1. Dunyo mamlakatlarining davlat hududi kompaktligini son jixatdan baxolash usullari.
Ilmiy adabiyotlar va Internrtda davlat xududi kompaktligini son jixatdan baxolash usullari -maxsus formulalari keltirilgan.(Пирожник И.И. Проблемы политической географии и геополитики.,
Минск., 2004., -32-33 стр.)Shu formuladan foidalanib turli davlatlar xududi kompaktligini son jixatdan baxolash amalga oshiriladi.
Amaliy mashg‘ulot - №4
Hududlarning morfologik xususiyatlari va davlatlar modeli
Siyosiy geografiyada davlat hududining kompaktligi (ixchamligi) va boshqa morfologik xususiyatlarini tavsiflash uchun turli miqdoriy parametrlardan foydalaniladi.
Hududning kompaktligini Ik1 indeksidan foydalangan holda chegaralar uzunligi va davlat hududi maydonini solishtirish orqali aniqlash mumkin:
Ik1 =
Bunda,
S – Davlat hududi maydoni
L – Davlat chegarasining uzunligi
Hududning kompaktligini 100 km² maydonga davlat chegaralari uzunligi indeksi (Ik2) bilan ifodalash mumkin:
Ik2 =
Ammo, uning kamchiligi ham borki, uning hududning kattaligiga bog‘liqligi, shuningdek, chegaralari o‘ralgan tog‘li mamlakatlarning tekis hududlarga qaraganda yuqori indeks qiymatiga ega bo‘lishidir.
Hududning kompaktligini uning shaklini ideal figuralar (doira, kvadrat) bilan solishtirish asosida aniqlash mumkin. Buning uchun Hagget-Horton indeksidan (Ik3) foydalanish mumkin:
Ik3 =
Bunda,
S – Davlat hududi maydoni (km²)
L²max – Hududning markazidan o‘tadigan eng uzun chiziq (cheklangan doira diametri) kmda, Ik3 0 dan 1 gacha bo‘lib, kvadrat uchun uning qiymati 0,64, uchburchak uchun 0,42, oltiburchak uchun 0,83 ga teng.
Kompaktlikni baholash uchun hududning cho‘zilish indeksi (Ik4) ham qo‘llaniladi:
Ik4 =
Mazkur taklif qilingan indekslar davlat hududi konfiguratsiyasining kompaktligini miqdoriy baholash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |