«mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot» fanidan


Download 33.22 Kb.
Sana13.06.2020
Hajmi33.22 Kb.

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK FAKULTETI

«MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT» FANIDAN

DBG’I-50 GURUH TALABASI FAYZULLAYEV BUNYOD

VARIANT-19



  1. Tarmoq yalpi taklifining uzoq muddatli egri chizig'i

  2. Yakka hokimlikning ijtimoiy xarajatlari

  3. Mikroiqtisodiyotning roli va ahamiyati. Kursning predmeti va vazifasi.

Kafedra mudiri: X. Asatullayev

Javoblar:

  1. Yalpi taklif (aggregate supply, AS) – bu mamlakatda muayyan vaqtda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilib, sotishga chiqarilgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko’rsatadi.

Yalpi taklif turli xil ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari va xizmatlardan hamda investistiya tovarlaridan iborat bo’ladi. Bundan tashqari yalpi taklifga uy xo’jaliklari taklif qiladigan ishchi kuchi resurslari ham kiradi. Albatta ishlab chiqarilgan va sotishga mo’ljallangan iste’mol tovarlari va xizmatlari ham, shuningdek, investistiya tovarlarining turlari ham juda kop va turli-tumandir. Lekin yalpi talab o’zining ijtimoiy zaruriy nafliligi bilan, ya’ni o’zining turlari, miqdori va sifati bo’yicha hamda ijtimoiy d bo’yicha shu davrdagi jamiyat a’zolari talabiga mos kelishi kerak.




Yalpi taklif egri chizig'i.

  1. Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lganligi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakkahukmronlik shakllanadi. Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sеzilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy bo’lib, u mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va dеmak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.

Monopolistik raqobat o’z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi.Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o’nlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar.Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko’p bo’lmagan korxonalarning mavjud bo’lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim bеlgisidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin.

  1. Mikroiqtisodiyot (yunoncha: «mikro» — «kichik») so‘zidan olingan bolib, iqtisodiyotning dastlabki hal qiluvchi bo‘g‘ini bo‘lgan firma, korxona, mikrofirmalar, turli xil xalq xo'jaligi sohalaridagi xizmat ishlarini bajaruvchi xo'jalik va tashkilotlarda bozor qonunlari ta’sirida sodir bo'ladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarni, iqtisodiy qonunlar harakatini, ularni namayon bo‘lish shart-sharoitlarini, oqibatlarini o'rganib, tahlil qilib, xulosalar yasaydi. Bu jarayonda- iste’molchilar, ishchilar, yer egalari, sarmoya qo'yuvchilar, fermerlar, ishlab chiqarish, turli xildagi korxonalar, xullas, iqtisodiyot sohasida faoliyat ko'rsatishda muhini rol o'ynaydigan har qanday individ, ya’ni jismoniy shaxs yoki xo'jalik subyektlari ishtirok etadi.

Demak, asosiy iqtisodiy muammolardan biri bo‘lgan — tanlov muammosini ham o‘rganish mikroiqtisodiyot fanining vazifasidir. Bular ham fanning mohiyatini (predmetini) tashkil etadi. Fanni o'rganishdagi ko'rsatilgan vazifalar esa uning oldiga qo'ygan maqsadlaridan kelib chiqadi.

Iqtisodiy maqsadlar quyidagilardir:

— iqtisodiy o'sish;

— ish bilan to'liq ta’minlanish;

iqtisodiy samaradorlik;

— tovarlar narxining bir me’yorda turishi;

— iqtisodiy erkinlik;

— daromadni to'g'ri taqsimlash;

— iqtisodiy ta’minlanish;

— savdo balansi.

Mikroiqtisodiyot fanining mohiyatini quyidagi masalalarni bilish, o‘rganish yordamida yoritish mumkin:

— hozirgi davrdagi bozor iqtisodi mexanizmini o‘rganish;

— umumiy muvozanat va iqtisodiy fikrlash;

— bozor xo‘jaligi sharoitida firmalar, korxonalar, uy xo'jaligi va

ularning tutgan o‘rni. turlari, ahamiyati, vazifasi, samaradorligini

ta’minlash;

— talab va ehtiyoj nazariyasi asoslarini bilish;

— bozor taklifi va talabi;

— talab va taklif o‘zgaruvchanligi;

— raqobatlashuv va korxonalar samaradorligini oshirish;

— ishlab chiqarish va uni tashkil etish;

— ishlab chiqarish xarajatlari va foyda;



— resurslardan foydalanish samaradorligi. Ish haqi, baho.
Download 33.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling