Milliy tadqiqot universitetining qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti


Download 0.52 Mb.
bet1/2
Sana27.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1299036
  1   2
Bog'liq
10-amaliy mashg\'ulot

  • Yerdan foydalanish planini tuzish.
  • Yerga egalik qilish, yerdan foydalanish planining asosiy elementlari komponovkasi.
  • REJA :
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
  • 1. Yer tuzishda kompyuter grafikasi. Oymatov R.Q., Hikmatullayev S.I., Mamatqulov Z.J. Tоshkеnt 2018y.
  • 2. Oymatov R.Q. Kartografik dizayn. – Toshkent: TIQXMMI, 2018. – 234 b
  • 3. O‘.Muxtorov, A.Inamov, J.Lapasov. “Geoaxborot tizim va texnologiyalar” fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. T.: TIQXMMI, 2017. 4. Exlakov YU.P., Jukovskiy O.I., Skidanov N.P. Gorodskoy kadastr i GIS-texnologiya //MGIS M., 1996 g.
  • 5. http: // www.guz.ru
  • 6. http: //www.geopribori.ru;
  • Yerdan foydalanish masalalarini hal etish uchun nafaqat uning o‘lchamlari, balki kenglikdagi holati haqidagi ma’lumotlar ham zarur. Planli kartografik materiallarning mavjudligi hamma boshang‘ich yer ma’lumotlarini olish, yerning holati va undan foydalanishda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni grafik jihatidan tasvirlash imkoniyatini beradi. Planli kartografik materiallar evaziga yer kadastr ma’lumotlarining maksimal ko‘razmaliligi va aniqligi ta’kidlanadi. Yer tuzish ishlab chiqarishida yerdan foydalanish plani mohiyatan “yerga egalik qilish plani” bilan bir xil qiymatga ega plan hisoblanadi.
  • Yerdan foydalanish, yerga egalik qilish plani bu foydalanish uchun qulay masshtabdagi topografik plan bo‘lib, yer tuzishda qo‘llaniladigan shartli belgilar va belgilarda mazkur xo‘jalik chegaralarida so‘nggi syomkasi vaqtidagi hamma holat va relyef yoki yer tuzish loyihasi vaqti bo‘yicha so‘nggisi bilan muvofiq tarzda hududni korreksiya qilish va tashkil qilish to‘liq tarzda ko‘rsatilganligi aniqligiga muvofiq keladi.
  • Yerdan foydalanish plani qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi yer fondidan foydalanishning amaldagi holati va ko‘rinishini aks ettiradi, boshqa turdagi faoliyatlar haqidagi ma’lumotlardan tashkil topadi va alohida obyektlar hamda yer kategoriyalarining o‘zaro joylashuvi haqida tasavvur beradi. Iqtisodiy, huquqiy, tabiatni muhofaza qilish va boshqa talablarni hisobga olib, yer resurslaridan eng oqilona foydalanish haqidagi asoslangan yechimlarni qabul qilish imkoniyatini beradi.
  • Davlatning yerga bo‘lgan mulkchiligi monopoliya huquqini yo‘­ qotish, tabiiy ravishda fuqaro va huquqiy shaxslarning yerga bo‘lgan huquqining kengayishi yerni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tuzilishini ko‘rib chiqish va aniqlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ro‘yxatga olish, hisobga olish va hisobga olish birliklari yerga egalik qilish, yerdan foydalanish huquqi hisoblanadi.
  • Yerlar yer huquqidan foydalanish iqtisodiy tushuncha hisoblanadi. Boshqa tarafdan yerlar ma’lum tabiiy tavsifga ham ega. Yerlarni tasniflashda yerlar bo‘yicha alohida guruhga qishloq xo‘jaligi yerlari (shudgor, bo‘z yer, ko‘p yillik ekinlar, pichanzorlar, yaylovlar) ajratiladi. Bu yerlar eng qimmatli hisoblanadi, negaki ulardan asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olinadi. Boshqa yerlar qo‘shimcha ahamiyatga ega.
  • Asosiy qishloq xo‘jaligi yerlari turlarini aniq tasavvur qilish va ularni plan kartografik materiallarda tasvirlay olish uchun yerlarni tasniflashni shu nuqtayi nazardan ko‘rib chiqamiz.

  • Download 0.52 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling