Milliy manfaatlarga asoslangan tashqi siyosat va uning asosiy tamoyillari Reja: O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari


Download 83.5 Kb.
Sana15.12.2020
Hajmi83.5 Kb.
#167525
Bog'liq
Milliy manfaatlarga asoslangan tashqi siyosat va uning asosiy tamoyillari


Milliy manfaatlarga asoslangan tashqi siyosat va uning asosiy tamoyillari

Reja:
O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari

O’zbekistonning BMTga a'zo bo’lishi

YUNESKO bilan hamkorlik

EXHT bilan hamkorlik

Shanxay hamkorlik tashkiloti

GUUAM tashkiloti

Korrupsiya va jinoyatchilik.


O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari
Prezident Islom Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berdi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo’li asos qilib olindi. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • mafkuraviy qarashlardan qafiy nazar hamkorlik uchun chiqlik,umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;

  • davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;

  • boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

  • nizolarni tinch yo'l bilan hal etish;

  • kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;

  • inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;

  • ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;

  • davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;

  • tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;

  • davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi;

  • tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.

Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo’lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta'minladi. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy–texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatildi. Toshkentda 43 mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdek, O’zbekistonda 88 xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda – AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O’zbekistonning elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi.
O’zbekistonning BMTga a'zo bo’lishi
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki kunlardanoq jahon hamjamiyatiga qo’shilish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yo’lini tanladi va og’ishmay shu yo’ldan bormoqda.

O’zbekiston Respublikasi o’zining xohish–irodasi va taklifiga ko’ra 1992–yil 2–martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot– Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to’la teng huquqli a'zosi bo’ldi.

Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993– yilda bo’lgan 48– sessiyasida ishtirok etishi va unda 27– sentabrda qilgan ma'ruzasi O’zbekistonni jahonga ko’hna va yosh, navqiron davlat sifatida namoyon etdi.

O’zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo’yicha BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo’yicha bir qator takliflar o’rtaga qo’yildi.

1993–yil 24–oktabrda Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. O’zbekiston rahbariyati va BMT rahbarlarining sa'y–harakatlari natijasida O’zbekiston BMT–ning Xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Qochoqlar ishi bo’yicha oliy qo’mitasi, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, Aholi joylashish jamg’armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqiyoti tashkiloti, Oziq–ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti singari ixtisoslashgan muassasalarga a'zo bo’ldi.

1994–yil oktabrning boshlarida BMT vakolatxonasining yordami va ishtirokida Toshkentda boigan jahon sayyohlik tashkilotining “Ipak yo’li” xalqaro yig’ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O’zbekistonning mavqeyini yanada ko’tardi.

O’zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995– yil 15–16– sentabr kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag’ishlangan Toshkent kengash–seminari bo’lib o’tdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligining, mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli tizimini barpo etish masa–lalari yuzasidan o’z fikrlarini, takliflarini aytdilar. Kengash yakunlari yuzasidan qabul qilingan Bayonot jahon xalqlarini, xususan Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, iqtisodiy va ekologik hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi.

O’zbekiston BMT ning 50 yilligiga bag’ishlangan tantanalarda faol qatnashdi. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov BMT Bosh Assambleyasining 1995– yil oktabr–noyabr oylarida bo’lgan 50– yubiley sessiyasida qatnashib va nutq so’zlab, bu nufuzli xalqaro tashkilot faoliyatini yaxshilashga doir takliflarni bayon etdi. Umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizlikka erishishdan boshlanadigan jarayon ekanligi, mintaqalar xavfsizligini ta'minlash yo’li bilangina jahon xavfsizligini ta'minlash mumkinligi alohida ta'kidlandi. Afg’onistondagi urushga barham berish uchun unga tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etish, qurol olib kirishni taqiqlash takliflari ilgari surildi. Shuningdek, ommaviy qirg’in qurollarini tarqatmaslik, qurol savdosini cheklash to’g’risida, Orol dengizining qurib borishi bilan bog’liq ekologik muammoni hal etishga xalqaro moliya tuzilmalarini va rivojlangan mamlakatlarni jalb qilish takliflari ilgari surildi. Xalqaro tashkilotlar va nufuzli davlatlar bu takliflarni ma'qulladilar va muammolarni hal qilishga ko’maklashmoqdalar.

O’zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish masalasida o’z ifodasini topdi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48– sessiyasi minbaridan turib so’zlagan nutqida Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish g’oyasini ilgari surgan edi. O’zbekistonning bu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qo’llab–quvvatlandi.

1997–yil 15–16–sentabr kunlari Toshkentda “Markaziy Osiyo – yadro qurolidan xoli zona” mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. Ushbu masala yuzasidan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklarining Bayonoti imzolandi. Markaziy Osiyo mintaqasining yadro qurolidan xoli zonaga aylanishi mazkur mintaqa xavfsizligini mustahkamlaydi.

O’zbekistonning BMTga yo’llagan afg’on muammosini tinch yo'1 bilan hal qilish masalasida muloqot guruhi tashkil etish haqidagi taklifi asosida 1997–yilda BMT homiyligida “6+2” guruhi tashkil etildi. O’zbekiston guruhning asosiy ishtirokchisi bo’ldi. BMT homiyligida 1999–yil 19–20– iyul kunlari Toshkentda Afg’oniston mojarosini hal etish bo’yicha “6+2” guruhining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda Toshkent Deklaratsiyasi qabul qilindi.

2000– yil oktabr oyida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, giyohvand moddalar tijorati, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. O’zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001– yilda BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo’yicha maxsus qo’mitasi ta'sis etildi. 2002–yil 18–20–oktabr kunlari BMT Bosh kotibi Kofe Annanning O’zbekistonga tashrifi mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi o’rni mustahkamlanib, obro'–e'tibori ortib borayotganining dalilidir.

O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida BMT doirasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
YUNESKO bilan hamkorlik
O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida BMT doirasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O’zbekistonning BMT homiyligidagi ta'lim, fan va madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993–yil 29–oktabrda YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida O’zbekistonni YUNESKOga a'zolikka qabul qilish marosimi bo’ldi. o’sha kuni Ulug’bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994–yil oktabrida Parijda Ulug’bek haftaligi tantana bilan o’tdi. Xiva va Buxoro YUNESKO ning jahon madaniy qadriyatlar ro’yxatiga kiritildi. Bu ro’yxatda 411 ta obyekt bor.

1994–yil dekabrda respublikamizda YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo’lib, tarkibiga ta'lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a'zo bo’ldi.

YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o’rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. “Ipak yo’li – muloqot yo’li” deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. 1995–yil iyul oyida YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning O’zbekistondagi rasmiy tashrifi chog’ida 1995–yil iyul oyida mazkur institut ochildi. YUNESKO bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996–yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag’ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YUNESKOning madaniy qadriyatlar ro’yxatiga kiritildi.

1997–yilda jahon madaniyatining durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va ko’rgazmalar o’tkazildi. Bu O’zbekiston bilan BMTning nufuzli xalqaro tashkiloti YUNESKO o’rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bo’ldi. 1997–yil 19–20– oktabr kunlari Vatani–mizda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi munosabati bilan bo’lib o’tgan ulkan tantanalarda BMT, YUNESKO va boshqa ko’plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning elchilari va vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar.

O’zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar – Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg’armasi (YUNISEF), Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo’yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiada qo’mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilot–larning a'zosi, ular bilan hamkorlik qilmoqda.

O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar – Xalqaro valuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko’maklashmoqdalar. Xalqaro savdo markazi (YUNKTAD), Tariflar va savdo Bosh bitimi (GATT) bilan hamkorlik qilinmoqda.
EXHT bilan hamkorlik
O’zbekiston 1992–yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti – EXHT ga a'zo bo’lib kirdi. LKarimovning 1992– yil 9–10– iyulda bo’lgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq so’zlashi va Kengashning 10 iyulda bo’lgan majlisiga raislik qilishi O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallayotganligining dalilidir. I. Karimov o’z nutqida u yoki bu mintaqada tinchlik va barqarorlikni buzishi mumkin bo’lgan mojarolar yaqinlashuvining oldini olish, mojarolarga yo'1 qo’ymaslik muammolari bilan shug’ullanuvchi mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta'sirchanligini oshirish, hujjatlar mojarolarni oldini olish, yo'1 qo’ymaslik ruhida bo’lishini ta'minlash takliflarini ilgari surdi. 1994–yil sentabr oyining oxirlarida Toshkentda EXHT ning umumiy masalalarga bag'ishlangan xalqapo anjumani bo’lib, unda tashkilot faoliyatining barcha qirralariga oid masalalar ko’rib chiqildi. EXHT Toshkentda va Urganchda atrof muhitni qayta tiklash bo’yicha seminarlar o’tkazdi, Orol muammosini hal qilishga ko’maklashmoqda. 1995– yil iyulda Toshkentda EXHT ning aloqalar bo’yicha mintaqaviy byurosi ochildi va faoliyat ko’rsatmoqda.

EXHT ning 1996– yil dekabrda Lissabonda bo’lgan Sammitida XXI asr arafasida yalpi xavfsizlik modelini yaratish xususida munozara bo’ldi. O’zbekistonning mojarolar yuz berib turgan hududlarga yashirincha qurol–yarog’ yetkazib berishni to’xtatish, EXHTning Markaziy Osiyo faoliyatini kuchaytirishga oid takliflari ma'qullandi va Lissabon deklaratsiyasida hujjatlashtirildi. 1999–yil noyabr oyida bo’lgan EXHTning Stanbul sammiti Islom Karimovning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma'qullandi. O’zbekistonning EXHT bilan hamkorligi mustahkamlanib, o’sib borayotganligiga 2002–yil 6–7–aprel kunlari EXHT Bosh kotibi Y. Kubishning mamlakatimizga tashrifi ham yaqqol misol bo’la oladi.

O’zbekiston ko’pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATOning Tinchlik dasturi”, EKO, Islom konferensiyasi tashkiloti, qo’shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda.

1996–yil fevral oyida O’zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida hamkorlik o’rnatish bo’yicha muzokaralar bo’ldi. Shu yil iyul oyida Florensiya shahrida Yevropa Ittifoqi bilan O’zbekiston o’rtasida sherikchilik va hamkorlik to’g’risida Bitim imzolandi. Bu hujyat O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi va unga a'zo bo’lgan 15 ta mamlakat bilan o’zaro munosabatlarining huquqiy negizi bo’lib siyosiy, iqtisodiy, ilmiy–texnikaviy, madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochdi. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik O’zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyotini ta'minlovchi muhim omillardan biri boiib xizmat qilmoqda.

O’zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza qilish bo’yicha Vena Konvensiyasiga, ozon qatlamini kamaytiradigan moddalar haqidagi Monreal Protokoliga, atrof–muhitga ta'sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa dushmanlik maqsadida qo’llashni taqiqlovchi Konvensiyaga, yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga qo’shilgan.

Shunday qilib, O’zbekiston tarixan qisqa bir davrda jahon hamjamiyatiga qo’shildi, xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga ko’tarildi.


Shanxay hamkorlik tashkiloti
1996– yilda Shanxayda, 1997– yilda Moskvada bo’lib o’tgan Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o’zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to’g’risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa “Shanxay forumi” yoki “Shanxay beshligi” tashkiloti tuzilgan edi.

2001– yil 14–15– iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo’lib o’tdi. Uning ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va O’zbekistonning “Shanxay forumi”ga to’la huquqli a'zo bo’lishi to’g’risida bayonot imzolandi.

O’zbekiston “Shanxay forumi”ga kirishi munosabati bilan uning nomi Shanxay hamkorlik tashkiloti – SHHT, deb o’zgartirildi. O’zbekiston uning asoschilaridan biri bo’ldi.

2001– yil iyunda bo’lgan sammit yakunida Shanxay hamkorlik tashkilotini tuzish to’g’risida deklaratsiya hamda terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi Shanxay konvensiyasi imzolandi.

Deklaratsiyada Shanxay hamkorlik tashkilotining maqsadi a'zo mamlakatlarning bir–biriga o’zaro ishonchi, do’stlik va qo’shnichilikni mustahkamlash, ular orasida siyosiy, savdo–iqtisodiy, ilmiy–texnikaviy, madaniy, ta'lim, energetika, transport, ekologiya va boshqa sohalardagi samarali hamkorlikni rag’batlantirishdan iborat ekanligi belgilab qo’yilgan.

SHHT doirasida a'zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlarining kengashi, Mudofaa vazirliklarining kengashi tuzilgan va faoliyat yuritmoqda. Davlat va hukumat, tashqi ishlar va mudofaa vazirliklari, huquq–tartibot, xavfsizlik organlari rahbarlari va ekspertlarining uchrashuvlari va maslahatlashuvlari muntazam o’tkazilmoqda. Hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish, tegishli organlarning bahamjihat harakatini ta'minlash maqsadida a'zo davlatlarning milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi (MMK) tashkil etilgan. MMK 2001– yilning iyun oyida tashqi ishlar vazirlari imzolagan nizom asosida faoliyat yuritmoqda. 2002–yilning 24– aprelida Almati shahrida bo’lib o’tgan a'zo davlatlar chegara xizmatlari rahbarlarining uchrashuvida chegara xizmatlari faoliyatining, xususan, terrorchilik, g’ayriqonuniy muhojirlik va narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurash bo’yicha harakatlarni muvofiqlashtirish masalalari kelishib olindi.

2002– yil 6–7– iyun kunlari SHHT ga a'zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Sankt–Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida SHHTga a'zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, SHHT Xartiyasi, SHHTga a'zo davlatlar o’rtasida mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi. Xartiya imzolanishi bilan SHHT doirasidagi tashkiliy–huquqiy ishlar nihoyasiga yetdi. SHHT ochiq tashkilot bo’lib, o’zaro ishonch, tenglik, manfaatdorlik, hamjihatlik tamoyillari asosida faoliyat yuritmoqda.
GUUAM tashkiloti
1996– yilda Venada Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon va Moldova davlatlari rahbarlari uchrashib, ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida o’ziga xos tuzilmaga asos solgan edi. 1999–yil aprel oyida O’zbekiston ham unga qo’shildi va bu tashkilotga uyushgan davlatlarning nomidan olingan bosh harflar asosida GUUAM deb yuritiladi.

2001– yil 6–7– iyun kunlari Yalta shahrida bo’lib o’tgan GUUAM mamlakatlari davlat rahbarlarining sammitida GUUAM Xartiyasi imzolandi, natijada u xalqaro tashkilot maqomini oldi. Mazkur sammitda favqulodda vaziyatlarda a'zo davlatlar konsullik muassasalarining GUUAM mamlakatlari fuqarolariga yordam ko’rsatishi to’g’risida Konvensiya qabul qilindi.

GUUAM mamlakatlari 1993–yilda Bryuselda asos solingan Yevropa–Kavkaz–Osiyo transport yo’lagini barpo etishni ko’zda tutuvchi TRASEKA loyihasini amalga oshirish masalasida hamkorlik qilmoqda. TRASEKA dasturining amalga oshishi xalqaro yuk tashishning global tizimini shakllantirish, Sharq va G’arb mamlakatlarini bog’lovchi Buyuk ipak yo’lini tiklash, mamlakatlar o’rtasida o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

1998–yil 8–sentabrda Bokuda bo’lgan TRASEKA loyihasini hayotga tadbiq etish bo’yicha xalqaro konferensiyada TRASEKA hukumatlararo komissiyasi tuzilgan edi. Mazkur komissiyaning ikkinchi anjumani 2002–yil aprel oyida Toshkentda bo’lib o’tdi. Unda xalqaro komissiya ishiga bir yil davomida O’zbekiston tomoni rahbarlik qilishiga kelishildi. O’zbekiston Yevropa va Osiyoni bog’lovchi ko’prik vazifasini o’taydi, albatta. Ayni paytda TRASEKA loyihasining ro’yobga chiqishidan O’zbekiston ham katta manfaat ko’radi. Chunki TRASEKA hozirda mavjud bo’lgan shimoliy yo’ldan 2 ming kilometr qisqadir. Bu yo’ldan faqat paxta tashishga ketadigan xarajatning o’zidan 12 mln. dollari tejab qolinadi. O’zbekiston o’z paxtasini Qozog’iston va Rossiya orqali Ukraina bandargohlariga yetkazish uchun tonnasiga 100 dollardan ziyod mablag’ sarflaydi, TRASEKA orqali tashilganda esa ushbu ko’rsatkich 55 dollarga tushadi. 1996–yilda ishga tushirilgan Tajan–Seraxs–Mashxad temiryo’li, O’zbekiston hududida 2001–yilda qurilgan Angren–Qo’qon o’rtasida Rezak va Qamchiq dovonlarini kesib o’tadigan avtomobil yo’lining qurilishi TRASEKAni barpo etish yo’lidagi dastlabki qadamlardir.

Muxtasar aytganda, O’zbekiston tarixan qisqa vaqtda dunyo hamjamiyati tomonidan e'tirof etildi. Nufuzli xalqaro tashkilotlarga a'zo bo’ldi.

Biz shuni unutmasligimiz kerakki, bunday e'tirof, O’zbekistonning jahon miqyosida ortib borayotgan nufuzi – bu avvalambor mamlakatimizda istiqlolning dastlabki kunlaridanoq o’tkazib kelinayotgan, har tomonlama chuqur o’ylangan, og’ir–vazmin, qafiy va mustaqil tashqi siyosatning natijasidir”.

I. A. Karimov O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada

chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning

asosiy yo’nalishlari. – Xalq so’zi, 2002–yil, 30– avgust.

Korrupsiya va jinoyatchilik.
1. Insoniyat, mamlakalar va halqlar hayotida XXI asr poyonig yetmoqda. Ichonchim komilki, bizni- xozirgi o’zbekistonda istiqomat qiluvchilarning ko’pchiligini tirikchilik tashvishlari-chinvoqeylik muommolari bilan birga: “Bu yorug’ olamda biz kimmiz va ne bir sir-sinoatmiz, qayoqqa qarab ketyabmiz? Insoniyat yangi-XXI asrga qadam qo’yganida bizning o’rnimiz qayerda va qanday bo’ladi ?”- degan savollar o’ylantirishi tabiiy.

Biz yashayotgan davr qanday xysysiyatlarga ega? So’nggi vaqtlarda jaxonda yuz bergan , dunyoning jo’g’rofiy-siyosiy tuzilishini va xaritasini tubdan yangilagan o’zgarshlar xozirgi zamon va kelajak uchun qanday

tarixiy ahamiyatga molik?. Bular xaqida muloxaza yuritish va ularga to’g’ri boxo berish juda muxim. Dunyo xariytasida yangi mystaqil davlatlar paydo bo’ldi. Ular, hozirgi til bilan aytganda, sosialistik o’tmishga ega bo’lgan, o’z siyosiy mustaqilligini tinch yo’l bilan qo’lga kiritgan davlatlardir. Bu davlarlar mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yangilash yo’lida qadam qo’ydi. Ular dunyodagi boshqa mamlakatlar orasida o’z mavqeyini mustahkamlashga intilmoqda. Tenglar orasida teng bo’lishga, jahon naydonining tarkibiy qismiga aylanishga harakat qilmoqda. Bu davlatlar oldid amuvaffaqiyatsiz, chippakka chiqqan tarixiy tajribaning fojiali oqibatlari qisqa davr ichida bartaraf etish vaziyfasi turibdi. Ular zamonaviy bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan, odamlar munosib turmush kechirishini taminlay oladigan, insonning huquq va erkinliklarini himoya qila oladigan chinakam demokratik jamiyat qurishda myrakkab vaziyfani hal etish zarur. O’zbekiston ham anashunday davlatlar jumlasiga kiradi.

Har bir davlat tarixida yangi ijtimoiy sifat holatiga o’tish, afsuski, korrupsiya jinoyatchilik kabi jirkanch hodisa bilan birga yuz bergan. Shu bilan birga, jinoyatchilikning o’sishi nafaqat islohatlar yo’liga jiddiy to’siq, balkio’tish davrida belgilangan naqsadlarga erishishga hamqatshi bevosita tahdid tug’diradi.

Qan/halik qayg’uli tuyulmasin, jinoyatchilik hammamamlakatlarda va hamma davrlarda bo’lgan. Biroqo’tish davrida uning mazmuni faqat jinoiyqilmish doirasi bilangina chegaralanib qolmaydi. Yangi mustaqil davlatlarda amalgam oshirilayotgan islohotlar orqali amalda mulkni qayta taqsimlash jarayoniyuz bermoqda. Ayni shu hol islohotlarning mohiyatini belgilaydi. Avvalgi tuzimda davlat tomonidan tortib olingan boylik endilikda uni yasagan va o’z mehnati bilan ko’paytirayotganlarga tegishli bo’li shi lozim. Qayta taqsimlashning mohiyati shundadir.

Milli xavsizlikka qarshi yashirin tahdidlarni ko’rib chiqar ekanmiz, ekologik xavsizlik va atrof muhitni muhofaza qilish muammosi alohida etiborga molikdir.

Ochiq etirof etish kerakki, uzoq yillar mobaynida eski mamuriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida bu muammo bilan jiddiy shug’ullanilmagan. Aniqrog’i, bu muammo ayrim jonkuyar olimlar uchungina tadqiqot manbai, o’z mamlakatlarining kelajagiga, tabiiy boyliklari saqlanib qolishiga befarq qaramagan, bu haqida qattiq tashvish chekkan odamlarning esa “qalb nidosi” bo’lib kelgan.

Biroq ularning vijdoniga, fuqorolik burchiga, nihoyat, aql-idrokka davatlari to’ralashib ketgan sovet-partiya amaldorlarining sovuq, hatto aytishmumkinki, surbetlarcha loqaydligiga duch kelavergan. Bunga ajablanmasa ham ham bo’ladi. Tabiiay va mineral- xom ashyo zaxiralaridan vaxshilarcha, ekstensiv usulda juda katta harajatlar va isrofgarcholiklar bilan foydalanishga asoslangan satsalistik xo’jalik yuritish tizimining butun moxiyatiga mamlakat ihtiyoridagi beqiyos boyliklarga avaylab munosabatda bo’lish g’oyasi butunlay yot edi. Aksincha, boyliklardan bunday foydalanish ikki tuzumning iqtisodiy musobaqasida mamlakatning asosiy dastagi, eksport imkoniyatlarining negizi bo’lib keldi.

Iqtisodiyotni rivojlantirishdagi bosh maqsad ekstentiv omillarga qaratilgan edi. Tabiiyki, bunday sharitda yashirin boyliklardan oqilona foydalanishini tartibga soladigan, tabiyatning, atrof muhitning himoya qilinishini kafolatlatlaydigan biron-bir meyorlar va qoidalarga roiya qilish haqida gap ham bo’lishi mumkin emas edi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimas darajasa kam mablag’ ajratilardi. Bu mablag’ tabiatga yetkazilayotgan zararning mingdan bir qismini ham qoplamas edi. O’rmonlar o’ylamay-njetmay, vahshilarcha kesib tashlanar edi. Yoqilg’i va mineral xom ashyo zahiralari real ehtiyoj bilan taqqoslanmagan holda judda ko’p miqdorda qazib olinganidan ko’pchilik qismini qayta ishlanmagan chiqitlar sifaida uyilib yotar edi. Tabiyatni muhofaza qiluvchi eng oddiy tozalash inshoatlariga ega bo’lmagan bahaybat sanoat korxonalari faol bunyod etilgan. Natijada barcha zaharli va zararli sanoat chiqindilari ulkan hovo kengliklarini, suv havzalarini, yer maydonlarini ifloslantirdugan bo’ldi. O’z Ko’lami zihatdan beqiyos darajada katta gidroenergetika loyihalarining ro’yobga chiqarish, transport kamunikatsiyalarini (BAM, Turksib kabi temir yo’llarini, avtamabil, neft gaz magistrallarini va irrigatsiya tarmoqlarini) bunyod etish nafaqat tabiiy zaxiralarini qashshoqlantirdi.

Butun boshli punktlarining yo’q bo’lib ketishga, ekologik muozanat, iqlim, odamlarning hayot va faoliyat sharitlarining buzilishiga ham olib keldi.

Respublikamizning 447, 4 ming kv. km ortiq bo’lgan umumiy maydoning atogi 10% ni ekin maydonlari tashkil etadi . AYNI chog’daO’zbekiston egallab turgan maydonning ancha qismini Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt kabicho’lva yarim cho’l yerlar tashkiletadi. Ayniqsa, qishloq xo’jalik maqsadlarida foydalanilayotgan yer maydonlarigato’g’ri keladigan demografik yuk hozirning o’zidayoq o’ta salmoqli. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O’zbekiston aholining zichligi ayniqsayuqori bo’lib, 1 kv. km. 51. 4 kishi to’g’ri keladi, holbuki, bu raqam Qozog’iston-6. 1, Qirg’izistonda-22, 7, Turkmanistonda-9. 4 ni tashkiletadi. Respublikamizda har bir odamga 0. 17 gektar ekin maydoni to’g’ri kelsa Qozog’istonda-1. 54, Qirg’izistonda-0. 26, Ukrainada -0. 59, Rossiyada 0. 67 gektar ekin maydoni to’g’ri keladi. Barchaaholining yarrmidan ko’prog’I qishloq joylarida yashayotganligini hisobga olsak, dadil aytish mumkinki, bizning qishloqlarimizda inson zaxiralarning nisbiy ortiqligiemas, balki mutloq ortiqligiyaqqol ko’zga tashlanadi.

Bizda aholining o’sishi nisbatan yuqori bo’lib, urbanizatsiya va hosildor yerlarni shaharlarni rivojlantirishga, uy-joy qurishga, yangi korxonalar, muhandislikhamda transport mommuhikatsiyalari barpo etishga ajratib berish jarayonlari jadal bormoqda. Shuni hisobga olsak, yaqin yillar ichida, hatto XXI asr arafasidayoq yer zaxiralari bilan taninlanlanish muommosi yanada keskinlashishishi mumkin.

3. Tarix millatning haqiyqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlari ishlari vajasoratlaritarixi xotiramizni jonlantirib, yangi fuqorolik shakkilantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda.

Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrokbilan manaviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar ko’p bo’lgan.

Imom Buhoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Al Xorazimiy, Beruniy, ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga Ulkan hissa qo’shdilar, halqimizning milliy iftihori bo’lib qoldilar. Ularning nomlari, jaxon sivilizatsiyasi taraqiyotida qo’shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga malum.

Amir Temur yubeliyening bayram qilinishi haqida alohida to’htalib o’tmoq- chiman. O’tgan yillar dovomida “bosqinchi” Temur “vayron qiluvchi” Temur haqida o’qigan va eshitgan vaqtimizda necha bor o’zimizga o’zimiz: “qanday qilib uning davrida ona zaminimizga madaniyat va iqtisodiyot bu qadar ri- vojlangan, ravnaq topgan ekan ?”, degan sovol berar edik. Mustaillikka erish- ganimizdan keyingina biz buyuk ajdodimizning hurmatini o’rniga qo’ya oldik. Bizning bu intilishlarimizning Markaziy Osyodagi qo’shnilarimiz, madaniy xalqaro hamjamiyat qo’llab- quvvatladi. Bu hol tasodifan emas- sohib qiron Amir Temur shaxsining ajdodlari bo’lmish faqat bizning emas butun marifiy insoniyatning boyligidur.

4. Zarur shart-sharitlar yaratmay, inson manfaatlarini ro’yobga chiqarishning tasirchan vositasini vujudga keltirmay, bu manfatlarni faol harakatlantiruvchi kuch sifatida ishga silmay turib, biz yangilanish va taraqqiyot yo’lidan aniq maqsadni ko’zlagan holda va tinimsiz ilgarilab bora olmaymiz.

Bu oddiy haqiqatni teran anglab olmog’imiz lozim. Shu bois inson va korhonalarning, barcha xo’jalik yurituvchi subektlarinig iqtisodiy erkinligining taminlash zarur shart-sharitlar yaratilishi darkor. Islohatlar chuqirlashib, bozor iqtisodiyoti tomon ilgarilab brogan sari ijtimoiy siyosatning ustuvor jihatlari ham, aholini ijtimoiy himoyalash va qo’llab- quvvatlash chora – tadbirlari ham o’zgarib bormoqda. Turli bosqichlarda davlat tomnidan tartibga solish usullari va uslub- larining keng vositalaridan foydalanilmoqda. Bular orasida muntazam suratda qayta ko’rib turilgan ish haqi pensiya, stependiya, nafaqalarning miqdoridan iborat bevosita pul to’lovlari ham, imtiyozlar, tavar to’lovlari, dotadsiyalar va subsidiyalar sifatidagi bevosita pul to’lovlari ham bor.



Xulosa: Hozirgi dunyo xavsizlik va barqarorlik faqat harbiy-siyosiy jihatlarnigina nazarda tutib qolmaydi. Iqtisodiy, ekologik va madaniy jabhalar ham juda muhim bo’lib, xoh mintaqa bo’lsin, xoh butun sayyoramiz bo’lsin-bizning tinch va gullab yashnayotgan umumiy uyimiz ana shulardan tashkil topadi.




Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling