Mezoniy tushunchalarning inson kamolotiga ta'siri qanday?
Download 14.36 Kb.
|
14-mashq
Mezoniy tushunchalarning inson kamolotiga ta'siri qanday? Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog’liq. Zero axloqiy tarbiya insonning shaxs bo’lib yetishuvini ta'minlaydigan uzluksiz jarayonlaridan biri. Unda individ axloqiy qadriyatlarni anglab yetadi, o’zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi, axloqiy tamoyillar va me'yorlar asosida yashashga o’rganadi. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri-qanday yashamoq kerak, ikkinchisi - nima qilmoq-u, nima qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy ko’rinishidir. 2. Axloqning mezoniy tushunchalarini sharxlang? Mezoniy tushunchalarda axloqning eng muhim tomonlari va elementlari umulashgan holda o'z ifodasini topadi. Axloq kategoriyalarining o'ziga hos hususiyatlari , shaxs bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatning ma'lum tomonlarini aks ettirishidir. Axloq tamoyillari keng va tor ma'noda qaraladi,keng ma'noda umumiylikni , masalan ezgulik, adolat tushunchalarida qo'llanilsa , tor ma'noda burch, vijdon kabi tushunchalar axloqiy munosabatlarni shaxsning ichki dunyosi orqali aks ettiradi. Axloqshunoslikning asosiy kategoriyalari ezgulik , yovuzlik, yaxshilik , yomonlik, . Yaxshilik- insoniyat baxt saodati ezgu niyatlarining axloqiy tamoyillarini ifoda etadi. Yaxshilik ijtimoiy hodisalarni axloqiy hatti harakatni , xulq atvor prinsip qoidalarni muayyan sinf , jamoatchilik yoki ayrim kishilar nuqtai nazaridan ijobiy baholari majmuini anglatadi. Yomonlik- kishilar maqsadiga , ular ezozlaydigan narsalarga zid keladigan , baxtga erishishga odamlar orasidagi munosabatlarda ijobiy o'zgarishlarning qaror topishiga xamda insonning kamol topishiga to'sqinlik qiladigan hamma narsalar haqidagi tasavvurlar ifodalanadi. 3. Axloqiy tamoyillarning o’ziga xos xislatlari nimada? Axloqning tamoyillari Insonparvrlik , erksevarlik ziyolilik mexnatsevarlik mexmondo'stlik, Bag'rikenglik millatparvarlikAloqning o'ziga hos hislatlari _ inson axloqiy qadriyatlarini tushunishga o'z subyektiv fikrini ham qo'shadi , lekin yaxwilik va yomonlik haqida , buni u hohlaydimi yo'qmi u muayyan sharoitda mavjud bo'lgan axloqiga muvofiq fikr chiqaradi . Yaxshilik va yomonlikning subyektiv tomoni ayrim shaxslarning o'z hatti harakatlari va boshqalarning xulqi haqidagi fikrlaridan iboratdir . Yaxshilik va yomonlik tushunchalarini ezgulik va yovuzlik tushunchalaridan farq qilishi lozim . Ezgulik va uning ziddi yovuzlik odatiy , kundalik xayot mezonlari bilan o'lchanmaydi ular ko'p qarovli va ijtimoiy hususiyatga ega . Ezgulikning axloqiy ideal bilan bog'liqligi xam shunda . Yaxshilik esa insonning shaxsning odobiga , xulqiga bog'liq bo'lgan ijobiy xodisa . Zero unda mardlik ochiqko'ngillik , xalollik singari axloqiy meyorlari tajassum topadi . Biroq u qaxramonlik jasorat vatanparvarlik kabi tamoyillarga ko'tarila olmaydi. Download 14.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling