Mikroorganizmlardan preparat tayyorlash va bo’yash usullari


Download 127.08 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi127.08 Kb.
#1383715
Bog'liq
MIKROORGANIZMLARDAN PREPARAT TAYYORLASH VA BO’YASH USULLARI


MIKROORGANIZMLARDAN PREPARAT TAYYORLASH VA BO’YASH USULLARI
Buyum oynasiga suv, bulyon yoki fiziologik aralashma (nacl ning 0,5% li aralashmasi) ning kichik bir tomchisi tomiziladi. Unga ilmoq yoki igna yordamida qattiq ozuq muhitidan olingan kultura yoki о‘rganilayotgan boshqa material (xamir, achitqi sharbat va hokazo) qо‘shiladi. Shundan keyin sal loyqalangan suspenziya hosil bо‘lgunga qadar yaxshilab aralashtiriladi. Suyuq muhitlarda о‘sgan mikroorganizmlarni kuzatilayotganda buyum oynasida suv tomchisini tomizish shart emas. Qoplagich oynaning cheti mikroorganizmlar tomchisi chekkasiga qо‘yiladi va oynalar orasida mikroskopda kо‘rish uchun halaqit beruvchi xavo pufakchalari hosil bо‘lmasligiga harakat qilib, sekin-asta tushiriladi. Ilmoqning shisha uchi bilan qoplagich oyna buyum oynasiga qisiladi. Qoplagich oyna chetidan chiqib qolgan ortiqcha suyuqlik filtr qog‘oz parchasi bilan artib olinadi. Tayyorlangan preparat zudlik bilan о‘rganilishi lozim. Chunki suyuqlik qurib qolishi va mikroskopda kо‘rish qiyinlashishi mumkin.Bu preparatni tayyorlash uchun dumaloq shaklda ishlangan chuqurchali buyum oynasidan foydalaniladi. Chuqurcha chetlariga vazelin surtiladi. Yog‘sizlantirilgan qoplagich oyna о‘rtasiga mikroorganizmlar suspenziyasining kichik bir tomchisi tomiziladi. Tomchini pastga qaratib oyna tо‘nkariladi va ehtiyotkorlik bilan vazelinli halqaga bosiladi. Tomchi chuqurchaning о‘rtasiga joylashishi, uning chetlari va tubiga tegmasligi lozim. Bunday preparatda tomchi qoplagich oynaning ichki sirtiga osilgan holda bо‘lib, germetik berk kamera ichida qoladi. Bu esa uni bir necha kun mobaynida о‘rganishga, mikroorganizmlarning о‘sishi va kо‘payishini, sporalarning hosil bо‘lishi va о‘sishini hamda hujayralarning harakatchanligini kuzatishga imkon beradi.Preparati aktinomitsetlar va mitselial zamburug‘larning hujayralarini koloniyadagi tabiiy joylashishini о‘rganish uchun tayyorlanadi. Mikroorganizmlar koloniyasi о‘sgan qattiq muhitdan skalpel yordamida uncha katta bо‘lmagan kubik yoki alohida koloniya kesib olinadi va buyum oynasi ustiga qо‘yiladi. Mikroorganizmlar joylashtirilgan oyna yuzasi tepaga qaratilgan bо‘lishi kerak. Sо‘ngra uning ustiga toza qoplagich oyna qо‘yiladi, ilmoq yoki igna bilan u sal bosiladi va chetga surib yubormaslikka harakat qilgan holda tezlik bilan kо‘tarib olinadi. Hosil bо‘lgan tamg‘ani pastga qaratgan holda preparat buyum oynasiga tomizilgan suv yoki kо‘k metilen (1:40) tomchisi ustiga joylashtiriladi va mikroskopda qaraladi. Tirik hujayralarni bо‘yash. Hujayralarning ba’zi xususiyatlarini va ulardagi qо‘shilmalarni aniqlash uchun mikroorganizmlarni tirik holda bо‘yash usulidan foydalaniladi. Bо‘yoq moddalarning zaharliligini hisobga olgan holda, tirik hujayralar neytral qizil, neytral binafsha, kо‘k metilen, fkusin, eozin va eritrozinlarning juda kam miqdordagi (0,001-0,0001%) konsentratsiyalari bilan bо‘yaladi. О‘rganilayotgan mikroorganizmlar tomchisi buyumoynasida bо‘yoq aralashmasi tomchisi bilan aralashtiriladi, qoplagich oyna bilan yopiladi va 2-3 minutdan sо‘ng mikroskopda qaraladi. Mikroorganizmlarning tabiiy shakli, kattaligi va tuzilishi, ularning ayrim tuzilmalari (hujayradan tashqaridagi shilimshiqlik) tо‘g‘risidagi tushunchalarni negativ preparatlar beradi. Negativ bо‘yash uchun suyuq tush, qizil kongoning 3% li suvli eritmasi, nigrozinning 10% li eritmasi va mirob hujayralariga singmaydigan boshqa bо‘yoqlar ishlatiladi. Tush yoki boshqa bо‘yoq eritmasini tomchisi о‘rganilayotgan kultura tomchisi bilan aralashtiriladi, ustidan qoplagich oyna bilan yopiladi. Bо‘yoqlar hujayrani о‘rab turgan bо‘shliqni tо‘ldiradi. Natijada bо‘yalmagan mikroorganizmlar preparatning tо‘q fonida yaxshi yoritilgan rangsiz kapsulalar kо‘rinishida aniq ajralib turadi.Mikrobiologiya texnikasida mikroblarni bо‘yash uchun quyidagi anilin bо‘yoqlari ishlatiladi: qizil bо‘yoqlardan – asosiy fuksin, eritrozin; kо‘k bо‘yoqlardan- metilin kо‘ki, tionin; binafsha bо‘yoqlardan – gensian violet, metil violet va boshqa bо‘yoqlar ishlatiladi. Mikroblar quyidagi usullarda bо‘yaladi:Oddiy usul. Bunda fiksatsiya qilingan preparatlar faqat bir hil fuksin, metilin kо‘ki, gensian violet kabi bо‘yoqlar bilan bо‘yaladi.Murakkab usul. Bunda fiksatsiya qilingan preparat bir necha xil bо‘yoq bilan bо‘yaladi. Masalan: bakteriyalarni gramm va bakteriya sporalarini sil-nilsen usulida bо‘yash. Kapsulalarni jon, giss va omelyanskiy usullari kabi bir necha xil usulda bо‘yash mumkin, bulardan asosan omelyanskiy usulidan kо‘proq foydalaniladi.Ba’zi bakteriya hujayralari shilimshiq kapsulalar bilan о‘ralgan. Bunday kapsula bakteriyalarni qurib qolishdan va boshqa noqulay sharoitdan saqlaydi. Kapsulalar yorug‘lik nurlarini aks sindiradi va preparat maxsus usulda bо‘yalgandagina yaxshi kо‘rinadi. Negativ qilingan kapsulalar omelyanskiy usulida quyidagicha bо‘yaladi: buyum oynasiga yarmigacha suv qо‘shib suyultirilgan sil fuksinidan bir tomchi tomizib, tekshiriladigan bakteriyalar bakteriologik sirtmoq bilan aralashtiriladi. 2-3 munutdan keyin fuksin tomchisiga suyuq tush tomchisi qо‘shiladi va oynaga yaxshilab yoyiladi. Preparat havoda quritilib, mikroskopda immersion obyektiv bilan tekshiriladi. Ayni vaqtda buyum oynasi tush bilan bо‘yalib, qora tusda kо‘rinadi, bakteriyalarning hujayralari qizil bо‘lib kо‘rinadi, kapsulalar esa rangsiz bо‘ladi.
404-guruh Jo`rayev Shahboz



Download 127.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling