-72% ga, askorbin kislotasi 41-61,8% ga, karotin 12-70% ga, quruq oqsil 52-39% ga.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling