Millatning irsiy salomatligida harakatlanish faolligining o’rni


Download 40.73 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi40.73 Kb.
#266277
Bog'liq
Biotexnologiya va sport


MILLATNING IRSIY SALOMATLIGIDA HARAKATLANISH FAOLLIGINING O’RNI
Jovliyev B. X., Qiyomova N.F
Qarshi DU, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Ko’chabog,-17
Respublikamizda sog‘lomlashtirish tizimining asosiy yo‘nalishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, o‘smir va yoshlarning tibbiy ko‘rigini yaxshilash, bolalar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, ularni Vatanimizning munosib posbonlari bo‘lib yetishishiga erishishdir.

Sog‘liq – bu faqatgina kasallikdan forig‘ bo‘lish emas, balki insonning ijodiy ish qobiliyatlarini, tashqi sharoit ta’sirlariga tez moslashishini ta’minlaydigan ruhiy-jismoniy holatidir. Sog‘lom turmush tarzining eng zaruriy va samarali ta’sir etuvchi omillaridan biri jismoniy tarbiya va sportdir. Jismoniy tarbiya bir qancha qismlarni, jumladan, harakat faolligi madaniyatini, chiniqish, nafas olish, ovqatlanish, massaj, tabiiy omillardan foydalanish kabilarni o‘z ichiga oladi.

Jismoniy tarbiya va sport har bir kishini jismoniy jihatdan rivojlantiradi va sog‘ligini mustahkamlaydi va barcha kasalliklarning oldini olishda samarali vositadir. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish kishini doimo bardam va sog‘lom bo‘lishiga, ish qobiliyatini, hayotiy faoliyatini ta’minlashda juda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish odam sog‘lig‘ini mustahkamlab, tashqi muhitning zararli ta’sirlariga nisbatan qarshiligini oshiradi. Jismoniy mashqlar, o‘yinlar va sport bilan shug‘ullanish kishida iroda, chidam, intizom tuyg‘ularini shakllantiradi. Shu bilan birga u odamlarning hayotda faol ijtimoiy mavqeda turib, orzu-havas va ulkan ishonch bilan yashashlarini ta’minlovchi qudratga, ahamiyatga egadir.

Tibbiy statistika ma’lumotlariga nazar tashlasak, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullangan kishilar, davolash tashkilotlariga shug‘ullanmaydigan kishilarga nisbatan 4 marta kam murojaat qilishar ekan.

Ayniqsa suzish mashg’ulotlari muhim sog‘lomlashtirish, chiniqtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. U muskul, nafas, yurak-tomir tizimi faoliyatini mustahkamlaydi, organizmning jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Suzish chiniqishning hamda past haroratga organizmning bardoshligini oshirishni, shamollashni va boshqa tashqi sharoitning o‘zgarishlariga bardoshligi oshirishning yaxshi usulidir. Suv yuqori issiqlik o‘tkazuvchanligiga ega bo‘lib, aynan shu uning yuqori chiniqtirish xususiyatlarini belgilab beradi.

Suvda bo‘lish organizmning issiqlik uzatishni regulyasiyalovchi mexanizmlarining mashq qildiradi, ulaming harorat o‘zgarishiga bardoshligini oshiradi.

Chiniqishdan tashqari suzish unikal jismoniy mashq bo‘lib, salomatlikni jismoniy rivojiga va kuchayishiga yordam beradi. Masalan, sport usullari bilan suzish barcha guruh mushaklami garmonik rivojlantiradi, chidamlik, kuch, tezlik, egiluvchanlik, chaqqonlik (koordinatsiya) kabi jismoniy sifatlaming rivojiga va mukammallashuviga yordam beradi.

Ham suvda, ham quruqlikda bajariluvchi mashqlar nafaqat oyoq va qo‘llar mushaklarini, balki gavda mushaklarini ham kuchaytiradi, bu esa bolalar va o‘smirlaming o‘z qomatini to‘g‘ri tutishiga ko‘maklashadi va shakllantiradi.

Simmetrik harakatlar va gavdaning gorizontal holati tufayli, umurtqa pog‘onasi unga tushuvchi tana vaznidan yuksizlantiriladi. Bukchayganlik va skolioz kabi gavdani tutishdagi nuqsonlarni yo‘q qilish imkonini beradi.

Oyoqlarning tinimsiz va suvning doimiy qarshiligi holatidagi harakatlanishi boldir-tovon mushaklarini va bo‘g‘imlarini mashq qildiradi, bolalar oyoq kaftining to’g’ri shakllanishi va mustahkamlanishiga ko‘maklashadi.



Suzish - aerob jismoniy mashqlar turi bo‘lib, bolalar va yoshlarning qonida o‘sish gormoni - somatotropinning 20 barobargacha ko‘payishiga olib keladi. Bu esa bo’yning oshishiga, mushaklar, yurak va o‘pka massasini o‘sishiga, yurak-tomir tizimiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Suzish vaqtida gavdaning gorizontal holati yurakning ishlashi uchun yengil sharoitlarni ta’minlaydi. Suzish bilan shug‘ullanish natijasida qonning sistololik bosimi kamayadi tomirlaming elastikligi oshadi, yurakning zarb hajmi ko‘payadi. Buni yurak urish chastotasining o'zgarishidan ko‘rish mumkin. Suzish bi­lan muntazam ravishda shug‘ullanuvchi odamlaming yuraklari bir daqiqaga 10-15 marotaba kamroq uradi, yurak ritmi optimallashadi.
Download 40.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling