Microsoft Word Duo ibodatning magâ•Žzidir
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Duo ibodatning mag\'zidir Kobulov Oyatulloh pdf
@diplom_ishlari telegram kanali O'ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI Andijon “Sayyid Muhyiddin maxdum” o`rta maxsus islom bilim yurti 4-kurs 64-guruh talabasi Kobulov Oyatillohning Tafsir fanidan “Duo ibodatning mag`zidir” mavzusida yozgan MUSTAQIL ISHI Andijon – 2017 @diplom_ishlari telegram kanali 2 REJA: I. Muqaddima II. Duo ibodatning mag’zidir 1. Duoning fazli. 2. Duoning qabul bo’lish shartlari va odoblari. III. Qur`onda kelgan Payg’ambarlarning duolari 1. Nuh alayhissalomning duolari. 2. Ibrohim alayhissalomning duolari. 3. Lut alayhissalomning duolari. 4. Yusuf alayhissalom duolari. 5. Shuayb alayhissalomning duolari. 6. Ayyub alayhissalomning duolari. 7. Muso alayhissalomning duolari. IV Xulosa. V. Foydalanilgan adabiyotlar @diplom_ishlari telegram kanali 3 I. Muqaddima Bandalariga zikr va duolar eshigini ochib qo’ygan Haq taologa Uning ulug’ligiga yarasha hamd-u sanolar bo’lsin! Ummatlariga zikr va duolarda namuna bo’lgan Rasulimiz va habibimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovot-u durudlar bo’lsin! O’z dindoshlariga Qur’oni Karim va hadisi shariflardagi zikr va duolar haqidagi ta’limotlarni omonat ila naql qilgan sahobai kiromlarga Alloh taoloning roziligi bo’lsin! Inson hamisha yaratgan parvardigoriga muhtoj, uning rahmat va mag’firatiga umidvor. Odamzod hayotdagi turli xil voqea-hodisalar, mushkullik va sinoatlar, balo- ofatlar qarshisida ojiz qolganida darrov duoga qo’l ochadi, Rabbiga iltijo qilib, undan madad va najot so’raydi. Duo ham bir ibodat, insonning Alloh bilan orasini bog’lovchi bir rishta. Duo – butun olamlarning Parvardigorini zikr etish va bu orqali Uning roziligini topish, savob va ajrga musharraf bo’lish. Mo’minlarning tiriklar va o’liklar haqqiga qilgan duolari Alloh huzurida maqbul va mahbubdir. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat etadi: “Bas, Meni eslangiz, sizni eslayman. Va Menga shukr qilingiz, kufr qilmangiz” (Baqara surasi, 152-oyat). “Agar bandalarim sendan Meni so'rasalar, Men, albatta, yaqinman. Duo qilguvchi duo qilganda, ijobat qilurman” (Baqara surasi, 186-oyat). Yana bir oyati karimada Alloh taolo aytadi: “Rabbingizga qo’rquv va umid ila duo qiling. Shubhasiz, Allohning rahmati yaxshilik qiluvchilarga yaqindir” (A’rof surasi, 56-oyat). Duo ham bir ibodat bo’lib, u inson bilan Allohning orasini bog’laydi. Inson o’z hayotidagi hodisalar va mushkulliklar qarshisida ko’pincha ojiz qolib, duoga qo’l ochadi va shu orqali Allohga iltijo qilib, undan madad so’raydi. Bu bilan Alloh huzurida bandalikni, qullikni bo’yniga oladi. Duo qilmoqning, Allohni zikr etmoqning fazilatlari haqida Alloh taolo Qur’oni majidning Baqara surasining 152-oyatida shunday marhamat qiladi: “Bas, Meni eslangiz, sizni eslayman. Va Menga shukr qilingiz, kufr qilmangiz”. A’rof surasining 56-oyatida esa shunday marhamat qiladi: “Rabbingizga qo’rquv va umid ila duo qiling. Shubhasiz, Allohning rahmati yaxshilik qiluvchilarga yaqindir”. @diplom_ishlari telegram kanali 4 Duo tirikka ham, o’likka ham kerak. Marhumlar haqida so’ralganida hazrati Payg’ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): “Marhumlaringizga hadyalar beringiz yoki jo’natingiz”, deganlar. “Ey Allohning rasuli, bu hadya nima bo’lishi mumkin?”, deb so’rashdi. Rasuli akram (sollallohu alayhi vasallam): “Duolar”, deb aytdilar. Duolar boshga tushgan musibatni daf qiladi, kelajakda kelishi mumkin bo’lgan balolarning oldini oladi, dunyo va oxirat ne’matlariga erishishda foydasi tegadi. Oyati karima va hadisi shariflarda bir mo’minning boshqa bir mo’min birodariga, farzandning ota-ona haqqiga, ota-onaning farzandga qilgan duosining foydalari zikr etilgan. Musulmonning duosi hech qachon rad etilmaydi. Alloh taolo uning tilagi narsasini darhol yoki kechroq ato etadi, yoki oxiratga qoldiradi yoxud undan bir yomonlikni, boshiga kelayotgan bir baloni daf etadi. Duolarning qabul bo’lishi esa bandasining iymoniga, Allohning amr va taqiqlariga qanchalik amal qilayotganiga, ixlos va xulqiga bog’liqligini unutmaslik kerak. Bu risolada Allohning bandalariga qanchalik yaqinligi, ulardan qanday duo istashi, qanday duo qilish Allohga xush kelishi, duo qilish ilmi va odobi bayon qilinadi. Duoning ahamiyati Qur'onda Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Agar duo- iltijolaringiz bo'lmasa, Robbim sizlarga hech parvo qilmas edi”, dedi. (“Furqon” surasi, 77-oyat) Allohga duo qilishda, unga yaqin bo'lish-da hech qanday chegara yo'q. Duo Alloh bilan bandani bog'lovchi vosita, Allohga bog'lanish, unga iltijo qilish ehtiyoji esa insonning fitratida bor. Mo'minlar uchun duo hayotlarining ajralmas qismi va tabiiy ehtiyoji. Ba'zilar uchun duo juda mushkul ahvolda qolganda, qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz kelganda esga olinadigan ibodatdir. Albatta, bu Allohga xush kelmagan holat. Allohga maqbul bo'lgani osonchilikda ham, qiyinchilikda ham birdek duoda bardavom bo'lishdir. Qur'onda samimiyat bilan duo qilish yo'llari atroflicha bayon qilingan. Qur'onning 209-oyatida duo mavzusi tilga olingan. Shuning o'zi duoning qanchalik muhim ibodat ekanidan dalolatdir. Chaqirish, nido qilish, istash, yordam so'rash ma'nolarini bildirgan duo, Qur'onga ko'ra bandaning butun vujudi bilan Allohga iltijosi yoki imkoniyatlari cheklangan mavjudod insonning, hamma narsaga qodir Zot qarshisida ojizlik bilan munojot qilishidir. Allohga iymon keltirgan har bir kishining duo qilishi bir haqiqat. Faqat ba'zilar duoni so'nggi chora sifatida, barcha imkoniyatlarni ishga solib, o'ylagani amalga oshmagandan keyingina qo'llashi lozim bo'lgan imkon sifatida ko'rishadi. Bundaylar qiyin ahvoldan chiqgach, boshlariga yana bir mashaqqat tushmaguncha Allohni yod etish hayollarining chetidan ham o'tmaydi. Ayrim toifa odamlarning esa duo haqida tushunchalari juda yuzaki. Ularning nazdida duo bolalikdan e'tiboran oilaning yoshi ulug' a'zosi tomonidan o'rgatiladigan jumlalardir. Aslida qanday duo qilish kerakligi risolamizdan ma’lum bo’ladi. @diplom_ishlari telegram kanali 5 II. Duo ibodatning mag’zidir Duoning fazli Avvalo, duoning ma'nosini bilib olaylik. «Duo» so'zi arab tilida chaqirish, so'rash ma'nolarini anglatadi. Ko'pincha duo qilish hamda bi-ron narsani talab qilish ma'nolari bir-biriga aralashib ketadi. Shuning uchun talab nima-yu, duo nima ekanligini aniq bilib olish alohida ma'no kasb etadi. Talab — so'rovchi nutq qiladigan lafzning vasfidir. «Menga tilagan narsamni bergin» kabi. Duo esa, so'rovchida paydo bo'ladigan nafsiy holatdir. Mazkur nafsiy holat ikki narsa bilan: qalb va hislarning uyg'oqligi hamda ularning har birining siniqlik va xokisorlik ila Alloh taologa yuzlanishi bilan va yana duo qiluvchining o'zi qilgan gunohlar uchun Alloh taologa sidqidildan tavba qila boshlashi bilan bo'ladi. Ha, duo qilinayotgan paytda qalb va hislarning uyg'oqligi hamda ularning har birining siniqlik va xokisorlik ila Alloh taologa yuzlanishi bo'lmasa, odatga ko'ra ikki qo'lni ko'tarib tilga kelgan talab so'zlarini takrorlayotgan bo'ladi. Bundoq vaqtlarda qalb g'ofil bo'lishi, tilda bir gap, xayolda esa, boshqa gap bo'lishi ham mumkin. Albatta, bu holatni duo deb bo'lmaydi. Bas, shundoq ekan, bu ishni qilayotgan odamni «Falonchi Alloh taolodan so'ramoqda», deyishimiz mumkin. Ammo «Falonchi Alloh taologa duo qilmoqda», deya olmaymiz. Ko'pchilik biror narsaga erishmoqchi bo'lsa, turli duolarni o'rganib, yod oladi. Ularni takror-takror o'qib, Alloh taolodan o'z tilagini so'raydi. Ammo so'ragan narsasiga yetisha olmay yuraveradi, chunki u haqiqiy duo qilgani yo'q. U so'rash bilan band. Duo deb ataladigan nafsiy holatga erishgani yo'q. Shu bilan birga, u o'zi qilgan gunohlar uchun Alloh taologa sidqidildan tavba qilishni boshlagani ham yo'q. Balki gunoh qilishda davom etayotgan bo'lishi ham mumkin. Axir biror odamdan bir narsani so'raydigan odam o'sha beruvchiga nisbatan beodoblik sodir etgan bo'lsa, avval mazkur beodoblik uchun uzr aytib turib, keyin so'rovini so'raydi-ku!? Nima uchun Alloh taologa gunoh qilgan banda U Zotdan uzr so'ramay turib, yana so'rovini so'rashi kerak? Alloh taologa osiy bo'lib turib, yana qandoq qilib U Zotdan «Menga falon narsani ber» deya talab qila oladi?! Shuning uchun ham ba'zan o'zi haqida qilgan duosi qabul bo'lgan kishilarning ko'pchilik uchun qilgan duolari qabul bo'lmaydi. Chunki bu kishining o'zi tavbani yaxshi qilib, duoni ixlos bilan qilgan bo'ladi. Ammo ko'pchilikning ichida gunohga botib, bunga parvo ham qilmay yurgan kimsalar bo'lishi mumkin. Ba'zilar: «Odamlar Allohdan so'raydilar, ammo Alloh ularga hech narsa bermasligi yoki so'ramagan narsalarini berishi ham mumkinmi?» deb so'raydilar. Bu savolga uchta javob bor. @diplom_ishlari telegram kanali 6 Birinchidan: Duoni ijobat qilish haqidagi oyat so'rovchiga bir narsa berishni o'z ichiga olmagan, balki bu oyat duo qiluvchining duosi ijobat qilinishini o'z ichiga olgan. Duo qiluvchi esa so'rovchidan ko'ra umumiyroq ma'nodagi shaxsdir. Shuning uchun ham duoni ijobat qilish so'rovni berishdan ko'ra umumiyroqdir. Ushbu farq tufayli Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: «Har kecha Robbimiz dunyo osmoniga tushadi va «Kim Menga duo qiladi, Men unga ijobat qilsam, kim Mendan so'raydi, Men unga ato qilsam, kim Menga istig'for aytadi, Men uni mag'firat qilsam», deydi» («Irvoul G'aliyl», 449-bet), deganlar. Ushbu hadisda Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam duo qiluvchi bilan so'rovchining, ijobat bilan atoning orasini farqlamoqdalar. Ikkinchidan: Duoning ijobat qilinishi so'ralgan narsani berishdan ko'ra keng va umumiydir. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam buni imom Muslim «Sahih»ida rivoyat qilgan hadisda bunday tafsir qilganlar: «Qaysi bir odam gunoh aralashtirmasdan, qarindoshlik aloqasini uzmay turib duo qilsa, albatta Alloh taolo unga buning sababidan uch xislatdan birini beradi: Uning so'raganini tezda beradi. So'ralgan narsaning mislicha yaxshilikni uning uchun saqlab qo'yadi. So'ralgan narsaning mislicha yomonlikni undan burib qo'yadi», deganlar. Shunda odamlar: «Ey Allohning Rasuli, undoq bo'lsa (duoni) ko'paytiramiz», dedilar. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Alloh ko'paytiruvchiroqdir», dedilar». (Ahmad, Hokim rivoyat qilishgan. Zahabiy sahih, degan). Uchinchidan: Albatta, duo talab qilingan narsaga erishishni taqozo qiluvchi sababdir. Sababning esa, o'z shartlari va man qiluvchi omillari bor. Qachon shartlar hosil bo'lib, man qiluvchi omillar yo'q bo'lsa, talab qilingan narsaga erishiladi. Agar undoq bo'lmasa, maqsadga erishilmaydi. Ba'zan esa, duo qiluvchi uchun xayrliroq bo'lgan boshqa natija hosil bo'lishi ham mumkin. Alloh taolo duolarni ijobat va hojatlarni ravo qiladi. Jumhuri musulmonlar va boshqa din ahllari ham duo manfaatni jalb va zararni daf qilish uchun eng kuchli sabablardan ekaniga ishonishadi. Alloh taoloning musulmon bo'lsin, kofir bo'lsin, bandasining duosini ijobat qilib, unga so'raganini berishi, rizq va yordam berishi shu jumladandir. Imom Ibn Moja «Sunan» kitobida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohdan so'ramasa, U Zot undan g'azablanadi», deganlar. @diplom_ishlari telegram kanali 7 Alloh taolo O'zining olti sifatiga dalolat qilgani sababidan duo qilishga amr qilgandir: 1. Vujud (borligi). Chunki yo'qqa duo qilinmaydi. Undan biror narsa so'ralmaydi. 2. G'aniyligi (boyligi). Chunki faqirga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so'ralmaydi. 3. Eshituvchiligi. Chunki karga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so'ralmaydi. 4. Karamliligi (saxiyligi). Chunki baxilga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so'ralmaydi. 5. Rahmat. Chunki rahmsizga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so'ralmaydi. 6. Qudrat. Chunki ojizga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so'ralmaydi. Duoni inkor qiluvchi ushbu olti sifatni inkor qiluvchidir. Undan g'ofil bo'lgan, olti sifatdan g'ofildir. Bilingki, sabablarga suyanib, duo qilmasliq tavhiddagi shirkdir. Sabablarni butunlay tan olmaslik akddagi nuqsondir. Sabablarni ishlatishdan yuz o'girish esa, ishlarni sabablarga bog'lab qo'ygan shariatga ayb qo'yishdir. Tavakkul va umidvorlik tavhid, aql va shariat vojib qilgan narsalardan iboratdir. Mo'min banda sabablarga tavakkul qilib (suyanib) ham qolmaydi, ularni behudaga ham chiqarmaydi. Balki Allohga tavakkul qilgan (suyangan) holda, sabablar Allohning irodasi va izni bilan natijali bo'ladi, deb harakat qiladi. Alloh taolo duolarni ijobat qilishiga dalil: 1. «Va Robbingiz: «Menga duo qilinglar, sizga ijobat qilurman», dedi» oyati (G'ofir, 60). 2. «Qachonki, bandalarim sendan Men haqimda so'rasalar, bas, albatta, Men yaqindirman. Duo qiluvchi duo qilganda duosini ijobat qilurman» (Baqara, 186). @diplom_ishlari telegram kanali 8 3. «Robbingizga tazarru' ila va maxfiy duo qiling. Zotan, U haddan oshuvchilarni sevmas» (A'rof, 55). Ushbu oyati karimada Alloh taolo mo'min bandalariga duo qilish odoblarini o'rgatmoqda. Duoda tazarru' — yolvorish va maxfiylik bo'lishi zarurligini ta'kidlamoqda. Xuddi shu ma'no Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida ham o'z ifodasini topgan. Imom Buxoriy va imom Muslim Abu Muso al-Ash'ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda quyidagilar bayon qilinadi: «Odamlar baland ovoz bilan duo qilgan edilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey odamlar, o'zingizga shafqat qiling, sizlar kar yoki g'aybga duo qilayotganingiz yo'q. Siz duo qilayotgan Zot eng yaxshi eshitguvchi va eng yaqin Zotdir», dedilar». Alloh taologa ibodatu duolarni tazarru' ila va maxfiy qilish xuddi shu oyati karimada ta'kidlanganidek, salafi solihlarimizning odatlariga aylangan edi. Imom Abdulloh ibn Muborak Hasan al-Basriyning quyidagi so'zlarini keltiradilar: «Agar bir kishi Qur'onni jamlagan bo'lsa ham, odamlarga bildirmas edi. Agar bir kishi fiqhdan juda ko'p narsani bilsa ham, odamlarga bildirmas edi. Agar bir kishi kechasi uyida uzundan-uzoq namoz o'qib chiqsa ham, mehmonlariga bildirmas edi. Biz shunday odamlarni ko'rdikki, maxfiy qilish imkoni bo'lgan ishni hech qachon oshkor qilmas edilar. Musulmonlar duoga ko'p urinar edilar. Tovushlari hech eshitilmasdi. Ularning duosi Robbilariga pichirlashdan iborat bo'lar edi». «Robbingizga tazarru' ila va maxfiy duo qiling», degani mana shu. Alloh taolo qilgan ishidan rozi bo'lib, maqtagan solih bandasi haqida: «Qachonki, Robbiga maxfiy duo qildi», degani ham shundan. 4. «Sen: «Robbim adolatga amr qildi. Har bir ibodatxonada yuzingizni to'g'ri tuting. Uning diniga ixlos etgan holda duo qiling. Sizlarni avvalda qanday yaratgan bo'lsa, o'sha holda qaytasizlar», deb ayt» (A'rof surasi, 29). Ushbu oyatda Alloh taolo habibi Muhammad sollallohu alayhi vasallamga yo'ldan ozgan fahsh ish qiluvchilar ota-bobolarini ro'kach qilib, Allohga tuhmat qilganlarida ularga qarata aytadigan gaplarini o'rgatmoqda: @diplom_ishlari telegram kanali 9 «Robbim adolatga amr qildi», siz qilayotgan fahsh ishlarga emas. Alloh oddiy insonning fikr, tasavvur va didiga xilof bo'lgan fahsh ishga amr qilishdan munazzahdir. U Zot faqat adolatga amr qiladi. Chunki adolat yo'li inson uchun salomatlik yo'lidir. «Har bir ibodatxonada yuzingizni to'g'ri tuting». Ya'ni, ibodatlarni Alloh ko'rsatganidek to'g'ri holda ado eting. Ibodatlarni haqqoniy va to'g'ri ado etish Qur'oni Karim va Sunnati nabaviyyada ko'rsatilgan. Har kim o'z bilganicha, otasi, ishboshisi yoxud piri aytganidek ibodat qilishi durust emasdir. «Uning diniga ixlos etgan holda duo qiling». Ya'ni, ibodatni yolg'iz va faqat yolg'iz Allohning O'ziga xolis niyat bilan qiling. Undan boshqaga ixlos qilish shirkdir. «Sizlarni avvalda qanday yaratgan bo'lsa, o'sha holda qaytasizlar». Ya'ni, ibtido va intiho bir xil bo'ladi. Bu dunyoga yalang'och holda keldingiz, undan yana yalang'och holda ketasiz. ِِّﱯﱠﻨﻟا ِﻦَﻋ ٍﲑِﺸَﺑ ِﻦْﺑ ِنﺎَﻤْﻌﱡـﻨﻟا ِﻦَﻋ ﷺ َلﺎَﻗ : َأَﺮَـﻗ ﱠُﰒ ُةَدﺎَﺒِﻌْﻟا َﻮُﻫ ُءﺎَﻋﱡﺪﻟا : ِﰐَدﺎَﺒِﻋ ْﻦَﻋ َنوُِﱪْﻜَﺘْﺴَﻳ َﻦْﻳِﺬﱠﻟا ﱠنِإ ْﻢُﻜَﻟ ْﺐِﺠَﺘْﺳَأ ِﱐﻮُﻋْدا ُﻢُﻜﱡﺑَر َلﺎَﻗ َﻦْﻳِﺮِﺧاَد َﻢﱠﻨَﻬَﺟ َنﻮُﻠُﺧْﺪَﻴَﺳ . َوَر َدُواَد ﻮُﺑَأَو ﱡىِﺬِﻣِّْﱰﻟا ُﻩا . Nu'mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Duo ibodatdir», dedilar va «Va Robbingiz: «Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, Mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar»ni qiroat qildilar». Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilishgan. Ushbu rivoyatda keltirilgan oyati karimada duo ma'nosi ibodat ma'nosi bilan bir xilda ishlatilmoqda. Shundan, «duo ibodatdir» ma'nosi kelib chiqadi. «Duo ibodatdir» degan ma'no boshqacha qilib aytganda, «Ibodat duodan boshqa narsa emasdir» degan ma'noni ifoda qiladi. Bu esa, duo ibodatning ko'p qismini egallashini mubolag'a bilan ifoda etishdir. Xuddi boshqa bir hadisda «Haj arafadir» deyilgani kabi. Bu iborada ijobat qilsa ham, qilinmasa ham duo ibodatdir ma'nosi ham bor. Chunki duo orqali banda o'zining ojizligini va muhtojligini izhor qiladi. Alloh taolo ijobatga qodir ekanini, baxil emas, balki karamli ekanini e'tirof etadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Duo ibodatdir» degan ma'noni ta'kidlash uchun Qur'oni Karimdan bir oyatni dalil qilib keltirdilar. «Va Robbingiz: «Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, Mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar», dedi» (G'ofir, 60). Allohga banda tomonidan qilinadigan duo va ibodat lug'atda bir xil ma'noni bildiradi. Duo va ibodat xoh so'zdan iborat bo'lsin, xoh amaldan, banda tomonidan Alloh taoloning roziligini izlashdir, iymon ila U Zotning roziligini so'rashdir. @diplom_ishlari telegram kanali 10 Duo va ibodat bandaning Alloh taolo huzurida hojatmand ekanini e'tirof etishidir. O'zining nochorligiyu ojizligini tan olishidir. Bu ishni faqat iymoni borlargina, qalb ko'zlari ochiqlargina, o'zining kimligini anglab yetganlargina, insof qilganlargina, qalbida Allohga nisbatan kibru havo bo'lmaganlargina qiladilar. Buni bandaga Allohning O'zi buyurgandir. «Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman». Menga ibodat qiling, qabul etaman, menga iltijo qilib, hojatingizni so'rang, so'raganingizni beraman, deydi Alloh taolo. Ojizligini, hojatmandligini e'tirof etib, duo qilayotgan Zotning jaloliga munosib odob-axloq bilan so'rash bandaning ishi, Qolgani esa, Alloh taoloning O'ziga havola. Hazrati Umar roziyallohu anhu: «Men ijobat tashvishini chekmayman, men duo tashvishini qilaman. Menga duo qilish ilhom etilsa, ijobat ham qilinadi», der ekanlar. Ha, Alloh O'ziga iymon bilan duo qilganlarning duosini ijobat etadi, ibodatlarini qabul qiladi. Ammo shu bilan birga: «Albatta, Mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar», dedi». Ammo o'zini bilmaganlar, Allohga duo qilishdan, ibodat etishdan kibr ila o'zlarini yuqori qo'yganlar, qalb ko'zi ko'r bo'lganlar jahannamga kiradilar. Kirganda ham, xoru zor bo'lib kiradilar. Agar ular Allohning ne'matlariga ibrat bilan qaraganlarida, U Zotning naqadar buyukligini anglab yetgan bo'lar edilar. Zinhor Allohning ibodatidan kibru havo qilmasdilar. ِِّﱯﱠﻨﻟا ِﻦَﻋ َةَﺮْـﻳَﺮُﻫ ِﰊَأ ْﻦَﻋ ﷺ َلﺎَﻗ : ِءﺎَﻋﱡﺪﻟا َﻦِﻣ َﱃﺎَﻌَـﺗ ِﷲ ﻰَﻠَﻋ َمَﺮْﻛَأ ٌءْﻲَﺷ َﺲْﻴَﻟ . َوَر ُﻢِﻛﺎَْﳊاَو ُﺪَْﲪَأ ُمﺎَﻣﻹاَو ﱡىِﺬِﻣِّْﱰﻟا ُﻩا . Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taoloning nazdida duodan ko'ra mukarramroq narsa yo'q», dedilar». Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilishgan. Parvardigori olamning huzurida eng ikrom qilingan narsa duodir. Shuning uchun banda ko'p duo qilishi lozimdir. Bu hadisdan duo barcha zikr va toatlardan afzal ekanligi anglanadi. Duo Alloh subhanahu va taolo huzurida mukarram, darajasi yuqori, qadri ulug' narsa hisoblanar ekan. Bas, uni qabul va ijobat qilishi ham shunga qarab bo'ladi. Shundan kelib chiqqan holda duo ikki qismdan iboratdir, deya olamiz. Til bilan so'rash va dil bilan so'rash. Til bilan so'rash dildagining tarjimasidir. Xuddi shu holat — dil bilan qasd qilish va uni til bilan tarjima qilish Alloh subhanahu va taolo uchun eng mukarram narsadir. Shuning uchun banda Alloh taologa ko'proq duo qilmog'i lozim. @diplom_ishlari telegram kanali 11 ِِّﱯﱠﻨﻟا ِﻦَﻋ ٍﺲَﻧَأ ْﻦَﻋ ﷺ َلﺎَﻗ : ِةَدﺎَﺒِﻌْﻟا ﱡﺦُﻣ ُءﺎَﻋﱡﺪﻟا . Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Duo ibodatning miyasidir», dedilar». Bundan duosiz ibodat, miyasiz ibodat bo'ladi, degan ma'no kelib chiqadi. Ibodatdan ko'zlangan asosiy maqsad Alloh sub-hanahu va taoloning roziligini topish, g'azabidan saqlanish bilan birga rizq va shifo so'rash kabi dunyoviy g'arazlarga ham erishishdir. Ibodatning mana shu jihatlarini duo deyish mumkin. Zotan, ibodatlarning eng asosiylaridan biri bo'lgan namoz arab tilida «solat» deyiladi va duo ma'nosini anglatadi. Bu ma'nodagi duo qalban bo'ladi. Ya'ni, so'rov tilga olinmasa ham qalbida turadi. Hadisi sharifning arabcha matnida biz «ilik» deb tarjima qilgan so'z «muxxun» lafzi ila kelgan. Bu so'z suyak ichidagi iliq bosh chanog'i ichidagi miya, ko'zning nozik joyi kabi har bir narsaning mag'zi, asosi bo'lgan narsalarni ifodalaydi. Bundan duo ibodatning mag'zi va xulosasi ekani chiqadi. Chunki odatda, odam bolasi ko'proq boshqa narsalardan umidi qolmaganda o'zini duoga uradi. Ana o'sha tavhidning va ixlosning haqiqatidir. Undan ustun bo'ladigan ibodat yo'qdir. Ibn Arabiy quyidagilarni aytadi: «Ilik a'zolarning quvvatidir. Duo ibodatning iligidir. U bilan obidlarning ibodati quvvatlanadi. Chunki u ibodatning ruhidir». ِِّﱯﱠﻨﻟا ِﻦَﻋ َةَﺮْـﻳَﺮُﻫ ِﰊَأ ْﻦَﻋ ﷺ َلﺎَﻗ : ِﻪْﻴَﻠَﻋ ْﺐَﻀْﻐَـﻳ َﷲ ِلَﺄْﺴَﻳ َْﱂ ْﻦَﻣ . Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohdan so'ramasa, U Zot undan g'azablanadi», dedilar». Ibn Mas'ud roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda «Allohdan U Zotning fazlidan so'rang. Chunki Alloh so'ralishni xush ko'radi» deyilgan. Kim Allohdan so'ramasa, Alloh unga g'azab qilishidan duo qilish banda uchun farzu vojib amallardan ekanini bilib olamiz. Banda o'zining bandaligini tan olib, o'zining kattayu kichik har bir hojatini haqiqiy Xojasi Alloh taolodan so'rab turishi lozim. Agar banda bundoq qilmasa, o'zini ham, Robbisini ham tanimagan bo'ladi. Albatta, Alloh taolo bundoq nobakor odamdan g'azablanishi turgan gap. Alloh taologa duo qilib, U Zotdan hojatini so'ramaslik takabburlik va istig'nodir. Bu ish bandaga to'g'ri kelmaydi. Duoning qabul bo’lish shartlari va odoblari. @diplom_ishlari telegram kanali 12 Imom Jaziriy (rohmatullohi alayh) o’z asarlarida duolar qabul bo’lishining quyidagi shartlarini zikr qilganlar: 1. Yeydigan, ichadigan, kiyadigan narsalari va yashaydigan yerlari haromdan bo’lmasligi lozim. 2. Duo paytida ixlosli bo’lishi zarur. 3. musulmonlarga qarshi bo’lmasligi kerak. 4. kiyimlari g’oyat toza bo’lishi darkor. 5. tahoratli bo’lishi lozim. 6. qiblaga yuzlangan holda qilishi zarur, 7. tiz cho’kib o’tirgan holda duo qilsin. 8. avval nafl namozi o’qimog’i darkor. 9. xayr-ehsonlar qilishi kerak. 10. kambag’allar va ilm toliblarini xursand qilsin. 11. duoni Alloh taologa hamd-sanolar bilan boshlamog’i lozim. 12. Hazrati payg’ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam)ga, barcha nabiylarga, as’hobi kiromga salovot-durudlar aytmog’i zarur. 13. Eng afzal salovot – namozdagi “Allohumma solli”, “Allohumma barik” ni qancha ko’p o’qisa, duosi shuncha tez qabul bo’ladi. 14. qo’llarini ko’ksi barobar ko’tarib, hovuchlarini ochib, kaftlarini birlashtirib duo qilmog’i darkor. 15. duo odobiga rioya qilmog’i kerak. 16. Alloh taologa xushu’ va xuzu’ bilan yolbormog’i lozim. 17. Alloh taoloning go’zal ismlari (Asmai husna)ni o’qib, tilagini tilamog’i zarur. 18. Xafif (muloyim) ovoz bilan Alloh taologa yolbormog’i kerak. 19. gunohlarni e’tirof etib, Allohdan afv va mag’firat so’rashi darkor. 20. payg’ambarlardan vorid bo’lgan sahih duolarni o’qimog’i lozim. 21. Duolarni takror-takror aytmog’i lozim. 22. tilagini qalb huzuri bilan so’rasin. 23. Duosini hamd-u sano va salovotu durudlar bilan yakunlamog’i kerak. 24. qo’llarini duodan so’ng yuziga surtsin. 25. va duosini qabul bo’lishini umid qilmog’i darkor. Shuni unutmaslik kerakki, hazrati Payg’ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) duoda dunyo va oxirat saodatini tilamoqni tavsiya etganlar. Imom Abu Homid G’azzoliy “Ihyou ulumid-din” kitobida duo odoblari o’ntadir, dedilar. Birinchisi: arafa kuni, ramazon oyi, juma kuni, kecha oxirining uchdan biri, sahar vaqti kabi sharafli paytlarni (duo qilish uchun) kutmoq. Ikkinchisi: sajda holati, ikki tomon askarlari yo’liqqanda, yomg’ir yog’ayotganda, namoz qoim qilinganda va namozdan keyin kabi sharafli holatlarni duo qilish g’animat bilish. Imom Navaviy: “qalb yumshaganda ham”, dedilar. @diplom_ishlari telegram kanali 13 Uchinchisi: qiblaga yuzlanish, ikki qo’lni ko’tarish va ikkisini duoning oxirida yuziga surish. To’rtinchisi: maxfiy va jahriy orasida ovozni pastlatish. Beshinchisi: duoni qofiya bilan qilmaslik. Uni duodagi haddan oshish, deb tafsir qilishgan. Eng yaxshisi, Rasululloh (sollallohu layhi vasallam)dan ma’sur bo’lgan duolar bilan kifoyalanishlikdir. Kimki duoni yaxshi qilsa, bas, uning haddan oshish xavfi bor. Ba’zilar xo’rlik va ehtiyojmandlik tili bilan duo qil, fasohat va erkinlik bilan duo qilma, deyishgan. Albatta ulamo va abdollar (chiltanlar) duoni yetti kalimadan oshirishmaydi. Bu haqda Alloh taoloning o’zi Baqara surasining 286-oyati oxirigacha o’sha (yettitasi bilan) guvohlik beradi: “Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo’lsak, bizni azobingga giriftor aylama…”. Alloh taolo biror o’rinda bandalari bundan ko’p duo qilganlarining xabarini bermagan. Ammo Imom Navaviyning fikrlaricha, yetti kalimadan ziyoda qilishning karohiyati yo’q. Balki mutlaq holda duoni ko’paytirish mustahabdir. Masalan, Ibrohim surasining 35-oyatida: “Ibrohim aytgan edi: “Parvardigorim, bu shaharni (ya’ni, Makkani) tinch shahar qilgin”, deb aytgan” (ya’ni, yetti kaliomadan ziyoda qilgan.) Oltinchisi: xuzu’, tazarru’ va qo’rqish. Alloh taolo bu haqda: “Darhaqiqat, ular (ya’ni, mazkur payg’ambarlar) yaxshi ishlarni qilishga shoshar va Bizga rag’bat va qo’rquv bilan duo iltijo qilar edilar” (Anbiyo surasi, 90-oyat), “Parvardigoringizga tazarru’ bilan ichingizda (maxfiy) iltijo qilingiz!” (A’rof surasi, 55-oyat) degan edi. Yettinchisi: talab qilayotganda jazm qilib, ijobat bo’lishiga ishonib, unga bo’lgan umidini tasdiqlaydi. Bunga mashhur dalillar juda ko’p. Sufyon ibn Uyayna roziyallohu anhu deydi: “Sizlardan biringizni nafsidan bilgan narsasi duo qilishdan man qilmasin (ya’ni, noumid bo’lmasin). Chunki Alloh taolo maxluqotlar yomoni bo’lgan Iblisning ham (duosini) ijobat qildi. A’rof surasining 14-15-oyatlarida: «“Menga ular tiriladigan kungacha (qiyomatgacha yashash uchun) muhlat ber”, dedi. (Alloh) dedi: “Sen muhlat berilganlardansan”», deb keltirilgan”. Sakkizinchisi: duoda sobit bo’lmog’i, uch marta takror qilmog’i va ijobatga sabrsizlik etmasligi lozim. To’qqizinchisi: Allohning zikri bilan duoni boshlamoqligi. Imom Navaviyning fikrlaricha, Allohga hamd va sanodan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytib, yana shular bilan xotima yasaydi. O’ninchisi: bu ijobat etilishiga sabab bo’luvchi ahamiyatlisidir. Ya’ni, tavba qilish, zulmni o’z egasiga qaytarish va Alloh taologa yuzlanish. Fasl. G’azzoliy: “Agar qazo-qadar bitib qo’yilgan bo’lsa-yu, duoning foydasi nima?” deb aytilsa, bunga javob quyidagichadir: “Bilingki, duo bilan qaytarish qazoning jumlasidandir. Duo baloni qaytarish va rahmatning bor bo’lishiga sababdir. Xuddi qalqon qurolni qaytarishga sabab bo’lgani yoki suv yerdan o’simlik chiqarish uchun sabab bo’lgani kabidir. Shu singari qalqon nayzani daf qiladi, duo esa baloni daf qiladi. Silohni ko’tarmasdan qazo-qadarni e’tirof etish shart emasdir. Alloh taolo Niso @diplom_ishlari telegram kanali 14 surasining 102-oyatida: “Ular ham ehtiyoj choralarini ko’rib, qurollanib olsinlar”, deb aytgan”, dedilar. Alloh taolo biror ishni taqdir qilsa, uning sababini ham barpo etgan. Duoda, zikr qilganimizdek, foydalar bor. U ham bo’lsa, unda qalbni jamlab ehtiyojmanligini bildirish. Bu ikki xislat ibodat va ma’rifatning nihoyasidir. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (rohmatullohi alayh) esa “Hadis va Hayot” kitoblarida duoning odoblariga quyidagilarni keltirganlar: 1. Qiblaga qarab duo qilish. 2. Ikki qo'lni ko'tarib duo qilish. 3. Ikki qo'lni ko'tarib duo qilgandan keyin qo'llarni yuzga surtish. 4. Ikki qo'lni ko'tarib, kaftning ichini o'ziga qaratib duo qilish. So'ngra ularni yuzga surtish. 5. Duoning avvalida Alloh taologa hamdu sano aytish. 6. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish. 7. Azmi qaror bilan ikkilanmay, bo'shashmay so'rash. 8. Duoning ijobat bo'lishiga shoshilmaslik va nima uchun duoim qabul bo'lmayapti, demaslik. 9. Ijobatga aniq ishongan holda duo qilish. 10. O'ziga va o'ziga tobe' bo'lgan shaxs va narsalarga duoi bad qilmaslik. 11. Gunoh aralashtirmasdan duo qilish. 12. Qarindoshlik aloqasini uzmasdan turib, duo qilish. 13. Duoda mubolag'aga ketib, haddan oshmaslik. 14. Duoni uch marta takrorlash. 15. Duo qiluvchi taomi, sharobi va kiyimining halol-pok bo'lishi uchun harakat qilmog'i. Bo'lmasa, duo qabul bo'lmasligi aniq. 16. Duo qiluvchining ozuqasi, maskani, libosi va barcha narsalari haloldan bo'lishi kerak. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi uzoq safar qiladi. Horib, charchaydi. Changu g'uborga burkanadi. Ikki qo'lini cho'zib, ey Robbim, ey Robbim, deydi. Holbuki, taomi haromdir, sharobi haromdir, libosi haromdir, haromdan g'izolangandir. Bas, qandoq ham unga ijobat qilinsin», deganlar. 17. Duo qilish uchun sharafli vaqtlarni ixtiyor qilish lozim. Yilning eng sharafli vaqti Arafa kunidir. Oylarning eng sharaflisi Ramazondir. Haftaning eng sharafli kuni Juma kunidir. Sahar chog'i har bir kunning eng sharafli vaqtidir. 18. Duo qilish uchun sharafli holatlarni ixtiyor qilish lozim. Yomg'ir yog'ishni boshlagan vaqt, azon va iqomadan keyin, farz namozdan keyin, iftor paytida, sajdadagi holda, ko'ngil erigan paytlar duo qilish uchun munosib holatlar bo'ladi. 19. Ovozni juda ko'tarib ham, juda pastlatib ham yubormay duo qilish kerak. 20. Tazarru', xushu', xuzu', rag'bat va iltijo ila duo qilish lozim. @diplom_ishlari telegram kanali 15 21. Yolvorgan holda duo qilish. 22. Oldin astoydil tavba qilib, zulm qilgan bo'lsa, uni o'rniga qaytarib turib, duo qilish lozim. Duoga solih amalni vasiyla qilish. Shiddatli holatga tushgan odam o'zi qilgan yaxshi amalni vasiyla qilib duo aylashi mustahabdir. Bunga g'orga kirganlarida chiqish yo'lini xarsang to'sib qolgan uch kishining duolari hujjatdir. Duoni umumiy qilish. Duo qiluvchi faqat o'zi uchun duo qilmay, umumiylashtirib duo qilishi mastahabdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazrati Ali roziyallohu anhuga: «Ey Ali! Umumiy duo qil», deganlar. Boshqa dalillar ham bor. Duoda haddan oshish. Duodan haddan oshmaslik lozim. Duoda haddan oshish bir necha xil bo'ladi. 1. Haddan tashqari ovozni ko'tarib duo qilish. 2. Payg'ambarning martabasini so'rash. 3. Amri mahol narsani so'rab duo qilish. 4. Gunoh ishni so'rab duo qilish. Bu hakda mashhur hanafiy faqih Muhammad Amin ibn Obidiyn rahmatullohi alayhi quyidagilarni yozgan: «Dunyo turguncha ofiyatni so'rash haromdir. Shuningdek, osmondan bezatilgan dasturxon tushishi, havodan nafas olmaydigan bo'lishi, daraxtsiz meva bo'lishi kabi amri mahol narsalarni so'rab duo qilish ham haromdir. Kofirga mag'firat so'rab duo qilish ham haromdir». Rivoyat qilingan va qilinmagan narsalarla duo qilish. Albatta, rivoyatlarda kelgan duolarni qilish afzaldir. Ammo ulamolarimiz barcha dunyoviy va uxraviy duolar joizdir, deganlar. Namozdagi duo. Hanafiy mazhabi bo'yicha namozning salom berishdan oldingi tashahhudida Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytgandan keyin Qur'oni Karim va Sunnatdagi lafzlarga o'xshash lafzlar bilan duo qilish sunnatdir. Odamlarning lafziga o'xshash, ey Allohim, menga falonchini xotin qilgin, menga buncha tillo, buncha pul bergin kabi duolarni qilish joiz emas. Ahli fazllardan duo so'rash. Ahli fazl kishilardan duo so'rash mustahabdir. @diplom_ishlari telegram kanali 16 III. Qur`onda kelgan Payg’ambarlarning duolari Qur'onda tilga olingan Payg'ambarlarning har biri, ma'lum xususiyatlari bilan diqqatni tortgan qavmlarga yuborilgan. Bu qavmlar o'zlariga yuborilgan elchilarni yolg'onchiga chiqarishgan, ularga nisbatan turli axloqsizliklar ko'rsatishgan. Payg'ambarlarning vazifasi esa dinni bilmagan yoki bilgani holda to'g'ri yo'ldan og'ib ketgan bunday qavmlarga haq dinni tanitish, ularni Allohga iymon keltirishga da'vat etishdir. Bu esa o'ta mas'uliyatli hamda mashaqqatli ish edi. Ammo Alloh Payg'ambarlarining barchasi bunday mas'uliyatli ishda o'zlariga Allohni vakil, madadkor deb bilishgan. Hamma vaqt, har onda faqat U Zotga suyanishgan. Alloh ularning bu axloqiy fazilatlarini Qur'onda takror-takror vasf etgan. Albatta, Alloh hamma vaqt iymon keltirganlarga madadkor bo'lgan. U Zot bu xususda Qur'onda shunday marhamat qilgan: “Agar siz unga yordam bermasangiz, batahqiq, Alloh unga, kufr keltirganlar uni ikki kishining biri bo'lgan holida chiqarganlarida, nusrat berdi. Ular ikkovlon g'orda turgan-larida, u sherigiga, xafa bo'lma, Alloh, albatta, biz bilan, dedi. Bas, Alloh uning ustidan O'z sokinligini nozil qildi va siz ko'rmagan lashkarlar bilan qo'lladi. Kufr keltirganlarning kalimasini past qildi. Allohning kalimasi esa, o'zi yuqori. Alloh g'olib va hikmatli Zotdir” (“Tavba”, 40). Payg'ambarlar o'zlariga bu mas'uliyatli vazifa topshirilgan vaqtdan boshlab yagona maqsadlari uni go'zal holda, mukammal ado etish bo'lgan. Ular bu vazifani bajarish chog'ida faqat va faqat Allohga suyanishgan, U Zotdan yordam, quvvat so'rab duo qilishgan. Shu sababli risolamizning bundan keyingi bo'limlari Qur'onda Payg'ambarlar tilidan qilingan duolarni o'rganish bo’ladi. Nuh alayhissalomning duolari “Biz Nuhni o'z qavmiga, qavmingni ularga alamli azob kelishidan avval ogohlantirgin, deb Payg'ambar qilib yubordik” (“Nuh”, 1). Qur'onda, uzoq yillar davomida mustahkam azmu qaror bilan qavmini Allohga iymon keltirishga chaqirgan Nuh alayhissalomning to'g'riso'zligi, halimligi, marhamati, sabri maqtab vasf qilingan. U zotning har qanday vaziyatda Allohga suyanishi, Undan madad so'rab duo qilishi mo'minlarga ibrat qilib ko'rsatilgan. Ma'lumki, Nuh alayhissalom Allohni qo'yib loydan, toshdan yasab olingan soxta ilohlarga ibodat qilinadigan qavmni dinu diyonatga chaqirish uchun Payg'ambar qilib yuborilgan. Nuh alayhissalom Allohning amriga bo'ysunib qavmlarni soxta ilohlarni qo'yib, olamlarning Robbisi Allohga iymonga keltirishga chaqiradi. Nuh alayhissalom qavmlarining asosiy qismini boy kishilar tashkil etardi. Shu sababli o'z mehnati bilan kun ko'rayotgan oddiy odamdan Payg'ambar chiqqani ularniajablantirardi. Ular o'zlaridan “past” turadigan odamga itoat qilmaslikni afzal bilishdi. Nuh alayhissalom qavmlaridan faqat sanoqli kishilargina iymon keltirdi. U ham bo'lsa o'zlariga o'xshash oddiy mehnatkashlar edi. Shunday qilib Nuh alayhissalom jami to'qqiz yuz ellik yil odamlarni kechayu kunduz @diplom_ishlari telegram kanali 17 ham maxfiy, ham oshkora Allohning diniga da'vat qildilar. U zot odamlarni qancha ko'p iymonga chorlasalar, shuncha ko'p Nuh alayhissalomdan qochishdi. Allohdan qavmdagi iymon keltirgan kishilardan boshqalari iymon keltirmaydi degan xabar kelgandan so'ng ham Nuh alayhissalom yana bir bor urinib ko'rdilar. Lekin foydasi bo'lmadi. Nuh alayhis-salom g'azablanib Allohga shunday duo qildilar: “Va Nuh: “Ey Robbim, yer yuzida kofirlardan birorta ham harakatlanuvchini qo'ymagin. Albatta, Sen ularni tek qo'ysang, bandalaringni adashtirurlar va fojiru kofirdan boshqa tug'maslar. Robbim, meni mag'firat qilgin, mening ota-onamni ham va uyimga mo'min bo'lib kirganlarni va mo'minlaru mo'minalarni ham. Va zolimlarga halokatdan o'zga narsani ziyoda qilma”, dedi” (“Nuh”, 26-28). Alloh Nuh alayhissalomning bu duosini qabul qilib ro'y beradigan to'fonga qarshi tayyorgarlik ko'rib kema qurishni amr etgan. Nuh alayhissalom atrofida hech qanday dengiz bo'lmasligiga qaramay Allohga so'zsiz itoat etib kema yasashga tushdi. U zotning qavmidagilar Nuh alayhissalomning bu harakatlarini masxara qildilar. “U kema yasamoqda. O'z qavmidan bo'lgan zodagonlar qachon oldidan o'tsalar, uni masxara qildilar: U Agar bizni masxara qilsangiz, biz ham xuddi siz bizni masxara qilganmizdek sizni masxara qilurmiz. Bas, yaqinda kimga sharmanda qiluvchi azob kelishini va kimning ustiga muqim azob tushishini bilib olursiz”, dedi. (“Hud”, 38-39). Nuh alayhissalom qavmining barcha bu harakatlariga qaramay kema qurishda davom etadilar. Oxir oqibat Allohning va'dasi oshib tinimsiz yomg'ir quya boshlaydi. Suv ko'pay-gandan–ko'payib borardi. Alloh Nuh alayhissalomga o'zi, ahli va mo'minlarni, hamda barcha hayvonlardan bir juftdan olib kemaga chiqishni buyuradi. Dunyoni to'fon bosib qavm halok bo'ladi. Ular orasida farzandlari bo'lgani bois otalik mehri jo'shib ketgan Nuh alayhissalom Allohga shunday nido qiladilar: “Robbim, albatta, o'g'lim ahlimdandir, albatta, va'dang haqdir va Sen hukm qilguvchilarning eng hikmatlisisan” (“Hud”,45). Bu nido orqali Nuh alayhissalom ey Robbim, Sen menga ahlingni qutqaraman, deb va'da berganding, o'g'lim ahlimdan-ku, o'sha bolamni menga bergin, o'zing hikmat ila hukm chiqarguvchi Zotsan, demoqchi bo'lganlar. Alloh taolo Nuh alayhissalomning bu nidolariga quyidagicha javob beradi: “Ey Nuh, albatta, u ahlingdan emas. Albatta, u yaxshi amal emasdir o'zingning ilming bo'lmagan narsani zinhor so'ramagin. Men senga johillardan bo'lmasligingni nasihat qilaman”, dedi. (“Hud”, 46). Shundan so'ng Nuh alayhissalom Allohdan quyidagicha duo qilib panoh so'radilar: “Robbim, men o'zimning ilmim bo'lma-gan narsani Sendan so'ramoqdan panoh tilarman. Agar meni mag'firat qilmasang va rahim ko'rsatmasang, ziyon ko'rguvchilardan bo'lurman” (“Hud”, 47). Qur'onning boshqa surasida Nuh alayhissalom duosining qabul bo'lishi quyidagicha bayon qilingan: “Va Robbisiga duo qilib: “Albatta, men mag'lub bo'ldim, yordam ber”, dedi. Bas, osmon eshiklarini sharros suv bilan ochib yubordik. Va yerdan otiltirib buloqlar chiqardik. Bas, suvlar taqdir qilingan ish uchun birlashdilar. Va u Nuhni taxtalari va @diplom_ishlari telegram kanali 18 mixlari bor narsa ustiga kemaga ko'tardik. U kemani inkor qilingan shaxs Nuhga mukofot bo'lib, Bizning inoyatimiz ila yuradir” (“Qamar”, 10-14). Ibrohim alayhissalomning duolari “Kitobda Ibrohimni esla. Albatta, u siddiq va Nabiy bo'lgan edi” (“Maryam”, 41). Hozirgi kunda milliardlab odamlar haj ibodatini ado etishlari uchun ziyorat qilayotgan Ka'bani bunyod etgan Ibrohim alayhissalom Qur'onda nomi eng ko'p zikr qilingan Payg'ambarlardan biridir. Ibrohim alayhissalom o'g'li Ismoil alayhissalom bilan birga bir necha asrlar avval bino qilgan Ka'ba hozirgi kundan butun dunyo musulmon ummati jamlanadigan maskanga aylangan. Ota-bola payg'ambarlar Allohning amriga bo'ysunib Baytul-lohning poydevorini ko'tarayotib shunday duo qilganlar: “Ibrohim bilan Ismoil: “Ey Robbimiz, bizdan qabul et, albatta, Sening o'zing eshitguvi, bilguvchi Zotsan”, deb baytning poydevorlarini ko'tarayotganini esla” (“Baqara”, 127). Baytulloh bunyod qilingan yer vaqti kelib butun dunyo musulmonlari ziyoratgohi–diniy markaziga aylangani ma'lum. Buning uchun Ibrohim alayhissalom shunday duo qilganlar: “...Ey Robbim, bu yurtni omonlik yurti qilgin, meni va bolalarimni sanamlarga ibodat qilishimizdan chetda qilgin” (“Ibrohim”, 35). “...Robbim, buni omonlik yurti qilgin va ahlidan Allohga vaqiyomat kuniga iymon keltirganlarini mevalar ila rizqlantirgin” (“Baqara”,126). Ibrohim va Ismoil alayhissalomlar faqat o'zlari uchun emas, balki o'zlaridan keyin keladigan zurriyotlari uchun ham duo qilganlar: “Robbimiz, ikkovimizni O'zingga musulmon bo'lganlardan qil va zurriyotimizdan ham O'zingga musulmon ummat qil, bizga ibodatlarimizni ko'rsat, tavbamizni qabul et. Albatta, Sen o'zing tavbalarni ko'plab qabul etuvchi, rahimli Zotsan. Robbimiz, ularga o'zlarining ichidan ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, itobni va hikmatni o'rgatadigan, ularni poklaydigan Payg'ambar yubor. Albatta, Sening O'zing aziz va hikmatli Zotsan” (“Baqara”, 128-129). Ibrohim alayhissalomning boshqa duolari esa Allohga yaqinlashishi uchun qilingan: “Esla, Ibrohim: “Ey Robbim, menga o'liklarni qanday tirilti-rishingni ko'rsat”, deganda, U Zot: “Ishonmadingni?” - dedi. U: “Qalbim xotirjam bo'lishi uchun”, - dedi. U Zot: “Qushdan to'rtta olgin-da, o'zingga tortib, kesib may-dala, so'ngra, ulardan har bir toqqa bo'laklarini qo'ygin, keyin ularni o'zingga chaqir, huzuringga tezlab keladilar”, -dedi. “Va bilginki, albatta, Alloh aziz va hakim Zotdir” (“Baqara”, 260) Oyatda Ibrohim alayhissalomning Allohdan o'liklarni qanday tiriltirishini ko'rsatishini istashi, u kishining iymonidagi zaif-lik, Allohning qudratiga bo'lgan ishonchidagi sustlik emas. Aksincha u chin dildan Allohning mo''jizasini ko'rishni, uni ko'rib iymonlari yanada ziyodalashuvini istaganlar. Shu sababli Alloh u zotning duosini ijobat qilgan. Ibrohim alayhissalomning otasi butparast edi. U otasini Rahmonga osiy bo'lgan shaytonni do'st tutishdan qaytargan. Allohning azobi tutishidan ogohlantirgan. Lekin otasi qabul qilmay, Ibrohim @diplom_ishlari telegram kanali 19 alayhissalomga toshbo'ron qilaman deb tahdid solgan. Shunday bo'lsa ham Ibrohim alayhisssalom otalariga shunday deganlar: “…Omon bo'l. Endi Robbimdan seni mag'firat qilishini so'rayman. Albatta, U menga juda ham lutfli, marhamatlidir. Men sizlardan ham, Allohdan o'zga iltijo qilayotgan narsangizdan ham chetlanaman va Robbimga iltijo qilaman. Shoyadki, Robbimga iltijo qilish ila badbaxt bo'l-masam” (“Maryam”, 47-48) Ibrohim alayhissalomning otasi iymon keltirmagan bo'lsa ham o'g'lining uni haqqiga duo qilishining asl sababi Qur'onda shunday bayon qilingan: “Payg'ambarlar va mo'minlar uchun do'zax egalari ekanligi ayon bo'l- gan mushriklarga, agar yaqin qarindoshlari bo'lsa ham, istig'for aytishlari durust emasdir. Ibrohimning otasi uchun aytgan istig'fori unga bergan va'dasi ustidan edi, xolos. Vaqtiki, unga otasining Allohga dushman ekanligi ayon bo'lganda, undan voz kechdi. Albatta, Ibrohim tazarru'li va haliymdir ” (“Tavba”, 113-114). Bugun millionlab insonlar tavof etayotgan Masjidi Harom ya'ni Ka'baga dastlab joylashgan Ibrohim alayhissalom duolarini davomida shunday deganlar: “Ey Robbimiz, haqiqatda men zurriyotimdan Sening Baytul Haroming yoniga, giyohsiz vodiyga joylashtirdim. Ey Robbimiz, namozni to'kis ado etishlari uchun. Bas, O'zing odamlardan ba'zilarining qalblarini ularga talpinadigan qilgin va ularni mevalardan rizqlantirgin. Shoyad, shukr qilsalar. Ey Robbimiz, albatta, Sening O'zing maxfiy tutgan narsamizni ham, oshkor qilgan narsamizni ham yaxshi bilursan. Alloh uchun na yerdayu na osmonda biror narsa maxfiy qolmas. Keksalik paytimda menga Ismoil va Is'hoqni ato qilgan Allohga hamd bo'lsin. Albatta, Robbim duoni eshitguvchidir. Ey Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to'kis ado etadiganlardan qilgin. Ey Robbimiz, duoni qabul etgin. Ey Robbimiz, meni, ota-onamni va mo'minlarni hisob qilinadigan kuni mag'firat aylagin” (“Ibrohim”, 37-41). Ko'rib turganimizdek Ibrohim alayhissalom duoda ham Allohning sifatlarini yodga olyaptilar, ham shukr qilayaptilar. Allohdan istayotgan narsalari U Zotga yaqinlashtiradigan va oxiratda mag'firatga sabab bo'ladigan narsalardir. Lut alayhissalomning duolari “Albatta, Lut ham yuborilgan Payg'ambarlardandir” (“Soffat”, 133). Qur'onda hukm va ilm berilgan payg'ambar deb ta'rif etilgan Lut alayhissalom Nuh alayhissalom kabi qavmini uzoq yillar haq dinga da'vat qilganlar. U zot qavmidagi erkaklar noto'g'ri jinsiy aloqa, erkak bilan erkak jinsiy yaqinlik qilardi. Lut alayhissalomning asosiy vaziflaridan bir ularni bu qabih ishdan qaytarish edi. Ammo tug'yonga ketgan qavm Lut alayhissalomning o'gitlarini tinglamay, qilayotgan gunohlari uchun keladigan azoblardan ham qo'rqmay qo'ygandi. “Va Lutni yubordik . Uning o'z qavmiga: “Sizdan oldin olamlarda hech Kim qilmagan fohisha ishni qilasizlarmi?! Albatta, sizlar ayollarni qo'yib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik @diplom_ishlari telegram kanali 20 qilmoqdasizlar. Yo'q! Sizlar isrofchi qavmsiz!” deganini esla. Qavmning javobi: “Ularni qishlog'mizdan chiqarib yuboring, ular juda ham pokiza bo'laveradigan odamlar ekan”, deyishlaridan boshqa narsa bo'lmadi” (“A'rof”, 80-82). Lut alayhissalomning barcha urinishlari zoe keta-yotgan edi. Buzg'unchi qavm o'z Payg'ambariga: “Ey Lut, agar gaping rost bo'lsa, Allohning azobini keltir”, deyishadi. Ulardan umidini uzgan Lut alayhis-salom Allohga shunday duo qiladilar. “U Ey Robbim, menga buzg'unchi qavmlarga qarshi O'zing nusrat ber”, dedi. (“Ankabut”, 30). Alloh Lut alayhissalomning duosini qabul qiladi. U zotning uyiga kelishgan, chiroyli yigitlar qiyofasidagi uchta farishtani yuboradi. Qavmining buzug'ligini bilgan Lut alayhissalom mehmonlarning tashrifidan xavotirga tusha boshlaydilar. Lekin ular juda xotirjam, sokin holda o'tirishar edi. Mehmonlar kelganini Lut alayhissalom va uning xotinidan boshqa hech kim ko'rmagandi. Xotini bu xabarni qavm erkaklariga yetkazadi. Tun cho'kkan bo'lishiga qaramay ular Lut alayhissalom uylariga yetib kelishadi. U zot ularning yo'lini to'sib mehmonlar oldida sharmanda qilmasliklarini so'raydilar. Tabiiyki ular bunga quloq tutmadilar. Nihoyatda og'ir vaziyatda qolgan Lut alayhissalomga xaligi mehmonlar: “...Sen xavfsirama va mahzun ham bo'lma, albatta, biz seni va ahlingni qutqarguvchilarmiz. Magar, xotining halok bo'lguvchi-lardan bo'lgandir. Albatta, biz ushbu shahar aholisi boshiga fosiqlik qil-ganlari tufayli osmondan azob tushirguvchimiz, dedilar” (“Ankabut”, 34). Shu vaqt eshik parchalanib uy ichiga qattiq shamol kiradi. Jabroil alayhis-salom qo'llari bilan ishora qilganlaridan so'ng qavmning ko'zlari ko'r bo'lib qoladi. Ular bir-birlarini urib yiqitib qocha boshlaydilar. Farishtalar Lut alayhissalomga kechasi o'z ahli bilan bu yerdan chiqib ketishni, shiddatli ovoz kelsa hxam orqaga qaramaslikni buyuradilar. Orqaga qaraganlar azobga duchor bo'lshini ta'kidla-ydilar. Erta saharda Jabroil alayhissalom qanotlari bilan Lut alayhissalom qavmi yashayotgan barcha shaharni osmonga ko'tarib, to'ntarib tashlaydi. Robbisi va Payg'ambariga qarshi chiqqan qavm halok bo'ldi. Bu misolda ko'rganimizdek duo faqat odamlarning yaxshiligi, dunyo va oxirat saodati uchun bo'lmasligi ham mumkin. Allohning hadlaridan chiqqan, mo'minlarga zulm qilgan qavmining halokati uchun bir qancha Payg'ambarlar duo qilishgan. Lut alayhissalomning duosi ham bunga bir misoldir. Yusuf alayhissalom duosi Duo xususida Yusuf alayhissalom qissasi mo'minlar uchun go'zal ibratlarga to'la. Yusuf alayhissalom har bir holatda Allohga bo'lgan mustahkam ishonch, tavakkul va sadoqat bilanchin mo'minning barcha alomatlarini o'zlarida ko'rsatganlar. U zot va otalari Yoqub alayhissalomga keladigan mashaqqatlar kichik yoshdagi Yusuf alayhissalomning akalari tomonidan quduqqa tashla-nishidan boshlangan. Yoqub alayhissalom eng sevgan o'g'lidan ajralsada, Allohga bo'lgan mustahkam ishonchni saqlaganlar: “Va uning yolg'on qonga bo'yalgan ko'ylagini keltirdilar. U: “Yo'q! @diplom_ishlari telegram kanali 21 Sizga havoyi nafsmiz biror ishni ziynatlab ko'rsatadi. Endi chiroyli sabrdan boshqa choram yo'q. Siz vasf qilayotgan narsada yordam so'raladigan Zot yolg'iz Allohning O'zi”,-dedi. (“Yusuf”, 18). Oyatga ko'ra o'g'lining qonli ko'ylagini ko'rgan ota, haqiqiy mo'min tutadigan holat-sabr, tavakkul va duo ekanligi ko'rinib turibdi. Quduqqa tashlanib o'limga hukm qilingan Yusuf alayhissalom dam olish uchun to'xtagan yo'lovchi savdo karvoni tomonidan topib olinadi. Quduqdan suv olishga kelgan odam Yusuf alayhisslomni ko'rib sotib yuborishni o'ylaydi. Misrga kelgach u o'zining niyatini amalgam oshirib Yusuf alayhissalomni arzon narxga sotib yuboradi. Uni sotib olgan odam Yusuf alayhisslomni oddiy odam emasligini his qiladi va uni yaxshilab joylashlarini tayinlab, farzand qilib olishni niyat qiladi. Shunday qilib har narsaga qodir Alloh Misrga qul bo'lib kelgan Yusuf alayhisslomga tushlarni ta'bir qilishni o'rgatadi. Bu haqda Qur'onda shunday deyilgan: “Va uni Misrda sotib olgan odam o'z xotiniga: “Uni yaxshilab joylashtir, shoyad bizga manfaat bersa yoki bola qilib olsak”, dedi. Mana shunday qilib, unga tushlarning ta'birini o'rgatishimiz uchun Yusufni joylashtirib qo'ydik. Alloh o'z ishida g'olibdir. Lekin odamlarning ko'pi bilmaslar” (“Yusuf”, 21). Yusuf alayhisslom voyaga yetgach Alloh U zotga to'g'ri hukm chiqarish va ilm fazlini berdi. “Voyaga yetgan vaqtida unga hukmni va ilmni berdik. Go'zal ish qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz” (“Yusuf”, 22). Yusuf alayhissalom husnda lol qoladigan darajada voyaga yetdilar. Shu sababli u zotni sotib olgan kishining xotini Yusuf alayhisslomni fahsh ishga chorlaydi. Ammo Yusuf alayhissalom Allohdan qo'rqib bu ishga qo'l urmaydilar. Lekin shahar ayollari o'rtasida u ayolning o'z xizmatkorini xohlab qolganligi haqida mish-mish tarqaladi. Xaligi ayol uyiga shahar ayollarining barchasini mehmon qilib chaqiradi. Ularning har birining qo'liga pichoq beradi hamda Yusuf alayhissalomga ularning oldilariga chiqishni buyuradi. Yusuf ularning huzuriga chiqqanlarida ayollarning barchasi u kishining husnu jamoliga mahliyo bo'lib qo'llarini pichoq bilan kesib olishadi. Shunda ayol: “U: “Siz meni malomat qilgan edingiz. Ha, men undan nafsini xohladim, biroq u o'zini saqladi. Agar u mening amrimni bajarmasa, albatta, qamalur va xor bo'lguvchilardan bo'lur”, dedi. (“Yusuf”, 32) Yusuf alayhissalom bu gaplarni eshitib harom ishdan ko'ra qamoqni afzal biladilar va shunday duo qiladilar: “U: “Ey Robbim, ular meni chorlayotgan narsadan ko'ra men uchun qamoq mahbubroqdir, bu ayollarning makrini mendan o'zing nari qilmasang, ularga moyil bo'lib, johillardan bo'lib qolaman”, dedi. (“Yusuf”, 33). Alloh taolo O'z Payg'am-barining duosini qabul qiladi: “Bas, Robbi uning duosini ijobat qilib, ularning makrini undan nari qildi. Albatta, uning O'zi eshitguvchi va bilguvchi Zotdir” (“Yusuf”, 34). Fahshdan ko'ra zindonni afzal bilib, qalban Allohga duo qilgan Yusuf alayhissalomning duosi qabul bo'lib, Alloh ularni ayollarning makridan nari qiladi. Lekin beayb ekanligi ma'lum bo'lgani holda Yusuf alayhissalom qamoqqa tashlanadilar. Qamoqda odamlar Yusuf alayhissalomni taqvoli, insofli odam deb bilib, u zotdan maslahat so'raydigan bo'li- @diplom_ishlari telegram kanali 22 shadi. Yusuf alayhissalom Allohning yo'liga da'vat qilish uchun qulay fursat kelganini fahmlaydilar. “Ey hamzindon do'stlarim, turli-tuman robblar yaxshimi yoki Yolg'izu Qahhor Allohmi? Sizlar undan o'zga, o'zmiz va ota-bobolarmiz nomlab olgan ismlarga, Alloh ularga biron hujjat nozil qilmagan narsalarga ibodat qilmoqdasizlar. Hukm qilish faqat Allohning O'ziga xosdir. U faqat O'zigagina ibodat qilishmizni amr etdi. Ana o'sha to'g'ri dindir. Lekin odamlarning ko'pi bilmaslar” (“Yusuf”, 40). Yusuf alayhissalom hamzindon bo'lgan ikki yigitga ularning tushlarini ta'bir qilib beradi. Yusuf alayhisslom yigitlardan biriga o'zini qamashga amr etgan kishiga u zotni eslatishini tayinlaydi. Haligi yigit qamoqdan chiqqach Yusuf alayhissalomning gapini unutadi. Shunday qilib Yusuf alayhissalom yana bir necha yil qamoqda qoladilar. Bu orada Misrning podshohi qayta-qayta alg'ov-dalg'ov tushlar ko'radi. U o'z a'yonlaridan tushining ta'birini so'raydi. Shunda zindonda yotgan, ozod bo'lgach esa podshohga soqiylik qilyotgan haligi yigit Yusuf alayhissalomning gaplarini eslaydi. Haligi yigit podshohdan izn olib Yusuf alayhissalom yoniga boradilar. Yusuf alayhissalom unga tushning ta'birini aytadilar. Tushning ta'birini eshitgan podshoh Yusuf alayhissalomni huzurlariga olib kelishni amr etadi. Lekin Yusuf alayhissalom podshohga ham, boshqalarga ham o'zlarining beayb ekanliklarini bildirishni xohlaydilar. Shu sababli qamalishlariga sabab bo'lgan voqeani qayta tekshirtirishni so'raydilar. Podshoh u kishining talablarini bajaradilar. Ketma-ket kelgan mashaqqatlardan so'ng Yusuf alayhissalomning beayb ekanligi isbot etiladi. Alloh iymonli, taqvodor bandalarini, ayniqsa O'z Payg'ambarlarini hech qachon xor qilmaydi. Go'zal amallari uchun chiroyli mukofotlar beradi. Yusuf alayhissalom ham yillar davomida ko'rgan mashaqqatlari oldida bo'yin egmay, Allohga mustahkam e'tiqodda bo'lganlari uchun Alloh u zotni mukofotlaydi. “Shunday qilib, Yusufga yer yuzida makonat berdik, uni o'zi xohlagan joyga yerlasha oladigan qildik. O'z rahmatimizni, kimni xohlasak, o'shanga muyassar eturmiz va go'zal amal qiluvchilarning ajrini zoe qilmasmiz” (“Yusuf”, 56). Alloh tomonidan ne'mat berilgan Yusuf alayhissalom O'z Robbisiga shukr aytib shunday duo qiladilar: “Ey Robbim, haqiqatda menga mulk berding va menga tushlarning ta'birini o'rgatding. Ey osmonlaru yerni yaratgan Zot! Sen dunyoyu oxiratda mening valiyimsan. Meni musulmon holimda vafot ettirgin va solihlarga qo'shgin” (“Yusuf”, 101). Shuayb alayhissalomning duolari “Va Madyanga o'z birodarlari Shuaybni(yubordik). U: “Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Sizga Undan o'zga iloh yo'q. Batahqiq, sizga Robbmizdan hujjat keldi. Bas, o'lchov va tarozuni to'liq ado eting, odam-larning narsalaridan kamaytirib qolmang va yer yuzida uning islohidan keyin bug'zunchilik qilmang, Agar mo'min bo'lsangiz, shunday qilmog'i-miz o'zmiz uchun @diplom_ishlari telegram kanali 23 yaxshidir”, dedi. (“A'rof”, 85). Madyan xalqining Shuayb alayhissalomga javobi Nuh va Lut alayhissalom qavmlarining javobidan farq qilmasdi. Shuayb alayhissalomning nasihatlarini qabul qilmagan qavm, uni va iymon keltirgan boshqa kishilarni quvg'in qilamiz deb tahdid solishdi. “Uning qavmidan bo'lgan mutkaabbir zodagonlar: “Ey Shuayb, yoki, albatta, seni va sen bilan birga iymon keltirganlarni o'z qishlog'imizdan chiqaramiz yoki o'z millatimizga qaytasizlar”,-dedilar. U: “Garchi yomon ko'ruvchi bo'lsak ham-a?!” dedi. (“A'rof”, 88). Shuayb alayhissalom esa qavmining itoatsizligi va tahdidlariga qarshi shunday dedilar: “Agar sizning millatmizga Alloh bizga undan najot bergandan so'ng qaytsak, batahqiq, Allohga nisbatan yolg'on to'qigan bo'lamiz. Biz uchun unga qaytish mutlaqo mumkin emas, magar Robbimiz Alloh xohlasagina(mumkin). Robbimiz hamma narsani o'z ilmi ila qamrab olgandir”, dedilar va shunday iltijo qildilar: “Allohga tavakkal qildik. Ey Robbimiz, biz bilan qavmimizning oramizni haq ila ochgin. Sen ochuvchilarning yaxshisidirsan” (“A'rof”,89). Shuayb alayhissalomning so'zlari zarracha ta'sir qilmagan mutakabbir zodagonlar: “...Agar Shuaybga ergashsangiz, u holda, albatta, ziyon ko'ruvchidirsiz”, dedilar. (“A'rof”, 90). Keyin Lut va Nuh alayhissalomlar qavmining boshiga tushgan narsalar Madyan xalqiga ham keldi. Shuayb alayhissalomning qabul bo'lgan va Allohning elchisini tan olmagan qavm halok etildi: “Bas, ularni shiddatli zilzila oldi va joylarida o'tirib qoldilar. Shuaybni yolg'onga chiqarganlar, xuddi u yerda yashamagandek bo'ldilar. Shuaybni yolg'onchiga chiqarganlar, o'shalar ziyon ko'ruvchilar bo'ldilar” (“A'rof”, 91-92). Ayyub alayhissalomning duolari “Biz Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub, Asbot, Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonlarga vahiy yubordik” (“Niso”, 163) Qur'onning to'rt surasida nomlari tilgan olingan Ayyub alayhissalomning sabri barchaga ibrat qilib ko'rsatilgan. Allohning tanlangan bandasi sifatida vahiy yuborilgan Ayyub alayhissalom og'ir sinovga uchraydilar. Lekin Allohga bo'lgan mustahkam e'tiqod, ibodatlarda sobitlik va eng muhimi go'zal sabr bilan bu sinovdan juda go'zal o'tganlar. Ayyub alayhissalomning duosi, U zotning go'zal sabri odamlarga eslatma sifatida Qur'onda maqtab vasf etilgan. “Va Ayyubning O'z Robbisiga nido qilib: “Albatta, meni zarar tutdi. Sening O'zing rahmlilarning rahmligisan!” deganini esla. Bas, Biz uning duosini istijobat qildik. Unga yetgan zararni ketkazdik. Unga ahlini, ular bilan birga yana shunchani ham berdik. Buni O'z rahmatimiz ila va obidlarga eslatma bo'lsin, deb qildik” (“Anbiyo”,83-84). “Sod” surasida Ayyub alayhissalom qissasi shunday bayon qilingan: “Bizning bandamiz Ayyubni esla. O'shanda u Robbiga nido qilib: “Albatta, meni shayton mashaqqat va azob ila tutdi”, dedi. “Oyog'ing ila tepgin! Bu cho'miladigan va ichiladigan sovuq suv. Va Biz unga ahlini va yana ular bilan birga misllarichani ham hadya etdik. Bu Bizdan rahmat @diplom_ishlari telegram kanali 24 o'laroq va aql egalariga eslatma uchun bo'ldi. Qo'lingga bir dastani ol-da, u bilan ur. Qasamingni buzma” dedi. Biz uni sabrli topdik. U qanday ham yaxshi banda. Albatta, u o'ta qaytguvchidir” (“Sod”, 41-44). Albatta, olamlarning Robbisi Alloh bandalarini turli yo'llar bilan imtihon qiladi. Ayyub alayhissalomni ham O'ziga ma'lum sinov bilan imtihon qilgan. Shunga o'xshash sinovlar hammaning boshidan o'tishi mumkin. Shunday holatda qolgan mo'min Ayyub alayhissalomdan ibrat olib, boshiga tushgan mashaqqatlar bir sinov ekanligi va Alloh hech kimga toqatidan ortiq narsani yuklamasligini eslab sabr qilishi lozim. Muso alayhissalomning duolari Bani Isroil qavmiga Payg'ambar qilib yuborilgan Muso alayhissalom, Fir'avnning zulmidan najot topish uchun onasiga kelgan vahiyga ko'ra go'dakligidayoq daryoga tashlangan edi. Uni ushlab olgan Fir'avn oilasi o'zlariga farzand qilib asrab olishdi. “Va Musoning onasiga: “Uni emizaver. Bas, unga yomonlik yetishidan qo'rqqan chog'ingda uni daryoga tashla, qo'rqma, xafa bo'lma, Biz, albatta, uni senga aytarguvchimiz va Payg'ambarlardan qilguvchimiz”, deb vahiy qildik. Bas, Fr’avnning oilasi uni o'zlariga dushman g'am-g'ussa bo'lishi uchun tutib oldilar. Albatta, Fir'avni, Homon va ikkovlarining askarlari xafirtokorlardan bo'lgan edilar” (“Qosos”, 7-8). Bolasini oqizib yuborgan onaning ko'ngli huvillab qoladi. Ammo Alloh unga mustahkam iroda berib, bu sir oshkor bo'lmasligini iroda qiladi. Ona chaqaloqning opasiga uning izidan borishni tayinlaydi. Opasi chaqaloq solingan sandiqni Fir'avn bog'iga oqib kirganini, ular bolani sandiqdan olish-ganini ko'radi. Bolani ko'rgan Fir'avnning oilasi uni yaxshi ko'rib qoladi. Ular bolani emizadigan ayol qidiradilar. Ammo Allohning irodasi bilan bola hech kimni emmaydi. Buni bilgan Musoning opasi ularga chaqaloqni emiza oladigan odam topib kelishini aytadi. “Bas, Biz uni onasiga ko'zi quvonchga to'lishi, xafa bo'lmasligi va, albatta, Allohning va'dasi haq ekanini bilishi uchun qaytardik. Lekin ko'plari buni bilmaslar” (“Qosos”, 13). Muso alayhissalom Fir'avn saroyida voyaga yetdi. Boshqa Payg'ambarlar kabi Alloh unga ham ilm va hikmat berdi. Qur'onda Muso alayhissalomning Allohga yuzlanib duo qilishiga sabab bo'lgan voqea shunday bayon qilingan: “Va u shaharga uning aholisi g'aflatdalik paytda kirdi. Unda urishayotgan ikki kishini ko'rdi. Bunisi o'z guruhidan, unisi esa, dushmanlaridan edi. Bas, o'z guruhidan bo'lgan dushman bo'lganga qarshi unday yordam so'radi. Shunda Muso uni bir musht tushirib o'ldirib qo'ydi. U: “Bu shaytonning ishidir. Albatta, u ochiq-oydin dushman va yo'ldan ozdirguvchidir”, dedi. (“Qosos”, 15). Bu voqeadan so'ng Muso alayhissalom Allohdan mag'firat tiladi va jinoyatchilarga yordam ko'rsatmaslikka va'da berdi. “U: Ey Robbim, albatta, men o'zimga zulm qildim. Bas, meni mag'firat qil”, dedi. Shunda U Zot uni mag'firat qildi. Albatta, Uning O'zi mag'firat qilguvchi, mehribondir. U: “Ey Robbim, menga bergan ne'matingning @diplom_ishlari telegram kanali 25 haqqi-hurmati hargiz jinoyatchilarga yordamchi bo'lmasman”, dedi. (“Qosos”, 16). Ertasi kuni bir kun oldin Fir'avn qavmidan bo'lgan kishi bilan urushayotgan kechagi kishini ko'rib qoladilar. Bugun u boshqa odam bilan urushayotganining guvohi bo'ladilar. Kechagi kishi yana Muso alayhissalomni yordamga chaqiradi. Ammo kechagi ishidan qattiq nadomatlangan va boshqa bunday qilmaslik uchun Allohga va'da bergan Muso alayhissalom unga: “Albatta, sen ochiq-oydin gumrohsan”, dedi. (“Qosos”, 18). Bu orada fir'avn va uning a'yonlari Muso alayhissalomni o'ldirish uchun til biriktirayotgan edi. Bundan xabari bo'lgan bir mo'min odam Muso alayhis-salomni ogohlantirib qo'yadi. Buni eshitgan Muso alayhissalom shunday duo qiladilar: “Ey Robbim, menga zolim qavmlardan najot bergin” (“Qosos”, 21). Alloh Muso alayhissalomning duosini qabul qildi. O'z marhamati bilan Muso alayhissalomning yo'lini Madyan tomonga burib qo'ydi. Muso alayhissalom notanish taraflarga ketar ekan, Allohdan umid qilib: “Shoyadki, Robbim meni to'g'ri yo'lga hidoyat qilsa”, (“Qosos”, 22) deb iltijo qildilar. “Qachonki Madyan suviga yetib kelgach, bir to'p odamlarning hayvonlarini sug'orayotganini ko'rdi va ulardan boshqa qo'ylarini suvdan qaytarayotgan ikki ayolni ko'rdi. U: “Sizlarga nima bo'ldi?” dedi. Ular Cho'ponlar qaytmagunlaricha sug'ora olmaymiz, otamiz qari chol”, dedilar. Bas, ikkovlariga hayvonlarni sug'orib berdi. So'ngra soyaga qaytdi va “Ey Robbim, albatta menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman”, dedi. Bas, ikkovlaridan biri hayo bilan yurib kelib: “Otam senga bizlarga sug'orib berganing haqqini berish uchun chaqirmoqda”, dedi. Qachonki unga kelganida va qissani aytib berganida, u: “Qo'rqma, zolim qavmlardan najot topding”, dedi. (“Qosos”, 23-25) Qariya qizlarining taklifiga ko'ra Muso alayhissalomni ishga yollamoqchi bo'ladi. U Muso alayhissalomga buni quyidagi tarzda bildirdi: “... Menga sakkiz yil ishlab berishing sharti bilan, shu ikki qizimdan birisini senga nikohlab bermoqchiman, agar o'n yilni tamom-lasang, bu sening ishing. Men senga mashaqqat qilishni istamasman. Inshaalloh, meni solih kishilardan ekanimni ko'rasan” (“Qosos”, 27). Kelishilgan muddat tugagach Muso alayhissalom ahli ayollarini olib yo'lga tushadilar. Tur tog'iga yaqinlashganda, uzoqdan olov yonib turganini ko'radilar. Ahli ayollarini o'sha yerda qoldirib, olov ko'ringan tarafga qarab ketadilar. U yerga yaqinlashgach Alloh tomonidan: “Ey Muso” degan nido keldi. So'ngra Alloh taolo: “Albatta, Men, O'zim olamlarning Robbi Allohdirman” deydi. (“Qosos”, 30). So'ng Alloh O'z Payg'ambariga ikki mo''jiza- hujjat ato etadi. Tashlaganda katta ilonga aylanadigan hassa va qo'lini qo'ltig'iga tiqqanda uning oppoq bo'lib chiqishi. Bu ikki mo''jiza Fir'avn va uning a'yonlarini Allohning diniga chaqirishda qo'llaniladigan hujjat edi. Muso alayhissalom bunday mas'uliyatli ishni bajarishdan avval bir oz mulohazaga borib shunday deydilar: “Ey Robbim, men ulardan bir jonni o'ldirganman, ular meni o'ldirishlaridan qo'rqaman. Birodarim Horun mendan ko'ra tili burroroq, uni ham men bilan @diplom_ishlari telegram kanali 26 yubor, meni tasdiqlaydilar. Zero, ular meni yolg'onchi qilishlaridan qo'rqurman” (“Qosos”, 33). Alloh Muso alayhissalomni Horun alayhissalom bilan quvvatlashini aytib, Fir'avnning yoniga borishni buyurdi. Shunda Muso alayhissalom Allohga shunday duo qildilar: “Ey Robbim, mening qalbimni keng qil. Ishimni oson qil. Tilimdagi tugunni yechgin, so'zimni anglasinlar. Menga o'z ahlimdan bir vazir qilib ber. Og'am Horunni. U bilan belimni quvvatla. Uni ishimga sherik ayla. Senga ko'p tasbeh aytishimiz uchun. Va Seni ko'p zikr qilishimiz uchun. Albatta, Sen O'zing bizni ko'rib turuvchi eding” (“Toha”, 24-35). Muso alayhissalomning duosini qabul qilgan Alloh: “Ey Muso, senga so'raganing berildi”, deb marhamat qildi. (“Toha”, 36). Muso alayhissalom Fir'avn va uning qavmiga ko'rsatayotgan mo'jizalari ularni iymon keltirishlariga sabab bo'lishi o'rniga uydirma va sehr deb baholanadi. Muso alayhissalom Fir'avn va uning qavmini Haq yo'liga chaqirishda har tomonlama qattiq harakat qildilar. Ammo tug'yonga ketgan qavm botil yo'ldan chekinishni istamadi. Shunda Muso alayhissalom Allohga shunday iltijo qildilar: “Ey Robbimiz, Sen Fir'avnga va uning amaldorlariga zebu ziynat va molu dunyo berding. Robbimiz, bu Sening yo'lingdan adashtirishlari uchundir. Robbimiz, ularning mollarini yo'q qilgin va qalblarini qattiq qilgin, to alamli azobni ko'rmagunlaricha iymonga kelmasinlar” (“Yunus”, 88). Alloh taolo bu duoni qabul qilganini quyidagi tarzda bildirdi: U: “Batahqiq, ikkovmizning duomiz qabul bo'ldi. Bas, sobit turinglar va bilmaydiganlarning yo'liga ergash-manglar”, dedi” (“Yunus”, 89). Muso va Horun alayhissalom Allohning: “Batahqiq, Biz Musoga: “Sen bandalarim ila kechasi yo'lga tush, ularga dengizdan quruq yo'l och, yetib olishlaridan xavf qilma va qo'rqma” (“Toha”, 77) amriga ko'ra Bani Isroil qavmini Fir'avn zulmidan qutqarish uchun Misrni tashlab ketishadi. Ularning orqasidan Fir'avn va uning askarlari quvib kela boshlaydi. Yo'ldan dengiz chiqadi. Muso alayhissalom dahshatga tushmasdan, Allohning amriga ko'ra qo'llaridagi hassa bilan dengizga uradilar. Dengiz ikkiga bo'linib, yo'l ochiladi. Hammalari shu yo'ldan o'tib oladilar. Shunda Alloh O'z Payg'ambarining duosini qabul bo'lganini ko'rsatadi: “Va Bani Isroilni dengizdan o'tkazdik. Bas, Fir'avn va uning askarlari haddan oshgan va tug'yon qilgan holda ularni ta'qib qildilar. Toki unga dengizga g'arq bo'lish yetganida Fir'avn: “Bani Isroil iymon keltirgan Zotdan o'zga iloh yo'qligiga iymon keltirdim va men musulmonlardanman”, dedi. (“Yunus”, 90). Shunda Alloh: “Endimi! Oldin isyon qilgan va buzg'unchilardan bo'lgan eding-ku?! Bugun sening badaningni qutqaramiz. Toki o'zingdan keyingilarga ibrat bo'lgin. Albatta, ko'p odamlar Bizning oyatlarimizdan g'ofildirlar” dedi. (“Yunus”, 91-92). Fir'avnning o'limidan so'ng nima bo'lgani haqida Qur'onda shunday deyilgan: “Batahqiq, Biz Bani Isroilni haqiqiy omonlik maskaniga joylash-tirdik va ularni pok narsalar ila rizqlantirdik. Bas, ular to o'zlariga ilm kelmaguncha ixtilof qilmadilar...” (“Yunus”, 93). Allohning va'dasiga muvofiq Fir'avn va uning @diplom_ishlari telegram kanali 27 a'yonlari halok bo'lganidan so'ng Muso alayhissalomga kitob berishi kerak edi. Muso alayhissalom bu haqda Allohdan so'raganlarida, U Zot o'ttiz kun ro'za tutishni amr qiladi. Muso alayhissalom o'ttiz kun ro'za tutadilar. Uchrashuv belgilangan vaqtga tayyorgarlik ko'rayotganlarida Allohdan yana o'n kun ro'za tutish amri keladi. Muso alayhissalom Alloh buyurgan amrni to'la bajaradilar. So'ngra Tur tog'i tomon yo'l olib, o'rnilariga og'alari Horun alayhissalomni qoldiradilar. Muso alayhissalom ketishlari bilan Bani Isroil Horun alayhissalomning gapiga kirmay tilla taqinchoqlardan yasalgan buzoqni iloh tutadi. Muso alayhissalom qavm yoniga darg'azab holda qaytadilar. O'rnilariga tayinlab ketgan akalari Horun alayhissalomni sochidan tortadilar. Horun alayhissalom Muso alayhissalomga bo'layotgan voqealarga bepisand qarab turmaganini, qavm uni xo'rlaganini, hatto o'ldirib qo'yishlariga oz qolganini aytadi. Shunda Muso alayhissalom Allohga iltijo qiladilar: “Robbim, meni va akamni mag'firat qilgin va bizlarni O'z rahmatingga kiritgin. Sening O'zing rahim qilguvchilarning rahimlirog'isan” (“A'rof”, 151) Bani Isroil tilladan yasalgan buzoq haykaliga ibodat qilib, ulkan gunoh sodir etganlari, keyin afsus bilan tavba qilganlari uchun Alloh taolo Muso alayhissalomga ulardan yetmish kishini o'z miyqotiga olib kelishni amr qiladi. Bu yetmish kishi Bani Isroilliklar nomidan Allohga uzr aytib, duo qilishlari kerak edi. Ular esa, Muso alayhissalomga, bizga Xudoning o'zini ko'rsat, deb turib oladilar. Bunday shakkoklik sodir etganlaridan so'ng, ularni dahshatli zilzila tutib, o'zlaridan ketadilar. Shu payt Muso alayhissalom Alloh taologa iltijo qilib: “Ey Robbim, agar xohlasang, bularni ham, meni ham bundan oldin halok qilsang bo'lardi. Esi pastlarimiz qilgan ish tufayli bizni halok qilasanmi? Bu Sening sinovingdan boshqa narsa”, dedilar. Iltijoda davom etgan Muso alayhissalom: “Sen valiyimizsan, bas, bizni mag'firat qil, bizlarga rahim et. Sen O'zing mag'firat qiluvchilarning eng yaxshisisan. Va bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni yozib qo'y. Biz Sening O'zingga tavba qildik”, deb, duo qildilar. (“A'rof”, 155-156). Qur'onda Muso alayhissalom bilan bog'liq oyatlarga nazar solsak u zotning duolarida ixlos, ishonchni ko'rish mumkin. Alloh taolo Muso alayhissalomni vaqt hamda turli hodisalar orqali tarbiyalab ulug' Payg'ambar qildi. @diplom_ishlari telegram kanali 28 IV. Xulosa Duo faqatgina butun olamlarni yaratgan Zotga qilinadi. Unga sig’iniladi. Unga ibodat qilinadi. Unga suyaniladi. Unga iltijo qilinadi. Undan boshqa biror shaxs yoki narsaga hech qachon iltijo qilinmaydi. Duo qilib, so’ralishlikka eng loyiq bo’lgan zot Alloh taolodir. Buni banda doimo yodida saqlamog’i darkordir. Chunki insonning boshiga turli xil holat, vaziyatlar tushadi. Ana shunday paytlarda kishi o’zini yo’qotmasdan, darhol o’z rabbisiga iltijo qilishligi, rabbisidan mushkulini yengillatishini so’rashligi lozimdir. Boshqa birovlarning ostonasiga bosh urib borish esa ulkan xatodir. Chunki, Alloh taolo o’zining oxirgi va haq kalomida: “Alloh bilan birga boshqa ilohga iltijo qilma. Yo'qsa, azoblanganlardan bo'lasan” (“Shuaro”, 213), deya marhamat qilib qo’ydi. Boshqa oyatlarda Allohdan o'zgaga duo qiluvchilarning holati haqida shunday deylilgan: “Ularning Allohdan o'zga ibodat qilayotganlari hech narsani yarata olmaslar. Holbuki, o'zlari yaratilurlar. O'liklardir, tirik emaslar va qachon qayta irilishlarini bilmaslar” (“Nahl”, 20-21). Bularni bilgan mo'min aslo va aslo Allohdan boshqasiga duo qilmaydi. Faqat Unga ltijo qilib, faqat Undan istaydi. Shu sababli “Fotiha” surasida iymon keltirganlarga qyidagi oyatlar duo tarzida ta'lim berilgan: “Sengagina ibodat qilamiz va faqat Sendangina yordam so'raymiz. Bizni to'g'ri y'lga hidoyat qilgin. O'zing ne'mat berganlarning yo'liga boshlagin, g'azabga duchor b'lganlarning yo'liga emas, adashganlarnikiga ham emas” (1-4 oyatlar). Allhdan boshqasini iloh tutganlar, ya'ni mushriklar ham vaqti-vaqti bilan duo qiladilar, lekin ularning duosi mo'minlarnikidan tubdan farq qiladi. Avvalo bu farq ularning hamma narsani eshituvchi va biluvchi Zotga emas, balki hech narsadan bexabar soxta iohlarga duo qilishda aks etadi. Keyingisi esa ularning faqat qiyin vaqtlarda bir yaratuvchiga ehtiyoj sezib, bu vaziyatdan chiqish uchun duo qilishlaridir. Aslini olganda inson hayotida Allohga muhtoj bo'lmagan hech bir on yo'q. Mushriklar esa bu ulkan haqiqatdan yiroq bo'lganlari bois soxta ilohlari ularning iltijolariga javob bermagandagina, asl yaratuvchiga ehtiyoj sezadilar. Mushrik va mo'min duosidagi asosiy farq mana shularda o'z ifodasini topadi. Mo'minlar eng avvalo duolarini faqatgina Allohga qiladilar. Qolaversa, ularning duosi hamma vaqt davom etadi. Duodan murod – uning ijobat bo’lishidir. Kimniki tilidan, dilidan Allohning zikri bir soniya ham tushmasa, uning duosi tezda qabul bo’ladi. Agarda Allohning zikri ora- chora bo’lsa, duosi ham ora-chora qabul bo’ladi. Ilohi Yaratganning zikri bilan yashashni barchamizga nasib qilsin. Duoga qo’l ochaylik, mustajob bo’lsin. @diplom_ishlari telegram kanali 29 V. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Qur’oni Karim. 2. “Tafsiri hilol”. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. 3. “Qur`oni karim - ma`nolar tarjimasi va tafsiri”. Abdulaziz Mansur. 4. “Hadis va hayot”. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. 5. “Duoga qo’l oching”. Ahmad Muhammad, Anvar Ahmad. 6. “Sunniy aqiydalar”. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. 7. “Duoyi Fotiha”. Ismoil Rayhonov. 8. “Vofiy fiy sharhi al-arbaiynan navaviy”. Mustafo al-Bug’o, Muhyiddin Mistu. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling