Iroda haqida umumiy tushuncha Iroda kuchi Iroda muammosi Xulosa


Download 23.36 Kb.
bet1/2
Sana28.10.2023
Hajmi23.36 Kb.
#1731165
  1   2
Bog'liq
Iroda haqida umumiy tushuncha Iroda kuchi Iroda muammosi Xulosa


Iroda muammosining talqini

  1. Iroda haqida umumiy tushuncha

  2. Iroda kuchi

  3. Iroda muammosi

  4. Xulosa


Iroda – kishi ongining shunday bir sohasidirki, bu orqali u o‘z ishiga faol kirishadi va uni amalga oshiradi. Iroda tufayli kishi o‘z shaxsiy tashabbusi bilan ongli zaruriyatdan kelib chiqqan holda, oldindan rejaga solingan yo‘nalishda va oldindan nazarda tutilgan kuch-g‘ayrat bilan tegishli ish-harakatni bajarishi mumkin. Shuningdek, odam o‘z psixik faoliyatini maqsadga muvofiq uyushtirishi hamda uni muayyan bir mazmunga yo‘naltirishi mumkin. Iroda odam xatti-harakatiga bir tomondan yo‘nalishga solsa, ikkinchi tomondan mavjud vazifa va talablardan kelib chiqqan holda kishining psixik faoliyatini uyushtiradi. U shaxs faoliyati mazmuniga ta’sir qiladi. Psixik jarayonlarning va shaxsning eng muhim tomoni ularning faolligidir. Bu faollik ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar u yoki bu hollarda kishida oldindan belgilanmagan biron maqsadsiz voqea bo‘ladi; bunday harakatlar biron-bir tashqi sabablar tufayli paydo bo‘ladi. Ixtiyorsiz harakatda ongli ravishda zo‘r berish bo‘lmaydi. Ixtiyoriy yoki irodaviy harakat oldindan qo‘yilgan maqsad asosida, bizning xohishimiz bilan bo‘ladigan faollikdir. Bu harakat bizning «o‘zimiz» bilan bog‘liqdir va u ongli ravishda zo‘r berishimiz natijasida sodir bo‘ladi. Psixikaning faolligi ish-harakatlarda juda yaqqol sodir bo‘ladi. Ishharakatlar ham ixtiyorsiz va ixtiyoriy (irodaviy) bo‘ladi. Biz iroda haqida gapirar ekanmiz, faoliyatimizda sodir bo‘ladigan ongli harakatni ko‘zda tutamiz. Irodaviy harakatlar deganda faqat jismoniy (ya’ni muskullar bilan bog‘liq bo‘lgan) harakatlarnigina emas, balki shuning bilan birga axloqiy harakatlardir. Sof holda uchraydigan impulsiv harakatlar bolalarga xos bo‘ladi. Instinktiv harakatlar murakkab ixtiyorsiz harakatlardandir. Bunday harakatlarning nerv-fiziologik asosi bir-biri bilan ulanib ketgan qator shartsiz reflekslardir. Ixtiyorsiz harakatlarning maxsus turi avtomatlashgan harakatlar, ya’ni malaka va odatlardir. Bunday avtomatlashgan harakatlar odamning amaliy hayoti davomida hosil qiladi. Malaka va odatlarning nerv-fiziologik asosida shartli reflekslar yotadi. Ixtiyorsiz harakatlarga kishining hissiy (emotsional) kechinmalari bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar ham kiradi. Kishining hissiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan (emotsional) harakatlari turli (instinktiv) va odatlanib qolgan harakatlarida namoyon bo‘ladi. Emotsional harakatlarning nerv-fiziologik mexanizmlari shartsiz va shartli reflekslardir. Ixtiyorsiz harakatlarning xususiyati shundan iboratki, odatda bunday harakatlar ongsiz ravishda voqe bo‘ladi. Ammo ixtiyorsiz harakatlarning ko‘pchiligini kishi ma’lum darajada o‘sha ish-harakatlar voqe bo‘lgan paytda va ayniqsa ular bo‘lib o‘tgandan keyin bilib-anglab oladi. Bunday anglash ixtiyorsiz qilingan harakatlarning zarurligi, foydaliligi va axloqiyligi jihatidan baho berish tufayli qanoat hosil qilish yoki norozi bo‘lishda ifodalanadi. Aqliy va axloqiy taraqqiyot darajasiga qarab, kishi xuddi ixtiyoriy harakatlar singari bu harakatlarni ham o‘zi ma’qullaydi yoki qoralaydi.
Irodaviy harakatlarning nerv-fiziologik asoslari Odamning turli xildagi faoliyatlarida namoyon bo‘ladigan u yoki bu irodaviy faollik dastavval nerv sistemasining holatiga va irodaviy harakatlarni amalga oshiradigan nerv-fiziologik mexanizmlarining ishiga bog‘liqdir. «Odatda, ixtiyoriy deb ataladigan barcha ongli harakatlar, – deydi Sechenov, – o‘z mohiyati jihatidan aks ettirilgan harakatlardir». Bu degan so‘z «barcha insoniy harakatlarning dastlabki sababi odamdan tashqarida, ya’ni tashqi muhitga bog‘liqdir» . Irodaviy harakatlarning nerv-fiziologik asosida shartli reflekslar yotadi. I. P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra, irodaviy harakatlarning hamma mexanizmi yuksak nerv faoliyatining butun qonunlariga bo‘ysunuvchi shartli bog‘lanishlardan, ya’ni assotsiativ jarayonlardan iboratdir. Irodaviy harakatlar mexanizmlarida, asosiy rolni kinestezik qo‘zg‘atuvchilar tufayli, ya’ni muskullar harakati tufayli yuzaga keladigan maxsus shartli reflekslar o‘ynaydi. Kinestezik hujayra va harakat analizatori turli-tuman qo‘zg‘atuvchilar bilan muvaqqat aloqa bog‘lay olishligi I. P. Pavlov hamda uning hamkorlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tajribalarda isbotlab berilgan. Irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida optimal qo‘zg‘alish manbaining faoliyati bilan bog‘liqdirlar: «... Mening tasavvurimcha, ong, – deydi I. P. Pavlov, – ayni shu chog‘da, xuddi shu sharoitning o‘zida ma’lum darajada optimal (har holda, o‘rtacha bo‘lsa kerak) qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan katta miya yarim sharlarining ayrim joylaridagi nerv faoliyatidan iborat. Ana shu momentda katta miya yarim sharlarining qolgan hamma qismlari birmuncha bo‘shroq qo‘zg‘alish holatida bo‘ladi» (O‘sha kitob, 247-b. ). Irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signal sistemasining faoliyati bilan bog‘liqdirlar. Xususan, ichki nutqqa tegishli so‘zlar kerakli harakatlarni yuzaga keltiruvchi va boshqaruvchi signal hisoblanadilar. I. P. Pavlov fikricha, ikkinchi signal sistemasi odam xulqi va xatti-harakatlarining oliy regulatori, ya’ni boshqaruvchisidir. Ikkinchi signal sistemasining mexanizmlari birinchi signal sistemasining signallariga va ixtiyorsiz harakatlarning miya po‘sti ostki markazlariga bularning ishlarini tartibga solish yuzasidan ta’sir etib turadi. Nerv sistemasining kuchsizlanishi irodaning zaiflanishi va inson faol faoliyatining susayishiga asos bo‘ladi. Bunday sustlik holati xususan toliqish paytida yorqin namoyon bo‘ladi.

Download 23.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling