Mikro va Makro matnlar (Fors adabiyoti misolida)
Download 19.43 Kb.
|
16.Mikro va Makro matnlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Forscha maqol so’zma-so’z tarjimasi O’zbekcha ekvivalenti
Mikro va Makro matnlar (Fors adabiyoti misolida) Har qanday matnni unda ifodalangan axborotning hajm belgisiga ko’ra minimal matn va maksimal matn tiplariga ajratish mumkin. Badiiy uslubda yozilgan matnda minimal matn deb biror mavzuni yoritishga bag’ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, metal va aforizmlar, mimiatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog’lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi. Fors tili maqol va matallarga boy til hisoblanadi. Quyidagi jadvalda forscha maqolning so’zma-so’z tarjimasi va uning o’zbekcha ekvivalentini ko’rishingiz mumkin.
Makro matn deyilganda keng ko’lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar makro matnlar hisoblanadi. Bunday matn tarkibid epigraf, so‘zboshi, epilog kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g‘oyasiga, shuningdek mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo’shimcha izoh va sharh bo’lib keladi. Makro matn tashqi jihatdan turlicha shakllangan bo’ladi. Fors adabiyotida makro matnga misollar: Malkomxonning 4 ta p’esasi Tehronda 60-yillar oxiri-70-yillar boshida qo‘lyozma shaklda chop etilgan. Bu pesalar ichida “Arabiston gubernatori Ashrafxonning sarguzashtlari” diqqatga sazovardir. Sharif Ali Asqarning “Xunbaho-ye Iron” (1928-1929), Hasan Afshor Tehroniyning “Mirzo Kuchekxon”, Murtazo Brazjoniyning “Zendoni-yye Bezexurd” (1935), Ruknzoda odamiyatning “Dalirone Targestoni” (1935) Fors tilida yozilgan birinchi tarixiy roman San’atizoda Kermoniy qalamiga mansub «Domgustaron yo entiqom-xohon-e Mazdak» («Tuzoq qo‘yuvchilar yoki Mazdak uchun qasos oluvchilar») Hasanxon Nusrat al-Vazara Badening 1920 yilda yozib tugallagan «Doston-e boston yo sarguzashte Kurush» («O‘tmishdan hikoyalar yoki Kurushning tarixi«). Download 19.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling